Toshkent moliya instituti


-jadval  Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari bo'yicha chet el investitsiyasi (mln. so’m)


Download 5.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana29.07.2017
Hajmi5.16 Kb.
#12286
1   2   3   4   5   6   7   8

8-jadval 
Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari bo'yicha chet el investitsiyasi (mln. so’m)
29
 
 
2008 2009  2010  2011 2012 
Jami 
2863941,8 
4058079 4340638,4 4613911 5166435 
Shu 
jumladan 
 
 
 
 
 
Sanoat 
1350754,3 
871518,4 1024205,4 1088730,3 
1172562,5
Qishloq 
xo'jaligi 
36970,6 26886,9  37708,4 40197,2 43011,0 
Transport 
114295,5 1863289,9  1991639 2075287,8 
2191503,9
Aloqa 
557462,8 383903,3  972136,3 983801,9 
1004461,7
Boshqalar  804458,6 912480,0  315149,3 425894,2 754895,4 
 
Ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, sanoat korxonalariga jalb etilgan chet el 
investitsiyalari 2012-yilda 1172562,5 mln.so’mga teng bo’lib, bu esa 2009-yilga 
nisbatan 34,5 % ga o’sganini bildiradi.  
Ma’lumki, hozirgi kunda sanoat korxonalarini investitsiya faoliyatini 
moliyalashtirishda banklarni o’rni beqiyosdir. O’zbekiston Respublikasi 
Prezidenti I.A.Karimov Respublikadagi bank tizimining faoliyatiga baho berib,  
quyidagi fikrlarni bildirgan edi: “Shuni ta`kidlashni istardimki, bank tizimini 
rivojlantirish va mustahkamlash masalasi doimo e`tiborimiz markazida bo’lib 
kelmoqda va bu o’zining ijobiy natijalarini bermoqda. Biroq, bu boradagi 
ishlarni yanada chuqurlashtirish va kengaytirish kerak. Nega deganda, aynan 
banklar, ta`bir joiz bo’lsa, butun iqtisodiyotimizni oziqlantirib turadigan qon 
                                                            
29
 O’zbekiston Respublikasi Statistika Qo’mitasi ma’lumotlar asosida hisoblangan.
 
 

 
 
57 
tomirlari hisoblanadi, mamlakatimizning moliyaviy-iqtisodiy barqarorligi ko’p 
jihatdan ularning samarali faoliyatiga bog’liq”
30

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sanoat korxonalari investitsion 
faoliyatini  moliyalashtirishda korxonalarga  mablag’ qo’yuvchilar - banklar, 
boshqa yirik investitsiya institutlari va resurslarni qarzga beruvchilarning   
manfaatlarini korxona manfaatlari bilan o’zaro mos kelishini ta`minlashi lozim. 
Shuni ta`kidlash lozimki, sanoat korxonalariga investitsiyalarni budjet usulida 
moliyalashtirishda mablag’larni qaytarish majburiyati bo’lmaydi, bu esa qarz 
oluvchilarning o’z faoliyatini yanada samaraliroq amalga oshirishda manfaatdor 
qilmaydi. Ikkinchi tomondan, budjetdan moliyalashtirish qarz oluvchilarga 
faoliyat erkinligi va ijodiy tashabbus ko’rsatishni ta`minlamaydi, boqimandalik 
kayfiyatini uyg’otadi.  
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sanaot korxonalari faoliyatini 
bank krediti ya`ni qarzga beriladigan pul hisobiga ham moliyalashtirish 
mumkin. Kreditlash - aholi va korxonalar hamda banklarning  bo’sh turgan pul 
mablag’larini banklarda  to’planishi hamda muayyan haq evaziga vaqtincha 
foydalanish uchun sanoat korxonalariga berilishidir (8- rasm).  
 
8- rasm. Iqtisodiyotning sanoat sektoriga yo’naltirilgan kredit qo’yilmalari 
(mlrd.so’m)
31
 
                                                            
30
 Prezident I.A.Karimovning 2008-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2009-
yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi 
majlisidagi “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilashni izchil davom ettirish – davr talabi” 
mavzudagi ma'ruzasidan.
 
 

 
 
58 
                                                                                                                                                                                         
Ushbu ma'lumotlardan ko’rinib turibdiki, tijorat banklar tomonidan 
iqtisodiyotning sanoat sektori korxonalarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash 
maqsadida ajratilgan investitsion kreditlar miqdori 2011-yilda 2010-yilga 
nisbatan 34,3 foizga o’sgan. 
Ishlab chiqarish vositalari ko’rinishidagi kapitalning tarmoqdan-tarmoqqa 
o’tish imkoniyatlari juda cheklangan. Lekin iqtisodiyotda har doim iqtisodiy 
resurslarni, eng avvalo kapitalni  tarmoqlar o’rtasida qayta taqsimlash zaruriyati 
mavjud bo’ladi. Bu vazifani eng oqilona tarzda kredit mehanizmi va uning 
tarkibiy qismi bo’lgan bank krediti bajaradi. 
Bank krediti vositasida moliyaviy resurslar pul kapitali sifatida jamlanadi 
hamda tarmoqlar va sanoat korxonalar o’rtasida bozor me’zonlari asosida 
taqsimlanadi. Kreditni belgilangan muddat davomida qaytarish va kreditdan 
foydalanganlik uchun muayyan haq to’lash zarurligi kreditga olingan 
mablag’lardan yuqori samara bera oladigan faoliyat sohalarida foydalanishga 
majbur etadi. Kredit sanoat korxonalari faoliyati samaradorligi darajasini 
oshirishga hizmat qiladi.  
Bank kreditining muhim vazifalaridan biri - bu ishlab turgan korxonalar 
aylanma mablag’lari aylanishining uzluksizligini ta`minlashdan iborat. Bu 
asosan qisqa muddatli kreditlash vositasida amalga oshiriladi. Qisqa muddatli 
kredit sanoat korxonasi ishlab chiqarish zahiralarini to’ldirishga, tovar-moddiy 
boyliklarini sotib olishga, ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish jarayonida vujudga 
kelgan mablag’larning vaqtincha yetishmovchiligini to’ldirishga va boshqa shu 
kabi maqsadlarga yo’naltiriladi.  
Bank kreditlari sanoat korxonalarining faoliyati samaradorligini oshirishga 
hizmat qilishi tufayli xalq xo’jaligida foydaning kapitallashuvi jaroyonlarini 
tezlashtiradi. Bu bozor iqtisodiyotini erkinlashtirish bosqichida, mamlakatda 
qo’shimcha ish joylarini yaratish nihoyatda zarur bo’lgan davrda juda muhim 
ahamiyatga ega. 3-ilovada “Mikrokreditbank” OATB tomonidan sanoat sohasini 
moliyalashtirishga ajratilgan kreditlar to’g’risida ma’lumot berilgan. 
 
31
 O’zbekiston Respublikasi Statistika Qo’mitasi ma’lumotlar asosida hisoblangan.
 
 

 
 
59 
Sanoat korxonalariga investitsiyalarni jalb etishga hududiy jihatdan 
yondashuv Respublikaning har bir hududining rivojlanishini ta'minlashga imkon 
beradi.  Shuni ta'kidlash lozimki, mamlakatimiz hududlarining barqaror iqtisodiy 
rivojlanishini ta'minlash respublikamizda yuritilayotgan iqtisodiy siyosatning 
muhim yo’nalishlaridan biri bo’lmoqda. Hududlarning  ijtimoiyi-iqtisodiy 
jihatdan rivojlanishi, turmush sharoitlarining yahshilanishi ham bevosita 
ularning iqtisodiyotini rivojlanishi bilan bog’liq. Mamlakat iqtisodiyoti 
hududlardan tarkib topgan bir butun tizimni tashkil etgani sababli, uning har bir 
mintaqasidagi rivojlanishni ta'minlash mamlakatimizning uzluksiz taraqqiyotiga 
zamin yaratadi. Shunday ekan, hududlarda yangi sanoat korxonalari barpo etish, 
mavjudlari faoliyatini kengaytirish, ularga keng miqyosida investitsiyalarni, 
ayniqsa xorijiy investitsiyalarni jalb qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda 
mamlakat va uning mintaqalarida yaratilgan investitsion jozibadorlik va nisbiy 
afzalliklar muhim o’rin tutadi. Aynan ushbu omillarga investorlar tomonidan 
alohida e'tibor beriladi. 
Hududlarda sanoat korxonalarini kamligiga asosiy sabablaridan biri bu 
elektr ta’minotini pastligidir. Bu muammolarni yechish uchun kerakli chora-
tadbirlarni amalga oshirish zarur. 
 Sanoat tarmog’ida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi ham yildan-
yilga oshib bormoqda. Bunga sabab, korxonalarning texnik bazasi 
yangilanayotganini, ishlab chiqarish quvvatlarini oshayotganini ko’rsatish 
mumkin (9-jadval). 
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, mamlaktimizning barcha mintaqalarida sanoat 
mahsulotlarini ishlab chiqarish yil-yilga o’sib bormoqda. 2010-yil sanoat 
mahsulotlarini ishlab chiqarish bo’yicha eng katta o’sish Namangan viloyatida 
kuzatilgan. Namangan viloyatida sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish 2010-
yilda 2009-yilga nisbatan 40,5 %ga o’sgan. Qashqadaryo viloyatida esa eng past 
o’sish kuzatilgan. Bu hududda sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 2010-yilda 
2009-yilga nisbatan 3,4 % o’sish kuzatilgan. 
 

 
 
60 
Investitsiyalar samaradorligini aniqlash ularni safarbar etishning 
istiqbollarini bashoratlashda muhim ahamiyatga ega. Qolaversa, iqtisodiyot 
bo’yicha investitsiyalar taqsimotining to’g’ri yo’nalishlarini aniqlab olishga 
imkon beradi. 
9-jadval 
Qoraqalpog'isston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent sh. bo’yicha sanoat 
mahsulotlari  (o'tgan yilga nisbatan foiz hisobida)
32
 
 
Yillar 
2005 2006 2007 2008 2009 2010 
O’zbekiston 
Respublikasi 
107,2 
110,8 
112,1 
112,7 
109,1 121,5 
Viloyatlar: 
 
 
 
 
 
 
Qoraqolpog'iston 
Respublikasi 
118,4 
109,2 
112 
110,7 
102,2 120 
Andijon 
134,5 
124,4 
118,9 
124 
119,4 119 
Buxoro 
102,1 
101,9 
111,9 
100,1 
104,2 129,6 
Jizzax 
131,6 
109,7 
109,2 
105 
101,3 128,9 
Qashqadaryo 
101,3 
106,7 
113,5 
118,9 
115,1 103,4 
Navoiy 
97,8 
101,1 
102,1 
102,9 
101,5 112 
Namangan 
114 
108,6 
107,1 
110,7 
114,8 140,5 
Samarqand 
108,9 
123,2 
120,7 
122,4 
111,6 136,7 
Surxandaryo 
104,2 
109,2 
109,6 
109,9 
108,9 124,9 
Sirdaryo 
103,7 
113,8 
105,1 
103,5 
103,3 118,3 
Toshkent 
100,1 
106,6 
113,3 
100,1 
108,3 126,1 
Farg’ona 
105 
108,8 
105,6 
102,5 
105,8 111,6 
Sanoat korxonasi misolida investitsiya samaradorligini aniqlash - bu 
kelajak davrga korxonalarni asosiy faoliyatlarini rivojlantirish yo’llarini 
aniqlash, shu jumladan o’z mablag’lari hisobidan va boshqa investorlar 
hisobidan xarajatlarni qoplanish miqdorini aniqlash. Strategik rejada aktivlarga 
bo’lgan ehtiyoj va uni ta`minlash resurslari uzoq muddatga aniqlanadi. 
Investitsion loyiha bu investitsiyani texnik-iqtisodiy asoslash bo’lib, u 
investitsion faoliyat ishtirokchilarini (mulkdor, tadbirkor, bankir, davlat va 
xalqaro tashkilotlar kabilar) iqtisodiy axborotnomasi, ularni o’zaro aloqalarini 
bog’laydi hamda tushuntiradi. Qisqa qilib aytganda, investitsiya loyihasi 
investitsiyadan foydalanish rejasini anglatadi. 
                                                            
32
 O’zbekiston Respublikasi Statistika Qo’mitasi ma’lumotlar asosida hisoblangan.
 
 

 
 
61 
Investitsiya loyihasini samaradorligini hisoblash - bu investitsiyadan 
keladigan samara ko’rsatkichlarini aniqlashni anglatadi.  
Investitsiya loyihasini asosi bu kapital qo’yilmalarga bo’lgan ehtiyojni 
aniqlashdan iborat. Shu sababli investitsiya loyihasi samaradorligi kapital 
qo’yilmalar samaradorligi orqali aniqlanadi. 
Jamiyat miqyosida kapital qo’yilmalar samaradorligi koeffitsienti (K
s

milliy daromadning o’sish miqdorini (

MD) kapital qo’yilmalar summasiga 
(K
q
) nisbatan aniqlanadi. Ya`ni: 
       K
s
= MD/K
q
 
            (1) 
Korxona miqyosida investitsiya samaradorligi (kapital qo’yilma) 
koeffitsienti (K
i.s
) quyidagicha hisoblanadi: 
M
k
-T                 F 
           K
i.s
= ———   yoki   ——                         (2) 
                                                    K                     K 
Bu yerda:   M
k
 - yillik ishlab chiqarilgan mahsulot qiymati; 
                    T - yillik ishlab chiqarilgan mahsulotni tannarxi; 
                    F -  yillik foydaning miqdori; 
                   K - kapital qo’yilmalar summasi. 
Ko’p variantli kapital qo’yilmalar loyihasi samaradorligini aniqlash uchun 
har bir variantdagi xarajatlarni minimumga keltirish yo’li bilan aniqlanadi. 
Ya`ni:      
T
i
+E
n
*K        min     (3)                                                         
Bu yerda:     T
i
 - i varinatdagi xarajatlar; 
              E
n
- kapital qo’yilmalar samaradorligi koeffitsienti; 
              K - kapital qo’yilmalar summasi. 
Solishtirilayotgan variantlar har xil davrga mo’ljallangan bo’lsa, bunday 
sharoitda variantlar (V) keltirilgan koeffitsientlar bo’yicha aniqlanadi.  
Ya`ni: 
 V=1/(1+E
n-b
)*t           (4) 
Bu yerda:  E
n-b
 - har xil davrdagi xarajatlarni keltirish normativi; 
 

 
 
62 
           t - mablag’larni ishga tushirishdan samara olgungacha bo’lgan 
vaqt. 
Investitsiya samaradorligini aniqlashda uning o’zini qoplash muddati, xavf 
darajasi, inflyatsiyani oshish tempi, kelajakda soliqlar miqdorini o’zigarishi 
kabilar hisobga olinishi shart. Chunki investitsiyani qulay va samarali sohaga 
qo’yish investorlar uchun muhim ahamiyatga ega. 
Shunday qilib, investitsiya samaradorligini hisoblaganda yuqorida 
keltirilgan qoidalarda keltirilgan ko’rsatkichlarni solishtirma tahlili katta 
ahamiyatga ega. 
2.3.
 
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi  korxonalar faoliyati tahlili
 
O`zbekiston Respublikasida investitsiya faoliyatining rivojlanib borishi, 
foyda olishning turli yo`llarini amalga tatbiq etishga olib kelmoqda. Demak, 
bozor iqtisodiyotiga o’tish xo’jalik yuritishning turli mulkchilik shakllariga 
o’tishni talab etadi.   
 Tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakllaridan biri qo`shma korxonalar 
hisoblanadi. Qo`shma korxonalar tashkil etish korxona va tashkilotlarning chet 
ellik sheriklar bilan aloqasini yuksaltiradi, mamlakat hududida xorijlik 
tadbirkorliklarga keng sharoitlar yaratadi, mamlakat hududiga xorijiy 
investitsiyalarini jalb etadi. Buning uchun mamlakatimizda kerakli va zarur 
bo’lgan ishlar olib borilmoqda va sharoitlar yaratilmoqda. Hozirgi kunda xorijlik 
ishbilarmonlar O`zbekistonni o`zlari uchun qulay va ishonchli sherik deb 
hisoblaydilar, chunki respublikamizda xorijiy investorlar uchun qulay 
investitsion va soliq muhiti yaratilgan. Natijada ularda o`z sarmoyalarini 
respublikamizda joylashtirish va biz bilan hamkorlik qilish istagi ortib boryapti. 
Respublikamizda yaratilgan qulay investitsion muhitning asosiy omillari - 
respublikamizdagi qulay siyosiy barqarorlik, boy xom-ashyo resurslarining 
mavjudligi, soliq solishni soddalashtirilganligi, qo`shma tadbirkorlikning 
huquqiy asosi yaratilganligidir.  
 

 
 
63 
Qo`shma korxonalar tashkil etishning zarurati, tovar ishlab chiqarishni 
ko`paytirishga sezilarli hissa qo`shadi va xalqaro savdo uyushmasiga tovar 
almashinuvi hamda keng xalq iste`moli tovarlari ishlab chiqarish uchun qulay 
sharoitlar yaratadi. Qo`shma korxonalarning tashkil etilishi mamlakatlar 
iqtisodiyotini rivojlantirishni jadallashtiradi va xalqaro doirada mavqei ortishiga 
olib keladi. Qo`shma korxonalarning ahamiyatli tomoni olingan foydani 
taqsimlash, sarfni qoplash, korxona faoliyatini doimiy ravishda takomillashtirib 
borishdadir.  
Qo`shma korxonalar tashkil etish – bu murakkab jarayon hisoblanadi. Bu 
yerda hamkorlar tanlanadi, ular orasida ushbu masalalar yuzasidan muzokaralar 
olib boriladi.  
Hozirgi kunda iqtisodiyotning sanoat tarmog’ida erishilayotgan ijobiy 
o’zgarishlar xorijiy investitsiyali korxonalar faoliyatini jadal rivojlantirishni 
taqozo etadi. 
Mamlakatimizda faoliyat ko’rsatuvchi  xorijiy  invetitsiyali korxonalarga 
amaldagi soliqlar va bojlar yuzasidan qator yengilliklar, imtiyozlar belgilangan. 
Ushbu imtiyozlarning amal qilinishi investitsiya siyosatinining asosini tashkil 
etib, o’z ijobiy samarasini bermoqda.  
 Xorijiy  investorlar ishtirokidagi manfaatdor tomonlar o’zlariga qarashli 
bo’lgan resurslardan birgalikda foydalanish uchun ular bilan hamkorlikda 
korxonalar tashkil etmoqda. O’zbekistonik va xorijiy yuridik shaxslar hamda 
chet el fuqorolari bunday korxonalarning ta’sischilari bo’lishi mumkin. 
Qo’shma korxonalarda sarmoyadorlar ulushi kamida 25%ni tashkil etishi zarur. 
Xorijiy investitsiyali korxonalarni tashkil etish sabablari turli-tuman 
bo’lib, ularni ichki, tashqi va strategik sabablar bo’lishi mumkin (10-jadval). 
Mamlakatimizda qo’shma korxonalarni tashkil etishda muhim omil 
bo’lib, soliq imtiyozlari hisoblanadi. Chunki, investorning asosiy maqsadi foyda 
olish hisoblanadi. Yurtimizda yaratilgan soliq mehanizmini to’laqonli o’zini 
oqlayotganini faoliyat ko’rsatuvchi xo’jalik sub’ektlari tarkibida chet el 
investitsiyali korxonalar ulushi ortib borishi bilan ko’rsatishimiz mumkin. 
 

 
 
64 
Bugungi kunda yurtimizda faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarni jadal 
modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashni ta`minlash, yuksak 
texnologiyalar asosida ishlaydigan avtomobilsozlik va gaz-kimyo, elektr 
texnikasi va to’qimachilik, oziq-ovqat va farmatsevtika, axborot va 
telekommunikatsiyalar tarmog’i hamda boshqa yo’nalishlardagi yangi va 
zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishga qaratilgan faol 
investitsiya siyosatini yuritishga ustuvor ahamiyat berilmoqda. 
10-jadval 
Xorijiy  investitsiyali korxonalarni tashkil etish sabablari
33
 
Investitsiya muhitini ustunliklaridan foydalanish 
Risklarni taqsimlash 
Ishlab chiqarish miqyosida tejash 
Boshqaruvni yangi usullarini o’rganish 
Xorijiy  bozorlarni o’rganish 
Ichki sabablar 
 
Shartnoma xarajarlarini kamaytirish 
Jahon bozoriga chiqish 
Siyosiy keskinlikning yumshatish 
Milliy hukumat talablari 
Tashqi sabablar 
Samarali raqobatni vujudga keltirish 
Mustahkam xom ashyo bazasiga ega bo’lish 
Texnologiyalar transferti 
Ishlab chiqarish diversifikatsiyasi 
Strategik 
sabablar 
Mamlakat uzoq vaqt faoliyat olib boorish imkoniyati 
 
Tadqiqotchilarning fikriga ko’ra, jahon xo’jaligini rivojlantirishda xalqaro 
kapital migratsiyasi muhim ahamiyatga ega, chunki u mamlakatning tashqi 
iqtisodiy va siyosiy aloqalari mustahkamlanishiga olib keladi, ularning tashqi 
savdo aylanmalarini, ishlab chiqarish hajmini ko’paytiradi, iqtisodiy 
rivojlanishni jadallashtiradi, ishlab chiqarilayotgan tovarlarning jahon 
bozoridagi raqobatdoshligini, importchi mamlakatlar texnik salohiyatini 
o’stiradi va mamlakatdagi bandlikni oshiradi
34

                                                            
33
 
Qo’ziyeva N.Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar moliya va kredit mehnizmini takomillashtirish 
yo’nalishlari. T.: “Iqtisod-moliya”, 2006 y
 
34
 Mamatov M. Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning nazariy asoslari. “ Iqtisodiyot va 
ta'lim”. 2011-yil, 4-son.
 
 

 
 
65 
2005-yil 3-avgustda qabul qilingan To’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy 
investitsiyalar uchun soliq imtiyozlarini qo’llash tartibi to’g’risida”  Nizomni 
qabul qilinishi ham qo’shma korxonalarni investitsion faoliyatini 
yaxshilanayotganligi va ko’payotganligini ko’rsatadi. Xususan , 2010-yilda jami  
xorijiy  investitsiyali korxonalar soni  4201 tani tashkil etgan bo’lsa, shulardan 
1975 tasi sanoat tarmog’ida faoiyat yuritmoqda (9-rasm). Bu korxonalarning 
investitsion faoliyati yaxshilanishida yuqoridagi Nizomning o’rni beqiyosdir. 
 
9- rasm. Chet el sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar faoliyatining asosiy 
ko'rsatkichlari
35

 
Albatta xorijiy investitsiyali korxonalar orasida faoliyat 
yuritmayotganlari ham bor, lekin faol ishlab turgan korxonalar sonining tobora 
oshib borishi ijobiy ko’rsatkich bo’lib, bunga xorijiy investorlarning mamlakat 
iqtisodiyotiga qiziqishi ortayotganligi, umumiy biznes yurigizish muhiti 
yaxshilanib borayotganligi va korxonalarni investitsion faoliyatini faol olib 
borishi uchun keng miqyosidagi soliq imtiyozlari berilayotganli sabab bo’ladi.  
Ishlab chiqarish hajmiga ko’ra sanoat tarmoqlari ulushiga xorijiy 
investitsiyali korxonalar mahsulotining qariyb 80%i to’g’ri keladi. Faoliyat 
                                                            
35
 O’zbekiston Respublikasi yillik statistik to’plami ma’lumotlari asosida hisoblangan.
 
 

 
 
66 
ko’rsatayotgan xorijiy investitsiyali korxonalarning eng yuqori ulushi sanoat 
tarmog’iga to’g’ri keladi. 2010-yilda jami xorijiy investitsiyali korxonalarning 
47,0 %i sanoat tarmog’ida faoliyat yuritgan (11-jadval). 
11-jadval 
O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy investitsiyali korxonalarning 
tarmoq tarkibi (jamiga nisbatan % hisobida)
36
 
 
 
2005 
2006 
2007 
2008 
2009 
2010 
Jami 
100,0 
100,0 
100,0 
100,0 
100,0  100,0
shundan: 
 
 
 
 
 
 
Sanoat 
56,6 
53,8 
48,8 
50,4 
46,7 
47,0 
Qishloq xo’jaligi 
2,4 
2,3 
2,2 
2,1 
1,9 
1,8 
Transport va aloqa 
4,4 
4,2 
4,4 
5,0 
3,8 
4,1 
Qurilish 
4,4 
4,8 
5,5 
4,4 
5,7 
5,6 
Boshqalar 
32,2 
34,9 
39,0 
38,1 
41,9 
41,5 
 
So’nggi 10 yil mobaynida mashinasozlik sohasining ishlab chiqarish hajmi 
xorijiy investitsiyali korxonalarning umumiy mahsulotida 31% dan 39% ga 
ko’tarildi. Buning boisi shundan iboratki, respublikamizda avtomobilsozlik va 
unga aloqador tarmoqlar jadal sur`atlarda rivojlanib bormoqda. Asakadagi 
avtomobil  zavodi tomonidan ishlab chiqarilayotgan yengil mashinalar soni 
yildan-yilga o’sib bormoqda. 2007-yil oktyabrda O’zbekiston hukumati va 
AQSHning yirik kompaniyasi “General Motors” o’rtasida bitim imzolanib, unga 
ko’ra “GM O’zbekiston” korxonasi tashkil etildi. Ushbu qo’shma korxonaning 
tashkil etilishi respublikamizda ishlab chiqariladigan avtomobillarning yangi 
turlarini joriy etish, sifatini ta`minlash va ularni eksport qilish imkoniyatlarini 
yanada kengaytirib, ushbu zavod bilan uzviy hamkorlikda faoliyat yuritayotgan 
boshqa butlovchi qismlar yetkazib beruvchi mahalliy ishlab chiqaruvchilarni 
ham “General Motors”ning global masshtabdagi marketing tizimiga bog’lash 
imkonini yaratadi. 
                                                            
36
 O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo’mitasi ma’lumotlari asosida hisoblangan.
 
 

 
 
67 
Sanoat tarmog’idagi xorijiy investitsiyali korxonalar tomonidan ishlab 
chiqarilgan mahsulotlar hajmi yildan-yilga ortib bormoqda. Buning amaliy 
ifodasini xorijiy investitsiyali korxonalar ishlab chiqarish hajmining yildan-yilga 
jadal su’ratlarda o’sib borayotganini kuzatish mumkin.  Qo’shma korxonalarni 
mahsulot ishlab chiqarish hajmi 2004-yil 1958,4 millard so’mni tashkil etgan 
bo’lsa, 2010-yil bu ko’rsatkich 7 barobarga oshib 14198,3 milliard so’mga 
yetgan. 2010-yilgi ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini 2009-yilga nisbatan 
solishtirganimizda bu ko’rsatkich 19 % ga o’sgani bilan ta’kidlash mumkin (10-
rasm).  
    
Download 5.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling