Toshkent moliya instituti


  3-rasm. Investitsion faoliyatning ob`ekti va sub`ektlari


Download 5.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana29.07.2017
Hajmi5.16 Kb.
#12286
1   2   3   4   5   6   7   8

 
 

 
 
24 
3-rasm. Investitsion faoliyatning ob`ekti va sub`ektlari
17
 
Investitsiya faoliyatini tashkil etishda har bir mulk egasi, eng avvalo, o’z 
manfaatlarini ko’zlab, ya’ni foyda olish maqsadida harakat qiladilar. Chunki, 
yuqori foyda investorning kapital qiymati o’sishga imkon beradi. 
Sanoat korxonalarida investitsiyalarning yo’naltirish ob’ekti quyidagilar 
hisoblanadi: 

 
yangi uskuna va jihozlar, texnika vositalarini sotib olish va o’rnatish; 

 
yangi inovatsion g’oyalarni moliyalashtirish; 

 
yangi bino-inshootlar qurish va foydalanishga topshirish; 

 
asosiy fondlarni ta’mirlash, yangilash; 

 
mahsulot assortimentini ko’paytirish; 

 
kadrlar malakasini oshirish va boshqalar. 
Bugungi kunda mamlakatimizda, xususan, sanoat korxonalarida 
investitsiya faoliyatini rivojlantirish davlatning ustuvor siyosatga aylantirilgan 
bo’lib, uning ta’minotiga erishish maqsadida sohaga investitsiyalarni, shu 
jumladan, xorijiy investitsiyalarni jalb etishga katta e’tibor qaratilmoqda. 
Buning natijasida iqtisodiyotimizga jalb qilinayotgan xorijiy invetitsiyalar hajmi 
yildan-yilga ortib bormoqda (4-rasm). 
 
                                                            
17
 Jo’raev A.S., Xo’jamqulov D.Y., Mamatov B.S.: “Investitsiya loyihalari tahlili”, Oliy o’quv muassasalari 
uchun o’quv qo’llanma. - T.: “Sharq”,  2003.
 
 

 
 
25 
                                                           
4-rasm. 2007-2012-yillar davlat investitsiya dasturlari doirasida 
xorijiy sarmoyalarning jalb qilinish dinamikasi,(
 
 mln.AQSH.doll.)
18
 
2012-yilning o’zida 2,5 mlrd. AQSH dollar miqdorida chet el 
investitsiyalari jalb etilgan bo’lsa, shundan 1,975 mlrd. AQSH dollari 
to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni tashkil etdi. Bu ko’rsatkichlar 2011-
yilga nisbatan kamdir. Lekin yildan-yilga xorijiy investorlarni qiziqishi 
mamlakatimiz iqtisodiyotiga ortib bormoqda. 
Investorlar qaysi mulk shakliga tegishliliga qarab investitsion faoliyatni 
yuritadilar va uni quyidagi shakllarda amalga oshiradilar: 

 
davlat korxonalari va ma`muriy boshqaruv organlari amalga oshiradigan 
investitsion faoliyat; 

 
xususiy, jamoa, ijara, aksiyadorlik va qo’shma korxonalari, shuningdek 
jismoniy shaxslar amalga oshiradigan investitsion faoliyat; 

 
xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlar hamda ularning jismoniy va 
huquqiy shaxslari amalga oshiradigan investitsion faoliyat. 
Investorlarning turli mulkchilik shaklida amalga oshiradigan investitsion 
faoliyatlari iqtisodiy o’sishni rag’batlantirib, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni 
(aholini ish bilan ta`minlash, milliy boyliklarning ko’payishi va millat 
farovonligini yanada yaxshilash) bartaraf etishda katta rol o’ynaydi.  
Fikrimizcha, investitsiyalarning iqtisodiyot rivojlanishiga har tomonlama 
ijobiy ta`sirini hisobga olib, uning quyidagi vazifalarini belgilash maqsadga 
muvofiqdir:  

 
iqtisodiyotda ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish vositalarini 
optimal joylashtirish bilan keng tarmoqli bozor infratuzilmalarini 
shakllantirishga imkon yaratish;  

 
iqtisodiyotdagi takror ishlab chiqarish jarayoniga ijobiy ta`sir ko’rsatuvchi 
barcha yo’nalishlarni va imkoniyatlarni amaliyotga tatbiq etish;  

 
mamlakatning milliy xususiyatlarini hisobga olgan holdagi qonuniy 
 
18
 
O’zbekiston Respublikasi Statistika Qo’mitasi ma’lumotlari asosida hisoblangan 
 
 

 
 
26 
kafolatlangan investorlarni qoniqtiruvchi ulushini yaratadigan va moliyaviy 
o’sishni ta`minlovchi infratuzilmalarni faollashtirish; 

 
iqtisodiyotning barcha sohalarini faollashtirish orqali mamlakatning 
barqaror o’sishi va jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvini tezlashtirish. 
Investitsiya faoliyati iqtisodiyot rivojining jadal sur`atlarini belgilab berish 
bilan birga u har qanday tizimda ko’p jihatdan mintaqa va mamlakat 
iqtisodiyotining barqaror o’sib borishini hamda taraqqiy etish  darajasini  ifoda 
etishi lozim. Investitsiyalar sanoat korxonalari faoliyatini barqaror 
rivojlantirishda muhim omil bo’lib, u kengaytirilgan takror ishlab chiqarish 
asosini tashkil etadi. Sanoat korxonalari faoliyatida samaradorlikka erishish, 
mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot tannarxini kamaytirish, qolaversa, 
mamlakatning aholi bandligini ta’minlashda  investitsiyalarning o’rni va 
ahamiyati juda katta. 
Investor investitsiyalashni amalga oshirish uchun ma`lum miqdordagi 
mablag’ yoki investitsiya resurslariga ega bo’lishni yoki jamg’arishni talab 
etadi. Buning uchun jamg’arma mablag’larini banklarda to’plash va ular orqali 
kapital mablag’larni iqtisodiyotning istiqbolli sohalariga yo’naltirilishini 
ta`minlashga erishish mumkin. Bu, avvalo, investitsiya faoliyatida banklar 
ishtirokini oshirishni talab etadi. 
Investitsiya faoliyatini amalga oshirish  va chet el investitsiyasini faol jalb 
etish uchun, nafaqat, hududlar balki, tarmoqlarda, shuningdek investitsiya 
faoliyatining sub`ekti va ob`ektlarida ham investitsion jozibadorlik reytinglarini 
tahlil etib, hisoblab chiqish zarurdir. Bunda, asosan, chet el investitsiyasini 
iqtisodiyot sohalari bo’yicha mutanosib jalb etishning kompleks dasturini ishlab 
chiqish  va unda  tarmoqlarni, asosan, 3 guruhga, ya`ni ishlab chiqarish, hizmat 
ko’rsatish va ijtimoiy sohalarga bo’lib, investitsiyani ustuvor darajada real 
sektorga yo’naltirib, so’ng qolgan sohalarni rivojlantirishga hamda iqtisodiyot 
rivojlanishi va zaruriyatidan kelib chiqib, hizmat ko’rsatish va ijtimoiy sohalarga 
ham jalb etilsa, maqsadga muvofiqdir.  
 

 
 
27 
Mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish - bu nafaqat 
xorijiy sheriklar bilan hamkorlikda yangi, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, 
ayni vaqtda, - bu avvalo yangi zamonaviy texnika, dastgoh va uskunalar, 
texnologiya va nou-xaularni joriy etish, shu asosda ishlab chiqariladigan 
mahsulotlarning yuksak sifatini ta`minlashga qaratilgan. Eng muhimi, chetdan 
imtiyozli sarmoyalarni olib kelish - bu pirovard natijada mamlakatimizda 
raqobatbardosh, kuchli iqtisodiyotni barpo etish va jahon bozorida o’z munosib 
o’rnimizni egallashga qodir bo’lish demakdir.      
Iqtisodiyotda tarkibiy o`zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, 
korxonalarning investitsiya faoliyatini jadallashtirish, ishlab chiqarishni 
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta qurollantirish 
dasturlarini amalga oshirishda xorijiy investitsiyalar, avvalo, to`g`ridan-to`g`ri 
investitsiyalarning o`rni beqiyosdir. Bunda ilg`or texnologiyalarni tatbiq etish, 
yangi ish o`rinlari yaratish va shu asosda mamlakat iqtisodiyotining barqaror va 
bir maromda rivojlanishini ta`minlash imkoniyati yaratiladi. Rivojlangan 
davlatlar tajribasi shuni ko`rsatadiki, chet el investitsiyasi jalb qilinishi mazkur 
davlatlarning yuksak darajada taraqqiy etishida hal qiluvchi omillardan biri 
bo`lgan. Bugungi kunda yurtimizda faoliyat ko`rsatayotgan korxonalarni jadal 
modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashni ta`minlash, yuksak 
texnologiyalar asosida ishlaydigan avtomobilsozlik va gaz-kimyo, elektr 
texnikasi va to`qimachilik, oziq-ovqat va farmatsevtika, axborot va 
telekommunikatsiyalar tarmog`i hamda boshqa yo`nalishlardagi yangi va 
zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishga qaratilgan faol 
investitsiya siyosatini yuritishga ustuvor e`tibor berilmoqda.  
Investitsion faoliyatni moliyalashtirishni takomillashtirishda investitsiya 
faoliyati va uning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqish maqsadga muvofiq. 
Investitsion faoliyat faqat investitsiyalarni amalga oshirish va investitsiyalarni 
amalga oshirish hamda investitsiya jarayonlari bilan bog’liq faoliyat 
 
hisoblanadi. Investitsiya faoliyati uchun nisbatan katta miqdordagi mablag’larni 
sarflash, foydaga yoki boshqa foydali samaraga ega bo’lish muhimdir. 
 

 
 
28 
Demak, O’zbekiston iqtisodiyotining taraqqiyotini ta`minlashda 
investitsiyalarning roli benihoya katta bo’lib, u, eng avvalo, iqtisodiyotni 
intensiv rivojlantirish asosida hamda yangi texnika-texnologiyalar jalb qilish va 
o’zlashtirish negizida rivojlantirishi bilan izohlanadi.  
 
1.3.
 
Sanoat korxonalarida investitsion faoliyatni moliyalashtirishning 
huquqiy asoslari 
Mamlakat iqtisodiyoti – murakkab xalq xo’jalik kompleksi bo’lib, uning 
barcha soha va tarmoqlari ham bir tekis rivojlanmaydi, chunki jamiyat 
ehtiyojlari tez-tez o’zgaruvchan bo’lib, ishlab chiqarish esa bu o’zgarishlarga 
moslashishga harakat qiladi. Buning natijasida iqtisodiyotda ayrim tarmoqlar 
rivojlanishining ilgarilab ketishi, ayrim soha va tarmoqlarning esa orqada qolishi 
mumkin. Ana shu nomutanosibliklarni bartaraf etish, butun xalq xo’jaligi 
kompleksining balansli rivojlanishini ta`minlash iqtisodiyotni boshqarish va 
tartibga solish orqali amalga oshiriladi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash 
sharoitida sanoat korxonalarini investitsion faoliyatini moliyalashtirish, 
boshqarish va uni tartibga solish, avvalo, o’z-o’zini tartibga solish va boshqarish 
orqali amalga oshiriladi. O’z-o’zini boshqarish: 

 
xo’jalik yurituvchi sub`ektlarning erkinligiga; 

 
sheriklarni va ular bilan bo’ladigan munosabatlar tanlash erkinligiga; 

 
o’z faoliyati usulidan mustaqil foydalanish erkinligiga asoslanadi.  
O’z-o’zini boshqarish sanoat korxonasining investitsion faoliyatini tartibga 
solishda muhim o’rin egallaydi, shu bilan birga ayrim hollarda o’z-o’zini 
boshqarish iqtisodiyotni barqarorlashtirishga kuchsizlik qiladi va iqtisodiyotga 
davlatning aralashuvini taqozo qiladi.  
Davlatning aralashuvi quyidagilarni hal qilish uchun zarur: 

 
yirik tarkibiy o’zgarishlarni ta`minlash; 

 
iqtisodiy rivojlanishning samarali yangi yo’nalishlarini qo’llab-
quvvatlash; 
 

 
 
29 

 
ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma ob`ektlarini rivojlantirish.  
Biroq, shuni alohida ta`kidlash lozimki, davlatning iqtisodiyotga shu 
jumladan, sanoat ishlab chiqarishiga aralashuvi, ayniqsa, hozirgi sharoitida 
ma`lum chegaraga ega bo’lib, faqat qonun yo’li bilan amalga oshirilishi kerak.  
Sanoat korxonalarini investitsion faoliyatini tartibga solish usullari 
quyidagi maqsadlarga yo’naltirishi lozim: 
1)
 
yangi texnologik liniyalarni va ishlab chiqarishni  moliyaviy qo’llab-
quvvatlash; 
2)
 
ishlab chiqarish jarayonini sug’urtalashni rivojlantirish orqali moliyaviy 
tanglikka tushish ehtimolini kamaytirish; 
3)
 
bozor konyunkturasi o’zgarishlari va iste`molchilar ehtiyojlariga 
nisbatan tez moslasha olishi uni jahon iqtisodiy inqirozi davrida yangi ish 
o’rinlarini yaratish va aholi daromadini oshirish borasida eng qulay va maqbul 
vositaga aylantirish; 
4)
 
turli moliyaviy fondlarining mablag’larini jalb etish va ulardan samarali 
foydalanishni tashkil etish orqali korxona ehtiyojlarni qondirish; 
5)
 
korxona xarajatlarini, korxona investitsiyalari orqali ilg’or 
texnologiyalar, fan yutuqlarini joriy qilishni ta`minlash; 
6)
 
amortizatsiya siyosati orqali sanoat korxonasining moliya resurslarini 
jamg’arishga, ular asosiy natijalarining yangilanish darajasiga ta`sir 
ko’rsatish. 
Sanoat ishlab chiqarishida investitsion mablag’lardan foydalanish muayyan 
natijalarga olib keladi, bu natijalarda shu kategoriyaning roli aniq ko’rinadi. 
Investitsion  mablag’larning roli muomalada bo’lish shart-sharoitlari, jamoat 
ishlab chiqarishiga ta`siri yo’nalishlari, boshqa taqsimot kategoriyalari bilan 
bog’liqligi o’zgarishi kabi omillarga mos ravishda turlicha bo’lishi mumkin. 
Biroq, turli tarixiy davrlarda investitsion mablag’lardan foydalanish evaziga 
olinadigan natijalarning hilma-hilligidan qat`iy nazar yagona omil – investitsion 
mablag’lar vositasi ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonlariga ta`sir ko’rsatish 
imkoniyati o’zgarmas va daxlsiz bo’lib qolaveradi. 
 

 
 
30 
 Moliyaviy mablag’larning hajmi va tarkibi ishlab chiqarish rivojlanishi 
darajasi, uning samaradorligi qancha yuqori bo’lsa, sarflanayotgan va 
foydalanilayotgan moliyaviy mablag’larning hajmi shunchalik ko’p bo’ladi. O’z 
navbatida ishlab chiqarishga sarflanayotgan moliyaviy mablag’larning ko’pligi 
ishlab chiqarishning o’sishi va takomillashuvi uchun sharoitlar yaratadi. 
Moliyaviy mablag’lar qanday yo’nalishda va qancha sarflanayotganiga bog’liq 
ravishda ishlab chiqarishni qo’shimcha quvvatlar bilan ta`minlash imkoniyatlari 
yuzaga keltiriladi. Bu ishlab chiqarishning texnikaviy darajasining ortishiga,  
sanoat iqtisodiyotining tegishli sohalarida mehnat samaradorligi ortishi uchun 
shart-sharoitlar yaratilishiga olib keladi. 
 Shu bilan birga, bozor sharoitida korxona investitsion faoliyatining 
tartibga solish yo’li ancha ortadi, davlat soliqlar (soliq miqdori, ajratish tartibi, 
bunda imtiyozlar berish bilan) yordamida korxonalarning shaxsiy moliyaviy 
zahiralari bilan ta`minlanganlik darajasini oshirishga, ta`sir ko’rsatishga intiladi. 
Davlat qayta tiklangan nisbatlarga ta`sir  qiluvchi: jadal ammortizatsiya, 
mutaxassislar tayyorlash, ijtimoiy sug’urta va boshqalarga budjetdan mablag’lar 
ajratish kabi boshqa moliyaviy  omillarni ham qo’llaydi. Hosil qilingan 
nisbatlarni tartibga solishda ishlab chiqarish barqarorligini kafolatlaydigan 
sug’urtalash  ahamiyati ham asta – sekin orta boradi. Sug’urtalash kelgusida 
(majburiy ravishda tashkil etilgan holda) muvaffaqiyatsiz ilmiy – texnikaviy 
ixtirolar keltiradigan zararlar, shuningdek ish tashlashlar va siyosiy noroziliklar 
oqibatida  olinmagan daromadni ham qoplay oladigan bo’ladi.  
 Sanoat korxonalaridagi invstitsiya faoliyatini tartibga keltirish davlat 
mehanizmida budjetga to’lovlar (daromadlar), shuningdek budjetdan moliyaviy 
ta`minlash birdek muhimdir, lekin, bu ularning roli bir xil degan fikr emas.  
Budjetga to’lovlar  asosan sanoat korxonasining xususiy moliyaviy negizini 
(soliq stavkalari, imtiyozlar, sanksiyalar bilan) tartibga keltirishga qaratilgan 
bo’lib,  o’z navbatida muayyan xo’jalik sub`ektida qoladigan xususiy moliyaviy 
zahiralarning unday yoki bunday ulushi kattaligigagina ta`sir ko’rsatadi. 
Budjetdan moliyaviy ta`minlash boshqa rolni bajaradi – umumdavlat zahiralarini 
 

 
 
31 
jalb etish yo’li bilan korxonalarning moliyaviy imkoniyatlarini kuchaytiradi. Bu 
iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari jadal rivojlanishiga yordam beradi, yangi 
ishlab chiqarishlar va zamonaviy texnologiyalar paydo bo’lishi, ilmiy-texnikaviy  
jarayon  jadallashishi uchun sharoit yaratib, xilma-xil tarmoqlar ravnaq topishini 
ta`minlaydi. 
 Korxonalar investitsion mablag’larini ijtimoiy ishlab chiqarish hududiy 
tarkiblariga tadbirkorlik hududlarini kengaytirish, shaharlar va yangi turar joy 
zonalarini rivojlantirishga mablag’lar ajratish yo’li bilan ta`sir ko’rsatadi. 
Iqtisodiyotning modernizatsiyalash  sharoitida sanoat korxonalarini 
investitsiya faoliyatini moliyalashtirishni takomillashtirish mamlakatlarning 
amaldagi qonunlarini, investitsiya muhitini hisobga olgan holda amalga 
oshiriladi.  
Sanoat korxonalari investitsiya faoliyatini moliyalashtirishni tartibga 
solish, huquqiy nuqtai nazardan, turli mulkdorlar o’rtasida moddiy va nomoddiy 
aktivlarni takror ishlab chiqarish xususidagi o’ziga xos, murakkab, ijtimoiy 
zarur iqtisodiy (investitsiya) munosabatlarini shakllantirish me`yorlarini nazarda 
tutadi. Investitsiya jarayonining barcha sub`ektlari – chet ellik investorlardan 
boshlab, davlat, yuridik va jismoniy, shu jumladan chet ellik shaxslar 
(rezidentlar va norezidentlar) gacha bu munosabatlarning ishtirokchilariga 
aylanadilar.     
Investitsiya munosabatlarining mohiyati bu faoliyat ishtirokchilari 
doirasida va darajasida o’z ifodasini topadi. Investitsiya faoliyati 
rivojlanishining ob`ektiv sharoitlarini aks ettiradigan alohida investitsiya 
munosabatlarining mavjudligi tartibga solishning mustaqil predmeti bo’lishini 
taqozo qiladi. Huquq nuqtai nazaridan investitsiya faoliyatini moliyalashtirishni 
tartibga solish umumiy huquqiy va xususiy huquqiy tartibga solish me`yorlarini 
qamrab oladi. Bu me`yorlarning birligi ijtimoiy va alohida investitsiya 
munosabatlarining xarakteri va mohiyatini ifoda etadi hamda ularni tartibga 
solish usuliga aylanadi. Tartibga solish usullari huquq me`yorlarining ham 
 

 
 
32 
alohida, ham ijtimoiy zarur investitsiya munosabatlari xarakteriga o’ziga xos 
tarzda ta`sir ko’rsatish yo’llaridan iborat. 
Respublikamizda investitsiya faoliyatini amalga oshirishning zaruriy 
huquqiy asoslari yaratilganligi buning amaliy ifodasidir. Xususan, O’zbekiston 
Respublikasining “Chet el investitsiyalari to’g’risida”, “Chet ellik investorlar 
huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida”, 
“Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi qonunlari, Respublikamiz Prezidenti, 
Vazirlar Mahkamasi Qarorlari va boshqa qonun hujjatlari huquqiy asos bo’lib 
hizmat qiladi. 
Respublikada investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish 
birinchi navbatda davlatning iqtisodiy, ilmiy – texnikaviy va ijtimoiy siyosatini 
amalga oshirish maqsadlarini ko’zlaydi. 
Hozirgi davrda investitsiya munosabatlari kapitallarga egalik qilish, 
ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish borasidagi munosabatlarni qamrab 
oladi hamda nafaqat milliy iqtisodiyot doirasida, balki xalqaro iqtisodiyot 
darajasida resurslarni taqsimlash, qayta taqsimlash jarayonlarini aks ettiradi.  
Respublikada ko’p tarmoqli iqtisodiyotni shakllantirish sharoitlarida 
investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishda asosiy vazifalar 
quyidagilardan iborat:  

 
ijtimoiy va xususiy manfaatlarni;  

 
ayrim mamlakatlar, korporatsiyalar, xalqaro moliya institutlari, yakka 
investorlar manfaatlarini to’g’ri aniqlash; 

 
ularning o’zaro maqbul nisbatlarini kelishib olish; ularni hayotda 
ro’yobga chiqarishning teng huquqiy sharoitlari va kafolatlarini belgilash. 
Sanoat korxonalarini investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga 
solish quyidagi yo’llar bilan amalga oshiriladi: 

 
 investitsiya faoliyatining qonunchilik negizini takomillashtirish; 

 
 soliq to’lovchilar va soliq solish ob'ektlarini, soliq stavkalari va ularga 
doir imtiyozlarni tabaqalashtiruvchi soliq tizimini qo’llash; 

 
normalar, qoidalar va standartlarni belgilash; 
 

 
 
33 

 
monopoliyaga qarshi choralarni qo’llash; 

 
kredit siyosati va narx belgilash siyosatini o’tkazish; 

 
yerga va boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish 
shartlarini belgilash; 

 
investitsiya loyihalarini ekspertiza qilish mehanizmlarini belgilash; 

 
O’zbekiston Respublikasining investitsiya dasturiga kiritilgan 
investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi monitoringini yuritish. 
O’zbekistonda invstitsiya faoliyatini tartibga solish, birinchi navbatda, 
barcha xo’jalik yuritish bosqichlarida jamg’armalar o’sishi sur'atlarini 
rag’batlantirish va iste'mol darajasini pasaytirishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. 
Investitsiya faoliyatini tartibga solish tizimi doirasida soliqlarning 
rag’batlantiruvchi funksiyalarini kuchaytirish investitsiyalarni 
moliyalashtirishda bozor mehanizmlari rolini kengaytirishga olib keladi.  
Respublikada sanoat korxonalari investitsiya faoliyatini boshqarish va 
tartibga solish ishlab chiqarish texnologiyalarini sotib olish, global ilmlarni 
egallash, soliqlarning tartiblovchi rolini takomillashtirish, ularning 
rag’batlantiruvchilik rolini kuchaytirishga qaratilishi lozim.  
O’zbekistonda iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida investitsiya 
faoliyatini boqarish va tartibga solishda O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining “2011-2015-yillarda O’zbekiston Respublikasi sanoatini 
rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida“, “Respublika yengil 
sanoatini boshqarishni takomillashtirish”, “Iqtisodiyotning real sektori 
korxonalarini qo’llab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta’minlash va 
eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi to’g’risida” farmonlari va 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini “2012-2015-yillarda nooziq-
ovqat is’temol tovarlari ishlab chiqarish hajmlarini ko’paytirish va turlarini 
kengaytirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”, “Iqtisodiyotning 
real sektori sohasida korxonalarni va investitsion faollikni kredit yo’li bilan 
qo’llab-quvvatlashni ta’minlash chora-tadbirlar to’g’risida”, “To’g’ridan-to’g’ri 
xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag’batlantirish borasidagi 
 

 
 
34 
                                                           
qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorlari iqtisodiyotimizni sanoat 
tarmog’ini yanada yuksaltirishda muhim omil bo’lib hizmat qilmoqda.  
Yuqorida ko’rsatilgan qonun va qarorlar orqali korxonalarda ko’plab 
imkoniyatlar yaratilmoqda. Ularga turli soliq imtiyozlari berilmoqda. Ayniqsa  
xorijiy investorlar uchun keng imtiyozlar yaratilgan.(3-jadval). 
3-jadval 
Xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyali korxonalarga beriladigan 
imtiyozlar
19
 
Soliq, to’lov turlari va imtiyozlar 
Korxonalardan olinadigan foyda solig’i 

 
qishloqlarda qayta ochilgan xorijiy investitsiyali korxonalar faoliyatininig birinchi yilida 
foyda solig’dan to’liq ozod etiladi, ikkinchi yil soliqning 25%ini, uchinchi yil esa 50%ini 
to’lashadi. Savdo-sotiq va vositachilik bilan shug’ullanuvchi xorijiy investitsiyali korxonalar 
bundan mustasno; 

 
boshqa ishlab chiqarish korxonalari, shu jumladan, to’gridan-to’g’ri xorijiy investitsiyali 
korxonalar faoliyatining birinchi yilida soliqning 25%ini, ikkinchi yilida esa 50%ini to’lashadi; 

 
agar eksportga ishlovchi yoki importni o’rnini qoplovchi to’gridan-to’g’ri xorijiy 
investitsiyali korxona ishlab chiqargan  mahsulotning 25%ini bolalarga mo’ljallangan tovarlar 
tashkil etsa, ushbu korxona foyda solig’idan 5 yilga ozod qilinadi. Agar eksportga ishlovchi yoki 
importni o’rnini bosuvchi xorijiy investitsiyali korxonaning asosiy kapitalida xorijiy kapitalning 
ulushi 50%dan kam bo’lmasa, ushbu korxona 2 yilga ozod qilinadi; 

 
xorijiy kapitalning ulushi 50%dan kam bo’lmagan ishlab chiqarish korxonasi o’z daromadini 
to’liq reinvestitsiya qilsa, foyda solig’idan to’liq ozod qilinadi. 
Download 5.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling