12-jadval
Olmazor tumanida jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq
to’lovchilarning soliqqa tortilishi va imtiyozlar qo’llanilishi
to’g’risida ma’lumot
20
2012 yilda
jami hisobga
olinganlar
soni
Imtiyoz berilgan
ob’ektlar
Soliqqa tortilgan ob’ektlar soni
xo’jalik
soni
mulk
qiymati
(mln.
so’m)
soliq
summasi
xo’jalik
soni
mulk
qiymati
(mln.
so’m)
soliq
summasi
53626
16424
139119.9
795150
37202
382080
2512289
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, Olmazor tumanida 2013 yil 1
yanvar holatiga ko’ra jami hisobga olingan xo’jaliklar soni 53626 tani tashkil
etmoqda. Shundan, imtiyozga ega bo’lgan ob’ektlar soni 16424 tani tashkil
etgan holda, mol-mulk solig’ining summasi esa mazkur ob’ektlar bo’yicha
795150.0 ming so’mni tashkil etmoqda. Soliqqa tortilgan ob’ektlar soni esa
37202 tani tashkil etgan holda, mol-mulk solig’ining summasi 2512289.0 ming
so’mni tashkil etmoqda.
Soliq kodeksining 274-moddasiga muvofiq, ko’chmas mulkka bo’lgan
huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organ tomonidan belgilanadigan soliq
solish ob’ektlarining inventarizatsiya qiymati to’lovchilar uchun soliq
solinadigan bazadir.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkini baholash bo’yicha vakolatli organ
tomonidan aniqlangan soliq solish ob’ektining bahosi mavjud bo’lmagan
taqdirda, mol-mulkning qonun hujjatlari bilan belgilanadigan shartli qiymati
soliq solinadigan bazadir. Bitta jismoniy shaxs bir nechta soliq solish ob’ekti
bo’yicha to’lovchi bo’lgan taqdirda, soliq solinadigan baza har bir ob’ekt
bo’yicha alohida-alohida hisoblab chiqiladi.
20
Olmazor tuman DSI hisobot ma’lumotlaridan olindi.
31
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalari
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori asosida belgilanadi. 2013 yil uchun
jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalari quyidagi
jadvalda berilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |