Toshkent moliya instituti


-rasm.  Chet el investitsiyali korxonalarni mahsulot ishlab


Download 5.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana29.07.2017
Hajmi5.16 Kb.
#12286
1   2   3   4   5   6   7   8

10-rasm.  Chet el investitsiyali korxonalarni mahsulot ishlab 
chiqarish hajmi dinamikasi, (mlrd.so'm.)
37
 
Bunga albatta, qo’shma korxonalar faoliyatini to’g’ri yo’lga 
qo’yiganligini va soliq imtiyozlarini keng darajada berilayotgani sabab 
bo’lmoqda. 
Xorijiy investitsiyali korxonalar faoliyatiga xos bo’lgan yana bir jihat 
shundan iboratki, ular faol ravishda tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanib 
kelishmoqda. Ushbu korxonalarning tashqi savdo aylanmasi 2005-yilda 2416,0 
mln. dollarni tashkil etgan bo’lsa, 2010-yilda ushbu ko’rsatkich hajmi 5529,1 
mln. dollargacha yoki qariyb 2 martaga ortdi. Xorijiy investitsiyali korxonalar 
tarkibida hizmat ko’rsatish, savdo va ichki bozor uchun mahsulot ishlab 
                                                            
37
 O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo’mitasi ma’lumotlari asosida hisoblangan.
 
 

 
 
68 
chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarning ko’pligi tufayli, ushbu 
korxonalarning tashqi savdo qoldig’ida muntazam salbiy natija kuzatilmoqda. 
Jumladan, 2010-yilda ushbu korxonalarning eksport-import operatsiyalari 
balansining salbiy qoldig’i 1921,1mln. dollarni tashkil etdi. Bu holat, aksariyat 
xorijiy investitsiyali korxonalar faoliyatining ko’proq qismi ichki bozorga 
yo’naltirilganligi bilan izohlanadi (12-jadval). Yana shunga ham e’tibor berish 
kerakki, eksport hajmi 2010-yil 2004-yilga nisbatan 2 marta oshgan. Buning 
sabablaridan biri eksport qilayotgan korxonalarga soliq imtiyozlarini ko’pligidir. 
12-jadval 
Xorijiy investitsiyali korxonalarning tashqi savdo faoliyati 
ko’rsatkichlari, (mln. AQSH doll)
38
  
 
2005 2006 2007 2008 2009 2010 
Tashqi savdo 
aylanmasi 
2416,0 2988,5 5198,0 7290,0 8100,7 5529,1 
Eksport 
823,1 1133,5 2063,4 2863,2 3264,1 1804,0 
Import 
1592,9 1855,0 3134,6 4426,8 4836,6 3725,1 
Tashqi savdo 
qoldig’i 
-769,8 -721,5 -1071,2 -1563,6 -1572,5 -1921,1 
 
Yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan yuksak texnologiyalar asosidagi 
mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan investitsiya loyihalarini amalga 
oshirishda jahondagi eng yirik va mashhur AQSHning “Jeneral Motors”, 
“Texaco”, Germaniyaning “MAN”, “Daimler Benz», “Klaas”, Buyuk 
Britaniyaning “BAT”, Ispaniyaning “Maksam”, Yaponiyaning “Isuzu”, 
“Itochu”, Malayziyaning “Petronas”, Koreyaning “Korean Air”, “CNOC”, 
“LG”, Xitoyning “SNPC”, Rossiyaning “Lukoil”, “Gazprom” kabi 
kompaniyalari, Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Islom taraqqiyot banki 
singari yirik xalqaro moliya tashkilotlari, Janubiy Koreya, Yaponiya, Xitoy va 
                                                            
38
 O’zbekistoning yillik statistik to’plami asosida hisoblangan.
 
 

 
 
69 
bir qator arab davlatlarining investitsiya banklari mamlakatimizning asosiy 
hamkorlari bo’lmoqda. 
Xorijiy investitsiyali korxonalarning investor mamlakatlar bo’yicha 
tarkibida yetakchi o’rinni Rossiya, Turkiya, AQSH, Janubiy Koreya, Buyuk 
Britaniya, Xitoy, Germaniya, Qozog’iston, Eron, Shveytsariya kabi mamlakatlar 
egallashgan (11-rasm). Jumladan, 2008-2010-yillarda Rossiyaning ulushi 17% 
dan 19% ga , Koreya Respublikasining ulushi 7% dan 8% ga, Xitoyning ulushi 
5% dan 8% ga qadar ortgan. 
 
  
      
 
11-rasm. Investor mamlakatlar bo’yicha  xorijiy investitsiyali 
korxonalarning taqsimlanishi, (jamiga nisbatan %da)
39
 
Umuman olganda bu davlatlarning chet el investitsiyali korxonalarning 
investor mamamlakatlar bo’yicha tarkibida ulushi ko’pligiga sabab ularni 
bizning davlatdagi investitsion muhit qoniqtirmoqda. 
Investitsiya faoliyatini tartibga solishda eng muhim va asosiy 
muammolardan biri chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni respublika 
mintaqalari bo’ylab bir tekis joylashtirishdir. Alohida diqqat va e'tiborni jalb 
qiladigan muammo respublika hudud va tumanlarini rivojlanishidagi 
notekislikni qisqartirish masalasidir. Bunga erishish maqsadida korxonalarga 
berilayotgan soliq imtiyozlarini faqat chet hududlarda amal qilishi qonunda 
belgilab qo’yilgan. Bu TTCHI va xorijiy  investitsiyalar ishtirokidagi 
                                                            
39
 O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo’mitasi asosida hisoblangan.
 
 

 
 
70 
korxonalarni mamlakat mintaqalari bo’ylab joylashtirishga yo’naltirilgan 
rag’batlantiruvchi tadbirlarni talab qiladi.  
Sanoat tarmog’idagi chet el investitsiyali korxonalar faoliyatini o’rganish 
uchun  rezina poyafzallar va avtomobillar uchun rezina ehtiyot qismlar ishlab 
chiqaruvchi “RUBBER TRAST” qo’shma korxonasi misolida ko’rib chiqamiz. 
“RUBBER TRAST” qo’shma korxonasida 30 turdagi har xil poyafzal 
mahsulotlari, turli o’lchamdagi bolalar, o’smirlar va kattalar uchun rezina 
kalishlar, hamda quyma yengil poyafzallar va tirikotaj materiallari ishlab 
chiqariladi. 
Shuningdek, OAJ “GM UZBEKISTAN” avtomobil ishlab chiqarish 
korxonasiga rezinadan tayyorlangan ehtiyot qismlar yetkazib beruvchilarga 
buyurtmaga asosan har xil markadagi rezinalar tayyorlab berilmoqda.  
Sifat jihatdan ham ichki bozorda va qo’shni davlat bozorlarida yetakchi 
o’rinni egallashga harakat qilishmoqda.  
“RUBBER TRAST” qo’shma korxonasiga Tayvan, Xitoy va Rossiya 
kabi ilg’or mamlaktlarda ishlab chiqarilgan zamonaviy dastgohlar olib kelindi. 
Shuni ta’kidlash kerakki, korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlarning sotilishi 
nafaqat Respublikamiz hududida, balki qo’shni davlatlarda ham o’sib bormoqda. 
Bu esa  korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sifati yuqori darajada 
ekanligidan dalolat beradi. 
Korxona tashqi iqtisodiy faoliyatiga e’tibor beradigan bo’sak, 2010-yilda 
1 mln.AQSH dollaridan ziyod mahsulot Rossiya, Qozog’iston va Qirg’iziston 
davlatlariga eksport qilingan bo’sa, 2011-yil yakuniga qadar bu ko’rsatkich 3,5 
mln.AQSH dollarini, 2012-yilda esa 4,5 mln.AQSH dollari miqdorida mahsulot 
eksport qilindi (12-rasm). 
“RUBBER TRAST” qo’shma korxonasini investitsion faoliyati ham 
e’tiborga molikdir. Korxona malakali ishchilar va zamonaviy dastgohlar orqali 
jahon andozalaridagi sifatli mahsulotlar turini ko’paptirish, chet ellik 
sarmoyadorlarning ishonchi orqali  korxonaga jalb etilayotgan xorijiy 
 

 
 
71 
investitsiya salmog’ini ortirib borishni yanada kengaytirish uchun kerakli 
ishlarni amalga oshirib kelmoqda.  
   Korxona  samaradorligini  oshirish maqsadida korxona ta’sischisi 
boshchiligida 2010-yilda “Hamkor sanoat yog’dusi” korxonasi ishga tushirildi. 
Shuningdek, 2012-yilda “RUBBER TRAST” korxonasi Xitoy davlatining 
“OTKUR” xalqaro savdo kompaniyasi bilan hamkorlik qila boshladi hamda bu 
savdo kompaniyasi tomonidan  400 ming AQSH dollarlik sarmoya kiritildi. 
         
 
 
12-rasm. “RUBBER TRAST” qo’shma korxonasining eksport faoliyati 
tahlili (mln.AQSH doll.)
40
 
Ushbu korxona ishlab chiqarish jarayonini tahlil qiladigan bo’lsak, 
korxonada birgina 2012-yilda 15 mlrd.so’mdan ortiq qiymatdagi mahsulot 
ishlab chiqarildi. Bu ko’rsatkich 2011-yildagidan salkam 6,0 mlrd.so’mga 
ko’pdir (13-jadval).  Eti’borga molik jihati shuki, korxona xomiylik ishlarini 
ham olib boradi. 
 13-jadval 
 “RUBBER TRAST” qo’shma korxonaning maxsulot ishlab chiqarish 
statistikasi
41
 
Ko’rsatkichlar 
2010 2011  2012 
Ishlab chiqarish 
hajmi (so’mda) 
440032000 9567025000 15355709900 
                                                            
40
 “RUBBER TRAST” qo’shma korxonasi ma’lumotlari asosida hisoblangan.
 
41
 “RUBBER TRAST” qo’shma korxonasi ma’lumotlari asosida hisoblangan.
 
 

 
 
72 
 
Ishlab chiqarilgan 
mahsulot (juft) 
1853000 2485600 3276300 
 Xomiylik (so’mda) 
53000000 60000000  70000000 
Xorijiy investorlar bilan qo’shma korxonalar tashkil qilish 
mamlakatimizga: 

 
yangi, zamonaviy texnika va texnologiyalarni respublika iqtisodiyotiga 
jalb qilish, ularni ishlab chiqarishga joriy qilish esa necha yillar davomida 
sifatsiz, xaridor talabiga javob bera olmaydigan mahsulotlar ishlab 
chiqaruvchi eski texnikalardan tezroq qutilish imkonini beradi; 

 
yangi ish joylari tashkil qilish va aholining ishsiz qismini ish bilan 
ta`minlash, shu bilan birga, xorijning ilg’or boshqaruv tajribasini joriy 
qilish imkonini beradi va shu orqali mehnat unumdorligi oshiriladi; 

 
jahon bozorida raqobatlasha oladigan sifatli mahsulotlarni  ishlab  
chiqarish  va  ularni  eksport qilish evaziga mamlakatga qadri baland 
valyutalarning ko’proq kirib kelishini ta`minlaydi. 
Aytish mumkinki, qo’shma korxonani tashkil etilishi mamlakatimizda 
YAIM hajmini yanada o’sishi hamda mamlakat valyuta zahirasini ortishiga va 
davlat budjetiga tushadigan soliqlarning solmog’i yanada ortishiga, shuningdek, 
aholini ishsiz qatlamini ish bilan ta`minlanishiga va iqtisodiyotimizda kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati yanda rivojlanishiga olib keladi deb 
o’ylaymiz. 
II bob bo’yicha xulosa: 
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sanoat korxonalarida 
investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning amaldagi holatini tahlil qilish 
natijasida quyidagi xulosaga kelindi: 
1.
 
Sanoat – moddiy ishlab chiqarishning eng yirik yetakchi tarmog’i bo’lib, 
unda mehnat qurollari (vositalari), mehnat buyumlari va xalq iste`mol 
tovarlarining ko’pchilik qismi yaratiladi. Unda mashina va mehanizmlarning 
barcha turlari, bino va inshootlarning konstruktiv elementlari ishlab chiqariladi, 
 

 
 
73 
yer osti boyliklarini qazib olish amalga oshiriladi, mineral, o’simlik va hayvon 
xom-ashyosiga ishlov beriladi hamda keng iste`mol mollari tayyorlanadi. 
2.
 
Sanoat taraqqiyoti ishlab chiqarish kuchlarining bir tomonlama 
rivojlanishiga xotima beradi, mamlakat va uning ajralmas qismi bo’lmish 
viloyatlarning tabiiy boyliklaridan, xom-ashyo va mehnat resurslaridan kengroq  
hamda har tomonlama foydalanish imkoniyatini yaratib beradi. 
3.
 
 
 
Hozirgi davrda sanoat korxonalarida investitsion faoliyatni 
moliyalashtirish  manbalari, ularning  tarkibi va harakati hamda tuzilishi bozor 
iqtisodiyotining zamonaviy talablariga yetarli darajada javob berishi uchun 
investitsion faoliyatning samaradorligini oshirish va investitsiyalarni sanoat 
korxonalariga jalb qilishini ko’paytirish hamda ularni faoliyatini 
takomillashtirish zarur. 
4.
 
Respublikamizda iqtisodiyotimizda sanoati korxonalaridagi 
investitsiyalarning umumiy hajmi 2005 – 2012– yillar oralig’ida muttasil o’sib 
borish tendensiyasiga ega bo’lgan. Bu, albatta, ijobiy holat.  
5.
 
Respublikamiz sanoati korxonalari investitsion faoliyati tahlil qilish, 
hozirgi ahvoliga baho berish va unga xos tendensiyalarni aniqlash natijasida, 
sanoatning mashinasozlik va metallurgiya sohasida ijobiy o’zgarishlar yuzaga 
kelganligi aniqlandi. 
6.
 
Respublikamiz sanoat korxonalari bo’yicha asosiy kapitalga investitsiyalar 
umumiy hajmining takror ishlab chiqarish tarkibi va tarkibiy tuzilmasi bo’yicha 
xarakterlanadigan investitsion faoliyat ko’rsatkichida rekonstruksiya qilish, 
texnik qayta qurollantirish, harakatdagilarini kengaytirish va qo’llab-quvvatlash 
bilan borliq investitsion faoliyatning ko’lami hozirgi paytda unchalik sezilarli 
ahamiyatga ega emas. 
7.
 
Mamlakatimiz sanoati korxonalarida investitsion faoliyatni 
moliyalashtirishni takomillashtirishni shu faoliyatni moliyalashtirish manbalari, 
tartibi va muammolarini tahlil qilmasdan bajarishning iloji yo’q. Qolaversa, 
sanoati korxonalari investitsion faoliyatining hozirgi ahvoli, unga xos 
 

 
 
74 
tendensiyalarni ham bu masalalarga aniqlik kiritmasdan turib uddalandi deb 
bo’lmaydi. 
9.
 
Bank kreditlari sanoat korxonalarining faoliyati samaradorligini oshirishga 
hizmat qilishi tufayli xalq xo’jaligida foydaning kapitallashuvi jaroyonlarini 
tezlashtiradi. Bu bozor iqtisodiyotini erkinlashtirish bosqichida, mamlakatda 
qo’shimcha ish joylarini yaratish nihoyatda zarur bo’lgan davrda juda muhim 
ahamiyatga ega. 
10.
 
Hozirgi kunda iqtisodiyotning sanoat tarmog’ida erishilayotgan ijobiy 
o’zgarishlar xorijiy investitsiyali korxonalar faoliyatini jadal rivojlantirishni 
taqozo etadi. Xorijiy investorlar bilan qo’shma korxonalar tashkil qilish 
mamlakatimizga: 
a)
 
yangi, zamonaviy texnika va texnologiyalarni respublika iqtisodiyotiga 
jalb qilish, ularni ishlab chiqarishga joriy qilish esa necha yillar davomida 
sifatsiz, xaridor talabiga javob bera olmaydigan mahsulotlar ishlab 
chiqaruvchi eski texnikalardan tezroq qutilish imkonini beradi; 
b)
 
 yangi ish joylari tashkil qilish va aholining ishsiz qismini ish bilan 
ta`minlash, shu bilan birga, xorijning ilg’or boshqaruv tajribasini joriy 
qilish imkonini beradi va shu orqali mehnat unumdorligi oshiriladi; 
c)
 
jahon bozorida raqobatlasha oladigan sifatli mahsulotlarni  ishlab  
chiqarish  va  ularni  eksport qilish evaziga mamlakatga qadri baland 
valyutalarning ko’proq kirib kelishini ta`minlaydi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
 
75 
III BOB. SANOAT KORXONALARIDA INVESTITSION FAOLIYATNI       
MOLIYALASHTIRISHNING TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI 
3.1. Sanoat korxonalarida investitsion faoliyatni moliyalashtirishni 
takomillashtirish yo’nalishlari 
 
Investitsiya faoliyati har qanday tizimda ham mamlakat iqtisodiyotining 
barqaror rivojlanayotganlik darajasini ifoda etadi. Iqtisodiyotni 
investitsiyalashga jalb etilayotgan mablag’lar, xususan, chet el 
investitsiyalarining salmog’iga qarab ham mamlakatning iqtisodiy qudratiga 
baho berish mumkin. 
Mamlakatimizda iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlaridan biri bo’lmish 
sanoat tarmog’ni barqaror rivojlanishini ta’minlash, ulardagi iqtisodiyotning 
boshqa sohalari bilan bog’liq muammolarni kompleks hal etish, sanoat 
korxonalarining ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanish va  
yanada yuksaltirish maqsadida hukumatimiz tomonidan keng ko’lamli chora-
tadbirlar amalga oshirilmoqda (13-rasm). 
 
13-rasm. Sanoat tarmog'i korxonalarini qo'llab-quvvatlashning asosiy 
yo'nalishlari
42
 
Mamlakat sanoat korxonalaridagi mavjud ahvolni tubdan o’zgartirish, mulk 
va xo’jalik yuritish shakllarining teng huquqli sharoitida faoliyat yuritishni 
ta’minlash orqali tarmoqda islohotlarni jadallashtirishni talab etadi. Bu esa 
sanoat korxonalarini investitsion faoliyatini moliyalashtirish orqali moliyaviy 
                                                            
42
 Muallif tadqiqotlari natijasida tayyorlangan.
 
 

 
 
76 
barqarorlikka erishish zarurligini keltirib chiqaradi. Shu sababdan sanoat 
korxonalarini istiqbolli taraqqiyotini ta’minlash va ularni investitsiya faoliyatini 
moliyalashtirishni rivojlantirishning o’ziga xos ahamiyatidan kelib chiqib, 
quyidagilarni amalga oshirish orqali sanoat korxonalarini investitsiya faoliyatini 
moliyalashtirishni takomillashtirish mumkin: 

 
sanoat korxonalari investitsiya faoliyatining rivojlanishini ta`minlashda 
soliqlarning rag’batlantiruvchi rolini oshirish zarur; 

 
ichki investitsiyalar bilan bir qatorda xorijiy investitsiyalar va 
kreditlarning sanoat korxonalarining investitsiya faoliyatini amalga oshirishda 
to’g’ridan-to’g’ri ishtirokini ta`minlash lozim; 

 
sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishini ta`minlash maqsadida erkin 
iqtisodiy hududlarni tashkil etish  va ularni faoliyatini samarali olib borish 
kerak; 

 
sanoat korxonalari investitsiya faoliyatini moliyalashtirishni 
takomillashtirish uchun sanoati yuksak taraqqiy etgan davlatlar amaliyotini 
o’rganish va ulardagi ilg’or tajribalarni respublika iqtisodiyotida qo’llash zarur; 

 
mamlakatimiz sanoat korxonalariga ichki va tashki investitsiyalarni jalb 
etishda mazkur tarmoqning iqtisodiy ahvoli va imkoniyatlari, shuningdek, 
tarmoqning investitsion jozibadorligi to’g’risida aniq axborot va  ma`lumotlar 
olish imkoniyatini yaratish lozim.  
Mahalliy xom-ashyo negizida tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va 
materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, to’qimachilik sanoati, qishloq 
xo’jaligi mashinasozligi, avtomobil  sanoati, neft-gaz tarmog’i, ko’mir sanoati, 
qurilish materiallari sanoati, paxta tozalash sanoati, kimyo va yog’-moy sanoati, 
farmatsevtika sohasi hamda boshqa shu kabi soha va tarmoqlardagi korxonalarni 
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihozlash jarayonlari kompleks, har 
tomonlama va izchil tarzda amalga oshirish zarur. 
Bunda sanoat korxonalarini investitsion faoliyatini moliyalashtirish orqali 
mamlakatimizdagi xom-ashyo va resurslarga boy manbalardan oqilona 
foydalanish asosida yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan yuksak texnologik 
 

 
 
77 
                                                           
mahsulotlarni ishlab chiqarishni ta`minlaydigan istiqbolli sanoat tarmoqlarini 
rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta`kidlaganidek: “O’z-
o’zidan ayonki, raqobatdosh iqtisodiyotni shakllantirmasdan, pirovard natijada 
esa raqobatdosh mamlakatni barpo etmasdan turib, biz qabul qilgan 
“Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqorolik 
jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da ko’zda tutilgan maqsadli vazifalarni 
amalga oshirmasdan turib, bu haqda jiddiy so’z yuritish mumkin emas. Bu 
vazifaning o’rtaga qo’yilishi, shuningdek, inqiroz jarayonlarining chuqurlashuvi, 
dunyo miqyosida xarid talabining pasayishi va shunga muvofiq tarzda jahon 
bozorida xom-ashyo, materiallar, ayniqsa, tayyor mahsulotlar bo’yicha 
raqobatning yildan-yilga kuchayib borayotgani bilan xam bog’liq, albatta. 
Bugungi kunda ko’plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida yetakchi o’rin 
tutadigan mamlakatlar tajribasi shuni so’zsiz isbotlab bermoqdaki, 
raqobatdoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda, 
iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan o’zgartirish va diversifikatsiya 
qilishni chuqurlashtirish, yuqori jarayonlarini tezlashtirish hisobidan amalga 
oshirilishi mumkin”
43

Rasmiy statistik ma`lumotlarga ko’ra, 2012-yilda mamlakatimizda yalpi 
ichki mahsulotning o’sish sur`ati 8,2 foizni tashkil etdi, 2000- 2012-yillar 
mobaynida yalpi ichki mahsulot hajmi 2,2 barobar oshdi. Mazkur ko’rsatkich 
bo’yicha O’zbekiston dunyoning iqtisodiyoti jadal rivojlanayotgan mamlakatlari 
qatoridan joy oldi. 2012-yili sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 7,7 
foizga barqaror yuqori sur`atlar bilan o’sdi (14-rasm).  
Iqtisodiyotimizda yuz berayotgan jiddiy tarkibiy va sifat o’zgarishlarini 
birgina misolda, ya`ni 2000-yilda mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotini 
shakllantirishda sanoat ishlab chiqarishining ulushi bor-yog’i 14,2 foizni tashkil 
etgan bo’lsa, 2011-yilda bu ko’rsatkich 24,1 foizga yetganida ham yaqqol 
 
43
 Karimov I.A.: “2012-yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko’taradigan yil bo’ladi”. T.: “O’zbekiston”, 
2012.
 
 

 
 
78 
ko’rish mumkin. Sanoat mahsuloti umumiy o’sishining qariyb 70 foizini yuqori 
qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga 
yo’naltirilgan sohalar tashkil etdi. Bugungi kunda iqtisodiyotimizning 
lokomotiviga aylangan mashinasozlik va avtomobilsozlik (12,2 foiz), kimyo va 
neft -kimyo sanoati (9,4 foiz), oziq-ovqat sanoati (13,1 foiz), qurilish 
materiallari sanoati (11,9 foiz), farmatsevtika va mebelsozlik (18 foiz) 2012-
yilda jadal sur`atlar bilan rivojlandi
44

14-rasm 
Sanoat mahsulotlarining o'sish sur'ati (% hisobida) 
 
14-rasm. Sanoat mahsulotlarining o'sish sur'ati (% hisobida)
45
 
Mamlakatimizda iqtisodiyotni rivojlantirish borasida qo’lga kiritilgan 
natijalar Xalqaro valyuta jamg’armasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va 
boshqa nufuzli xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan yuksak baholanmoqda. 
Xalqaro valyuta jamg’armasining keyingi baholash missiyasi bayonotida, jum-
ladan, bunday deyiladi: “O’zbekiston jadal o’sishga erishdi va global moliyaviy 
inqirozga qarshi samarali choralar ko’rdi. Keyingi besh yilda O’zbekistonda 
o’sish sur`atlari o’rtacha 8,5 foizni tashkil etdi va bu Markaziy Osiyodagi 
o’rtacha o’sish ko’rsatkichidan yuqoridir. Qator yillar davomida kuzatilgan 
budjet profitsiti, rasmiy zahiralar darajasining yuqoriligi, davlat qarzining 
                                                            
44
 O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo’mitasining yillik hisoboti (2000-2012). –T.: 2013.
 
45
 O’zbekiston Respublikasi Statistika Qo’mitasi ma’lumotlari asosida hisoblangan.
 
 

 
 
79 
                                                           
kamligi, barqaror bank tizimi va xalqaro moliya bozorlaridan qarz olishga 
extiyotkorlik bilan yondashish mamlakatni global inqirozning bevosita 
oqibatlaridan himoya qildi”
46

2-bobda tahlil qilganimizdek, yurtimizda to’qimachilik sanoati 
korxonalarining ishlab chiqarishi past darajada. Shuni ta’kidlash zarurki, 
to’qimachilik sanoati korxonalari ishlab chiqarishini rivojlantirish uchun barcha 
xom-ashyo mavjud. Qishloq joylarda to’qimachilik korxonalarini barpo etish 
maqsadga muvofiq hisoblanadi. Chunki to’qimachilik uchun kerakli bo’lgan 
xom-ashyolarni asosiy qismi qishloq joylarda yetishtiriladi. 
Bugungi kunda sanoat korxonalari investitsion faoliyatini moliyalashtirish 
hamda mamlakatimizdagi xom-ashyo va resurslarga boy mavjud manbalardan 
oqilona foydalanish asosida yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan yuksak 
texnologik mahsulotlarni ishlab chiqarishni ta`minlaydigan istiqbolli iqtisodiyot 
tarmoqlaridan biri bo’lgan to’qimachilik sanoatini rivojlantirish muhim 
ahamiyat kasb etadi.  
Shu bois, yengil sanoat tarmog’ini rivojlantirish, ishlab chiqarish quvvatini 
oshirish, jahon bozori talablariga javob beradigan raqobatbardosh mahsulotlar 
ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish uchun tarmoqqa investitsiyalar kiritishni 
kengaytirish va ularni samarali boshqarish hozirgi kunning dolzarb masaladir. 
Bu borada o’zbekistan Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni 
alohida ta`kidlab o’tadilar: “Biz qudratli to’qimachilik va yengil sanoatni tashkil 
etib, paxta bilan emas, balki barcha rivojlangan mamlakatlar kabi tayyor 
mahsulotlar bilan savdo qilmog’imiz zarur”
47

To’qimachilik sanoati jahonning ko’pgina rivojlangan mamlakatlari uchun 
azaldan sanoatlashishning birinchilar qatorida faoliyat yurituvchi sohasi bo’lib 
kelgan. Masalan, Fransiya, Germaniya, AQSH kabi mamlakatlarda 
to’qimachilik mahsulotlarining sanoat ishlab chiqarishi tuzilishidagi ulushi 6-8 
 
46
 Sultonov A.: “Sanoatda diversifikatsiyalashni boshqarish: tashkiliy-iqtisodiy mehanizmlar”. “Bozor, pul va kredit”. 
– T.: 2013, 3-son
 
 
47
 Karimov I.A.: “Asosiy vazifamiz – vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir”.  T: 
“O’zbekiston”. 2010.
 
 

 
 
80 
                                                           
foizni, Italiyada esa 12 foizni tashkil kiladi. Bu budjetning 20 foizgachasini 
to’qimachilik sohasi va kiyim-kechaklar tikish hisobiga shakllantirish hamda 
ichki bozorni shaxsiy ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan 75-85 foizga 
to’ldirishga imkon beradi
48

To’qimachilik sanoatiga investitsiylarni jalb qilish va bu investitsiylarni 
eksportbop raqobatdosh mahsulotlar tayyorlash va ishlab chiqarishni 
modernizatsiyalashga yo’naltirish zarur. Respublika hukumati tomonidan 
belgilangan vazifalarga ko’ra, yaqin yillarda paxta tolasini o’zimizda qayta 
ishlash hajmini 2 barobardan ko’proq kalava ishlab chiqarishni 2,6 barobar, 
tayyor trikotaj va tikuvchilik buyumlarini 3 barobar, to’qimachilik sanoati 
mahsulotlari eksportini 2 barobar oshirish talab etiladi. 
Shu jihatdan, to’qimachilik sanoati korxonalarining jahon texnologik 
zanjiriga qo’shilishini ta`minlash, bevosita xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan 
holda eksportga yo’naltirilgan ishlab chiqarishni rivojlantirish to’qimachilik 
mahsulotlari mahalliy bozorini egallashning qulay strategiyasi bo’lib 
hisoblanadi. 
O’zbekistonda sanoat korxonalarini investitsiya faoliyatini 
moliyalashtirishni rivojlantirishga e’tibor berilayotgani sababi, iqtisodiyotimiz 
YaIMida sanoat mahsulotilari ustuvor o’ringa ega ekanligi bilan izohlanadi.  
Sanoat korxonalari investitsion faoliyatini moliyalashtirishni 
takomillashtirish uchun korxonalarni iqtisodiy faoliyatini yaxshilash, ularni 
yangi zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlash va innovatsion yangiliklarni 
joriy etish zarur.  
Hozirgi kunda respublikaning har bir sub`ektida sanoat tarmog’ini strategik 
rivojlantirish bo’yicha qator ishlar olib borilmoqda. Olib borilayotgan ishlardan 
eng muhimlaridan biri bu - iqtisodiy tendensiyalarni hisobga olgan holda sanoat 
korxonalariga innovatsion yangiliklarni joriy etilishidir. Bu esa iqtisodiyotda 
sanoat korxonalari samarali faoliyat yuritishi mumkin bo’lgan yangi 
segmentlarning paydo bo’lishiga olib keladi 
 
48
 
Эванс Дж., Берман Б.: “Маркетинг”. Сокр. пер.с англ. М.: “Экономика”,  2009.
 
 

 
 
81 
Sanoat korxonalari investitsion faoliyatini moliyalashtirishni yaxshilash 
orqali korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar assortimentini 
ko’paytirish mumkin.  Odatda, bozor iqtisodiyoti sharoitida yagona, bitta 
mahsulot turini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar barqarorligi xavf-
xatarning yuqori darajasi bilan tavsiflanadi. Chunki, ushbu mahsulot bozoridagi 
konyunkturaning salbiy o’zgarishi korxona faoliyatiga jiddiy ta`sir ko’rsatishi 
mumkin. Shunga ko’ra, korxona an`anaviy tarzda ishlab chiqarayotgan 
mahsulotlari tarkibini bozorda yangi talab shakllangan va izchil ravishda o’sib 
borayotgan mahsulotlarni ishlab chiqarish hisobiga kengaytirishi maqsadga 
muvofiq hisoblanadi. Bunday holda, bozordagi u yoki bu mahsulotga bo’lgan 
talabning qisqarishi yoki narxning pasayishi ta`sirida paydo bo’lgan yo’qotishlar 
boshqa mahsulotlarga bo’lgan talab yoki narxning o’sishi hisobiga qoplanadi. 
Sanoat korxonalarida investitsiya faoliyatini rivojlantirish va ularning 
faoliyatiga xorijiy investitsiyalarni, jumladan, bevosita xususiy xorijiy 
investitsiyalarni keng jalb etish hamda ulardan keng va samarali foydalanishning 
zamonaviy mehanizmini yaratish muammosining yechimi xam dolzarb 
masalalardan hisoblanadi. 
Yuqoridagi fikr-mulohazalarni inobatga olinishi sanoat tarmog’i 
investitsiya faoliyatining rivojlanishiga, tarmoq ishlab chiqarishidagi moliyaviy-
iqtisodiy muammolarning o’z yechimini topishiga, qolaversa, sanoat korxonalari 
investitsiya faoliyatini moliyalashtirishni takomillashtirishga zamin yaratadi. 
Yuqorida ko’rib chiqilgan masalalar bo’yicha quyidagi xulosalarni bayon 
qilish mumkin: 

 
sanoat korxonalarida investitsiya faoliyatini mustahkamlash va 
moliyalashtirishni rivojlantirish maqsadida davlatning iqtisodiy qo’llab-
quvvatlash mehanizmini iqtisodiyotni modernizatsiyalashtirish talablari 
asosida doimo takomillashtirib borish lozim; 

 
sanoat korxonalarida investitsiya faoliyatini rivojlantirish va uni 
moliyalashtirishni takomillashtirish orqali yangi ish o’rinlarini yaratish 
 

 
 
82 
                                                           
mumkin. Buning natijasida mehnat bandligini oshirish va aholini turmush 
darajasi yaxshilanadi; 

 
sanoat korxonalariga yo’naltirilgan investitsiyalar hajmini va sarfini 
oshirish, investitsiyalarni tarmoq ishlab chiqarishiga jalb etishni 
rag’batlantiruvchi mehanizmini va uning samaradorligini oshirish 
samaradorligini oshirish yo’llarini shakllantirish zarur. 
Download 5.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling