Toshkent moliya instituti topshirdi: rahimjanov bahodir


Lamborghini avtomobillarining ishlab chiqarilish tarixi


Download 1.74 Mb.
bet2/4
Sana16.04.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1359083
1   2   3   4
Bog'liq
biznes muloqot Rahimjanov Bahodir

Lamborghini avtomobillarining ishlab chiqarilish tarixi

Lamborghini avtomobillarining ishlab chiqarilish tarixi

1950-yillarning oxiriga kelib Ferruchcho Lamborjini bir nechta kompaniya egasiga aylanib ulgurgan, asosiy sohasi hanuz traktor ishlab chiqarish edi. O‘sha paytda uning garajida boshqa boylarda bo‘lgani kabi bir nechta qimmatbaho avtomobillar bor edi.U Mercedes 300SL, Maserati 3500 GT, Jaguar E-type va Ferrari 250 GT mashinalarini minar va ularning orasida eng sevimlisi Ferrari 250 GT edi. U shu avtomobili tufayli Ferrari kompaniyasi Enso Ferrari uning nafsoniyatiga tegadigan gaplar gapiradi.Ferrarining haqoratomuz gaplariga chiday olmagan Ferruchcho unga o‘zining kim ekanligini ko‘rsatib qo‘ymoqchi bo‘ladi va qimmatbaho sport avtomobillari ishlab chiqaradigan zavod ochishga qaror qiladi.Ferruchcho Lamborjining o‘g‘li keyinchalik Enso Ferrari nega otasining nafsoniyatiga tekkanini hikoya qilib bergan.Unga ko‘ra, kunlardan bir kun Ferruchcho o‘zi minib yurgan Ferrari 250 GT’ning biriktiruv pedalida kichik nosoz borligini sezib qoladi. Surishtirib ko‘rganida shu rusumdagi boshqa avtomobillarda ham shunday nosozlik borligi ma’lum bo‘ladi. Ferrari 250 GT zavoddan kichik nosozlik bilan ishlab chiqarilgan.Shundan so‘ng u Ferrari rahbari Enso Ferrari bilan uchrashib o‘zi aniqlagan nosozlik haqida xabar bermoqchi bo‘ladi.Ferruchcho Ensoning oldiga borib Ferrari 250 GT avtomobili zavoddan biriktiruv pedalidagi nosozlik bilan chiqarilayotgani haqida aytadi. Garchi Ferruchcho do‘stona ohangda gapirgan bo‘lsa ham, uning gaplari Enso Ferrariga yoqmaydi.Ferruchcho Lamborjinining traktor ishlab chiqaruvchi kompaniya egasi ekanini bilgan Enso Ferrari unga qo‘pol muomalada bo‘ladi.U Ferruchchoga sport avtomobillari sohasida hech narsani bilmasligini, borib «traktorlari bilan o‘ralashishini va tushunmagan narsasiga tumshug‘ini tiqmasligini» aytadi.Ferrarining qo‘pol muomalasidan qattiq xafa bo‘lgan Ferruchcho o‘sha kunning o‘zidayoq Ferrari 250 GT’ni traktor ishlab chiqarilayotgan korxonaga olib boradi. Zavod xodimlari uni qismlarga ajratishadi. Shunda Ferrari 250 GT va Lamborghini traktorlarining ehtiyot qismlari qariyb bir xil ekani, faqat o‘lchamlari farq qilishi ma’lum bo‘ladi.Korxona ishchilari Ferruchchoning ko‘z o‘ngida Ferrari 250 GT qayta yig‘ishadi va uning nosoz joyini osongina to‘g‘rilab berishadi.Shundan so‘ng u avtokorxona ochishga qaror qiladi va yangi rusumdagi qimmatbaho sport avtomobili loyihasi ustida ishlay boshlaydi. Maqsadi, Ferrari 250 GT’dan ham zo‘r bo‘lgan sport avtomobillarini ishlab chiqarish edi.


Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling