Toshkent moliya instituti sug’urta fakulteti


Download 477.91 Kb.
Pdf просмотр
bet1/5
Sana22.02.2020
Hajmi477.91 Kb.
  1   2   3   4   5

O’ZBEKISTON  RESPUBLIKASI OLIY VA  O’RTA MAXSUS 

TA’LIM  VAZIRLIGI 

 

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI 

 

SUG’URTA FAKULTETI 

 

“SUG’URTA ISHI” KAFEDRASI 

 

O’RINOVA FOTIMA SUVONOVNA 

 

“SUG’URTA FAOLIYATINI DAVLAT TOMONIDAN 

TARTIBGA SOLISH MEXANIZMI VA UNI 

TAKOMILLASHTIRISH YO’NALISHLARI” 

 

5231200 – “Sug’urta ishi” - ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish 

uchun  yozilgan 

 

BITIRUV MALAKAVIY ISHI    



 

 

 

 

 

         “HIMOYAGA RUXSAT ETILDI” 

 

 

 

   

      “Sug’urta ishi” kafedrasi mudiri 

 

 



 

 

  ________i.f.n., dotsent I.K.Ochilov 



 

 

 



 

 

“___”_____________2015 yil. 



 

 

 



                    Ilmiy rahbar______o’qt. S.R.Matiyazova 

 

 



 

 

 



 “___”_____________2015 yil. 

 

 



 

 

 



TOSHKENT-2015 

 

M U N D A R I J A 



 

KIRISH........................................................................................................ 



 



 

 

I BOB. 



SUG‘URTA    FAOLIYATINI  DAVLAT  TOMONIDAN 

TARTIBGA 

SOLISHNING 

NAZARIY 

VA 

XUQUQIY 

ASOSLARI…………………………………….............................. 

 

 



1.1 

Sug‘urta  faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning zarurligi va 

axamiyati.……………………...…………….. 

 



1.2 



 

Sug‘urta  faoliyatini davlat tomonidan  tartibga solishning  xuquqiy 

asoslari ................................................................................................ 

 

17 



1.3 

Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning xorij 

tajribasi…………………………………………………………….. 

 

25 



II BOB. 

SUG‘URTALOVCHILAR FAOLIYATINI 

LITZENSIYALASHGA QO‘YILGAN TALABLAR VA 

SUG‘URTA BOZORIDA SUG‘URTA FAOLIYATINI 

AMALGA OSHIRISH TENDETSIYALARI …………………… 

 

 

 

30 

2.1 

Sug‘urtalovchilar faoliyatini tartibga solishning amaliy asoslari….  

30 


2.2 

Sug‘urtalovchilar faoliyatini litsenziyalashga qo‘yiladigan talablar... 

36 

2.3 


Sug‘urta bozorini rivojlanish tendensiyalari………………………. 

43 


III BOB. 

SUG‘URTA FAOLIYATINI DAVLAT TOMONIDAN 

TARTIBGA SOLISH MASALALARINI 

TAKOMILLASHTIRISH……………………………………. 

 

 



50 

3.1 

Sug‘urta 

faoliyatini 

davlat 

tomonidan 



tartibga 

solishni 

takomillashtirish masalalari..................................................... 

 

50 



XULOSA...................................................................................................... 

59 


 

 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.............................. 

64 

 

 



 

Kirish 



Bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligi.  Mamlakatimiz yalpi ichki 

mahsuloti  8,1  foizga  o’sdi,  sanoat  ishlab  chiqarish  hajmi  8,3  foizga,  qishloq 

xo’jaligi 6,9 foizga, chakana savdo aylanmasi hajmi 14,3 foizga oshdi. 

Shuningdek  eksport  hajmi  sezilarli  ravishda,  ya’ni  11,6  foizga  o’shdi, 

eksport qilinayotgan mahsulotlar tarkibi va sifati yaxshilanib bormoqda. Buning 

natijasida  xomashyo  bo’lmagan  tayyor  tovarlarning  ulushi  70  foizdan  ziyodni 

tashkil etmoqda. Tashqi savdo aylanmasidagi ijobiy saldo 1 milliard 120 million 

dollardan  oshdi.  Inflyatsiya  darajasining  o’sish  sur’ati  prognoz  ko’rsatkichlari 

doirasida saqlab qolindi va 6,1 foizdan oshmadi

1



O’tish 

davrida 


makroiqtisodiy 

barqarorlikka 

erishish 

iqtisodiy 

rivojlanishning  eng ustuvor  yo’nalishlaridan biridir. Makroiqtisodiy barqarorlik 

haqida gap borar ekan, albattda inflyatsiya, ishsizlik  muammolari ko’z oldimizga 

keladi.  Har  qanday  jamiyatda    o’tish  davrida    inflyatsiya  darajasi  va  ishsizlik 

miqdori nisbatan yuqori bo’ladi. Shuningdek sug’urtada sug’urta qilingan ob’ekt 

javobgarligini  bo’yicha  zararni  qoplash  va  ularni  o’z  vaqtida  ta’minlash  kerak. 

Shuning  uchun  sug’urta  faoliyatini  maxsus  vakolatli  davlat  organi  tomonidan 

tartibga solish va nazorat qilishni takomillashtirish mavzuning dolzarb jihatlarini 

belgilab beradi. 

Sug’urta  faoliyatini davlat tomonidan  tartibga solish va  nazorat qilishning 

asosiy maqsadi sug’urta mahsuloti iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish 

hisoblanadi.  Sug’urta  nazorati  davlat  organing  barcha  faoliyati,  ya’ni 

sug’urtalovchilarning  sug’urta  faoliyatini  nazorat  qilish  va  moliyaviy 

barqarorligini  ta’minlashga  qaratilgan.  Normativ-  huquqiy  hujjatlarni  ishlab 

chiqish  va  ularning  amalda  qo’llanilishi  ustidan  nazorat  o’rnatish  kabilarni 

sug’urta mahsuloti is’temolchilarining huquq va manfaatlarini davlat tomonidan 

himoya qilinishining choralari sifatida qabul qilishi mumkin. 

                                                 

1

 



Prezidenti Islom Karimovning 2014-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va   2015-yilga moljallangan iqtisodiy dasturning eng 

muhim ustivor yonalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi 17.01.2015 y

 

.

 



 

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2011 yil 24 iyunda 



tasdiqlangan  va  vazirlikning  rasmiy  saytida  e’lon  qilingan  “2010  yilda 

O’zbekiston Respublikasida sug’urta faoliyatini nazorat qilish va tartibga solish 

bo’yicha  hisobot”da  qayd  etilishicha,  2010  yilda  O’zbekiston  Respublikasi 

Moliya  vazirligi  huzuridagi  Sug’urta  nazorati  davlat  inspektsiyasi  tomonidan 

respublika  fuqarolarining  46  ta  shikoyat  xati,  shuningdek  yuridik  va  jismoniy 

shaxslarning  sug’urta  masalalari  bo’yicha  100  dan  ortiq  yozma  murojaatlari 

ko’rib  chiqilgan  va  qonunchilikda  belgilangan  muddatlarda  ularga  javob 

berilgan


1

Sug’urta  faoliyatini  nazorat  qilishning  amaldagi  mexanizmi,  umuman, 



xalqaro amaliyot talablariga mos keladi. Ammo, bu masalada tartibga solishning 

samaradorligini  oshirishning  muayyan  imkoniyatlari  mavjud.  Holbuki, 

O’zbekiston  Respublikasining  “Iste’molchilarning  huquqlarini  himoya  qilish 

to’g’risida”gi  Qonunda  moliyaviy  xizmatlar  ijrochisining  iste’molchilar  oldida 

bankrot  bo’lish  yoki  tugatilish  holatidan  javobgarligini  sug’urta  qilish 

majburiyati  belgilangan.  Ammo,  mazkur  qonunning  bu  talabi  hozircha  amalga 

oshmagan. 

Bitiruv  malakaviy  ishining  ob’ekti



  Maxsus  vakolatli  davlat  organi 

hamda  jamoat  tashkilotlarning  milliy  sug’urta  bozorida  sug’urtalovchilar 

faoliyatini tartibga solish bo’yicha olib borayotgan faoliyati hisoblanadi. 

Bitiruv  malakaviy  ishining  predmeti.  Sug’urta  faoliyati,  sug’urta 

nazorati,  davlat  sug’urta  yazorati  inspeksiyasi  tomonidan  tartibga  solish  va  uni 

takomillashtirish boyicha mavjud muammolar hisoblanadi 

Bitiruv  malakaviy  ishining  maqsadi.    Sug’urta  faoliyatini  tartibga 

solishning  nazariy  va  huquqiy  asoslarini,  sug’urtalovchilar  faoliyatini 

litsenziyalashga  qo’yilgan  talablar  va  sug’urta  bozorida  sug’urta  faoliyatini 

amalga  oshirish  tendentsiyalarini  o’rganib,  ulardagi  mavjud  kamchiliklarni 

                                                 

1

  www.mf.uz. 



 

bartaraf etish maqsadida sug’urtalovchilar faoliyatini tartibga solish masalalarini 



takomillashtirish yuzasidan tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat. 

Bitiruv  malakaviy  ishining  nazariy  amaliy  ahamiyati.  O’zbekiston 

Respublikasi  Prezidenti  I.Karimovning  iqtisodiyot  sohasidagi  asarlari, 

iqtisodiyotni  isloh  qilish,  shu  jumladan  sug’urta  va  iste’molchilarning 

huquqlarini  himoya  qilish  sohasi  bo’yicha  qabul  qilingan  Prezident  farmonlari, 

qonunchilik hujjatlari, xorijlik va mamlakatimiz olimlarining sug’urta yo’nalishi 

bo’yicha  e’lon  qilgan  ilmiy  maqolalari  va  monografiyalari  ushbu  bitiruv 

malakaviy  ishni  yozishda  dasturamal  vazifasini  bajardi.  Shuningdek  malakaviy 

ishda  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligining  va  yirik  sug’urta 

kompaniyalarining statistik ma’lumotlaridan foydalanildi. 

Bitiruv malakaviy ishning tarkibi. 

Tadqiqot  ishi  kirish,  etti  paragrafni  o‘z  ichiga  olgan  uch  bob,  xulosa  va 

takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

I.BOB. SUG‘URTA FAOLIYATINI DAVLAT TOMONIDAN 



TARTIBGA SOLISHNING NAZARIY VA XUQUQIY ASOSLARI 

1.1 Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning 

zarurligi va axamiyati 

Mamlakatimizda  bozor  munosabatlarining  rivojlanib  borishida  davlat 

tomonidan  bosqichma-bosqich  amalga  oshirilayotgan  demokratik  islohotlar  xal 

qiluvchi  rol  o‘ynamoqda.  Buning  natijasida  turli  mulkchilik  munosabatlariga 

asoslangan  bozor  iqtisodiyoti  jamiyatning  xamma  soxalarida  o‘z  o‘rniga  ega 

bo‘lib  bormoqda  va  shu  asosda  ishlab  chiqarishni  rivojlantirish,  ayirboshlash 

munosabatlarini  takomillashtirish,  iste’mol  madaniyatini  shakllantirish  va 

tovarlar  etkazib  berishning  uzluksizligini  ta’minlash  sug‘urta  munosabatlarini 

rivojlantirishni 

hayotiy 


zaruriyatta 

aylantirdi. 

Jahondagi 

rivojlangan 

mamlakatlarda  har  qanday  loyiha  sug‘urta  kafolatisiz  qabul  qilinmaydi  va  shu 

tufayli  bu  mamlakatlardagi  turli  sub’ektlar  faoliyatida  sug‘urta  muhim  o‘rin 

egallab,  davlat  ahamiyatidagi  muammolarni  echadigan  tarmoq  sifatida 

rivojlanmoqaa. 

Sug‘urta  faoliyati  boshqa  faoliyat  turlaridan  keskin  farq  qiladi.  Bu 

faoliyat  ijtimoiy  ishlab  chiqarishning  barcha  sohalari  to‘xtovsiz  ishlashini 

ta’minlash.  hamda  turli  ko‘zda  tutilmagan  va  favkulotdagi  holatlar  natijasida 

ko‘rilgan zararlarni qoplash uchun xizmat qiladi. Turli ijtimoiy holatlar bo‘yicha 

javobgarlikning  yuqoriligi  sug‘urtachi  faoliyatini  davlat  tomonidan  nazorat 

qilishni  talab  etadi.  SHunga  ko‘ra  sug‘urta  faoliyatini  davlat  tomonidan 

boshqarish,  tartibga  solish  va  nazorat  qilish  sug‘urta  bozori  va  uning 

ishtirokchilarining  moliyaviy  stabilligini  ta’minlash  choralarini  ko‘rib  borish, 

sug‘urta  sohasiga  bo‘lgan  ishonchni  ta’minlash,  sug‘urtalanuvchilarning 

huquqlarini himoya qilish, sug‘urta kompaniyalari uchun teng sharoitlar yaratib 

berish asosida haqqoniy raqobatni ta’minlashdan iboratdir. 

Moliya  vazirligi  tomonidan  sug‘urta  kompaniyalari  ishtirokida  ishlab 

chiqilgan  va  Prezidentning  2007  yil  10  apreldagi  №  PQ-618-sonli  “Sug‘urta 

xizmatlari  bozorini  bundan  buyongi  reforma  qilish  va  rivojlantirish  chora-



 

tadbirlari  to‘g‘risida”gi  qarorida  xalqaro  amaliyotga  asoslangan  holda  sug‘urta 



faoliyati va sug‘urta nazoratining qonunchilik hamda me’yoriy-huquqiy bazasini 

takomillashtirish chora-tadbirlari ko‘zda tutilgan. 

Sug‘urta  faoliyatini  davlat  tomonidan  tartibga  solish,  nazorat  qilish  va 

boshqarishning maqsadi quyidagilardan iborat: 

1)  mamlakat  sug‘urta  bozorining  bir  maromda  va  talab  darajasida  amal 

qilishini ta’minlash; 

2)  sug‘urta  bozori  ishtirokchilarining  qonunchilik  talablariga  rioya 

qilishlarini ta’minlash; 

3)  sug‘urta  yordamida  jamiyatda  ijtimoiy  va  iqtisodiy  mo’tadillikni 

ta’minlash; 

4)  sug‘urta  shartnomalari  shartlarining  ushbu  shartnomani  tuzuvchilar 

tomonidan bajarilishini ta’minlash; 

5) ichki sug‘urta bozorini chet el kompaniyalari ta’siridan himoya kilish; 

6)  sug‘urta  faoliyatidan  davlatga  soliq  va  yig‘imlar  tushumini 

ta’miilash. 

Sug‘urta  faoliyatini  davlat  tomonidan  tartibga  solish,  nazorat  qilish  va 

boshqarish  maxsus  tuzilgan  davlat  organi  tomonidan  amalga  oshiriladi.  Davlat 

sug‘urta nazoratini amalga oshirishda asosiy e’tibor sug‘urtachilarshshg sug‘urta 

bozoridagi 

faoliyatiga 

beriladi. 

Bunda 


birinchi 

vazifa 


sug‘urta 

kompaniyalarining  sug‘urta  shartnomalari  bo‘yicha  olgan  majburiyatlarini 

bajarishini ta’minlash hisoblanadi. Sug‘urta murakkab xizmat turi bo‘lib, bunda 

ushbu  xizmatni  ko‘rsatuvchi  professionallar  bilan  bu  xizmat  to‘g‘risida  yaxshi 

tushunchaga  ega  bo‘lmagan  potensial  sug‘urtalanuvchi  o‘zaro  uchrashadi. 

Bunday  holatda  sug‘urtachi  mavjud  tajribasidan  o‘z  manfaati  yo‘lida  yoki 

kompaniya  manfaati  yo‘lida  sug‘urtalanuvchi  hisobiga  foydalanishi  mumkin. 

Bunday  holatlardan  davlat  o‘zi  qabul  qilgan  qonun  va  qarorlar,  hamda  boshqa 

me’yoriy  hujjatlar  vositasida  va  davlat  nomidan  ish  ko‘ruvchi  tashkilot 

vositasida potensial sug‘urtalanuvchilar va sug‘urtalanganlarni himoya qiladi. 



 

Jamiyat  a’zolarining  sug‘urta  xizmatlariga  bo‘lgan  talabining  o‘sib 



borishida davlatning roli benihoya katta bo‘lib, davlat sug‘urtani rivojlantirishda 

asosiy tashabbuskor sifatida faoliyat olib boradi, sug‘urta bo‘yicha qonunlar va 

boshqa  me’yoriy  hujjatlar  ishlab  chiqadi,  ularning  amalda  qo‘llanilishini 

ta’minlaydi. 

Davlat  sug‘urta  munosabatlarini  rivojlantirish  maqsadida,  zarur 

bo‘lganda  homiylik  qilish  bilan  sug‘urta  xizmatlariga  bo‘lgan  talabni 

qondirishga  erishadi.  Bu  jarayonda  davlat  avvalo  milliy  sug‘urta  bozorining 

rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni yaratib berishi kerak, bular quyidagilardan 

iboratdir: 

-  sug‘urta  to‘g‘risidagi  qonunlarni  ishlab  chiqish,  qabul  qilish  va 

hayotga  tadbiq  etishni  tashkil  etish,  hamda  ularning  amal  qilishi  ustidan 

nazoratni olib borish; 

-  davlat  va  nodavlat  sug‘urta  kompaniyalarini  barpo  etish  va  ularni 

moliyaviy  qo‘llab-quvvatlash,  ularni  sug‘urta  bozorining  ishtirokchilari 

sifatida bozorda erkin faoliyat olib borishlariga sharoit yaratib berish; 

-  sug‘urtalanuvchilarni  sug‘urta  bozoridagi  xizmat  turlari  bilan 

tanishtirishga  har  tomonlama  ko‘maklashish,  ularning  huquq  va  manfaatlarini 

himoya qilish; 

-  jamiyat  va  fuqarolarning  alohida  qatlamlari  talablarini  nazarda 

tutuvchi majburiy sug‘urta turlarini joriy qilish; 

-  milliy  sug‘urta  bozorida  faoliyat  olib  boradigan  kadrlarni 

tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini tashkil etish. 

Ushbu  omillarning  yaratilishi  sug‘urtaning  yuqori  suratlar  bilan 

rivojlanishini ta’minlab beradi. 

Sug‘urta  xizmatlarining  o‘ziga  xos  xususiyatlaridan  biri  shundaki, 

sug‘urtalanuvchi tomonidan to‘lanadigan sug‘urta mukofoti bilan sug‘urtalovchi 

tomonidan  sug‘urta  qoplamasini  to‘lash  oralig‘ida  ma’lum  uzilish  davri  bor. 

Ushbu  o‘tadigan  davr  mobaynida  sug‘urtachining  iqtisodiy  imkoniyatlari 

qanday 

tomonga 


o‘zgarishini  sug‘urtalanuvchining  oldindan  anglashi 

 

mushkuldir.  SHu  tufayli  davlatning  muhim  vazifalaridan  biri  sug‘urtachilar 



faoliyati  va  iqtisodiy  imkoniyatlarining  ishonchliligini  ta’minlashdan  iboratdir. 

Bundan  tashqari  tuziladigan  sug‘urta  shartnomlari  huquqiy  nuqtai-nazardan 

murakkab  hujjat  bo‘lib,  ushbu  shartnomada  qo‘yilayottai  shartlarning 

haqqoniyligini davlat nazorat qilib borishi kerak.

1

 

Bozor  sharoitida  davlat  tomonidan  sug‘urta  tizimini  boshqarish  va 



tartibga solish ob’ektiv zaruriyat hisoblanadi. Sug‘urta bozorida gohida sug‘urta 

kompaniyalari raqobatni chegaralash maqsadida hamkorliqda ish olib borishlari 

va  boshqa  kompaniyalarning  bozorda  faoliyat  ko‘rsatishiga  qarshi  choralar 

ko‘rishlari,  tariflarni  sun’iy  ravishda  oshirishga  harakat  qilishlari  mumkin. 

Bunday holatlarni bartaraf etishda davlat nazoratchi vazifasini bajarishi kerak. 

Davlat 


sug‘urta  tizimining  rivojini  ta’minlaydigan  qonunlarni 

takomillashtirib  borish  bilan  birga,  ularning  amal  qilishini  ham  ta’minlashi 

lozim.  Har  qanday  sug‘urta  kompaniyasining  faoliyati  iqtisodiy  tizim  bilan 

chambarchas  bog‘langan  bo‘lib,  shu  iqtisodiy  tizim  ichida  sug‘urtachi  o‘z 

faoliyatini  amalga  oshiradi.  Bozordagi  turli  ishtirokchilarning  o‘zaro 

munosabatlari  zaminida  sug‘urta  tizimi  shakllanadi.  Bu  tizim  ichida  har  bir 

sug‘urta tashkiloti manfaatlari uyg‘unlashadi. 

Sug‘urta  bozorining  muhim  sub’ekti  va  uning  ishtirokchilaridan  biri 

davlat  hisoblanadi.  Respublikamiz  mustaqillikni  qo‘lga  kiritgandan  so‘ng, 

sug‘urta  faoliyatiga  davlat  alohida  e’tibor  qaratdi  va  bu  sohaning  rivojlanishi 

uchun  doimiy  ravishda  sa’y-harakatlarni  olib  bormoqda.  Mustaqillik  qo‘lga 

kiritilgaidan  hozirgacha  bo‘lgan  davrdagi  sug‘urta  bozorida  davlat  tomonidan 

amalga oshirilgan islohotlarni shartli ravishda 3 - bosqichga bo‘lish mumkin: 

1-bosqich 1991-1996 yillar; 

2-bosqich 1997-2001 yillar; 

3-bosqich 2002 yildan hozirgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. 

1  -  bosqichda  bozor  iqtisodiyotining  asosi  bo‘lgan  turli  mulkchilik 

shakllarining  paydo  bo‘lishi,  davlatga  qarashli  mulklarning  xususiylashtirilishi 

                                                 

1

 Ю.А.Сплетухов, Е.Ф.Дюжиков. Страхование. М.: ИНФРА-М - 2007. - С.64-66 



10 

 

bilan  mulkdorlar  sinfining  paydo  bo‘lishi  va  mulkka  bo‘lgan  munosabatning 



o‘zgarishi, mulkning daxlsizligi va uning yo‘qotilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun 

harakat  kuchaydi.  Bu  o‘z  navbatida  sug‘urta  xizmatlariga  bo‘lgan  talabning 

oshishiga sabab bo‘ldi. 

O‘zbekistonda  sug‘urta  bozoriniig  shakllanishi  “Gosstrax”  davlat 

sug‘urta  tashkilotini  qayta  ko‘rib  chiqish  va  bozor  iqtisodiyoti  talabidan  kelib 

chiqib,  davlatning  faol  ishtirokida  mustaqil  sug‘urta  kompaniyalari  tashkil 

etilishida namoyon bo‘ddi. 

Sug‘urta  munosabatlarini  tartibga  solish  maqsadida  mamlakat  tarixida 

birinchi  marta  1993  yil  6  mayda  O‘zbekiston  Respublikasining  “Sug‘urta 

to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Ushbu qonunga asoslangan holda 1994 yili 

“O‘zbekinvest” milliy sug‘urta kompaniyasi tashkil etildi. 

Mamlakatimiz va chet el investorlarining iqtisodiy manfaatlarini himoya 

qilishni  ta’minlash,  shuningdek,  O‘zbekiston  Respublikasida  sug‘urtaning 

zamonaviy tizimini rivojlantirish maqsadida 1995 yili London sug‘urta bozorida 

Amerikaning yirik moliyaviy guruhi “Amerikan Interneshnl Grupp”(AIG) bilan 

hamkorlikda 

O‘zbekiston-Amerika 

qo‘shma 


sug‘urta 

kompaniyasi 

“O‘zbekinvest-interneshnl” va “AIG O‘zbekinvest” imzolovchi agentligi tashkil 

etildi. 


Xususiylashtirishni  rivojlantirish  va  kichik  biznesni  qo‘llab-quvvatlash 

maqsadida 1995 yilda “Madad” sug‘urta agentligi tashkil etildi va bu kompaniya 

kichik va o‘rta biznes infratuzilmasining ajralmas qismi bo‘lib qoldi. 

Ushbu  ixtisoslashtirilgan  kompaniyalar  bilan  bir  qatorda  “Gosstrax” 

davlat  sug‘urta  tashkiloti  va  uncha  yirik  bo‘lmagan  “Umid”  qo‘shma  sug‘urta 

kompaniyasi,  “ARK”  sug‘urta  guruhi,  “Ishonch”,  “Temir  yo‘lchi”,  “Vostok” 

sug‘urta kompaniyalari faoliyat yuritdi. 

1996  yil  29  avgustda  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  tomonidan 

qabul  qilingan  Fuqarolik  kodeksining  52-bobi  sug‘urtaga  (914-961  moddalar) 

bag‘ishlandi.  Sug‘urtaga  oid  huquqiy-me’yoriy  hujjatlarning  qabul  qilinishi 

sug‘urta bozorining rivojlanishi uchun huquqiy sharoitlar yaratab berdi. 


11 

 

2  -  bosqichda,  aniqrog‘i  1997  yilda  respublikadagi  mavjud  davlat 



sug‘urta  tarmog‘ini  isloh  qilish  davom  ettirildi.  O‘zbekiston  Respublikasi 

Prezidentining  1997  yil  18  fevraldagi  №  PF-1710  raqamli  Farmoniga  asosan 

“O‘zbekinvest”  milliy  sug‘urta  kompaniyasi  “O‘zbekinvest”  eksport-import 

milliy  sugurta  kompaniyasiga  aylantirildi.  Uning  asosiy  yo‘nalishi  sarmoyalar, 

texnologiyalar,  tovarlar  va  xizmatlarni  milliy  eksport  qiluvchilarni  xalqaro 

bozorlarda  siyosiy,  tijorat  va  tadbirkorlik  tavakkalchiliklaridan  sug‘urtaviy 

himoya  qilish,  eksport  kreditlarini  qoplashga  sug‘urta  kafolatlari  berish  qilib 

belgilandi. 

SHu  yili  O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  huzuridagi  Davlat 

sug‘urta  bosh  boshqarmasi  negazida  “O‘zagrosug‘urta”  va  “Kafolat” 

ixtisoslashgan davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyalari tashkil etildi. Sug‘urta 

bozorida  ishtirok  etuvchi  sug‘urtalanuvchi  va  sug‘urtalovchilar  huhuqlarini 

himoya  qilish  maqsadida  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  1998 

yil 8 iyulda 286 raqamli “Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishga 

doir  chora-tadbirlar  to‘g‘risida”gi  qarori  qabul  qilindi.  Joriy  qarorga  asosan 

Respublika  Moliya  vazirligi  huzurida  sug‘urta  nazorati  davlat  inspeksiyasi 

tashkil etildi. 

3  -  bosqichda  Uzbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2002  yil  31-

yanvardagi  PF-3022  sonli  “Sug‘urta  bozorini  yanada  erkinlashtirish  va 

rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni, shu yili 5 aprelda “Sug‘urta 

faoliyati  to‘g‘risida”  yangi  tahrirdagi  qonunning  qabul  qilinishi,  shular  asosida 

o‘sha yilning 27 noyabrida Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Sug‘urta xizmatlari 

bozorini  yanada  erkinlashtirish  va  rivojlantirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi 

qarorining  qabul  kilinishi  respublika  sug‘urta  bozorining  yangi  bosqichga 

ko‘tarilishiga asos bo‘ldi. 

O‘zbekiston  Respublikasida,  respublika  sobiq  ittifoq  tarkibida  bo‘lgan 

davrda,  rejali  iqtisod  natijasida  bozor  munosabatlarining  rivojlanmaganligi 

sababli sug‘urta munosabatlari rivojlanmagan, sug‘urta bozori esa umuman yo‘q 

edi.  Sug‘urtaning  asosan  majburiy  turi  qo‘llanilar  edi.  Sug‘urta  munosabatlari 


12 

 

respublikaning  ichki  sharoitlariga  to‘g‘ri  kelmaydigan  huquqiy  hujjatlar  bilan 



tartibga  solinar,  shu  tufayli  mahalliy  aholi  sug‘urtaga  majburiy  hodisaga 

qaragandek qarar edi. 

2002 yil 27 noyabrdagi 413-sonli hukumat qarori bilan mamlakatimizda 

sug‘urtalashni  jahondagi  rivojlangan  mamlakatlarda  amal  kilib  kelayotgan 

sug‘urta  klassifikatorlarini  chuqur  tahlil  etish  orqali  ishlab  chiqilgan  sugurta 

klassifikatoriga ko‘ra sug‘urtalash sohasi ikkita muhim tarmoqqa ajratildi, ya’ni 

hayot  sug‘urtasi  va  umumiy  sug‘urta  tarmoqlari.  Sug‘urta  klassifikatorida 

alohida klasslarga ajratib qo‘yilgan, bizning hududimiz uchun xarakterli bo‘lgan 

“Nikoh va tug‘shgashni sug‘urtalash”, “Hayotni uzoq mudsatli sug‘urta qilish”, 

“Sog‘liqni  sug‘urta  qilish”  va  “Nafaqa  sug‘urtasi”  klasslari  sug‘urta  tizimida 

dolzarb elementlardan biriga aylanib bormoqda. 

Davlat  bozor  munosabatlarida  davlat  sug‘urta  tashkilotlari  orqali 

sug‘urtalovchi  sifatida  qatnashishi  mumkin  va  sug‘urta  bozori  faoliyatiga  turli 

huquqiy  belgilar  bilan  keng  qamrovli  ta’sir  ko‘rsatishi  mumkin.  G‘arbning 

rivojlangan  mamlakatlarida  sug‘urta  bozori  davlatning  ongli  boshqaruv  ob’ekti 

hisoblanadi. Xorijiy tajriba shundan dalolat beradiki, sug‘urta bozoriga samarali 

rivojlanish 

omillari 

xosdir, 

bular 


ustunlik 

va 


tashabbuskorlik, 

sug‘urtalanuvchilarning  talablarini  to‘laligicha  qondirilishidan  iborat.  Sug‘urta 

faoliyatining  davlat  tomonidan  boshqarilishi  sug‘urtaning  bozor  mexanizmini 

to‘ldirib,  ijobiy  tomonlarini  kuchaytiradi.  Bunda  sug‘urta  faoliyatini  davlat 

boshqaruvi  mexanizmi  sug‘urtaning  bozor  mexanizmi  bilan  chambarchas 

bog‘liq bo‘ladi. 

O‘zbekiston  jahon  xo‘jaligi  tizimiga  bog‘langanligi,  dunyodagi 

moliyaviy  markazlar  bilan  aloqalarning  kengaytirilayotganligini  hisobga  olib, 

mamlakatimizda  sug‘urta  tizimini  rivojlantirish  ob’ektiv  zaruratga  aylandi. 

Buning  uchun  sug‘urta  tizimini  har  tomonlama  chuqur  o‘rganish  va  bu  sohada 

jahondagi  rivojlangan  mamlakatlar  tajribasini  o‘rganish  lozim.  Bunday 

vazifalarni  bajarish  uchun  avvalo  sug‘urta  sohasida  jahon  talablariga  javob 



13 

 

beradigan  xodimlarni  tayyorlash  va  ularni  amaliyotga  tayyorlash,  aholini 



sug‘urta to‘g‘risidagi axborotlardan xabardor qilib borish muhim hisoblanadi. 

Yuqoridagi bayon etilgan fikrlardan kelib chiqqan holda davlat sug‘urta 

faoliyati  bilan  shug‘ullanib,  sug‘urtalanuvchilarni  himoyalashning  qonuniy 

mexanizmlarini ishlab chiqishi va uni hayotga tatbiq etishi, bajarilishini nazorat 

qilishi  kerak.  Jahondagi  rivojlangan  mamlakatlarda  sug‘urta  faoliyati  davlat 

tomonidan vakolat berilgan idoralar tomonidan qattiq nazorat qilinadi. Ayniqsa 

Germaniyada  davlatning  sug‘urta  kompaniyalari  ustidan  nazorat  olib  borishi 

qonunlarga  asoslanadi.  Qonunni  buzgan  kompaniyalar  litsenziyadan  mahrum 

qilinadi va ularning faoliyati to‘xtatiladi. 

Mamlakatimizda  sug‘urta  faoliyatini  tartibga  solish  va  nazorat  qilish 

1998  yil  8  iyulda  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  qabul  qilingan  “Sug‘urta 

nazoratini  davlat  tomonidan  amalga  oshirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi 

№286-sonli  qaroriga  ko‘ra  Moliya  vazirligi  qoshidagi  sug‘urta  nazorati  davlat 

inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. 

Bozor  iqtisodiyotida  talab  va  taklif  o‘yini,  baholarni  bozor  tomonidan 

belgilanishi,  sug‘urta  tariflaridagi  o‘zgarishlar,  sug‘urta  kompaniyalaridagi 

xodimlarning  uquvi  bilan  yangi  mijozlarni  topish  va  shu  kabi  boshqa  sabablar 

vositasida sug‘urta  kompaniyalari o‘rtasidagi raqobat  kurashi  yanada  rivojlanib 

boradi. 

Ammo  sug‘urta  bozorining  rivojlanishiga  to‘siq  bo‘ladigan  ko‘plab 

sabablar ham mavjud bo‘lib, bunday sabablardan biri monopol holatning yuzaga 

kelishidir.  Bozor  iqtisodiyoti  rivojlangan  mamlakatlarda  monopoliyaning 

yuzaga  kelishiga  nisbatan  xavfsiz  holat  sifatida  bir  tarmoqda  faoliyat 

ko‘rsatuvchi  kompaniyalar  soni  kamida  o‘n  va  undan  ortiq  bo‘lib,  bunda  bu 

bozordagi  bir  kompaniyaning  hissasi  sug‘urta  xizmatlarini  sotish  bo‘yicha  31 

foizdan  oshmasligi,  ikki  kompaniyaning  hissasi  44  foizdan  oshmasligi,  uchta 

kompaniyaning  hissasi  54  foizdan  oshmasligi  va  to‘rtta  kompaniya  ulushi  64 


14 

 

foizdan  oshmasligi  kerak. 



1

Bunday  nisbat  buzilgan  holatda  bu  kompaniyalarga 

nisbatan  davlat  iqtisodiy  sanksiyalar  qo‘llaydi  va  ularning  ishtirokini  ushbu 

bozorda chegaralab qo‘yadi. 

Sug‘urta  bozorini  davlat  tomonidan  tartibga  solishning  elementlaridan 

biri bozordagi raqobatni sun’iy ravishda yo‘qotish, ya’ni boshqa qatnashchilarni 

bu  bozorga  kirishiga  yo‘l  qo‘ymaslik  maqsadida  ikki  yoki  undan  ortiq 

kompaniyalarning  o‘zaro  til  biriktirishi  va  o‘zaro  kelishuvlariga  yo‘l 

qo‘ymaslikdan  iboratdir.  Raqobatning  nosog‘lom  usul  va  vositalari  bo‘lmish 

tariflarni  sun’iy  ravishda  oshirish  yoki  pasaytirish,  sug‘urtalanuvchilarga 

sug‘urtaning ma’lum bir turi to‘g‘risida yoki ushbu turni amalga oshiruvchi o‘z 

raqobatchilari  to‘g‘risida  yolg‘on  ma’lumotlar  berib,  ularni  arosatga  qo‘yish 

mumkin  bo‘lmagan  holatlardir.  Bunday  holatlarga  nisbatan  davlat  qonunlar  va 

boshqa me’yoriy hujjatlar vositasida doimiy qarshi choralar ko‘rib borishi kerak. 

Sug‘urtani  soliqlar  vositasida  nazorat  qilish  yoki  ma’lum  imtiyozlar 

berish  davlat  tomonidan  amalga  oshiriladigan  muhim  vositalardan  biridir.  Bu 

boradagi chet el tajribasiga e’tibor qiladigan bo‘lsak, sug‘urta biznesini soliqqa 

tortish  turli  mamlakatlarda  turlicha.  Masalan  Buyuk  Britaniya,  Germaniya, 

Fransiya,  SHveysariya  va  YAponiyada  sug‘urta  faoliyatini  soliqqa  tortish 

boshqa  sohalardan  farq  qilmaydi.  Bu  mamlakatlardagi  sug‘urtachilar  boshqa 

mamlakatlarda  sug‘urta  faoliyatini  yuritsalar  ushbu  faoliyat  to‘g‘risida  va 

tuzilgan  shartnomalar  to‘g‘risida  ma’lumotni  soliqchilarga  taqdim  qilishlari 

kerak.  “Iqtisodiy  hamkorlik  va  rivojlantirish  tashkiloti”  (OESR)ga  a’zo 

mamlakatlarda  (CHexiya  va  Polshadan  tashqari)  tashkilotlar  to‘lagan  sug‘urta 

mukofotlari soliqdan chegirib tashlanadi. 

Yuqorida  aytib  o‘tilgan  “Iqtisodiy  hamkorlik  va  rivojlantirish 

tashkiloti”ga  a’zo  mamlakatlar  tomonidan  joriy  qilingan  tashkilotlar  to‘lagan 

sug‘urta  mukofotlarini  soliqdan  chegirib  tashlash  to‘g‘risidagi  qoida  bizning 

mamlakatimizda  ham  Vazirlar  Mahkamasining  2002  yil  27  noyabrdagi  413- 

sonli qarori asosida amalga kiritilgan. 

                                                 

1

 В.В.Шахов. Введение в страхование. М.: Финансы и статистика - 2000 - 65 с. 



15 

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimov  davlatning  iqtisodiy 



o‘zgarishlar  tashabbuskori  ekanligi  to‘g‘risida  o‘zining  “O‘zbekiston:  milliy 

istiqlol,  iqtisod,  siyosat,  mafkura”  to‘g‘risidagi  asarida  aytib  o‘tgan  “Davlat 

iqtisodiy  o‘zgarishlarning  tashabbuskori  va  bosh  islohotchisi”

1

  tamoyiliga 



asoslanib  davlat  iqtisodiyotni  yanada  erkinlashtirish  barobarida  sug‘urta 

faoliyatini  rivojlantirish  yo‘nalishlarini  belgilab  berishi,  sug‘urtaning  huquqiy 

asoslari,  tashkiliy,  uslubiy  jihatlarini  yanada  takomillashtirib  sug‘urta  tizimini 

rivojlantirishga mas’ul bo‘lishi kerak. 

Umuman  olganda  davlatning  sug‘urta  sohasi  bo‘yicha  faoliyati  keng 

ko‘lamli bo‘lib, davlat aralashuvi samaradorligining yuqori bo‘lishini ta’minlash 

uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur deb hisoblaymiz: 

-  sug‘urta  himoyasini  ta’minlashda  yuridik  va  jismoniy  shaxslarning 

manfaatlarini o‘zida mujassamlashtirgan mexanizmni ishlab chiqish; 

-  O‘zbekiston  respublikasi  Moliya  vazirligi  qoshida  tashkil  etilgan 

maxsus  vakolatli  davlat  organi  bilan  sug‘urtachi  sub’ektlar  o‘rtasidagi 

hamkorlik, 

muammoli 

masalalarni 

birgalikda 

hal 


etuvchi 

o‘zaro 


manfaatdorlik asosida ishlovchi tuzilmali mexanizmni shakllantirish; 

-  sug‘urta  faoliyatiga  doir  qonunlar  majmuasiga  zarur  o‘zgartirishlar 

kiritish bilan qonunlarni takomillashtirib borish; 

-  milliy  sug‘urta  bozorida  raqobat  muhitining  yuzaga  kelishini 

ta’minlovchi,  soxta  sug‘urtachilar  faoliyatiga  chek  qo‘yuvchi  huquqiy 

me’yorlarni ishlab chiqish, hamda ularning tatbiq etilishini ta’minlash; 

-  sug‘urta  kompaniyalari  barqaror  faoliyat  ko‘rsatishlarini  ta’minlash 

vositasi sifatida soliq imtiyozlari va boshqa rag‘batlantiruvchi huquqiy asoslarni 

takomillashtirib, ularning samarasi yuqori bo‘lishiga erishish; 

-  sug‘urtalovchilarning  qimmatli  qog‘ozlar  bozori,  fond  birjalaridagi 

to‘g‘ridan-to‘g‘ri faoliyatlarini rag‘batlantirish; 

-  sug‘urta  faoliyatining  ilmiy  tadqiqot  bazasini  (sug‘urta  muammolari 

bilan shug‘ullanuvchi ilmiy tadqiqot institutini) barpo etish; 

                                                 

1

 

I.A.Karimovning “O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura” to‘g‘risidagi asari



 

16 

 

-  sug‘urta  sohasida  xalqaro  hamkorlik  aloqalari  kengayib  borayotgan 



hozirgi  sharoitda  tomonlar  manfaatlarini  o‘zida  aks  ettiruvchi  sug‘urta 

himoyasining umumiy qoidalarini ishlab chiqish; 

- “O‘zbek modeli”ga asoslanib, respublikaning o‘ziga xos xususiyatlarini 

e’tiborga  olib,  xorijiy  sug‘urta  kompaniyalarining  faoliyat  yuritishlari  uchun 

amalda bo‘lgan huquqiy mexanizmni xalqaro andozalarga muvofiqlashtirish; 

-  sug‘urta  faoliyatini  davlat  tomonidan  tartibga  solish  va  nazorat 

qilish  tizimini  takomillashtirishda  chet  el  investorlarining  faoliyatini 

rag‘batlantirishni nazarda tutib ish olib borishni yo‘lga qo‘yish; 

-  sug‘urta  faoliyati  rivojlangan  mamlakatlar  bilan  hamkorlikni  yo‘lga 

qo‘yish  asosida  xalqaro  bozorga  kirib  borish  va  bu  bozorda  o‘z  o‘rniga  ega 

bo‘lishni maqsad qilib qo‘yish; 

-  respublika  sug‘urta  bozorida  yangi  sugurta  institutlari  (anderrayterlar, 

aktuariylar, avariya komissarlari) ko‘payishini rag‘batlantirishdan iboratdir. 

SHuni  ta’kidlab  o‘tish  kerakki,  chet  el  tajribasida  sug‘urta  va  qayta 

sug‘urta  kompaniyalari  har  bir  sug‘urta  turi  bo‘yicha  alohida  sug‘urta 

anderrayterlariga  ega  bo‘lib,  biror  marta  ham  bir  anderrayter  ikki  xil  sug‘urta 

turi  bilan  shug‘ullanmaydi.  Anderrayting  siyosatini  samarali  amalga  oshirish 

uchun sug‘urta kompaniyasi har bir sug‘urta turining o‘tish jarayoni to‘g‘risida 

statistik ma’lumotlarga ega bo‘lishi va qo‘shimcha ma’lumotlar to‘plashi kerak. 

Jahon  sug‘urta  bozori  faoliyatini  o‘rganib  shu  xulosaga  keldikki,  davlat 

sug‘urta  tizimini  rivojlantirish  bo‘yicha  ayrim  qarorlarni  qabul  qilish  bilan 

cheklanib  qolmasdan,  sug‘urta  bozorini  rivojlantirishning  butun  chora-

tadbirlarini  o‘zida  mujassamlashtirgan  keng  ko‘lamli  konsepsiyani  ishlab 

chiqishi va amaliyotga joriy etishi hozirgi davr talabi hisoblanadi.  

Sug‘urta  bozorini  rivojlantirish  avvalo  sug‘urta  kompaniyalariga  davlat 

tomonidan quyidagi kafolatlarni berish zaruriyatini keltirib chiqaradi: 

1. Professional sug‘urtachi kadrlar tayyorlab berishni yo‘lga qo‘yish. 

2. Imtiyozli investitsiya kreditlari berishni yo‘lga qo‘yish. 

3. Byudjet mablag‘lari zahirasini yaratish. 


17 

 

Sug‘urta  bozorini  rivojlantirish  milliy  iqtisodiyotning  rivojiga  ijobiy 



ta’sir  etadi  va  aholini  ijtimoiy  himoyalash,  hamda  uning  moddiy  farovonligi 

o‘sishiga,  jamiyatdagi  ijtimoiy  muammolarning  ijobiy  echilishiga  yordam 

beradi. 



Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling