Toshkent moliya instituti


-rasm.  O’zbekiston Respublikasida 2005-2012-yillarda investitsiyalar


Download 5.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana29.07.2017
Hajmi5.16 Kb.
#12286
1   2   3   4   5   6   7   8

1-rasm.  O’zbekiston Respublikasida 2005-2012-yillarda investitsiyalar 
dinamikasi (oldingi yilga nisbatan %da)
5
 
uchinchisi,  investorlarga beriladigan soliq va bojxona to’lovlari  bo’yicha 
imtiyoz va afzalliklar. Investitsion muhitni belgilovchi ushbu omil ham 
investitsiyalarni jalb etish, investitsion faoliyatni jadallashtirishga yaqindan 
hizmat ko’rsatuvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Bizning mamlakatda 
mazkur investitsion muhitni jahon andozalariga mos ravishda tashkil etish uchun 
qilingan harakatlar mustaqillikning ilk davrlariga taqaladi. Sababi, aynan 
bizning respublika MDH davlatlari ichida birinchilar qatori Soliq kodeksi qabul 
qildi va davr talabiga monand bo’lishini ta`minlash uchun, uni 2008-yilda qayta 
ishlab soliq to’lovchilar hukmiga havola etdi. Zotan dunyoning ayrim 
davlatlarida davlat budjeti keskin defitsitga uchragan bir sharoitda ham bizning 
soliq to’lovchi investorlarga imtiyoz va pereferensiyalar berish davom 
etdmoqda. Masalan, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-
aprelda qabul qilingan “To`g`ridan-to`g`ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb 
etishni rag`batlantirish borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi 
4434-Farmoni mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash, 
xususiylashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik jihatdan qayta 
jihozlash va rekonstruktsiya qilish, respublikaning ortiqcha ishchi kuchi mavjud 
bo`lgan mintaqalarida yangi ish joylarini yaratish dasturlarini amalga oshirishga 
to`g`ridan-to`g`ri xususiy xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, shuningdek 
xorijiy investorlar uchun ishonchli huquqiy himoya va kafolatlarni ta`minlashga 
qaratilgan. Farmonda ko’rsatilganidek, “….. xorijiy investorning pul shaklidagi 
ulushi 5 million AQSH dollaridan kam bo’lmagan yangidan tashkil etilayotgan 
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi davlat ro’yxatidan o’tgan sanadan boshlab 
10-yil mobaynida soliq qonunchiligida o’zgarishlar yuz bergan hollarda, yuridik 
shaxslardan olinadigan foyda solig`i, qo’shilgan qiymat solig’i (tovarlar, ishlar, 
hizmatlarni realizatsiya qilish aylanmasi), mulk solig`i, obodonlashtirish va 
ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig`i, yagona ijtimoiy to’lov, yagona soliq 
 
5
 O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo’mitasi ma’lumotlari asosida hisoblangan.
 
 

 
 
14 
                                                           
to`lovi to`lashdan, shuningdek Respublika yo`l jamg`armasiga hamda ta’lim va 
tibbiyot muassalarini rekonstruksiya qilish, mukkammal ta’mirlash va jihozlash 
jamg’armasiga majburiy ajratmalar to`lashning mazkur korxonalar davlat 
ro’yhatidan o’tish sanasida amal qilgan me’yorlari va qoidalarini qo’llashga 
haqlidirlar”.
6
  
Investitsiya siyosati – bu iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini 
rivojlantirish, qo’llab – quvvatlash, markazlashgan investitsiyalash jarayonidan 
nomarkazlashgan investitsiya jarayoniga o’tish, ustuvor investitsion loyihalarni 
qo’llab quvvatlashga qaratilgan mehanizm, uslublar yig’indisi hisoblanadi. 
Davlat investitsiya siyosatini amalga oshirishda ko’proq ustuvorlik kichik biznes 
sub`ektlari, xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar tuzishga hamda mavjud 
kamchiliklarni bartaraf etish, muammolarni tezkorlik bilan hal qilish va shu 
asosda investitsiya ishtirokchilarining erkin harakat qila olishlari uchun qulay 
iqtisodiy, investitsion muhit yaratishga qaratilgan. 
Investitsiya siyosatining ustuvor yo’nalishlari bo’lib quyidagilar 
hisoblanadi: 

 
investitsiyalar, ularning harakatlanishi, investitsiya faoliyati 
ishtirokchilari munosabatlari, ularni tartibga solib turish bo’yicha qulay huquqiy 
bazani yaratish, amaldagi qonunchilikning huquqiy bazasini takomillashtirish; 

 
iqtisodiy tub islohatlarni amalga oshirish, maqsadli investitsion siyosatni 
yurgizish; 

 
investitsion jarayonni yaxshilash va barcha investitsion jarayon 
ishtirokchilarining faolligini oshirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish; 

 
davlat boshqaruv organlari, hukumat tashkilotlarining nazorat etish 
funksiyalarini yanada takomillashtirish. 
Hozirgi kunda O’zbekiston  iqtisodiyotining barcha sohalarida 
o’zgarishlar, tarkibiy islohatlar olib borilmoqda. Bunday islohatlarning olib 
borilishi bevosita mamlakatdagi investitsion jarayon, Davlatning investitsion 
 
6
 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “To`g`ridan-to`g`ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni 
rag`batlantirish borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi 2012-yil 10-apreldagi 4434-sonli Farmoni.
 
 

 
 
15 
siyosati, uning ustuvor yo’nalishlari va mamlakatdagi korxonalar investitsion 
faolligiga bog’liq. Mustaqillikning qisqa davrida investitsion faoliyatni oshirish, 
uni kuchaytirish borasida qator amaliy chora – tadbirlar o’tkazildi, investitsion 
faoliyatni tartibga solib turuvchi qator qonun va qonun osti hujjatlari chiqarildi 
hamda hayotga tadbiq qilinmoqda. 
Investorlar faoliyati ishlab chiqarish  va mahsulotni ayirboshlash orqali  
foyda olishga qaratilgan. Shuning uchun investor o’z kapiatlini foyda olish 
qulay bo’lgan tarmoqqa safarbar etadi. Bunda iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha 
investitsiyalarni qo’yish uchun mezonlar juda muhim (2-jadval). 
Sanoat va hizmat ko’rsatish tarmoqlari uchun  ichki bozorning  hajmi va 
o’sishi investorning qaror qabul qilishida asosiy omil bo’lib hisoblanadi. 
Iqtisodiyotning barcha tarmoqlari investitsiyalarni jalb qilishga turtki bo’ladigan 
mehanizmlardan foydalanish bilan bo’g’liq davlatning faoliyati (loyihalarninng 
davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishi, investitsiya imtiyozlari, investorlarga 
kafolatlar va boshqalar)  muhim hisoblanadi. Sanoatda  amalga oshiriladigan 
investitsiya loyihalari ishchi kuchi qiymatiga sezuvchan bo’ladi.
  
2-jadval 
Tarmoqlar bo’yicha investitsiyalarni joylashtirishning eng muhim 
mezonlari
7
 
№ 
Daslabki sektor 
Sanoat sektori 
Hizmat ko’rsatish 
sektori 
1  Tabiiy resurslar mavjudligi
Ichki bozor hajmi 
Ichki bozor hajmi 

Investitsiya muhitini 
barqarorligi 
Ichki bozor o’sishi 
Ichki bozor o’sishi 

Investitsiyalash uchun 
turtki bo’ladigan 
mehanizmlar samaradorligi
Investitsiyalash uchun 
turtki bo’ladigan 
mehanizmlar 
samaradorligi 
Investitsiyalash uchun 
turtki bo’ladigan 
mehanizmlar 
samaradorligi 

Xalqaro/hududiy  
bozorlarga kirish 
Mehnatning past 
qiymati 
Xalqaro/hududiy  
bozorlarga kirish 
 
                                                            
7
 Umarova G.G’.: “Yengil sanoat tarmog’ida investitsiyalarni boshqarishni takomillashtirish yo’llari”. Iqtisod 
fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya avtoreferati. T.: TDIU, 2011
 
 

 
 
16 
Xo’jalik sub’ektlari darajasidagi investitsiya muhiti yaralishi investitsiya 
faolligini ko’rsatuvchi makroiqtisodiy omillardan biri sifatida tavsiflanadi. 
Investitsiyaning muhitining ushbu o’ziga xos ahamiyatini hisobga olib, uning 
boshqaruvini tashkil etishi zarur. Investitsiya siyosati investitsiya muhitiga  
boshqarish omillar orqali ta’sir etishi investitsiyalash shartlarining sifatini 
yaxshilashga turtki bo’ladi.  
Qulay investitsiya muhiti shakllanishining asosiy iqtisodiy omillari bo’lib, 
iqtisodiy rivojlanishning barqaror sur`atlari va bozor institutlarining, eng avvalo, 
mustahkam xo’jalik qonunchiligi, rivojlangan kredit-bank tizimi mavjudligi 
hisoblanadi.  
Investitsiyalashni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashga qaratilgan chora-
tadbirlar ham ma’lum ahamiyatga ega. Investitsiya muhitini yaxshilashning 
asosiy yo’nalishlari tahlili ko’rsatishicha, ularning ko’pi uzoq muddatli 
xarakterga ega ekan. Investitsiya qonunchiligini yaxshilash orqali investitsiya 
muhitini yanada jozibadorligini oshirish mumkin.  
Investitsiya muhitini baholash jarayonida investor investitsiyalashning risk 
darajasini qanchalik ekanligini aniqlaydi. Investitsiya muhiti darajasi qanchalik 
yomon bo’lsa, investor o’z tadbirkorlik riskini shunchalik yuqori belgilaydi. 
Investitsiya muhitini makroiqtisodiy darajada quyidagi 2-rasmda ko’rinishida   
tasvirlash mumkin. 
Investitsion jozibadorlik - mamlakat, tarmoq yoki alohida olingan biror bir 
korxona investitsiyalarining daromadliligi, rivojlanish istiqbollari va investitsion 
risk darajasi nuqtai nazaridan baholanishidir. Investitsion jozibadorlik 
investitsion salohiyat va investitsion risk darajasini shakllantiradigan ikki guruh 
omillarning bir vaqtda ta`sir etishi orqali aniqlanadi. Bu kabi ko’rsatkichlarga 
baho berish orqali investitsiyalarning maqsadga muvofiqliligi hamda 
jozibadorligi, investitsion risk darajasini aniqlash mumkin. Investitsion risk 
darajasi investitsion muhitga bevosita, to’g’ridan – to’g’ri bog’liqdir. 
 

 
 
17 
Hozirgi paytda O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy jihatdan qulay 
investitsiya muhiti yaratilganligini quyidagi omillar amal qilishi orqali 
ko’rishimiz mumkin:  

 
keng rag’batlantirish choralarining mavjudligi;  

 
xususiy mulkchilikning tez rivojlanishining rag’batlantirilishi;  

 
sanoatning ustuvor sohalarini jadal rivojlanayotganligi;  

 
keng rag’batlantirish choralarining mavjudligi;  

 
xususiy mulkchilikning tez rivojlanishining rag’batlantirilishi;  

 
sanoatning ustuvor sohalarini jadal rivojlanayotganligi;  

 
iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ishlab turgan quvvatlarni 
modernizatsiya qilish va yangilarini barpo etishning qo’llab-
quvvatlanayotganligi;  

 
eksport salohiyati va mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirishning 
rag’batlantirilishi;  

 
eksport qilinadigan tayyor mahsulotlar hissasi va hajmini 
ko’paytirishning qo’llab-quvvatlanishi.  
 
 

 
 
18 
                                                           
2-rasm. Investitsiya muhitiga ta’sir etuvchi omillar
8
 
Shuning uchun ham har qanday mamlakatning investitsion faoliyatini 
yuksaltirishda investitsion muhit va investitsion siyosat muhim ijtimoiy hamda 
iqtisodiy ahamiyat kasb etadi. Shu bois, biz investorlar uchun investitsion 
muhitni qanchalik qulay qiladigan bo’lsak, mamlakatda yaratilayotgan YaIM 
shunchalik ko’p yuksalishiga qulay zamin yaratiladi. Bu o’z navbatida, 
mamlakatimizni jahon iqtisodiy integratsiyasiga izchil kirib borishini 
jadallashtiradi. 
1.2.
 
Sanoat korxonalari investitsiya faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari 
va ahamiyati 
O’zbekiston davlat mustaqilligiga erishgan dastlabki yillardan boshlab 
milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning o’ziga xos yo’nalishini belgilab oldi. Qaysi 
tarmoq korxonalari misolida bo’lmasin, investitsiya faoliyatini moliyalashtirishni 
takomillashtirish bilan bog’liq masalalar tadqiq etilayotgan paytda, birinchi 
navbatda, e’tiborga olinishi lozim. Shu jihatdan investitsiya va investitsion 
faoliyatni moliyalashtirishning mazmun-mohiyati, vazifalari, amalga oshirish 
shakllari va prinsiplari xususida bir to’xtamga kelish muhim hisoblanadi. Chunki 
mazkur masalalarga aniqlik kiritmasdan, bir to’xtamga kelinmasadan va umumiy 
o’rinni shakllantirmasdan investitsion faoliyatni moliyalashtirishni 
takomillashtirish xususida gapirish ma’lum noaniqliklarni keltirib chiqaradiki, ular 
oxir-oqibatda noto’g’ri qarorlar qabul qilinishiga olib kelinish mumkin. 
Iqtisodiyotning rivojlanishi va barqarorligida investitsiyalarning beqiyos 
o’rni tutishini o’z vaqtida to’g’ri anglab yetganligi natijasida investitsiyalarga, 
xususan, chet el investitsiyalariga bo’lgan e`tiborning kuchayishi yuz berdiki, bu 
esa bugungi kunga kelib mamlakatimizdagi investitsiya faoliyatining 
rivojlantirilishiga olib keldi. Bugungi kunda rivojlangan investitsion faoliyatning 
 
8
 Ergasheva Sh., Uzoqov A.: “Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish”. O’quv qo’llanma. - T.: 
“Iqtisodiyot”, 2009.
 
 
 

 
 
19 
yo’lga qo’yilishini hukumatimizning yuritayotgan oqilona investitsiya 
siyosatining mahsuli ekanligini ta`kidlash lozim.  
Investitsiya faoliyatni moliyalashtirishni takomillashtirishda 
investitsiyalarga alohida  ahamiyat berish zarur. 
Har qanday jamiyatning barqaror iqtisodiy rivojlanishini investitsiyalarsiz 
tasavvur etib bo’lmaydi. Ayniqsa bugungi kunda shu narsa yaqqol nomoyon 
bo’lmoqdaki, har qanday mamlakatning bundan keyingi yuksalishi 
investitsiyalarni jalb etish holatiga bo’liq. 
Investitsiyalarning iqtisodiyotdagi o’rni beqiyosligi uning mohiyatini aniq 
o’rganib chiqiqishni talab etadi. 
Investitsiyalarning iqtisodiy mazmun-mohiyati to’g’risida xorijlik va 
mamlakatimiz iqtisodchi olimlari o’rtasida xilma-xil fikrlar mavjud. 
 
Investitsiyalarga bir aniq ta`rif  berilmagan. Har qaysi izlanuvchi bu atamaga  
nisbatan o’z yondashuv uslubi va fikriga ega ekanligi bilan ajralib turadi.  
Investitsiyalar nazariyasi o’zining tarixiy rivojlanish jarayonida bir qancha 
bosqichlarni bosib o’tdi. V.V.Aladinning fikricha investitsiyalarning dastlabki 
belgilarini Avstriya iqtisodchilari maktabining ilmiy ishlarida ko’rish mumkin 
9
.   
Iqtisodiy lug’atda “investitsiyalar - kapitalni uzoq muddatli qo’yilmalar 
tariqasida sanoatga, qishloq xo’jaligiga, transportga va boshqa tarmoqlarga sarf 
etiladigan xarajatlar yig’indisini aks ettiradi”
10
, - deb ta`riflangan.  
U.F.Sharp, G.J.Aleksandr, J.V. Beyli investitsiyalar haqida quyidagi fikrlarni 
bildiradi: mumkin qadar kengroq ma`noda aytganda “investitsiyalar - bu kelajakda 
kattaroq foydaga ega bo’lish uchun buguncha puldan ajralishdir”
11
. Mualliflar, pul 
mablag’larini qo’yilmalar sifatidagi - investitsiyalar va bu pullardan kelajakda 
ko’proq summa olish uchun bugun voz kechish deb qaraydi. Bizningcha bunday 
fikrlash bir tomonlama bo’lib, investitsiyalar nafaqat pul mablag’lari ko’rinishidagi 
pul daromadlari bo’lib qolmay balki, boshqa moddiy va nomoddiy ko’rinishlarda 
ham bo’lishi mukin. Shuningdek, mualliflar investitsiyalash va jamg’armalar 
                                                            
9
 Аладьин В.В.: “Инвестиционная деятельность субъектов Российской федерации”. – М: “Социум”, 2002.
 
10
 Финансово-кредитный словарь. Т. 1. – М.: “Финансы и статистика”, 1984. 
 
11
 Шарп У., Александер Г., Бэйли Дж.: “Инвестиции”. – М.: ИНФРА-М, 1998. 
 
 

 
 
20 
                                                           
o’rtasidagi farqni ko’rsatib, aytishadiki, jamg’arma “iste`molga ajratilgan” 
qiymatdir.  “Investitsiyalash” tushunchasi kelajakda milliy mahsulotni ko’paytirish 
bilan bog’liq real investitsiyalashgacha bo’lgan jarayonni ifodalaydi.   
Mualliflar investitsiyalarga ta`rif berar ekan, bozor iqtisodiyoti talablaridan 
kelib chiqqan holda, investitsiyalarning asl iqtisodiy mazmunini ochib berishga 
harakat qilgan. Biroq, ayrim iqtisodchilar investitsiyalarni uzoq muddatli kapital 
qo’yilma sifatida  qarashsa, ayrimlari, faqat, moddiy ishlab chiqarish sohasidagi 
kapitallashuvni investitsiya deb qaraydilar.  
Keyingi yillarda O’zbekistonda ham investitsion faoliyatning iqtisodiy 
masalalarini o’rganish bo’yicha jiddiy ilmiy izlanishlar olib borilmoqda va 
muayyan muvaffaqiyatlarga ham erishildi. Jumladan, prof. D.G’.G’ozibekov 
investitsiyalarning iqtisodiy mazmun-mohiyatini moliyaviy kategoriya sifatida 
talqin etib, aniq va noaniq risklar, safarbar etilayotgan kapitalning hozirgi qiymatini 
saqlash va uni kapitallashtirish jihatlariga e`tiborni qaratib, quyidagicha ta`rif 
berishga erishgan: “Investitsiyalar nazarda tutilgan va tutilmagan, ammo ehtimoli 
bor risklar hamda ko’zlanayotgan samaralarni baholash asosida, o’z va o’zga 
mablag’lar qiymatining kapitallashuvi va jamg’arilishini ta`minlash maqsadida 
moliyaviy va real aktivlarga bog’lanishidan dalolat beradi”
12
.  
Keltirilgan fikrlar shundan guvohlik berayaptiki, chindan ham investitsiyalar 
faqat asosiy kapitalga yo’naltirilib, qolmasdan balki, aylanma aktivlarni 
shakllantirishga ham yo’naltiriladi. Shuningdek, muallif mazkur ilmiy asarida 
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida investitsiya faoliyatining nazariy va 
amaliy masalalari tadqiqotiga e`tiborini qaratgan.  
Prof. N.H.Haydarov o’z ilmiy ishlarini korxonalar investitsion faoliyatida 
moliya-soliq munosabatlarini takomillashtirish masalalariga bag’ishladi va u 
quyidagi ta`rifni berdi: “Investitsiya - bu mulk shaklidan qat`iy nazar, tadbirkorlik 
asosida faoliyat ko’rsatayotgan jismoniy va yuridik shaxslar yoki davlatning 
iqtisodiy va ijtimoiy samara olish maqsadida o’z ixtiyoridagi moliyaviy, moddiy va 
intellektual boyliklarini qonun doirasida bo’lgan har qanday tadbirkorlik ob`ektiga 
 
12
 G’ozibekov D.G’. “Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari”.  – T.: “Moliya”, 2003.
 
 

 
 
21 
sarflashidir”
13
. Bu yerda muallif investitsiyalarga mulkchilik shakllari, 
investitsiyalarning turlari va natija olishning iqtisodiy-ijtimoiy tomonlarini mohirlik 
bilan qamragan holda, ta`rif berishga erishgan.  
O’zbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrdagi “Investitsiya 
faoliyati to’g’risida”gi Qonunida investitsiyalarning mazmuni “Iqtisodiy va 
boshqa faoliyat ob`ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne`matlar hamda 
ularga doir huquqlar”
14
 sifatida ta`riflanadi. 
Yuqorida keltirilgan fikrlarni tahlil qilish orqali shunday xulosaga kelish 
mumkinki, “investitsiyalar” tushunchasi “kapital” va “kapital qo’yilma” 
tushunchasiga nisbatan keng ma’noga ega ekan. Kapital va kapital qo’yilmalar 
investiitsilarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Shuning bilan birgalikda 
investitsiyalarning tarkibida kapital va kapital qo’yilmalardan tashqari aylanma 
mablag’lar ham mavjud. Demak, ko’rinib turibdiki, kapital va kapital 
qo’yilmalar tushunchasi aynan investitsiyalar tushunchasini anglatmaydi. 
Umumlashtiradigan bo’lsak, investitsiyalar bu faqat uzoq muddatli kapital 
qo’yilmalar bo’libgina qolmasdan, balki qisqa muddatli qo’yilmalarni ham o’z 
ichiga oladi. Demak, fikrimizcha, ”investitsiyalar – bu bo’sh turgan kapitalni  
iqtisodiy-ijtimoiy daromad  olish maqsadida harakatga keltirishdir”.  
Bizga ma`lumki, investitsiyalarga xos bo’lgan eng muhim belgi, eng avvalo 
foyda olishga qaratilganganligidir. Investitsiyalar  tabiatan va mohiyatan foyda 
keltirish uchun salohiyatli hisoblanadi. 
Investitsiyalarni yana bir muhim belgisi shundan iboratki, ular mablag’ va 
resurslar ko’rinishida mavjud bo’ladi. 
Investitsiyalash kim tomonidan amalga oshirilganligi nuqtai nazaridan 
investitsiyalar ikki turga ajraladi: 
1)
 
Ichki investitsiyalar - bu mazkur davlat hududida ichki investorlar 
tomonidan yo’naltiriladigan investitsiyalardir.  
                                                            
13
 Haydarov N.H. “Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida korhonalar investitsion faoliyatidagi moliya-soliq 
munosabatlarini takomillashtirish masalalari”. Iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan 
dissertatsiya. – T:. 2003. 
 
14
  O’zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi Qonuni, 1998-yil,  24-dekabr. 
 
 

 
 
22 
2)
 
Tashqi investitsiyalar - bu xorijiy investorlar tomonidan yo’naltiradigan 
investitsiyalar bo’lib, chet el mulkdorlari tomonidan iqtisodiyotning turli 
tarmoqlariga (sanoat, qishloq xo’jaligi, transport va h.k) uzoq muddatga 
qo’yilgan kapital mablag’laridir.  
Umuman olganda, investitsiyalarni amalga oshirish investitsiya jarayoning 
tarkibiy qismi hisoblanadi hamda investitsiya resurslari hosil qilinishi natijasiga 
tayanadi va yuz beradi. O’z navbatida, u investitsiyalashdan ko’zlangan 
maqsadga bevosita bog’lanadi. Zero, ko’zlangan maqsadga erishish ishtiyoqi 
investorni kapital to’plab, so’ng uni shu maqsad yo’lida safarbar etishga 
undaydi. Zotan, maqsad muayyan natijaga qaratilar ekan, natija ham o’z 
navbatida, muayyan maqsadlarni keltirib chiqaradi va tegishlicha, investitsiya 
jarayonini aks ettiruvchi ketma-ketlikni xosil qiladi. Investitsiyalarning bu 
tarzda harakatlanishi investitsiya faoliyati orqali yuz beradi. Shunday ekan, 
investitsiya faoliyatining mohiyatini bilish juda muhimdir. 
  Turli iqtisodiy adabiyotlarda investitsiya faoliyatiga turlicha ta’riflar 
berilgan. Iqtisodchi olim Neshitoyning fikricha, “Invetitsion faoliyat –bu daromad 
olish va foydali samaraga erishish maqsadida mablag’larni 
joylashtirish(investitsiyalash) va amaliy harakatlarni sodir etishdir”.
15
 
O’zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi 
Qonunda: “Investitsiya faoliyati - investitsiya faoliyati sub`ektlarining 
investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog’liq harakatlar majmui”
16
  sifatida 
ifodalanadi.  
Fikrimizcha, investitsion faoliyatga berilgan ta`riflar, uning mohiyatini to’la 
ochib berolmaydi. Chunki investitsion faoliyatda investitsiyalarning ketma-
ketligi va ularning o’zgaruvchanligi, ya`ni resurslar (qiymatliklar) - qo’yish 
(xarajatlar) va investitsiya natijasida samara (foyda, daromad) olish yotishi 
kerak. Agar samara olinmasa investitsiyalashga rag’bat ham bo’lmaydi.  
                                                            
15
 Нешитой С.A. “Инвестиции”. -М: “Дело”, 2008г.
 
16
 O’zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi Qonuni, 1998-yil, 24-dekabr.
 
 

 
 
23 
Investitsion faoliyat investitsiyalashning eng asosiy markaziy bo’g’ini 
hisoblanadi, chunki aynan ana shu jarayonda investitsiya bir ko’rinishdan 
ikkinchi ko’rinishga o’tadi, ya`ni jamg’armalar (resurslar), qo’yilmalar 
(xarajatlar), kapital mulk (tayyor mahsulot), iqtisodiy yoki ijtimoiy samara 
(daromad, foyda) shaklini oladi.  
Fikrimizcha,  investitsion faoliyat - bu g’oyalarni ishlab chiqish va 
investitsiya loyihalarini asoslash, ularni moddiy-texnik va moliyaviy ta`minlash, 
buning natijasida barpo etilayotgan ob`ekt faoliyatini boshqarish va 
investorlarning o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishish imkoniyatlarini ham 
aks ettiradi.    
Investitsion faoliyatda investorlar investitsiya resurslarini iqtisodiyot 
sohalariga foyda (daromad) olish yoki samaraga erishish uchun joylashtiradi. 
Bunda uning tarkibiy tizimini investitsion faoliyatning ob`ekti va sub`ektlari 
tashkil etadi (3-rasm). 
Download 5.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling