Toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva pul, kredit va


-§. Banklar faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillar


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/95
Sana23.10.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1717506
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   95
Bog'liq
7-y-PUL-KREDIT-VA-BANKLAR-darslik-Sh-Abdullaeva-T-2003

3-§. Banklar faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillar
Iqtisodiyotida yuz berayotgan tangliklar, nomunosibiklar bir uchi bank tizimi 
holati va tijorat banklarning foaliyatiga borib takaladi. Ayniqsa, o’tish davrini 
boshdan kechirayotgan davlatlarda yuz bergan va yuz berayotgan inqirozlarning bosh 
omillari bo’lib, banklarning sinishi va bankrotligi sanaladi. Rossiyada 1995 yil va 
1998 yilda sodir bo’lgan krizislarning tahlili shuni ko’rsatadiki, aholining banklarga 
inshonchini yo’qolishi, siyosiy omillar va moliyaviy piramidalarning tushkunligi 
holatlari banklarning to’lovga qobiliyatini yo’qqa chiqaradi. Shunday ekan, tijorat 
banklarning likvidligi va to’lovga qobiliyatini tahlil etish davomida bunga ta’sir 
etuvchi omillarni aniqlash lozim. Chunki likvidlik va to’lovga qobiliyatlilik 
murakkab iqtisodiy kategoriyalar sanaladi, bir qarashda, yuzaki baholaganda tahlil 
samarasi past bo’lish mumkin.
Banklar faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillar turlicha tasniflanadi. Odatda, esa 
ularni ichki va tashqi omillarga ajratilib o’rganiladi. Tijorat banklarning likviddiligi 
va to’lovga qobiliyatliligini belgilaydigan ichki omillar qatoriga quyidagilar kiradi.
- bankning mustahkam kapital bazasi 
- aktivlar sifati 
- depozitlar sifati 
- tashqi manbalarga qarashlik darajasi 
- aktivlar va passivlarning muddatlari bo’yicha munosibligi 
- malakali menejment 
- bankning imidji 
Bankning mustahkam kapital bazasi o’z kapitalining mutlaq qiymatini ifoda 
etib, aktivlar bo’yicha risklarning himoya manbasi hamda omonatchilar va 
depozitchilar mablag’larini kafolati hamdir. Bankning o’z kapitali ustav fondi va 
boshqa maqsadli fondlardan iborat bo’lib, moliyaviy bar qarorlik uchun ham asosdir. 
Shunday qilib, bankning o’z kapitali qancha katta bo’lsa,
284


likvidliligi ham shuncha yuqori bo’ladi. Shuningdek, to’lovga layoqatlilik ham o’z 
kapitali hisoblanadi.
Aktivlar sifati asosan to’rt xil mezon asosida aniqlanadi: likvidlilik, risk 
darajasi, daromadlilik va diversifikatsiya bo’yicha. Aktivlarning likvidligi shu 
aktivlarning pul shakliga o’tish layoqatidir. Likvidlik xizmatidan aktivlar bir necha 
guruxlarga ajraladi. Birinchi guruhga yuqori likvidli aktivlar - kassa va vakillik 
hisobvaragidagi mablag’lar hamda davlatning qimmatli qogozlarni kiritish mumkin. 
Ikkinchi guruxga qisqa muddatli ssudalar, banklararo kreditlar, faktoring 
operatsiyalari va aktsionerlik jamiyatlarning tijoriy qimmatli qog’ozlari tashkil etadi. 
Ular shakliga o’tishning muddatli xarakteriga ega. Uzoq muddatli investitsiyalar, 
qo’yilmalar va lizing operatsiyalari uchinchi guruhx likvid aktivlarni tashkil etadi. 
Nixoyat, to’rtinchi guruh likvid aktivlar muddati uzaytirilgan ssudalar, bino va 
inshootlardan iborat. Risk darajasi bo’yicha ham aktivlar to’rt guruhga ajratiladi va 
mos holda 0,20, 50, 100% lik risk darajasiga ega aktivlardan iborat.
Shuni ta’kidlash lozimki, risk darajasi qanchalik yu qori bo’lsa, likvidlik 
shunchalik past bo’ladi. Aktivlarning daromadliligi aktivlarning ishchanligi va 
samaradorligini namoyon etadi. Daromadlik bo’yicha aktivlar daromad keltiruvchi va 
daromad keltirmaydigan aktivlarga bo’linadi. Daromadlar qanchalik ko’p bo’lsa, 
bankda kapital bazani mustahkamlash imkoniyati paydo bo’ladi. Lekin ko’r-ko’rona 
daromadlilikka intilishi aktivlarning yo’qotilishiga va likvidlilikning pasayishga olib 
keladi. Aktivlar sifatini ko’rsatadigan mezonlardan yana biri ularning 
diversifikatsiyasidir.
Aktivlarning diversifikatsiyasi ko’rsatkichlari bo’lib bank aktivlarning asosiy 
yo’nalishlari bo’yicha tarkibi, kredit qo’yilmalarining ob’ektlari va sub’ektlari 
tarkibi, qimmatli qog’ozlar portfeli tartibi, valyutalar strukturasi (val y u ta 
operatsiyalari 
bo’yicha), 
hamkor 
banklar 
tartibi 
hisoblanadi. 
Aktivlar 
diversifikatsiyasi qanchalik yuqori bo’lsa, likvidlilik shuncha yuqori bo’ladi. Bank 
aktivlarning sifati likvidlilik va to’lovga qobiliyatlilikni belgilashda katta o’rin tutadi. 
Aktivlar t a r k i b i s h u n d a y o p t i m a l tanlanishi kerakki, bir vaqtning
285


o’zida ham likvidlilik, ham to’lovga qobiliyatlilik va bank uchun keraklisi foydalilik 
ta’minlanishi lozim.
Likvidlilikka ta’sir etuvchi muhim omillar sirasiga bankning depozit 
bazasining sifati ham kiritiladi. Depozit bazasini hisob va joriy schyotlarda, muddatli 
depozit va omonat jamg’armalari ko’rinishda yig’ilgan yuridik va jismoniy 
shaxslarning mablag’lari tashkil qiladi. Depozitlar (talab qilib olguncha, muddatli va 
jamg’arma) sifati kriteriysi bo’lib, ularning barqarorligi hisoblanadi. Depozitlarning 
bir qaror qismi qancha yuqori bo’lsa, likvidlilik shuncha yuqori ta’minlangan bo’ladi, 
ularning ulushining ortishi bankning likvid aktivlarga extiyojini kamaytiradi. 
Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, talab qilib olguncha bo’lgan depozitlar ularning foiz 
stavkasiga bog’liq emasligi nuqtai nazaridan barqarorligi bilan ajralib tursa muddatli 
va jamg’arma depozitlarning qoldiqlari qat’iy muddatga ega ekanligi bilan 
barqarordir. Lekin ularning foiz stavkasiga boglanganligi foizlar o’zgarishi bilan 
bunday depozitlar migratsiyasini vujudga keltirishi mumkin.
Banklarning likvidliligi va to’lovga qobiliyatligi tashqi manbalarga qaramlik 
darajasiga, ya’ni banklalaro kreditlarning ulushiga ham bog’liq. Ma’lum bir 
chegaradagi banklararo kredit likvidlilikka hech qanday xavf turdirmaydi, aksincha, u 
likvid mablag’larga bo’lgan qisqa muddatli ehtiyojni bartaraf ham etadi. Agar 
banklararo kredit jalb qilingan resurslar tarkibida salmoqli o’rinni egallasa, 
banklararo kredit bozorida noqulay kon’yunktura vujudga kelganda bank tanazzulga 
yuz tutish mumkin. Tashqi manbalarga karatligi yuqori bo’lgan rivojlanish 
istiqboliga ega bo’lmaydi va resurs bazasining nobarqarorligi evaziga katta risk 
ostida bo’ladi.
Aktiv va passivlarning muddatlari summalari o’rtasidagi nomutanosiblik 
likvidlilikka jiddiy ta’sir o’tkazadi. Bankning mijoz oldidagi majburiyatlarini bajarish 
uchun mijozdan olingan mablag’larni qaytarish muddati shu mablag’lar hisobiga 
qo’yilgan kredit (investitsiyalar)ni qaytish muddati bilan mos bo’lmog’i lozim. 
To’g’ri, majburiyat boshqa manba hisobiga
286 


qoplanishi mumkin, lekin amalda aktiv va passivlarning asosiy qismi muddat va 
summada munosib bo’lish bank barqarorligining garovi hisoblanadi.
Menejment, ya’ni bank faoliyatini boshqarish likvidlilikka jiddiy ta’sir 
o’tkazuvchi omillardandir. Bankning boshqarish sifati oqilona bank siyosati, bank 
tashkiliy strukturasi, aktiv va passivlarni samarali bosh qarish mexanizmda namoyon 
bo’ladi. Yuqori darajasidagi menejment malakali kadrlarni talab etadi, shuningdek, 
zaruriy axborot bazasi tezkor choralarni amalga oshirishda qo’l keladi. Kerakli 
likvidlilik darajasi menejment bilan birga bankning imidjiga ham bog’liq. Ijobiy 
bankka resurslar jalb qilishda va likvid mablag’lar kamomadini to’ldirishda baho 
raqobatchi banklarga nisbatan ustunlik yaratadi. Yaxshi reputatsiyasiga ega bo’lgan 
bank barqaror depozit bazasini hosil qila oladi, chunki u moliyaviy barqaror mijozlar 
bilan aloqa qilishda katta imkoniyatiga ega bo’ladi. Ijobiy imidjga ega bo’lish o’ta 
murakkab jarayon, u yillar davomida natijalar evaziga shakllanadi va rivojlanish 
strategiyasini to’g’ri tanlash, mijozlarga xizmat ko’rsatish darajasini oshirish, 
marketing tadqiqotlarini chuqurlashtirish, ishonchli va ommabop reklama, faoliyat 
natijalarini jamoatchilik uchun ochiqligi kabilarga asoslanadi.
Yuqorida ko’rilgan omillar bankning xususiyatlariga bog’liq ravishda turlicha 
ahamiyatga ega bo’lish mumkin. Ba’zi hollarda likvidlilik muammosini resurs bazasi 
sifati va tirkibi tug’dirsa, ba’zida aktivlar sifati bunga sabab bo’ladi. Asosan esa 
likvidlilik va to’lovga qobiliyatlilik muammolar kompleks omillar uyg’unligida 
paydo bo’ladi. Likvidlilik muammosini ko’p omilli kategoriya ekanligini tan olgan 
holda, har bir bank o’zining og’riqli nuktalarini belgilab olish kerak, ya’ni bank 
likvidligini belgilaydigan omillar to’g’ri talqin etilgandagina bu muammo oqilona hal 
etiladi.
Ko’rib o’tganimizdek, bankning likvidlilik va to’lovga qobiliyatlilik holati 
bank faoliyatidan tashqarida bo’lgan bir qator tashqi omillarga ham bog’liq. Bo’lar 
qatoriga quyidagilar kiritiladi:
-mamlakatdagi umumii siyosii va iqtisodiy vaziyat;
287 


- qimmatli qog’ozlar va banklararo kredit bozorlarning rivojlanish darajasi; 
- qayta moliyalashtirish tizimi; 
- Markaziy bankning nazorat funktsiyasini samaradorligi. 
Mamlakatdagi umumiy siyosiy va iqtisodiy vaziyat bank operatsiyalari
rivojiga turtki beradi, bank faoliyati iqtisodiy asoslarini mustahkamligini ta’minlaydi, 
mamlakatdagi va xorijiy investorlarni banklarga ishonchini mustahkamlaydi. 
Ko’rsatib o’tilgan shartlarsiz banklar puxta depozit bazasini hosil qila olmaydi, 
operatsiyalarning rentabelligini ta’minlash, aktivlar sifatini oshirish, bosh qaruv 
tizimini takomillashtirish kabilarni uddalash qiyin kechadi. Tijorat banklari bank 
tizimining bir qismi sifatida mamlakatdagi siyosiy va iqtisodiy o’zgarishlarni o’zida 
aks ettiradi, o’z navbatida, tijorat banklarning holati mamlakatdagi umumiy ahvolni 
belgilaydi.
Qimmatli qog’ozlar bozorining rivojlanganligi likvid mablag’lar foydalaligini 
yo’qotmagan holda aktivlarni pul shakliga aylantirishni eng tez va optimal variantini 
qo’llash imkoniyatini beradi. Bunday holat fond bozori rivojlangan davlatlar uchun 
ayniqsa xarakterlidir. Chunki aktivlarni qimmatli qog’ozlarga joylashtirish vositasida 
bank bir vaqtning o’zida ham likvidlilikni ta’minlaydi, ham kerakli daromadga ega 
bo’ladi. Banklararo kredit bozorning rivojlanganligi banklar o’rtasida vaqtincha 
bo’sh resurslarni tezda qayta taqsimlash imkonini beradi. Banklararo bozordan 
likvidlilikni ta’minlash uchun turli muddatlarga mablag’larni jalb qilish mumkin, shu 
jumladan, bir kunga ham. Bu bozordan mablag’larni olish operativligi umumiy 
moliyaviy kon’yunktura, banklararo bozorning tashkiliy shakli va albatta, bankning 
obro’siga bog’liq.
Yuqoridagi omil bilan birga qayta moliyalashtirish tizimining likvidlilikka 
ta’siri o’zaro chambarchas bog’liq. Qayta moliyalashtirish tizimi Markaziy bankning 
tijorat banklarini kreditlash jarayonidir. Likvid mablag’larga ehtiyoj tug’ilganda 
tijorat banklari Markaziy bankdan qayta moliyalashtirish stavkasida kredit olishi 
mumkin bo’ladi. Bu omilning bevosita
288 


ta’siri shundlan iboratki, qayta moliyalash stavkasi ortganda likvidlikni ta’minlash 
uchun kreditlar omili qimmatlashib qoladi yoki aksincha.
Markaziy bankning nazorat funktsiyalari samaradorligini aktsiyadorlik tijorat 
banklari bilan likvidlilikni ta’minlashga doir munosabatlarda o’z aksini topadi. 
Markaziy bank belgilangan tartibda iqtisodiy normativlarni, shu jumladan, likvidlilik 
me’yorlarini ham o’rnatadi. Iqtisodiy o’zgarishlar ta’sirida Markaziy bank ham 
me’yorlarni o’zgartirib boradi. Masalan, o’tish davrini boshdan kechirayotgan 
O’zbekistan sharoitida Markaziy bank iqtisodiy normativlarni kat’iy va nisbatan 
«qattiqqo’llik» bilan o’rnatgan, buni mavjud shart - sharoit ham talab etadi. Shunday 
holatda tijorat banklari likvidlilikka og’ishmay amal qiladi va likvidlilikning zarariga 
daromadlilikni su’iste’mol qila olmaydilar.
Ko’rib o’tilgan omillardan biri alohida likvidlilikka, yana biri to’lovga 
qobiliyatlilikka alohida ta’sir o’tkazmaydi. Balki, sanab o’tilgan omillar bir vaqtning 
o’zida ham likvidlilik, ham to’lovga qobiliyatlilikni belgilaydi. Chunki, likvidlilik va 
to’lovga qobiliyatlilik o’rtasida sof chegara mavjud emas, ya’ni ular o’ta yaqin 
tushunchalar hisoblanadi.
289 


Banklar faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillar
8-sxema
Mustaqkam kapital bazasi
Depozitlar sifati
Aktivlar sifati
Tashqi manbalarga qaramlik darajasi
Aktiv va passivlarni mutanosibligi
Malakali menejment
Bankning imidji

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling