Toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva pul, kredit va
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
7-y-PUL-KREDIT-VA-BANKLAR-darslik-Sh-Abdullaeva-T-2003
4. To’lovlilik tamoyili.
Bu tamoyil aylanma fondlarining doiraviy aylanishini, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini ta’minlovchi to’lov resurslari summasini avanslashtirish zaruriyatidan kelib chiqadi. Bu tamoyilga asosan korxonalar foydalanilgan qarz mablag’lari uchun kreditorga foiz shaklida to’lovni o’tkazadilar. Kreditning to’lovligi uni to’liq summada o’z egasiga qaytarilishinigina emas, shu bilan kredit uchun foiz shaklidagi to’lov bilan qaytarilishini ifodalaydi. Demak, kreditor o’z mablag’larini hech vaqt o’z hajmida qaytarib olish sharti bilan bermaydi, bunda u mablag’ni qarzga berganligi uchun muayyan to’lov talab qiladi. (foizsiz imtiyozli kreditlar bundan mustasno). Kreditning to’lovligi nafaqat banklar xo’jalik hisobi statusiga, shu bilan birga korxonalarni bevosita foydasi bilan bog’liq xo’jalik hisobiga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi. Kredit uchun haq to’lashning iqtisodiy mohiyati qarz beruvchi va qarz oluvchi o’rtasidagi qo’shimcha olingan foydaning taqsimlanishini qayd qilishda namoyon bo’ladi. Ko’rib chiqilayotgan tamoyilning amaliyotda uchta asosiy funktsiyasini bajaruvchi bank foizi normasini o’rnatish jarayonida namoyon bo’ladi: huquqiy shaxslar foydasining va jismoniy shaxslar daromadining taqsimlanishi; ishlab chiqarishni tartibga solish va ssuda kapitalining taqsimlanishi orqali tarmoq, tarmoqlararo va xalqaro miqyosda aylanishi; iqtisodiyot rivojlanishining inqirozli bosqichida bank mijozlarining pul mablag’larini inflyatsiyadan himoyalash va boshqalar. Ssuda foizining stavkasi ssuda kapitalidan olingan yillik daromad summasining berilgan kredit summasiga nisbati bilan aniqlanib, kredit resurslarining bahosi sifatida namoyon bo’ladi. 245 Boshqa tovarlar bahosi belgilanishining ananaviy mexanizmidan farqli o’laroq kreditning bahosi, ssuda kapitali bozoridagi talab va taklifning nisbatini o’zida aks ettiradi va u bir qator omillarga bog’liq bo’ladi: bozor iqtisodiyotining davriy rivojlanishi ( inqiroz davrida ssuda foizi o’sadi va aksincha, yuksalish davrida esa pasayadi); inflyatsiya jarayoni suratlari (amaliyotda ssuda foizining inflyatsiya o’sish sur’atlaridan orqada qolishi uchrashi mumkin); tijoart banklarni kreditlash jarayonini amalga oshiruvchi Markaziy bank orqali davlat kreditini tartibga solishning samaradorligi; xalqaro kredit bozoridagi holat (masalan, biror mamlakatda kredit bo’yicha foiz stavkasining oshishi shu mamlakatga chet el kapitalining oqib kelishiga olib keladi va bu milliy bozorlar holatiga tasir ko’rsatadi.); jismoniy va huquqiy shaxslar pul jamg’armalarining dinamikasi (ularning hajmi qisqargan holda ssuda foizi o’sadi); potentsial qarz oluvchilarning kredit resurslariga bo’lgan ehtiyojini aniqlab beruvchi ishlab chiqarish dinamikasi; ishlab chiqarishning mavsumiyligi (chet el amaliyotida banklar mavsum davrida kreditlar bo’yicha foizlarni oshiradilar); davlat tomonidan beriladigan kredit miqdori bilan davlatning ichki qarzlari o’rtasidagi nisbat (ssuda foizi ichki davlat qarzlari o’sishi bilan birga o’sibboradi). Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling