Toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva pul, kredit va


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/95
Sana23.10.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1717506
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   95
Bog'liq
7-y-PUL-KREDIT-VA-BANKLAR-darslik-Sh-Abdullaeva-T-2003

5. Kreditning maqsadliligi.
Bu tamoyilning mohiyati shundaki, qarz oluvchi tomonidan olingan kreditlar 
aniq bir maqsadni amalga oshirishga yo’naltirilgan bo’lishi zarur. Kreditning qaysi 
maqsadga yo’naltirilganligi, masalan, tovar moddiy boyliklar sotib olishga yoki 
biror ishlab chiqarish xarajatlarini qoplashga va hokazo aniq biror ob’ektga 
maqsadli yo’naltirilganligi korxona bilan bank o’rtasida tuziladigan kredit 
shartnomada ko’rsatilgan bo’ladi. Korxona olgan kreditini faqatgina kredit 
shartnomada ko’rsatilgan shini bajarishga sarflashi kerak . Bunda 
kredit
muayyan, aniq ob’ektga: ishlab chiqarish xarajatlariga, ishlab chiqarish zaxiralariga,
246 


tayyor mahsulotga, jo’natilgan tovarlarga, hisob-kitob hujjatlariga va hokazolarga 
beriladi.
Yuqorida keltirilgan tamoyillar kreditning iqtisodiy kategoriya sifatida mavjud 
bo’lishi va harakat qilishining muhim tomonlarini o’zida ifodalaydi.
Bizning fikrimizcha, bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditning yuqorida 
keltirilgan tamoyillaridan tashqari, kreditdan oqilona foydalanishni ifodalovchi 
tamoyil kreditning samaradorligi tamoyilini kiritishimiz zarur. Bu tamoyil nafaqat 
kredit va foiz summasini bankka qaytarib to’lashni, undan tashqari shu kredit 
yordamida kreditlanadigan yoki moliyalashtiriladigan soha, tarmoq, korxona qancha 
samaradorlikka erishishini ifodalashi zarur. Bozor iqtisodiyoti sharoitida beriladigan 
kreditlar malum bir loyihalarning bajarilishiga yo’naltirilgan bo’ladi. Banklar 
loyihalarni kreditlash yoki moliyalashtirishidan oldin loyihani bajarish uchun 
yo’naltiriladigan mablag’larning samaradorligini hisoblab chiqishlari zarur. Agar biz 
bozor iqtisodi yuqori rivojlangan mamlakatlarda kreditlash va loyihalarni 
moliyalashtirish amaliyotiga e’tibor beradigan bo’lsak, bu mamlakatlarda korxona, 
tashkilotlarga kredit berishdan oldin qo’yiladigan mablag’larning samaradorligi 
hisob-kitob qilib chiqiladi. Agarda loyihaga qo’yiladigan mablag’lar samara 
beradigan bo’lsagina, shu loyiha uchun mablag’ ajratiladi.
Yoar bir korxona va tashkilot uchun kreditdan foydalanishda uning samaradorligiga 
alohida e’tibor berish foydadan xoli emas, chunki samaradorlik kreditning zaruriy 
shartlaridan biri hisoblanadi. Kreditning samaradorligi ishlab chiqarish va realizatsiya 
hajmiga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq. Samaradorlik tamoyilining bo’lishi va unga rioya 
qilish kreditning boshqa tamoyillarining bajarilishi uchun asos hisoblanadi. 
Samaradorlik kreditdan aniq, maqsadli foydalanishni taqozo qiladi. Shunga 
asoslangan holda kreditning samaradorligini sodda qilib quyidagicha ifodalash 
mumkin:
Realizatsiya qilingan tovar 
mahsuloti hajmi
Samaradorlik =
Kredit qo’yilmalarining o’rtacha qoldig’i
247


Bu ko’rsatkich kredit qo’yilmalar o’rtacha qoldig’ining 1 so’miga to’g’ri 
keladigan realizatsiya qilingan tovar mahsulotining hajmini ko’rsatadi. Kreditni jalb 
qilish yordamida ishlab chiqarish suratlarining o’sishi, tovarlarni sotish hajmining 
oshishi kreditning samaradorligini belgilab beradi. Korxona kam kredit resurslar 
hisobiga ko’p mahsulot sotuviga erishadigan bo’lsa, kreditning samaradorligi 
shuncha yuqori bo’ladi.
Kreditlashning yuqori samaradorligi minimal mehnat xarajatlari orqali 
maksimal foydacha erishadigan korxonalar uchun xarakterlidir.
Agar kredit samaradorligiga tasir qiluvchi boshqa omillarni ham hisobga 
oladigan bo’lsak, kreditning samaradorligini kengroq olgan holda quyidagi formula 
orqali ifoda qilish mumkin.
RR
S
kr

-
O
k
r
OF
k
= K
OF
k
= K x O
of
S
kr
- kredit qo’yilmalarininrg samaradorligi;
R - to’la tannarxida realizatsiya qilingan tovar mahsuloti;
OF
k
- kreditor qarzdorlikni hisobga olgan, lekin qarz mablag’larini hisobga olmagan
holdagi aylanma fondlarining o’rtacha qoldig’i;
K - qisqa muddatli kredit qo’yilmalarining o’rtacha qoldig’i;
O
kr
- hisobot davridagi qisqa muddatli kreditning aylanish soni;
O
of
- hisobot davridagi aylanma fondlarining aylanish soni;
Formuladan ko’rinib turibdiki, kredit resurslarning samaradorligi asosan ikki 
omil: realizatsiya qilingan mahsulotning hajmi va kredit resurslarining aylanish 
davriga bog’liq. Realizatsiya hajmi qanchalik katta bo’lsa va kredit resurslarining 
aylanish davri qanchalik qisqa bo’lsa, kredit qo’yilmalarining samaradorligi 
shunchalik yuqori bo’ladi. Bank tomonidan berilgan mablag’lar xo’jalik oborotida, 
ishlab chiqarishga tezroq joriy qilinsa va kredit mablag’lar ishlab chiqarish va 
muomala jarayonini tezroq bosib o’tsa, ular keltiradigan samaradorlik shunchalik 
yuqori bo’ladi. Bank krediti mablag’lar doiraviy aylanishining biror bosqichida
248


ushlanib qoladigan bo’lsa, bu hol kreditni to’lash muddatining kechiktirilishiga olib 
keladi. Bu, albatta kreditning samaradorligi tushganligidan dalolat berishi mumkin.
Kreditning samaradorligini ta’minlash maqsadida g’arb mamlakatlari 
amaliyotida kreditlashning biz uchun yangi qoidasi qo’llaniladi. Bu qoida 
kreditlashda «5 «G»lar qoidasi» deb yuritiladi.
«5 «S» lar qoidasi»ga asosan har bir «S» bo’yicha korxonaning faoliyati tahlil 
qilib chiqiladi va korxona faoliyati talabga javob bersagina korxonaga kredit beriladi. 
Qoidaga asosan «S» harflari korxonalarning xo’jalik faoliyatininrg quyidagi 
jihatlarini ifodalaydi.
Gharakter - qarz oluvchining xarakterini baholash, uning avvalgi qarzlari; 
qarzni to’lay olish qobiliyati, hamda bozordagi obro’si;
Gapfgity - bu qarz oluvchining boshlagan ishni oxiriga etkaza olish, tegishli 
daromad olish hamda bank kreditlarini qaytara bilish qobiliyati;
Gapital - qarz oluvchining sarmoyasining etarliligi;
Gonditions - shartlar. Bunda iqtisodiy muhim va mazkur biznesning 
rivojlanishi nazarda tutiladi;
Golateral - garov (kafolat, kafillik, sug’urta polisi, tovar-moddiy boyliklar) va 
boshqalar.
Sotsialistik xo’jalik yuritish shakli davrida kreditlashning bu tamoyillaridan 
tashqari yana bir necha boshqa tamoyillar qo’shimcha ravishda amal qilar edi. 
Sotsialistik xo’jalik davrida yuqoridagi tamoyillar ikkinchi darajali hisoblanar edi. 
Quyidagi tamoyillar esa asosiy, birinchi darajali tamoyillar bo’lib, kreditlash 
jarayonida banklar ko’proq shu tamoyillarning bajarilishiga e’tibor berar edi.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling