Toshkent moliya instituti sug’urta fakulteti


-2015 yillarda O’zbekiston sug’urta kompaniyalari kapitalizatsiya


Download 477.91 Kb.
Pdf просмотр
bet4/5
Sana22.02.2020
Hajmi477.91 Kb.
1   2   3   4   5

 

2008-2015 yillarda O’zbekiston sug’urta kompaniyalari kapitalizatsiya 

darajasidagi o’zgarishlar dinamikasi

1

 

Faoliyat turi 



2008 yil 

1 yanvardan 

2010 yil 

1 yanvardan 

2014 yil 

1 iyuldan 

Umumiy sug’urta  500 ming. doll. 

750 ming. EVRO 

1,5 mln. EVRO 

Hayot sug’urtasi 

750 ming. doll. 

1 mln. EVRO 

2,0 mln.EVRO 

Majburiy sug’urta  1 mln. doll. 

1,5 mln. EVRO 

3,0 mln.EVRO 

Faqat 


qayta 

sug’urta 

3 mln. doll. 

4 mln. EVRO 

6,0 mln.EVRO 

 

2008 yil 21 mayda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 



PQ-872-sonli  “Sug’urta  xizmatlari  bozorini  rivojlantirishga  oid  qo’shimcha 

chora-tadbirlar 

to’g’risida”gi  Qaroriga  asosan  faoliyat  turiga  qarab 

sug’urtalovchilarning  ustav  kapitaliga  yangi  talablar  qo’yildi.  Shuningdek, 

                                                 

1

 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarorlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida magistr tomonidan 



tayyorlandi. 

43 

 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2010  yil  26  noyabrda  qabul  qilgan 



“2011  -  2015  yillarda  respublika  moliya-bank  tizimini  yanada  isloh  qilish  va 

barqarorligini  oshirish  hamda  yuqori  xalqaro  reyting  ko’rsatkichlariga 

erishishning  ustuvor  yo’nalishlari  to’g’risida”  PQ-1438-son  Qaroriga  muvofiq, 

2015  yil  1  yanvar  holatiga  milliy  sug’urtalovchilar  ustav  kapitalining  miqdori 

quyidagi jadvalda keltirilgan miqdorlarga etkazilishi lozim (2-jadvalga qarang). 

Shundan  kelib  chiqib  xulosa  o’rnida  shuni  ta’kidlash  joizki,  sug’urta 

tashkilotlari  faoliyatini  vujudga  keltiruvchi  iqtisodiy  shart-sharoitlar  uzoq 

tarixga  ega  bo’lib,  turli  davrlarda  har  xil  xususiyatlarga  ega  bo’lgan.  Avvalo, 

sug’urta  tashkilotlari  faoliyatini  vujudga  kelishida  xavf-xatarlarning  doimo 

mavjud  bo’lish  ehtimoli  katta  o’rin  egallaydi.  Shu  tufayli,  sug’urta  tashkiloti 

deganda  sug’urta  shartnomasiga  muvofiq  sug’urta  tovoni  (sug’urta  puli) 

to’lovini amalga oshirish majburiyatini oluvchi yuridik shaxs sug’urtalovchi deb 

hisoblanadi. Sug’urtalovchi sug’urta hodisalari yuzaga kelishini bartaraf etish va 

oldini  olishga  oid  chora-tadbirlarni  maxsus  vakolatli  davlat  organi  tomonidan 

belgilangan  tartibda  va  shartlarda  moliyalashtirishga  haqli.  Sug’urtalovchilar 

sug’urtani  amalga  oshirish  bilan  bevosita  bog’liq  bo’lmagan  tadbirkorlik 

faoliyati bilan shug’ullanishlari mumkin emas. 

 

2.3. Sug‘urta bozorini rivojlanish tendensiyalari 



 

Mamlakatimizda  sug’urta  tizimining  rivojlanishi  Prezident  Islom 

Karimovning  2005  yilda  mamlakatni  ijtimoiy–iqtisodiy  rivojlantirish  yakunlari 

va  2006  yilda  iqtisodiy  islohotlarni  chuqurlashtirishning  eng  muhim  ustuvor 

yo’nalishlariga 

bag’ishlangan 

Vazirlar 

Mahkamasidagi 

ma’ruzasida 

ta’kidlandiki:  “so’ngi  besh  yilda  sug’urtaxizmatlari  hajmi  5  marta,  lizing 

operatsiyalari  deyarli  6  marta,  auditorlik  xizmati  ko’rsatish  pul  bilan 

hisoblaganda  taxminan  9  marta  o’sgani  tabiiyki,  salmoqli  natija  sifatida 



44 

 

baholashgaarziydi”



1

. Respublikamizda sug’urta sohasidagi bu ijobiy o’zgarishlar 

davlatimizning olib borayotgan odilona sug’urta siyosati natijasidir. 

O’zbekiston  sug’urta  bozori  Markaziy  Osiyoda  tezkor  sur’atlar  bilan 

rivojlanayotgan bozorlardan biri hisoblanadi. Sug’urta bozori bir necha yillardan 

beri barqaror o’sish sur’atlariga ega bo’lib kelmoqda, bu esa o’z navbatida uning 

mamlakat  iqtisodiyotidagi  rolini  oshirib  bormoqda.  O’zbekistonning  hozirgi 

zamon  iqtisodiyotida  sug’urta  tizimi  strategic  ahamiyat  kasb  etmoqda,  buning 

boisi  sug’urta  tizimining  davlat  siyosati  darajasiga  ko’tarilganligi,  sug’urta 

bozorining  davlat  boshqaruvi  organlari  tomonidan  mamlakatning  bozor 

infratuzilmasining ajralmas qismlaridan biri  sifatida ko’rib chiqilyotganligidir.   

Sug’urta  tizimida  sug’urta  bozori  alohida  o’rin  egallab,  shu  erda 

sug’urtaxizmatlariga  bo’lgan  talab  va  taklif  paydo  bo’ladi.  Sug’urta  bozorini 

rivojlantirishdan  davlat  manfaatdor  hisoblanadi,  chunki  sug’urta  davlatning 

asosiy  vazifalaridan  biri  bo’lgan  aholining  moddiy  farovonligini  o’stirish  va 

ishlab  chiqarishning  uzluksizligini  ta’minlashgaxizmat  qiladi.  O’zbekiston 

sug’urta  bozori  keyingi  yillarda  birmuncha  tez  rivojlanmoqda.  Buni  chet  el 

investorlarining  milliy  sug’urta  bozorimizga  qiziqishi  ortayotganligida  ham 

ko’rish mumkin. Buning sabablaridan biri sifatida shuni aytish kerakki, sug’urta 

sohasidagi 

qonunchilik 

bazasi 


keyingi 

yillarda 

sezilarli 

darajada 

mustahkamlandi va takomillashdi. 

Respublika    sug’urta  bozorida  tuzilmaviy  siyosatning  asosiy  jihati 

ixtiyoriy  va  majburiy  sug’urta  turlari  o’rtasidagi  nisbatni  maqbullashtirishdani 

boratdir.  Bozor  iqtisodiyotiga  o’tish  jarayonini  boshidan  kechirayotgan 

mamlakatlarning  tajribasi  shuni  ko’rsatmoqdaki,  bozor  munosabatlarining 

tiklanishi  va  sug’urta  madaniyati  rivojining  past  darajasi  sharoitida  majburiy 

sug’urta  turlarini  amalga  oshirish  muqarrardir,  bunday  sharoitda  majburiy 

sug’urta turlarini amalga oshirish bozor kapitalizatsiyasini tezlashtirishga xizmat 

                                                 

1

I.A.Karimov.Erishilgan natijalarni mustahkamlab, yangi marralar sari harakat qilamiz. / Xalq so’zi – 13 fevral 



2006 yil 

45 

 

qiladi.  Ammo  mamlakatimizda  mavjud  majburiy  sug’urta  turlari  ham  talab 



darajasida  to’liq  bajarilmay  kelmoqda.  Masalan  transport  egalarining 

javobgarligi sug’urtasi majburiy sug’urta turi bo’lgani holda ushb usug’urta turi 

bo’yicha potentsial sug’urtalanuvchilarning sug’urtaga tortilishi ellik foizga ham 

etmaydi. Chunki majburiy sug’urta turining amal qilishini ta’minlovchi vositalar 

etishmaydi. 

Sug’urta 

mukofotlari 

taqsimotining 

tahlili 

mahalliy 

sug’urtachilarning sug’urta portfelida sug’urtaning asosiy turi ixtiyoriy sug’urta 

turlari ekanligidir, bu ko’rsatkichning yana o’sish istiqbollari kuzatilmoqda. 

Shaxsiy  sug’urta  tarkibi  22,3  foiz  ixtiyoriy  tibbiy  sug’urta,  75,2  foiz 

baxtsiz hodisalar va kasallikdan sug’urta turlari va 2,5 foiz hayot sug’urtasidan 

iboratdir.  Javobgarlik  sug’urtasi  tarkibida  asosiy  ulushni  transport  egalarining 

fuqarolik-huquqiy  javobgarligi  sug’urtasi  egallab,  ushbu  sug’urtaning  ulushi 

86,2  foizni  tashkil  etgan,  zayomchining  javobgarligi  sug’urtasi  6,5  foizva 

professional  javobgarliklar  sug’urtasi  hissasiga  jami  javobgarlik  sug’urtasi 

mukofotlarining  7,3  foizi  to’g’ri  kelgan.  Mamlakatlar  iqtisodiyotida 

sug’urtaning  o’rni  yig’iladigan  sug’urta  badallarining  YaIMga  nisbati  va 

sug’urta  kompaniyalari  investitsiyalarining  YaIMga  nisbati  bilan  belgilanadi. 

O’zbekistonda  sug’urta  mukofotlarining  mamlakat  yalpi  ichki  mahsulotidagi 

salmog’i juda kichik hajmni tashkil etib kelmoqda.  

 

5-rasm. 2012-2014 yillarda O’zbekiston sug’urta bozorida sug’urta 

mukofotining o’zgarish dinamikasi (TOP 25) mlrd.so’m

1

 

                                                 

1

 SAIPRO axborot-reyting  agentligi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi 



46 

 

Milliy  sug’urta  bozorida  sug’urta  mukofotlarini to’plash bo’yicha  so’ngi 



uch  yilda  o’sishni  ko’rishimiz  mumkin.  2012  yilda  sug’urta  bozorida  256,3 

mlrd.so’m  sug’urta  mukofot  yig’ilgan.  2013  yilga  kelib  bu  ko’rsatkich    338,5 

mlrd.so’mga  yetgan.  2014  yilda  O'zbekiston  sug'urtachilari  tomonidan  436,1 

mlrd  so'm  sug'urta  mukofotlari  yig'ilgan.  Ta'kidlanishicha,   majburiy  sug'urta  

turlari bo'yicha sug'urta mukofotlari sezilarli darajada ko'paygan.  

2014 yilda respublika sug’urta bozorida o’sish 2013  yilga nisbatan  97,6 

mlrd.so’m mukofot ko’p yig’ilgan. 

Ixtiyoriy  sug'urta  turlari  bo'yicha  mukofotlar  esa  27,7  foizga  ko'payib, 

300,9  mlrd.  sumni  tashkil  qildi.  Natijada  majburiy  sug'urtaning  sug'urta 

mukofotlaridagi ulushi 0,6 foiz punktiga ko'payib, 31,0 foizga yetdi.  

Ixtiyoriy  sug'urtaning  sug'urta  mukofotlaridagi  ulushi  esa    69,0%  dan  oshib 

ketdi. 


 

6-rasm. 2012-2014 yillarda O’zbekiston sug’urta bozorida sug’urta 

tolovlariningining o’zgarish dinamikasi (TOP 25) mlrd.so’m

1

 

                                                 

1

 SAIPRO axborot-reyting  agentligi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi 



47 

 

Sug'urta mukofotlaridan ham ko'proq o'sish sur'ati sug'urta majburiyatlari 



hajmida kuzatildi. 2014 yil yakunlariga ko'ra, sug'urta kompaniyalari tomonidan 

qabul  qilingan  sug'urta  majburiyatlari  52,9  foizga  ko'payib,  247  trln  so'mga 

yetgan. Shu jumladan,  ixtiyoriy sug'urta turlari bo'yicha sug'urta majburiyatlari 

196,1  trln.  sumni  tashkil  etib,  o'tgan  yildagi  ko'rsatkichdan  55,8%  ga  oshgan. 

Majburiy sug'urta turlari bo'yicha sug'urta majburiyatlari esa 42,7% ga ko'payib, 

50,9 trln. sumga yetdi. 

Sug'urta mukofotlari va majburiyatlari hajmlaridan farqli ravishda, sug'urtachilar 

tomonidan  2014  yilda  amalga  oshirilgan  sug'urta  qoplamalari  atigi  8,1%  ga 

oshib, 72,3 mlrd. sumni tashkil qildi. 

To'lovlar  tarkibida  majburiy  sug'urta  hajmining  ortganligi,  bir  vaqtning 

o'zida ixtiyoriy sug'urta bo'yicha to'lovlar kamayganligi kuzatildi. 

Shunday qilib, ko'rib chiqilayotgan davr mobaynida majburiy sug'urtalash 

bo'yicha  sug'urta  qoplamalari  44,5%  ga  ortib,27,6  mlrd.  sumni,   Ixtiyoriy 

to'lovlar  bo'yicha  to'lovlar  hajmi  esa  sezilarsiz  o'zgarib  (6,4%  pasayish)  44,8 

mlrd.sumni  tashkil  qildi.  Ta'kidlash  lozimki,  sug'urta  qoplamalarining  umumiy 

hajmi  biroz  ortganligiga  qaramay,  bozor  bo'yicha  sug'urta  ziyon  ko'rilishi 

darajasi  (Sug'urta  to'lovlarining  sug'urta  mukofotlari  bilan  nisbati)  2013  yilgi 

19,8% dan 2014 yil yakunidagi 16,6% gacha kamaygan. 

 

7-rasm. 2012-2014 yillarda O’zbekiston sug’urta bozorida ixtiyoriy va 

74,2


104,9

109,3


52,6

50,4


65,1

0

50



100

150


200

250


2012

2013


2013

Ixtiyoriy sug'urta

Majburiy sug'urta


48 

 

majburiy sug’urta mukofotining o’zgarish dinamikasi (TOP 25) mlrd.so’m 



va %da

1

 

Sug’urta bozorida ixtiyoriy  va  majburiy  sug’urta turlari bo’yicha sug’urta 

mukofotlarining  hajmi  yildan-yilga  o’sib  borayotganligini  ko’rish  mumkin(-

rasm).  So’ngi  uch  yil  davomida  ixtoyoriy  sug’urtadan  tushadigan  sug’urta 

mukofotlari  o’sish  dinamikasi  keskin  ko’rinishga  ega.  2012  yilda  74,2 

mlrd.so’mni  tashkil  etgan  bo’lsa,  2014  yilga  kelib  bu  ko’rsatkich  109,3 

mlrd.so’mga  yetgan.  Bundan  ko’rinib  turibdiki  sug’urta  xizmatlariga  bo’lgan 

ixtiyoriy  talab  yildan-yilga  oshib  borishi  kuzatilmoqda.  Majburiy  sug’urta  turi 

bo’yicha  ham  sug’urta  mukofotlari  2012  yilda  52,6  mlrd.so’m  bo’lgan  bo’lsa, 

2014  yilda 65,1  mlrd.so’mni  tashkil  qilgan. Bundan ko’rinib turibdiki  ixtiyoriy 

sug’urtaning ulushi yil sayin o’sib bormoqda. 

“SAIPRO”  Axborot-reyting  agentligi  tomonidan  sug'urta  kompaniyalari 

bilan  hamkorlikda  amalga  oshiriluvchi  «TOP  25»  loyihasi  doirasida  joriy 

yilning  1-yarim  yilligi  yakunlari  bo'yicha  O'zbekiston  sug'urta  bozori  sharhi 

tayyorlandi.  Mazkur  loyihaning  asosiy  maqsadi  sug'urta  bozori  va 

jamoatchilikning  sug'urta  bozori  ko'rsatkichlari  dinamikasi  va  tendensiyalari 

to'g'risidagi  talabini  qondirishdan  iborat.  Loyihada  ixtiyoriy  ravishda  barcha 

sug'urta kompaniyalari ishtirok etishi mumkin. 

                Qayd  etish  kerakki,  sug'urta  kompaniyalari  tomonidan  an'anaviy 

ravishda  turkumlashgan  sug'urta  xizmatlari  taqdim  etilmoqda.  Shu  munosabat 

bilan,  bugungi  kunda  turkumlashgan  sug'urta  turlari  umumiy  mukofotlarda 

salmoqli  ulushga  ega.  Shu  tariqa,  1-yarim  yillik  yakunlari  bo'yicha, 

turkumlashgan sug'urta turlarining bozordagi ulushi 19,7 foizni tashkil qildi. Shu 

bilan birga, bozor bo'yicha umumiy mukofotlarda eng katta ulushlarga majburiy 

sug'urta  (37,2  foiz)  hamda  ixtiyoriy  mulk  sug'urtasi  (36,0  foiz)  ega  bo'ldi. 

Ixtiyoriy shaxsiy sug'urta ulushi 4,8 foiz, ixtiyoriy javobgarlik sug'urtasi esa 2,2 

foizni  tashkil  qildi.  Shu  o'rinda  aytish  joizki,  alohida  sug'urta  turlari  bo'yicha 

                                                 

1

 SAIPRO axborot-reyting  agentligi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi 



49 

 

mukofotlarning  bir  qismi  turkumlashgan  sug'urta  shartnomalariga  tarkibiga 



kiradi. 

http://news.uzreport.uz/foto/2014/10/14144179781.jpg



             2014 yil 1-yarim  yillik 

natijalariga ko'ra, sug'urta mukofotlari hajmi bo'yicha bozordagi dastlabki uchta 

o'rinni « O'zagrosug’urta» DASK (25,8%), «O'zbekinvest» EIMSK (14,7%) va 

«Kafolat» DASK (12,8%) kompaniyalari egallamoqda. 

 

3-jadval 



Sug'urta mukofotlari hajmi bo'yicha.

1

 

 

              Sug'urta to'lovlari bo'yicha dastlabki uchlik tarkibi sug'urta mukofotlari 

yetakchilaridan  biroz  farq  qiladi.  «O'zagrosug’urta»  DASK  sug'urta 

to'lovlarining  umumiy  hajmida  24,7  foizga  teng  eng  katta  ulush  bilan  bozorda 

birinchi  o'rinda  turibdi.  Keyingi  pog'onalardan  18,0  foiz  va  15,5  foiz 

ko'rsatkichlar  bilan  muvofiq  tarzda  “O'zbekinvest”  EIMSK  va  “O'zbekinvest 

Hayot” SK joy olgan. 

4-jadval 



Sug'urta to'lovlari hajmi bo'yicha.

2

 

 

 

Kompaniya 

Bozordagi ulushi 

                                                 

1

 UzReport malumoti asosida muallif tomonidan tayyorlangan. 



2

 UzReport malumoti asosida muallif tomonidan tayyorlangan. 



 

Kompaniya 

Bozordagi ulushi 

O'zagrosug’urta 



25,8% 

O'zbekinvest 



14,7% 

Kafolat 



12,8% 

50 

 



O'zagrosug’urta 

24,7% 


O'zbekinvest 

18,0% 



O'zbekinvest Hayot 



15,5% 

 

III.BOB. SUG‘URTA FAOLIYATINI DAVLAT TOMONIDAN 

TARTIBGA SOLISH MASALALARINI TAKOMILLASHTIRISH 

 

3.1 Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish 

masalalari

 

 

 O‘zbekistonning  iqtisodiyoti  bozor  munosabatlariga  o‘tishiga  qadar 

sug‘urta  qilinishi  mumkin  bo‘lgan  moddiy  va  nomoddiy  ishlab  chiqarish 

tarmoqlaridagi davlat mulki, kasb mas’uliyati, kredit, tadbirkorlik riski sug‘urta 

himoyasidan chetda qolgan edi. Bundan tashqari, sug‘urta sohasida yakkahokim 

bo‘lgan davlat sug‘urta tashkilotlari bo‘sh sug‘urta zahiralarini investitsiya qilish 

bilan  bog‘liq  operatsiyalarni  o‘tkazish  huquqlari  chegaralangan  edi.  Ularning 

mablag‘laridan asosan byudjet kamomadini to‘ldirish uchun foydalanilardi. 

Bozor  munosabatlariga  o‘tilishi  bilan  bu  muammolar  bartaraf  etila 

boshlandi.  Sug‘urtalovchilarning  investitsiya  faoliyati  bilan  shug‘ullanishi  

maxsus  vakolatli  davlat  organi  belgilagan  shartlarda  amalga  oshirilishi 

O‘zbekiston  Respublikasining  «Sug‘urta  faoliyati  to‘g‘risida»gi  Qonunida 

rasman mustahkamlab qo‘yilgan.  

Iqtisodiy  rivojlangan  mamlakatlarda  sug‘urta  tashkilotlarining  faoliyati 

salmoqli  tarzda  rivojlangan.  To‘plangan  zahiralar  ularga  yirik  investorlarga 

aylanish  imkonini  beradi.  G‘arbdagi  sug‘urta  kompaniyalari  o‘z  sug‘urta 

sarmoyalarini  jamlab,  ilg‘or  texnika  va  texnologiyani  joriy  qilish,  yirik 

inshootlar  qurish  sohasidagi  eng  ko‘p  sarmoya  talab  qiladigan  dasturlarni 

mablag‘ bilan ta’minlashda qatnashmoqdalar. 


51 

 

Sug‘urtalovchilar  sarmoya  bozorida  mablag‘lar  harakatini  amalga 



oshirmoqdalar.  Ularning  sug‘urtalanganlardan  oladigan  kichik  miqdordagi 

tarqoq sug‘urta mukofotlari, pirovardida, muttasil ortib boradigan katta sug‘urta 

fondiga aylanadi. 

Hayotni  sug‘urta  qiluvchi  kompaniyalar  ana  shunday  mablag‘larga  ega 

bo‘lib, vaqtincha bo‘sh resurslarni investitsiya qilish yo‘li bilan ishlab chiqarish 

rivojlantirishini  rag‘batlantiradilar,  davlat  zayomlari  va  obligatsiyalarini  xarid 

qilish  orqali  esa  infratuzilmani  rivojlantirish  bo‘yicha  hukumat  xarajatlarini 

kreditlashda  qatnashadilar.  Bu  esa  o‘z  navbatida  ish  bilan  bandlik  darajasini 

oshirishga, ichki iste’mol hajmining va umuman yalpi ichki mahsulot hajmining 

ko‘payishiga ijobiy ta’sir qiladi. 

SHunindek sug‘urta mukofotlari tushgan payt bilan sug‘urta qoplamasini 

to‘lash  o‘rtasida  ancha  uzoq  vaqt  o‘tishi  mumkin.  Buning  natijasida  vaqtincha 

bo‘sh resurslar vujudga keladi va ular sug‘urta kapitaliga aylanadi. Zahira hajmi 

va  mablag‘lar  joylashtiriladigan  muddatlar  tufayli  sug‘urta  tashkilotlari  g‘oyat 

qudratli moliya-kredit muassasalariga aylanadi. SHu sababli, sanoati rivojlangan 

mamlakatlarda  sug‘urta  bozori  iqtisodiyotga  barqaror  ta’sir  ko‘rsatuvchi  omil 

sifatida tan olingan. 

SHuning  uchun  sug‘urta  tashkilotlarining  vaqtincha  bo‘sh  mablag‘larini 

investitsiya  qilish  yo‘li  bilan  iqtisodiyotga  ta’sir  o‘tkazish  sohasidagi  chet  el 

tajribasi e’tiborga sazovordir. Bu ta’sir mexanizmini quyidagi 8-rasmdan ko‘rish 

mumkin: 

Mazkur chizmadan ko‘rinib turibdiki, rivojlangan mamlakatlarda sug‘urta 

tashkilotlari manfaatdor firmalar, korxonalar va aholini sug‘urta himoyasi bilan 

ta’minlashdan  iborat  asosiy  vazifalaridan  tashqari  yalpi  mahsulot  hajmini 

ko‘paytirishda, ish bilan bandlik darajasini oshirishda,  


52 

 

8-rasm 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Акциядорлар тақдим этган 



капитал 

Суғурта полислари, айниқса 

исътемол- 

чилар расмийлаш- 

тирган ҳаётни суғурта қилиш 

бўйича 


 

Суғурта ташкилотлари 

 

Молия бозори 



Хусусий сектордаги кон-шахта, қишлоқ хўжалиги 

маҳсулотларини қайта ишловчи корхоналар 

харажатларини маблағ билан таъминлаш 

Инфратузилманинг 

ривожланиши бўйича ҳукумат 

харажатларини маблағ билан 

таъминлаш 

Ялпи ички маҳсулот ҳажмини ошириш 

Экспорт ҳажмининг ортиши ва импортга 

талабнинг камайиши, бу ҳол тўлов балансини 

яхшилайди ва миллий валютани 

мустаҳкамлайди 

Ички исътемол 

ҳажмининг ортиши 

Иш билан бандлик 

даража 


сининг ошиши 

53 

 

inflyasiyani  pasaytirishda  keng  ko‘lamda  qatnashadi.  Sug‘urta  bozorining 



mazkur ko‘rsatkichlarga ta’siri bir qancha jihatlarni o‘z ichiga oladi. 

Birinchidan, yuksak darajada rivojlangan bozori bo‘lgan mamlakatlardagi 

sug‘urta tashkilotlari ko‘pincha aksiyadorlik asosida tashkil qilinadi. CHizmada 

sug‘urta tashkilotlari bilan sarmoya bozori o‘rtasidagi o‘zaro aloqa aks ettirilgan 

(1).  Odatda,  biror  kompaniya  tashkil  topayotgan  paytda  aksiyalar  chiqaradi  va 

ularni  asosan  fond  birjalarida  joylashtiradi.  Buning  natijasida  aksiyadorlik 

sarmoyasi  shakllanadi.  Bu  sarmoya  muayyan  vaqtdan  keyin  sug‘urta 

sarmoyasiga  aylansa,  u  aksiyadorlarga  va  sug‘urta  tashkilotlariga  tegishli 

daromad keltiradi. 

Ikkinchidan, sug‘urtalanuvchilar bilan shartnoma tuzib, ma’lum miqdorda 

sug‘urta  mukofoti  oladi  (2).  SHartnomaga  muvofiq,  sug‘urta    hodisalari  ro‘y 

berganida sug‘urtalovchi zarar o‘rnini qoplaydi va bu bilan sug‘urtalanuvchining 

moliyaviy ahvoli tiklanadi. 

Yuqorida aytilganidek, sug‘urta mukofotlari tushgan va sug‘urta summasi 

to‘langan  payt  oralig‘ida,  ayniqca  hayot  sug‘urtasiga  ixtisoslashgan 

kompaniyalarda  juda  ko‘p  pul    mablag‘lari  to‘planib  qoladi.  CHizmadan  (3) 

ko‘rinib  turibdiki,  ular  sarmoya  bozori  orqali,  ya’ni  xususiy  sektordagi  yirik 

shaxta  -  konlarga  va  qishloq  xo‘jalik  mahsulotlarini  qayta  ishlovchi  

korxonalarning    aksiyalarini    sotib  olish  (4)  orqali  investitsiya  qilinadi,  bu  esa 

korxonalarga  yangi  uskunalar sotib olish hamda  ularning  tadbirkorlik  va  ishlab 

chiqarish faolligini rivojlantirishni ta’minlaydi. 

SHuni  aytish  kerakki,  bozor  munosabatlari  rivojlangan  mamlakatlarda 

byudjet  kamomadining  o‘rni  pul  emissiyasi  hisobidan  emas,  balki  hukumat 

kafolatidagi  qimmatli  qog‘ozlar  chiqarish  hisobidan  qoplanadi.  Masalan, 

AQSHda  hukumat  davlat veksellari,  qarz  sertifikatlari,  davlat majburiyatlari va 

obligatsiyalar chiqariladi. 

Sug‘urta  tashkilotlarining  investitsiyalari  yalpi  milliy  mahsulot  hajmini 

ko‘paytirishga  xizmat  qilishi  g‘oyat  muhimdir  (5).  Zotan,  investitsiya 



54 

 

qilinadigan  mablag‘lar  ishlab  chiqarish  korxonalarini  barpo  etishga,  yangi 



texnologiyalarni o‘zlashtirishga va ish joylarini ko‘paytirishga, xizmat qiladi.  

G‘arbda sug‘urta kompaniyalari uzoq muddatli kreditlar berish uchun pul 

mablag‘larini  safarbar  qilishning  eng  muhim  va  ishonchli  vositalaridan  biridir. 

CHunonchi,  AQSHda  hayotni  sug‘urta  qiluvchi  kompaniyalar  aktivlarining  80 

foizidan  ortig‘i  sanoatga  va  boshqa  tarmoqlarga  uzoq  muddatli  sarmoya 

quyishga  sarflanadi.  Ular  bu  mamlakatda  iqtisodiyotga  yo‘naltirilgan  barcha 

uzoq  muddatli  investitsiyalarning  30  foizini  tashkil  qilib,  xususiy  savdo-sanoat 

korporatsiyalarining  aksiyalari  va  obligatsiyalarining  asosiy  xaridorlaridir.  

Hayotni  sug‘urta  qiluvchi  kompaniyalar  yalpi  daromadining  deyarli  uchdan  bir 

qismini  investitsiya  faoliyatidan  tushumlar  -  qimmatli  qog‘ozlar  bilan 

o‘tkaziladigan  operatsiyalardan  olinadigan  foizlar  va  dividendlar,  garovlar  va 

boshqa kreditlar bo‘yicha foizlar tashkil qiladi. 

CHet  el  tajribasi  tahlilidan  shunday  xulosa  chiqarish  mumkinki,  bozor 

munosabatlari  sharoitida  sug‘urta  kompaniyalari  mamlakat  iqtisodiy  ahvoliga 

ijobiy  ta’sir  qiluvchi  eng  yirik  investorlardan  biri  sifatida  faoliyat  ko‘rsatdi. 

SHuni  ham  aytish  kerakki,  fond  birjalari,  qimmatli  qog‘ozlar  bozori  singari 

bozor  infratuzilmalari  yaxshi  ishlab  turgan  holdagina  investitsiya  faoliyatidan 

yuqori samara olishi mumkin. Ma’lumki, O‘zbekistonda sarmoyalar va qimmatli 

qog‘ozlar  bozori  endi  vujudga  kelayotir.  Respublika  fond  birjasi  va  bir  necha 

o‘nlab 


investitsiya 

kompaniyalari 

faoliyat 

ko‘rsatyapti. 

Bu 

birja 


xususiylashtiriladigan  korxonalar  va  tashkilotlarning  aksiyalarini  dastlabki 

joylashtirishni ta’minlaydi.  

Bozor  munosabatlariga  o‘tilishi  bilan  bu  muammolar  bartaraf  etila 

boshlandi.  Sug‘urtalovchilarning  investitsiya  faoliyati  bilan  shug‘ullanishi  

maxsus  vakolatli  davlat  organi  belgilagan  shartlarda  amalga  oshirilishi 

O‘zbekiston  Respublikasining  «Sug‘urta  faoliyati  to‘g‘risida»gi  Qonunida 

rasman mustahkamlab qo‘yilgan.  

Iqtisodiy  rivojlangan  mamlakatlarda  sug‘urta  tashkilotlarining  faoliyati 

salmoqli  tarzda  rivojlangan.  To‘plangan  zahiralar  ularga  yirik  investorlarga 


55 

 

aylanish  imkonini  beradi.  G‘arbdagi  sug‘urta  kompaniyalari  o‘z  sug‘urta 



sarmoyalarini  jamlab,  ilg‘or  texnika  va  texnologiyani  joriy  qilish,  yirik 

inshootlar  qurish  sohasidagi  eng  ko‘p  sarmoya  talab  qiladigan  dasturlarni 

mablag‘ bilan ta’minlashda qatnashmoqdalar. 

Sug’urtalovchilar  bozorga  o’zlarini  ishlab  chiqargan  o’ziga  xos  mahsuloti  - 

sug’urta  xizmatini  taklif  etadilar.  Ushbu  xizmatlar  yuzlab,  minglab  sug’urta 

kompaniyalari  tomonidan  sotilishi  mumkin.  O’z-o’zidan,  bu  holat  sug’urta 

bozorida potentsial mijozlarni jalb etish uchun sug’urta kompaniyalari o’rtasida 

raqobatning  kuchayishiga  olib  keladi  va  “mahsulot”ning  sifatiga  ijobiy  ta’sir 

ko’rsatadi.  Eng  asosiysi,  potentsial  sug’urtalanuvchi  har  tomonlama  o’zining 

talabini  qondiradigan  “mahsulot”ga  ega  bo’ladi.  Bayon  etilganlar  quruq  gap 

emas,  balki  bugungi  kunda  iqtisodi  taraqqiy  etgan  mamlakatlar  bozorida  ruy 

berayotgan oddiy haqiqatdir.  

Sug’urta   bozorining   mohiyatini    chuqurroq    anglab    olish    uchun 

kundalik xayotimizdan oddiy bir misol keltirsak maqsadga muvofiqdir. 

Masalan  biz  o’zimiz  yoki  bolalarimizga  kiyim-kechak  sotib  olish  uchun 

buyum  bozoriga  boramiz.  Aytaylik,  birorta  kiyim,  aniqrog’i,  kuylak  sotib 

olmoqchimiz.  Bozorda  kuylakning  har  xili  mavjud,  baholari  xam,  narxi  xam 

turlicha. Biz, albatta, sifati yaxshisini va bahosi arzonini sotib olamiz. Sug’urta 

bozorida ham aynan shu jarayon yuz beradi. 

Sug’urta  kompaniyasi  o’z  mahsulotini  bozorda  sotar  ekan,  zimmasiga 

katta  mas’uliyat  olganligini  unutmasligi  kerak.  Chunki,  sug’urtalovchi  ozgina 

sug’urta mukofoti evaziga yirik mikdordagi riskni qabul qilib oladi va sug’urta 

hodisasi  ruy  berganda  zimmasidagi  sug’urta  qoplamasini  to’lashi  shart.  Shu 

o’rinda,  biz  sug’urta  kompaniyasiga  murojaat  qilishni  istagan  yoki  muayyan 

sug’urta  xizmatiga  ehtiyoj  sezgan  shaxslarga  sug’urta  shartnomasini  tuzishdan 

oldin sug’urta kompaniyasining moliyaviy axvoli, balansi bilan albatta tanishib 

chiqishlarini  maslahat  qilamiz.  Shuning  uchun  hukumatimiz  tomonidan 

sug’urtalovchilar  moliyaviy  barqarorligini  yanada  mustahkamlash  yuzasidan 

juda  katta  chora-tadbirlar  amalga  oshirildi.  Buning  natijasi  shundan  dalolat 


56 

 

bermoqdagi,  sug’urta  bozorida  ko’rsatiladigan  sug’urta  xizmatlari  yildan-yilga 



kengayib ularni sifati va ishonchlilik darajasi ortib bormoqda.  

 

Shuni  alohida  ta’kidlash  lozimki,  boshqa  tovarlar  va  xizmatlar  kabi, 



sug’urta xizmatining ham bahosi talab va taklif asosida paydo bo’ladi hamda bu 

baho  o’zining  pastki  va  yuqori  chegaralariga  ega.  Sug’urta  tushumlarining 

miqdori  sug’urta  to’lovlari  va  sug’urta  tashkilotlari  xarajatlari  miqdoriga  teng 

bo’lishi  sugurta  baxosining  pastki  chegarasini  bildiradi.  Bunday  sharoitda 

sug’urta  kompaniyasi  asosiy  faoliyatdan  foyda  ololmaydi.  Ko’p  hollarda 

sug’urta  bozoridagi  keskin  raqobat,  sug’urta  tashkilotlarining  potentsial 

mijozlarni  jalb  etish  maqsadida  tarif  stavkalarini  kamaytirishga  majbur  etadi. 

Chet mamlakatlarda, sug’urtalovchilar sug’urta faoliyatidan zarar ko’rganda, bu 

zarar investitsiyadan keladigan daromad hisobidan qoplanadi. 

 

Sug’urta  xizmati  bahosining  yuqori  chegarasi  talab  hajmi  va  bank 



foizining miqdori bilan aniqlanadi. Sug’urta xizmatining ma’lum bir turiga etarli 

darajada  talab  mavjud  bo’lganda,  sug’urta  tashkiloti  mazkur  xizmat  bahosini 

yuqori  darajada  saqlab  turishi  mumkin.  Lekin,  vaqt  o’tishi  bilan  bozorda 

sug’urta  xizmati  ko’rsatish  turlarining  ko’payishi  bilan,  o’z-o’zidan  tarif 

stavkalari kamayadi. 

 Sug’urtalovchilar faoliyatini tartibga solish va tartibga solish mexanizmini 

takomillashtirish  juda  muhim  ahamiyatga  ega.  Chunki  har  bir  bozorda  tartib 

bo’lsa  qolaversa  sotuvchi  va  xaridor  munosabatlar  tartibga  solingan  bo’lsa, 

shundagina  sug’urta  ishini  yuritish  tartib  qoidalari  ancha  takomillashib 

borayotganligidan dalolat beradi. Shuning uchun O’zbekiston sug’urta bozorida 

ham sotuv va xaridor o’rtasida munosabatlarni yaxshi yo’lga qo’yish va ularning 

huquq va majburiyatlarni bajarish yuzasidan ishlarni to’liq nazoratini ta’minlab 

berish,  bu  sug’urta  bozorida  sug’urta  xizmatiga  bo’lgan  ishonch  va  sifatni 

yanada    oshirish  imkoniyatini  keltirib  chiqaradi  desak  mubolag’a  bo’lmaydi. 

Shu bilan bir qatorda hududlarda yuzaga keladigan sug’urta bozori ishtirokchilar 

faoliyatini ya’ni sotuvchi va xaridorlar o’rtasidagi munosabatlarni bir maromda 

tartibini  saqlovchi  sug’urta  inspektsiyalarini  har  bir  viloyatda  tashkil  etish  bu 


57 

 

sug’urtalovchini  sug’urtalanuvchiga  qolaversa  sug’urta  maxsulotiga  bo’lgan 



ishonchini yanada orttiradi. Shuningdek sug’urta bozorida sug’urta vositachilar 

ya’ni  sug’urta  agenti  va  brokerlik  sug’urta  faoliyatini  amalga  oshirish  bilan 

bog’liq  o’zaro  munosabatlarini  yanada  yaxshilash  hamda  ularning  huquqiy 

asoslarini  takomillashtirish  borish,  bu  sug’urtalovchi  va  sug’urtalanuvchilar 

o’rtasidagi  iliq  munosabatlarni  keltirib  chiqaradi.  Shuning  uchun 

sug’urtalovchilar ishga qabul qilishi lozim bo’lgan sug’urta agentini belgilangan 

tartibda  olti  oy  sinov  muddatida  sug’urta  ishiga  yollashlari  kerak.  Chunki 

sug’urta  agenti  sug’urtalovchi  va  sug’urtalanuvchining  manfaatlarini  himoya 

qiluvchi,  o’rta  vositachilik  vazifani  bajaruvchi  va  tegishli  vositachilik  haqini 

oluvchi  jismoniy  shaxslar  hisoblanadi.  Qolaversa  sug’urtalanuvchiga  noxush 

baxtsiz  hodisa  sug’urta  shartnomasida  keltirilgan  holatlar  bo’yicha  yuzaga 

kelgan  taqdirda  unga  sug’urta  qoplamasini  o’z  vaqtida  ta’minlab  beruvchi 

ma’suliyatli shaxslardan biridir.  

Hozirda  respublikamizda    o’ttishdan  ortiq  sug’urta  kompaniyasi  faoliyat 

yuritadigan  bo’lsa,  ulardan  2  tasi  hayotni  sug’urtalashga  ixtisoslashgan  bo’lsa, 

qolgan  29  tasi  umumiy  sug’urta  sohasi  bo’yicha  sug’urta  faoliyatini  amalga 

oshirib kelmoqda. Bunday ko’rsatkich sug’urta bozorida ba’zi bir uzoq muddatli 

sug’urta  xizmatlarini  takomillashmaganligidan  dalolat  beradi.  Shuning  uchun 

sug’urta  bozorida  hayot  sug’urtasi  bo’yicha  ixtisoslashgan  sug’urta 

kompaniyalar faoliyatini yanada tashkillashtirish ulara faoliyatiga doir sug’urta 

maxsulotlarini  sug’urta  bozoriga  tatbiq  etish  kerak.  Bu  o’z  navbatida  sug’urta 

bozorida  sug’urta  portfe’lini  yuqori  darajaga  oshishiga,  sug’urtalovchilarning 

moliyaviy  barqarorlik  darajasini  mustahkamlaydi  hamda  ularda  qo’shimcha 

investitsiya faoliyatini amalga oshirish imkoniyati kengayishiga olib keladi. 

Rivojlangan davlat tajribasi shuni ko’rsatadiki, sug’urta bozorida yig’ilgan 

sug’urta mukofotlari hajmini aksariyat qismi uzoq muddatli sug’urta xizmatlari 

bo’yicha  yig’ilgan  sug’urta  mukofotlarga  to’g’ri  keladi.  Chunki  ularda  har  bir 

jismoniy  shaxs  o’zining  iqtisodiyotda  qo’shayotgan  hissasini  sug’urtasiz 

tasavvur  eta  olmaydi.  Shu  bois  O’zbekistonda  ham  sekin  astalik  bilan  uzoq 


58 

 

muddatli  sug’urta  xizmatlarini  takomillashtirish  orqali  ularni  iqtisodiyotga 



faoliyatini bilan chambarchas bog’lash kerak bo’ladi.  

 

Yuqorida  bildirilgan  mulohazali  fikrlardan  kelib  chiqqan  holda  shuni 



ta’kidlash  joyizki,  xusuan  hududlarda    sug’urta  faoliyatini  tartibga  solishning 

amaliy asoslariga barham beriladi. Shuningdek sug’urta bozorida sug’urtalovchi 

va  sug’urtalanuvchilari  o’rtasida  munosabatlar  hamda  sug’urta  vositalarining 

sug’urta munosabatlarida vazifalari va sug’urta bozori ko’rsatilayotgan sug’urta 

xizmatlari  qolaversa  sug’urtalovchilarni  moliyaviy  barqarorlik  darajasi  yanada 

mustahkamlanadi. Shu bilan bir qatorda sug’urtaning uzoq muddatli xizmatlari 

kengayadi  hamda  sug’urtalovchilarning  investitsiya  faoliyatini  amalga 

oshirishdlari uchun bo’sh mablag’lari shakllanadi va sug’urta kompaniyalarining 

milliy,  mingtaqaviy,  xalqaro  sug’urta  bozorida  nufuzi  oshadi  hamda  aholini 

ijtimoiy muhofaza qilish yanada takomillashtirilgan bo’ladi.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

59 

 



Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling