Toshkent Moliya instituti Soliqlar va sug`urta fakulteti


Tashqi xarajatlar korxona o’zi uchun zarur resurs va xizmatlarga to’lovlarni amalga oshirishi natijasida vujudga keladigan xarajatlardir


Download 176.56 Kb.
bet2/5
Sana19.04.2023
Hajmi176.56 Kb.
#1364027
1   2   3   4   5
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi

Tashqi xarajatlar korxona o’zi uchun zarur resurs va xizmatlarga to’lovlarni amalga oshirishi natijasida vujudga keladigan xarajatlardir.

Bunday xarajatlarga yollanma ishchilar ish haqi, xom ashyo va materiallar uchun to‘lovlar, kredit uchun foiz to‘lovlari, ijaraga olingan er uchun renta, transport xizmati va boshqa har xil xizmatlar uchun to‘lovlar kiradi. Tashqi xarajatlar to‘lov hujjatlari bilan rasmiylashtiriladi, shu sababli buxgalteriya xarajatlari deb ham ataladi.

Korxonaning o‘ziga tegishli bo‘lgan resurslardan foydalanishi bilan bog‘liq xarajatlar ichki xarajatlar deyiladi.

Bunday xarajatlar pul to‘lovlari shaklida chiqmaydi. Shu sababli ichki xarajatlar darajasini baholash o‘z resurslari qiymatini shunga o‘xshash resurslarning bozor narxlariga taqqoslash orqali amalga oshiriladi.


Ishlab chiqarish xarajatlari
Ichki xarajatlar
Ishchi kuchiga sarflar
Xomashyo xarajatlari
Bino – inshoot amartizatsiyasi
Mashina – uskuna amartizatsiyasi
Yonilg`i-energiya xarajatlari
Transport-aloqa xizmatlariga xarajatlar
Bank tijorat xizmatlari uchun xarajatlar
Ijara haqi
Qarz pul mablag`lari va uning uchun foizlar
Meyordagi foyda
Tashqi xarajatlar

Ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga bog’liq bo’lmagan xarajatlar doimiy xarajatlar deyiladi. Doimiy xarajatlar ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lmaydi, va ishlab chiqarishning har qanday, hatto nolinchi hajmida ham mavjud bo‘ladi. Bunga korxonaning to‘lov majburiyatlari (zayomlar bo‘yicha foiz va boshqa), soliqlar, amortizattsiya ajratmalari, ijara haqi, qo‘riqlash xizmatiga to‘lov, uskunalarga xizmat ko‘rsatish sarflari, boshqaruv xodimlari maoshi va shu kabilar kiradi. O’zgaruvchi xarajatlar ishlab chiqariladigan tovar miqdorining oshishiga yoki kamayishiga bevosita bog’liq bo’lgan harajatlardir. Unga xomashyo, material, yonilg‘i-transport xizmati, ishchilar ish haqi va shu kabilarga qilinadigan sarflar kiradi. Ishlab chiqarishning har bir darajasida doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlar yig‘indisi umumiy yoki yalpi xarajatlarni tashkil qiladi. Mahsulot narxiga qo‘shilish xarakteriga ko’ra to’g’ri va egri xarajatlar farqlanadi: - To’g’ri xarajatlar – bevosita tannarxda aks etib, mahsulot narxi tarkibiga kiradi. - Egri xarajatlar – tannarxda aks etmaydi va mahsulot narxiga ustama hisoblanadi.


Download 176.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling