Toshkent moliya instituti


-rasm. Sanoat korxonalarini paxta tolasi bo’yicha eksport hajmi


Download 5.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana29.07.2017
Hajmi5.16 Kb.
#12286
1   2   3   4   5   6   7   8

5-rasm. Sanoat korxonalarini paxta tolasi bo’yicha eksport hajmi 
(mln.AQSH.dollari) 
22
 
Erishilayotgan natijalarning asosini qo’shma korxonalarga olib 
kelinayotgan sarmoyalar va ular asosida ilg’or texnika hamda texnologiyalar 
tashkil qiladi. Jahon tajribasiga ko’ra, sanoatning rivojlanishi iqtisodiy 
                                                            
22
 O’zbekiston Respublikasi yillik statistik to’plami ma’lumotlari asosida hisoblangan
 
 

 
 
45 
salohiyatning kelgusida o’sishiga turtki beruvchi asosiy omillardan biri 
hisoblanadi. Bu maqsadga erishishning eng samarali yo’llaridan biri paxta 
tolasini tayyor mahsulot sifatida qayta ishlash darajasini chuqurlashtirish 
hisoblanadi. 
Agar Respublikada har yili o’rtacha 1,0-1,2 mln. tonna paxta qayta 
ishlansa, to’qimachilik sanoatining rivojlanishi yanada yaxshilanadi. 2010-yil 
yakunlariga ko’ra. O’zbekiston paxta ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda 6-
o’rinda (3,5 mln. tonnadan ko’p) turadi.  Paxta tolasini ishlovchi korxonalarni 
ham ishlab chiqarish quvvati 2006-yildagi 280 ming tonnadan 2010-yil 310 
ming tonnaga yetdi (6-rasm).  
 
6-rasm. O'zbekistonda paxtani qayta ishlash dinamikasi (ming tonna)
23
 
Bunday ko’rsatkichlarga erishishda zamonaviy asbob-uskunalar bilan 
jihozlangan korxonalarni roli yuqoridir. Demak, korxonalarni faoliyatini 
moliyalashtirish bilan bog’liq masalalar to’g’ri hal etilmoqda. 
Paxta xom-ashyosi bilan bog’liq bo’lgan yetakchi sanoat tarmoqlaridan biri 
tikuvchilik  hisoblanadi. Aholi uchun kiyim-kechaklar tayyorlovchi ushbu 
bo’g’inning salmog’i sanoat umumiy hajmining 1,1 % ni taskil etadi. 
Tikuvchilik sanoatining yurtimiz sanoatidagi ulushi kam miqdorni tashkil 
                                                            
23
 O’zbekiston Respublikasi yillik statistik to’plami ma’lumotlari asosida hisoblangan.
 
 

 
 
46 
etsada, sanoatning ajralmas qismi hisoblanadi. Shu bilan birga u sanoatdagi 
barcha tarmoqlarni birlashtirib turuvchi asosiy bo’g’in hisoblanadi. Tikuvchilik 
sanoati to’qimachilk sanoatidan turli hil yarim tayyor mahsulutlar (ip, mato, 
shoyi, jun va boshqalar)ni oladi. Hozirgi kunda tikuvchilik sanoati o’z ichiga 
termoyelim taglik materiallari, sintetik isituvchi qatlamlar, yelimli ip, polietilenli 
tur, polimer pastalar va boshqa kimyoviy materiallarni ishlab chiqarishni ham 
oladi.  
Sanoat tarmoqlariga kiruvchi charm, mo’yna va poyafzal sanoatida charm 
va mo’yna  xom ashyolari qayta ishlanadi, sun’iy mo’yna, poyafzal, mo’yna va 
charm-galentereya buyumlari tayyorlanadi, shuningdek sanoatning boshqa 
tarmoqlari uchun materiallar va buyumlar ham ishlab chiqaradi. Bu sanoat 
tarmog’iga mustaqillik davrlardan boshlab e’tbor berila boshlandi. Hozirgi 
kunda bu tarmog’da ishlab chiqarish tez rivojlanmoqda. Bu tarmog’da ishlab 
chiqarilgan muhsulotlar hajmi sanoatda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni 
hajmida 0,3 % ni tashkil etadi.  
Ma’lumki, sanoat tarmog’ining yetakchi bo’g’inlaridan biri mashinasozlik 
va metallni qayta ishlash sanoatidir. Aholi uchun avtomobillar, yuk mashinalar, 
kabellar, metal o’tkazgichlar tayyorlovchi ushbu bo’g’inning salmog’i sanoat 
umumiy hajmining 16,7 % ni tashkil etadi. Mashinasozlik va metallni qayta 
ishlash sanoati sanoatning ajralmas qismi bo’lish bilan birga, u sanoatdagi 
barcha tarmoqlarni birlashtirib turuvchi asosiy bo’g’in hisoblanadi. Hozirgi 
kunda mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoati avtomobillar, traktorlar, 
yuk mashinalari, simlar, kabellar, transformatorlar, matorlar, nasoslar, tikuv 
mashinalari, ekskavatorlar, kompressorlar va akkumulyatorlar ishlab chiqarishni 
o’z ichiga oladi. (2-ilova). 
O’zbekiston Respublikasi xalq xo’jaligida oziq-ovqat sanoati eng muhim 
mavqeni egallaydi. Sanoatning bu tarmog’ida asosan xom ashyoni  qayta 
ishlashga asoslangan bo’lib, oziq-ovqat sanoati tarmog’ida go’sht-sut, yog'-moy, 
baliq mahsulotlari, un-yorma, non, makaron, meva-sabzavot konservalari, 
qandolat, choy qadoqlash, uzum va shampan vinosi, spirt, aroq, tamaki, pivo, 
 

 
 
47 
chanqoqbosar ichimliklar, sovun va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradigan 
ko’plab sanoat korxonalari faoliyat ko’rsatmoqda. 
Iqtisodiyotimiz rivojlangan sari sanoat korxonalari soni yildan-yilga ortib 
bormoqda. 2012-yil natijasiga ko’ra sanoatdagi korxonalar soni 26300 tani 
tashkil etgan. Bu ko’rsatkich birgina 2011-yilga nisbatan 1900 taga ko’p 
demakdir. Sanoat korxonalarida band bo’lgan ishchilar soni esa 700200 taga 
yetgan va bu 2011-yilga nisbatan 50100 taga o’sgan. (5-jadval). 
5-jadval 
Sanoatning umum iqtisodiy ko'rsatkichlari
24
 
 
2005  2006 2007 2008 2009 2010 2011 2012 
Korxonalar soni 
(ishlab 
chiqarishda), ming 
14,3 14,6  16  16,9  19  23,1 24,5 26,4 
Sanoat 
mahsulotlari 
amaldagi narxlarda 
(mlrd.so'm) 
11028,6 14640,3 18447,6
23848  28387,3 34499,1 36672,5 39496,3
Sanoat ishlab 
chiqarishning o'sish 
sur'atlari, o'tgan 
yilga nisbatan foiz 
hisobida 
107,2  110,8 112,1 112,7 109,1 108,5 106,3 107,7 
Sanoat ishlab 
chiqarish hodimlari 
soni, ming kishi 
616,7  614,7 618,3 600,4  579  611,6 650,1 700,2 
Yil oxiriga sanoat 
ishlab chiqarish 
asosiy fondlari, 
mlrd. so’m 
9309 11258,9 
13752,7 16640,8 21168,2 25491,3 
27097,3 29183,8
 
Sanoat ishlab chiqarish tuzilmasini rivojlantirish va uni faoliyatini 
moliyalashtirish quyidagi asosiy masalalarni hal qilishga qaratilishi kerak: 

 
bozor iqtisodiyoti talablari, xalq xo’jaligi va aholining ayrim mahsulot 
turlariga bo’lgan talabini qondirishni hisobga olgan holda umuman sanoat va 
uning har qaysi tarmog’ining rivojlanish sur`atini belgilashni; 

 
ilg’or ishlab chiqarish tarmoqlarini aniqlash, ular taraqqiyotini 
tezlashtirish uchun zarur bo’lgan kapital qo’yilmalari va materiallarni birinchi 
navbatda ajratishni; 
                                                            
24
 O’zbekiston Respublikasi yillik statistik to’plami ma’lumotlari asosida hisoblangan.
 
 

 
 
48 

 
sanoat tuzilmasida ustuvor o’zgarishlarni ko’zda tutish lozimki, har qaysi 
bunday o’zgarishlar ijtimoiy ishlab chiqarishning eng yuqori samaradorligini 
ta`minlasin; 

 
xalq xo’jaligining umumiy mutanosibligi har qaysi sanoat tarmog’i 
taraqqiyotining tengligi bilan bog’lashni talab etadi. 
Tarmoq tarkibining mamlakat miqyosida qulaylashuvi yuqori sur`atda 
iqtisodiy rivojlanishni, aholining turmush darajasini oshirishni hamda  mahsulot 
ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishni ta`minlaydi. Chunki bu ishlab 
chiqarishning darajasi va yakuniy, provard mahsulotning ko’payishiga, umuman 
ijobiy strukturaviy siljimlarga sabab bo’ladi. Demak, tarkibiy o’zgarishning o’zi 
ishlab chiqarish samaradorligi va mehnat unumdorligi o’sishining qo’shimcha 
omili sifatida maydonga chiqadi.  
Sanoat tarmoqlari tuzilmasini takomillashtirishning asosiy yo’llari 
quyidagilardir: 

 
ishlab chiqarish vositalari va iste`mol tovarlari ishlab chiqaradigan 
tarmoqlar orasida mutanosiblikni o’rnatish; 

 
ishlab chiqarish tuzilmasining prognoz va tendensiyalarini ishlab 
chiqish; 

 
tarmoq korxonalarining tashqi iqtisodiy faoliyatini barqororlashtirish; 

 
ilmiy-texnik taraqqiyotni jadallashtirish, ilg’or texnologiyalarni joriy 
etish; 

 
shaxsiy va ijtimoiy iste`molni o’rganish hamda aholini yuqori sifatli 
sanoat mahsulotlari bilan to’la ta`minlash; 

 
tarmoqlarda xomashyo va resurslardan oqilona foydalanish 
samaradorligini  oshirib borish. 
Ayni vaqtda sanoat tarmoqlarning ichki tuzilmasini qayta qurish, mahsulot 
ishlab chiqarish va aholining turmush darajasini oshirish, chet el korxonalari 
bilan iqtisodiy hamkorlik qilish, chet el investitsiyalari hamda ilg’or 
texnologiyalarini sifatli sanoat mollari tayyorlashga yo’naltirish vazifalarini hal 
etish kerak bo’ladi.  
 

 
 
49 
Respublika iqtisodiyotida va uning yetakchi tarmog’i bo’lgan sanoat 
sohasida amalga oshirilayotgan tarkibiy siljishlar yaqin kelajakda quyidagilarni 
amalga oshirish uchun imkoniyatlar yaratadi: 

 
mamlakat aholisining oziq-ovqat mahsulotlari, ommabop talabga ega 
bo’lgan tovarlar va boshqa hayotiy zarur vositalarga bo’lgan ehtiyojlarini 
qondirishni ta`minlash; 

 
fan-texnika taraqqiyoti va sanoatning ilgarilib boradigan rivojini 
tejaydigan texnologiyalarni, umuman ilg’or tarmoqlarni rivojlantirish; 

 
respublikaning o’zida ishlab chiqariladigan mahsulotlarni ko’paytirish va 
shu asosda tovarlar importini qisqartirish; 

 
agrosanoat majmui samaradorligini oshirish va uni qishloq xo’jaligi 
xomashyosini yanada chuqurroq qayta ishlashga o’tkazish hamda tayyor 
mahsulotning sifati va tovar ko’rinishini oshirish; 

 
kichik biznes korxonalarini rivojlantirish asosida yangi ishchi o’rinlarini 
hamda yangi sohalarni yaratish; 

 
respublikada u yoki bu mahsulotni ishlab chiqarish uchun tegishli sharoit 
va mineral-xomashyo resurslari mavjudligini hisobga olgan holda sanoatning 
eksport salohiyatini oshirish va eksport ustunligiga erishish uchun sharoitlar 
yaratadi. 
        Umuman olganda, sanoat – bu keng miqyosdagi xalq iste’mol mollari 
ishlab chiqariladigan, katta miqdordagi ishchilar faoliyat yuritadigan hamda 
keng ko’lamdagi qo’shimcha ish joylarini yaratish imkoniyatiga ega bo’lgan, 
eksport salohiyatining ko’tarilishi mamlakat iqtisodiy salohiyatining o’sishi va 
pirovard natijada, respublikada aholi farovonligining o’sishi bilan chambarchas 
bog’liq bo’lgan tarmoqdir. 
2.2.
 
Iqtisodiyotni modernizatsiyatsiyalash sharoitida sanoat 
korxonalarida investitsion faoliyatini moliyalashtirish holati tahlili 
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida O’zbekiston iqtisodiyotini 
barqaror rivojlantirish masalasi doimo dolzarb hisoblanadi. Ushbu masalani 
 

 
 
50 
                                                           
yechish maqsadida mamamlakat investitsiya faoliyatini takomillashtirish muhim 
omilga aylanib bormoqda. Shuning uchun hozirgi kunda va kelajakda 
investitsiya jarayonini chuqur isloh qilish zaruriyatga aylanib qolmoqda. 
Sanoat sohasining mamlakat ijtimoiy hayoti va iqtisodiy qudratini 
yuksaltirishdagi o’rnini nazarda tutsak, bu sohada iqtisodiy islohotlarni yanada 
chuqurlashtirish asosida iqtisodiyotni modernizatsiyalash dolzarb va ustuvor 
vazifa hisoblanishi, sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni rivojlantirish va 
ushbu  tarmoq mahsulotlarini raqobatbardoshliligini oshirishdagi muammolarni 
hal etishda naqadar muhimligini anglaymiz. O’zbekiston Respublikasi 
Prezidenti I.A.Karimov mazkur masalani muhimligi haqida shunday deydilar: 
Yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni 
ko’paytirishni ta`minlaydigan kimyo, neft-gaz va neft-kimyo sanoatini, 
mashinasozlik, metallni qayta ishlash, qurilish materiallari ishlab chiqarish, 
yengil, oziq-ovqat sanoatining yuqori texnologiyalarga asoslangan tarmoqlarini 
va boshqa sohalarni yuksak darajada rivojlantirish oldimizga qo’yilgan 
maqsadlarga erishishning asosiy manbai bo’lishi darkor ”
25

Mustaqillik yillarida yurtimizda avtomobilsozlik, neft - gazkimyo sanoati, 
neft-gaz mashinasozligi, zamonaviy qurilish-materiallari sanoati, temir yo’l 
mashinasozligi, maishiy elektrotexnika, farmatsevtika, zamonaviy oziq-ovqat 
sanoati  va yengil sanoat kabi bir qator mutlaqo yangi sanoat tarmoqlari 
yaratildi.  
Mamlakatimiz iqtisodiyotida avtomobilsozlik sanoati alohida o’rin 
egallamoqda. Bu tarmoq Asaka shahrida AQSHning “General Motors” 
kompaniyasi bilan hamkorlikda yengil avtomobillar ishlab chiqaradigan, 
Toshkent shahrida Germaniyaning dunyoga mashhur “Daimler Benz” va 
Samarqand shahrida Yaponiyaning “Isuzu” kompaniyalari bilan hamkorlikda 
avtobuslar ishlab chiqaradigan hamda Samarqand shahrida Germaniyaning 
 
25
 Karimov I.A.: “Bosh maqsadimiz – keng ko’lamli islohotlar va modernizatsiya yo’lini qat’iyat bilan davom 
ettirish”. “Xalq so’zi” gazetasi 2013-yil, 19-yanvari. 
 
 

 
 
51 
“MAN” kompaniyasi bilan tashkil etilgan yuk avtomobillari ishlab chiqaradigan 
yangi zavodlarni o’z ichiga oladi. Ana shunday o’zgarishlar natijasida 
mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoatida mahsulot ishlab chiqarish 
hajmi 1990 – 2010 – yillarda 11,6 barobar o’sdi. 
Faqat oxirgi 10 yilning o’zida yengil avtomobillar ishlab chiqarish 7,1 
barobar, avtobuslar – 2,6 barobar va yuk avtomobillari tayyorlash – 12,9 barobar 
oshdi. 
Neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoatining yaratilishi 
mamlakatimizning energetik xavfsizligini ta`minladi. Neft va gaz kondensati 
qazib olish 1990-yilga nisbatan 1,4 barobar o’sdi. Tabiiy gaz ishlab chiqarish 
sur`ati 1990 – 2010 - yillar davomida 1,6 barobar, suyultirilgan gaz ishlab 
chiqarish hajmi esa 15,2 barobar ko’paydi. 
Energetika mustaqilligini ta`minlash hamda neft va gazni qayta ishlash 
tarmoqlarini rivojlantirish dasturi doirasida, istiqlol yillarida eng zamonaviy 
texnologiyalarga ega bo’lgan chet el kompaniyalari bilan hamkorlikda Buxoro 
neftni qayta ishlash zavodi (“Teknip”, Fransiya) va Sho’rtangazkimyo majmuasi 
(“ABB”) barpo etildi, Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi to’liq rekonstruksiya 
qilindi. Gaz-kimyo tarmog’ining tashkil etilishi tabiiy gazni qayta ishlashni 
chuqurlashtirish va turdosh tarmoqlarda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini 
rivojlantirish imkonini yaratdi. 
Qo’ng’irot soda zavodida 2006-yildan boshlab kalsiyli soda, Samarqand 
kimyo zavodida nitrokalsiyfosfat o’g’iti ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi, 2010-
yilda mintaqamizda yagona bo’lgan Dehqonobod kaliyli o’g’itlar zavodi ishga 
tushirildi. 
1990 – 2010 – yillar davomida yog’ochni qayta ishlash va sellyuloza - 
qog’oz sanoatida ishlab chiqarish hajmi 13,4 barobar, oziq-ovqat sanoatida – 5,7 
barobar, yengil sanoatda – 3,8 barobar o’sdi. 
1990-yilga nisbatan ip-kalava ishlab chiqarish 2,2 barobar ko’paydi. Gilam 
va gilam mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2010-yilda 21 million kvadrat 
 

 
 
52 
metrdan ziyod bo’ldi, bu esa 2000-yilda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga 
nisbatan 13,6 barobar ko’pdir. 
O’tish davrining murakkab sharoitida makroiqtisodiy barqarorlikni 
mustahkamlash maqsadida iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari, xususan, neft , 
gaz, oltin qazib olish, rangli metallurgiya, kimyo va neft-kimyo sanoatini jadal 
rivojlantirish uchun davlat barcha shart-sharoitlarni yaratib berdi. 
Natijada chuqur sifat o’zgarishlari ro’y berdi va O’zbekiston sanoatining 
tarmoq tarkibi ancha diversifikatsiya qilindi va mutanosiblashdi. 
Hozirgi kunda sanoat korxonalaridagi mavjud muammolarni ijobiy hal 
etishning muhim omili va shart-sharoitlaridan biri – bu investitsion faollikni 
yanada kuchaytirish hisoblanadi. Sanoat korxonalari taraqqiyoti uchun 
investitsiya faoliyatini moliyalashtirishni takomillashtirish juda muhim ahamiyat 
kasb etadi. Biroq, bu sohaga keng qamrovli investitsiyalarni olib kirish 
vazifasini hal etmasdan turib, mazkur yo’nalishdan ko’zlangan maqsadlarga 
erishib bo’lmaydi. Shu sababli investitsiyalarni sanoat sohasiga kengroq jalb 
etish va ushbu tarmoq korxonalari investitsiya faoliyatini rivojlantirishning 
qulay sharoitlar yaratish davlat tomonidan oshiriladigan investitsiya islohotini 
asosini tashkil etishi lozim. 
2001-2010-yillarda respublikamiz sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarishning 
o’sish sur’atlari 3 barobarga ortdi. Bunga sabab sanoat korxonalarida 
modernizatsiya ishlari yaxshi olib borilayotgani,  ularning investitsiya faoliyatini 
takomillashayotgani hisoblanadi va eng asosiysi yurtimizda yaratilayotgan 
investitsion iqlim hisoblanadi. 
Bu holat sanoat korxonalarida investitsiyalar samaradorligini oshishiga  va 
natijada, tarmoqda ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish 
ko’rsatkichlarining ham ortishiga olib keldi. Shu sababdan, iqtisodiy o’sishga 
erishish uchun asosiy kapitalga yo’naltirilgan investitsiya qiymatini doimo 
oshirishga harakat qilish zarur. 
 

 
 
53 
Yurtimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida 
mamlakatimiz YaIMi va jalb qilingan investitsiyalar hajmi yildan-yilga oshib 
bormoqda (6-jadval). 
6-jadval  
O’zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti va investitsiyalar  
o’sish sur'atlarining o’zgarishi
26
 
Yillar 
Yalpi ichki 
mahsulot, mlrd. 
AQSH dollari. 
Oldingi yilga 
nisbatan %da)
Investitsiyalar 
(mlrd. AQSH 
doll.) 
Oldingi yilga 
nisbatan (%da)
2005 
15,2 107,0 2,9 107,0 
2006 
17,0 107,3 3,3 109,1 
2007 
22,3 109,5 4,7 122,9 
2008 
28,1 109,0 6,5 128,3 
2009 
32,1 108,1 8,2 124,8 
2010 
37,2 115,9 9,7 118,3 
2011 
40,3 108,3 
10,7 111,2 
2012 
43,6 108,2 
11,7 114,0 
 
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, Respublikamizda YaIMni o’sishi yuqori 
darajadadir. 2012-yilda YaIM 43,6 millard AQSH dollarini tashkil etgan bo’lsa, 
bu 2011-yilga nisbatan 8,2 %ga o’sgan. Bunday natijaga erishishda, 
investitsiyalar oqimini ko’payishi muhim rol o’ynaydi, e’tibor qaratadigan 
bo’lsak, 2012-yilda mamlakatimizga 11,7 milliard AQSH dollarida investitsiya 
jalb etilgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2002-yilga nisbatan salkam 8 barobar ko’pdir. 
Shunday ulkan natijaga erishishga mamlakatimizda yaratilgan qulay investitsion 
muhit va iqtisodiyotni real sektorini asosini tashkil etuvchi sanoat korxonalarini 
ishlab chiqarish bazasini kengayyotgani hamda ularni investitsiya faoliyati 
imkon qadar yaxshi moliyalashtirilgani sabab bo’lgan. 
Agar quyidagi 7-jadvaldagi iqtisodiy ko’rsatkichlarga nazar tashlasak, unda 
mamlakat bo’yicha asosiy kapitalga yo’naltirilgan investitsiyalarni iqtisodiyot 
tarmoqlari bo’yicha tarkibi va o’zgarishini ko’ramiz.  
Mazkur jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, asosiy kapitalga 
kiritilgan investitsiyalar hajmida sanoatning ishlab chiqarishdagi ulushi eng 
                                                            
26
  O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo’mitasi ma’lumotlari asosida hisoblangan.
 
 

 
 
54 
katta salmog’ni egallab turibdi. 2004-yillar asosiy kapitalga kiritilgan 
investitsiyalarda sanoatni ulushi 29,0 % ni tashkil etgan bo’lsa, 2010-yilga kelib 
bu ko’rsatkich 30,4 % ni tashkil etgan. 2007-yilda asosiy kapitalga kiritilgan 
investitsiyalarda sanoatni ulushi eng yuqori ya’ni 37,7 % ni tashkil etgan. 
7-jadval 
O’zbekistonda asosiy kapitalni moliyalashtirish uchun yo’naltirilgan 
investitsiyalarning tarmoqlar bo’yicha taqsimlanishi (% hisobida)
27
 
 
2005 2006 2007 2008  2009 2010 
Jami 
100 
100 
100 
100 
100 
100 
Shu jumladan: 
 
 
 
 
 
 
Sanoat 
32,6 
34,3 
37,7 
34,5 
28,4 
30,4 
Qishloq va o'rmon xo'jaligi 
4,4 
4,1 
3,4 
2,7 
3,1 
3,5 
Qurilish 
0,9 
1,2 
2,4 
1,9 
2,8 
1,4 
Transport 
16,6 
15,7 
15,6 
18,4 
27,7 
23 
Aloqa 
7,5 
6,2 
6,0 
6,7 
3,7 
6,7 
Savdo, umum ovqatlanish, 
moddiy-texnika ta’minoti 
va sotish 
1,6 
2,0 
2,3 
2,8 
2,6 
4,8 
Boshqalar  
15,2 16 14,8 18,3 16,3 17,8 
Noishlab chiqarish 
21,2 20,5 17,8 14,7  15,4 12,4 
 
Ammo miqdor jihatdan sanoat korxonalariga jalb etilayotgan investitsiyalar 
yildan-yilga oshib bormoqda (7-rasm).  
 
7- rasm. Sanoat korxonalariga kiritilgan investitsiyalar hajmi (mlrd.so'm)
28
 
                                                            
27
 O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo’mitasi ma’lumotlari asosida hisoblangan.
 
28
 O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo’mitasi ma’lumotlari asosida hisoblangan.
 
 

 
 
55 
Rasmdan ko’rinib turibdiki, 2006-yil sanoat korxonalariga 1032,6 mlrd. 
so’m investitsiya kiritilgan bo’lsa, 2011-yilga kelib bu ko’rsatkich salkam 5,5 
barobar oshib 5890 mlrd. so’mga yetdi.  
Bunday natijaga erishishda yoqilg’i-energetika va mashinasozlik 
korxonalarini ulushi beqiyosdir. 
O’zbekiston Respublikasida sanoat ishlab chiqarish korxonalaridagi 
 
investitsiya jarayonini muhim o’ziga xos masalasi og’irlik markazini budjet 
hisobidan moliyalashtirishdan, iqtisodiyot sub`ektlariniig o’z mablag’lari, 
maxsus fondlar, bank-kredit institutlari va mintaqalar resurslari hisobiga 
moliyalashtirishga ko’chirishdan iboratdir. Bunda, bizning fikrimizga ko’ra, 
investitsiyalarni moliyalashtirishning turli manbalar tuzilmasini 
optimallashtirish yo’li bilan ta`minlash, davlat sektorida tarmoqlararo 
proporsiyalarni nazorat qilish g’oyat muhim masaladir.  
Sanoat korxonalarini investitsiya faoliyatini moliyalashtirishda kredit 
resurslari hissasini ko’paytirish, bizning nazarimizda, moliyalashtirish natijalari 
uchun mas`uliyatni oshirishga yordam beradi, chunki ularning roli oshishi bilan 
bank va kredit tavakkalchiliklari darajasi ham o’sadi. 
O’zbekiston Respublkasining 2009-2012-yillarga mo’ljallangan davlat 
investitsiyalar dasturida investitsiyalarning umumiy hajmi 4,3 trln. so’m qilib 
belgilangan. Ulardan 30 foizini sanoat sektorini, 25 foizini ta`lim sohasini 
rivojlantirishga, 23 foizga yaqinini uy-joy qurilishi va ijtimoiy sohaga, qolgan 
23 foizini - transport, energetika, agrosanoat majmui va boshqa sektorlarni 
rivojlantirishga yo’naltirish mo’ljallangan. Raqamlardan ko’rinadiki, 
investitsiyalar dasturida sanoat sektoriga ajratiladigan hissaning ko’payganligini 
ijobiy omil sifatida baholash mumkin. 
Sanoat korxonalari investitsiya faoliyatini moliyalashtirish tizimida yuz 
berayotgan o’zgarishlar turli xalqaro investitsiyalar ishtirokining kengayishi 
va moliyalashtirish tizimiga mamlakat rezidentlari va norezidentlarining 
qo’shilishi munosabati bilan turli tavakkalchiliklar, jumladan siyosiy, valyuta va 
boshqalar doirasini kengaytirmoqda. Sanoat korxonalarini investitsion 
 

 
 
56 
faoliyatini moliyalashtirishda xalqaro lizingning rivojlanishi, chet el 
investitsiyalari hamda kredit liniyalari investitsiya faoliyatini moliyalashtirish 
tizimida chet el investitsiyalari va qarzlariga xos qo’shimcha tavakkalchiliklarni 
ko’paytiradi. 
Yurtimizga chet el investitsiyalarini kirib kelishi, ayniqsa iqtisodiyotni 
yetakchi tarmoqlariga jalb etilishi yildan-yilga oshib bormoqda (8-jadval). 
Download 5.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling