Toshkent moliya instituti sirtqi fakultet “iqtisodiyot, boshqaruv, soliqlar va sug’urta” kafedrasi “menejment” ta’lim yo‘nalishi
Download 100.62 Kb.
|
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI botir
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. Korxonalar mol-mulkining baholash qiymatini aniqlash
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yoki O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hay’ati qaroriga ko‘ra tarkibiy o‘zgartirishni amalga oshiruvchi, past rentabelli, zarar ko‘rib ishlayotgan va iqtisodiy nochor korxonalarning, shuningdek ularga nisbatan iqtisodiy sud qaroriga ko‘ra bankrotlik tartiboti qo‘llanilgan korxonalarning mol-mulkini baholash, boshlang‘ich (dastlabki) narxini aniqlash tartibini tartibga soladi. (1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son) Keyingi tahrirga qarang. Oldingi tahrirga qarang. Ushbu Nizom: O‘zbekiston Respublikasi tashqarisida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi mulki bo‘lgan obyektlar bo‘yicha bitishuvlarni amalga oshirishda; Oldingi tahrirga qarang. (1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-iyuldagi 499-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/499/1439-son) 2. Ushbu Nizomga muvofiq, kelgusida tarkibiy o‘zgartirish va bankrotlik tartibotini amalga oshirish rejalariga muvofiq sotiladigan mol-mulk baholanadi. II. Korxonalar mol-mulkining baholash qiymatini aniqlash Oldingi tahrirga qarang. 3. Baholovchi tashkilot va uning xizmatlari iste’molchisi (buyurtmachi) o‘rtasida qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan shartnoma baholashni o‘tkazish uchun asos hisoblanadi. (3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 9-noyabrdagi 248-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son, 385-modda) 4. Ushbu Nizomga muvofiq, tarkibiy o‘zgartiriladigan korxona yoki unga nisbatan bankrotlik tartiboti qo‘llanilgan korxona baholash xizmatlarini amalga oshirishga buyurtmachi hisoblanadi. Oldingi tahrirga qarang. (4-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda) Baholashni o‘tkazish uchun xizmatlar qiymatining qolgan qismini to‘lash baholangan obyekt sotilgan va korxona hisobiga pul mablag‘lari tushgandan keyin navbatdan tashqari tartibda amalga oshiriladi. 5. Korxonani xatlovdan o‘tkazish natijalariga ko‘ra baholanadigan mol-mulk tarkibiga quyidagilar kiritiladi: korxona balansida bo‘lgan, shu jumladan, texnik holatidan qat’i nazar, boshqa korxona va tashkilotlarga foydalanish uchun (ijaraga) berilgan ham ishlab turgan (shu jumladan vaqtinchalik mukammal ta’mirlashda va zamonaviylashtirishda bo‘lgan), ham konservatsiyada turgan asosiy vositalar; nomoddiy aktivlar; tugallanmagan qurilish; o‘rnatiladigan asbob-uskunalar; boshqa uzoq muddatli aktivlar; joriy aktivlar. Xatlovdan o‘tkazishda korxona mol-mulki balans (qoldiq) qiymati bo‘yicha baholanadi. Mol-mulkning balans (qoldiq) qiymatini baholash Buxgalteriya hisobi milliy standartlariga muvofiq amalga oshiriladi. Oldingi tahrirga qarang. 6. Tarkibiy o‘zgartiriladigan korxonalarning sotiladigan mol-mulkini baholash maqsadida — vakolatli organning va unga nisbatan bankrotlik tartiboti qo‘llanilgan korxonalarning qarori bo‘yicha, — kreditorlar (kreditorlar qo‘mitasi) majlisi qaroriga ko‘ra baholash tashkiloti jalb etiladi. Mulkida davlat ulushi bo‘lgan korxonalar uchun baholovchi tashkilotni jalb etish majburiydir. (6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 9-noyabrdagi 248-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son, 385-modda) Oldingi tahrirga qarang. 7. Baholashni o‘tkazishda, atamalar, tushunchalar va metodikalardan foydalanishda, shuningdek baholash bo‘yicha hisobot tuzishda baholovchi tashkilot qonun hujjatlari talablariga rioya etishi va mavjud baholash standartlariga amal qilishi shart. (7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 9-noyabrdagi 248-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son, 385-modda) Oldingi tahrirga qarang. 8. Tarkibiy o‘zgartiriladigan korxonalar va ularga nisbatan bankrotlik tartiboti qo‘llanilgan korxonalar mol-mulkini baholashda baholovchi tashkilot tomonidan qiymatning quyidagi turlari aniqlanadi: (8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 9-noyabrdagi 248-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son, 385-modda) bozor qiymati; tugatish qiymati; foydalaniladigan qilish qiymati; investitsiya qiymati. Oldingi tahrirga qarang. 9. Korxonaning bozor qiymatini baholash baholovchi tashkilot tomonidan korxonaning (mol-mulkning) balans (qoldiq) qiymatini, baholash sanasida mazkur mol-mulkka bo‘lgan aniq talabni, uning joylashgan joyini, uning tarkibida maxsus mol-mulkning, bozorda xaridorgirligi cheklangan mol-mulkning mavjudligini, shuningdek fizik va/yoki ma’naviy eskirgan mol-mulkni hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Unga nisbatan bankrotlik tartiboti qo‘llanilgan korxona mol-mulkining bozor qiymatini baholash — kreditorlar majlisi qaroriga ko‘ra, tarkibiy o‘zgartiriladigan korxonaga nisbatan esa — vakolatli organ qaroriga ko‘ra savdolarda sotishning boshlang‘ich (dastlabki) narxi belgilangan taqdirda amalga oshiriladi. (9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 9-noyabrdagi 248-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son, 385-modda) 10. Korxonalar mol-mulkining tugatish qiymatini baholash mol-mulkning bozor qiymatiga asoslanadi, bunda mol-mulkni majbur etuvchi holatlar mavjudligi tufayli qisqa muddatlarda sotish zarurligi faktori yuzasidan diskont qilish, shuningdek mazkur mol-mulkni saqlash va qo‘riqlash bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlar hisobga olinadi. Unga nisbatan bankrotlik tartiboti qo‘llanilgan korxona mol-mulkining tugatish qiymatini baholash kreditorlar (kreditorlar qo‘mitasi) majlisi qaroriga ko‘ra, savdolarda sotishning boshlang‘ich (dastlabki) narxi belgilangan taqdirda amalga oshirilishi mumkin. 11. Mol-mulkning foydalaniladigan qilish qiymatini baholash baholash sanasida ma’naviy (funksional) eskirganligi yoki texnik holatiga ko‘ra belgilangan maqsadda foydalanilishi mumkin bo‘lmagan, faqat unda sotish uchun materiallar majmui mavjudligi tufayli qiziqish tug‘diradigan obyektlarga nisbatan qo‘llaniladi. 12. Investitsiya qiymatini baholash mol-mulkning bozor qiymatini baholashga asoslanadi va ikki qismga — badal to‘loviga hamda sotib olinayotgan mol-mulkdan foydalangan holda biznes tashkil etish uchun zarur bo‘lgan investitsiya majburiyatlariga bo‘linadi. Unga nisbatan bankrotlik tartiboti qo‘llanilgan korxona mol-mulkining investitsiya qiymatini baholash kreditorlar (kreditorlar qo‘mitasi) majlisi qaroriga ko‘ra, tarkibiy o‘zgartiriladigan korxonalarga nisbatan esa — vakolatli organ qaroriga ko‘ra savdolarda korxona (yoki uning bir qismi) mol-mulk kompleksi yoki biznes sifatida sotilgan taqdirda amalga oshiriladi. Mol-mulkni investitsiya qiymati bo‘yicha sotishda savdolarning majburiy shartlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: badal to‘lovini to‘lash summasi va muddatlari (qoidaga ko‘ra, shartnoma tuzilgandan keyin ayni bir vaqtda); investitsiya majburiyatlarini bajarish, shu jumladan bankrot korxonaning qolgan kreditorlik qarzini to‘lash summasi va to‘lash muddatlari (qoidaga ko‘ra, shartnoma tuzilgandan keyin bir yil mobaynida). Oldingi tahrirga qarang. Badal to‘lovlari va investitsiya majburiyatlari miqdorlari nisbati savdolar shartlarida belgilab qo‘yiladi va kreditorlar (kreditorlar qo‘mitasi) majlisi qarori bilan tasdiqlanadi, mulkida davlat ulushi bo‘lgan korxonalar bo‘yicha esa — vakolatli organ qarori bilan tasdiqlanadi. (12-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-iyuldagi 499-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/499/1439-son) Download 100.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling