Toshkent moliya instituti


Download 5.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/8
Sana29.07.2017
Hajmi5.16 Kb.
#12286
1   2   3   4   5   6   7   8

3.2.
 
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sanoat 
korxonalarini investitsiya faoliyatini moliyalashtirishga xorijiy 
investitsiyalarni jalb etishni takomillashtirish 
Ilmiy ishning  oldingi boblarida sanoat korxonalari investitsiya faoliyatini 
moliyalashtirishga oid nazariy va tahliliy ma`lumotlarni o’rganib, mamlakatimiz 
milliy iqtisodiyotida mahalliy investitsiyalar bilan birga xorijiy 
investitsiyalarlarning ham o’rni beqiyos ekanligiga amin bo’ldik. Prezidentimiz 
I.A.Karimov o’z ma`ruzalarida ta’kidlaganlaridek, iqtisodiy islohotlarni amalga 
oshirishning asosiy ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida - xorijiy 
investitsiyalarni birinchi galda, to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarni jalb etishni 
ko’rsatib o’tganliklari ham bu masalaning qay darajada muhimligidan dalolat 
beradi.
49
 
Bizga ma’lumki, davlat kafolatisiz xorij sarmoyalarini kiritish katta samara 
beradi. Shuning  uchun imkon qadar hukumat kafolati bilan keladigan chet el 
investitsiyalarini chegaralab, ularning o’rniga xususiy investorlar yoki 
tashabbuskor investorlarning kelishini rag’batlantirishni tashkil etish zarur. 
Shuningdek,  keyingi yillarda sanoat korxonalarida xom-ashyolarni qayta 
ishlashni ta`minlash va respublikada tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini 
yanada ko’paytirish uchun xorijiy sarmoyalarni yanada ko’proq jalb qilish 
maqsadida xorijiy sarmoyador faoliyatini muvofiqlashtiruvchi qonununchilik 
ham uzluksiz takomillashib bormoqda. 
 
49
 Karimov I.A.: “Iqtisodiyotni erkinlashtirish, resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish – bosh yo’limiz”. 
“Xalq so’zi” gazetasi, 2002-yil 14-fevral.
 
 

 
 
83 
Xorijiy investorlar sarmoyalarining kafolati uchun yaratilgan qonunchilik 
bazasining shakllanishi bilan bir qatorda, Prezidentimiz I.A.Karimov: “Shuni 
alohida ta`kidlamoqchimanki, investitsiyalar birinchi navbatda to’g’ridan-to’g’ri 
xorijiy investitsiyalar oqimi - bu, chet ellik sheriklarimiz respublikamizda 
amalga oshirilayotgan keng ko’lamdagi demokratik va bozor islohotlarining 
to’g’riligi hamda samaradorligini tan olgani, ularni biz bilan hamkorlik qilishga 
tayyor ekanligini yana bir tasdig’idir”, deb izohdaydilar
50
.  Shunday hujjatlardan 
biri O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 15-dekabrda imzolangan 
“2011-2015 - yillarda O‘zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning 
ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida” PQ-1442-sonli Qarori bo’lib, u  sanoat 
korxonalariga sarmoyalarni jalb qilish muhitini tubdan o’zgartirish imkoniyatini 
yaratdi. 
Ushbu qaror asosida 2011 – 2015 - yillarda O'zbekiston Respublikasi 
sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risidagi Dastur 
ma'qullandi. Dasturga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish doirasida Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro’yhatlar bo’yicha olib kelinadigan, 
respublikada ishlab chiqarilmaydigan uskunalar, materiallar va butlovchi 
buyumlar  2016-yilning 1-yanvariga qadar muddatga bojxona to’lovlari 
to’lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yig’imlaridan tashqari) ozod etiladi. 
   To’g’ridan-to’g’ri  xorijiy  investitsiyalar (TTXI) ularni qabul qilayotgan 
mamlakatga ijobiy natijalar keltirishi borasida jiddiy dalillar mavjud bo’lishiga 
qaramay, ularning o’tish davri iqtisodiyotini  boshdan kechirayotgan 
mamlakatlarga ta`siri keng kapital oqimi nuqtai nazaridan chuqur va holis 
baholashni talab etadi. Aytish joizki, ayrim turdagi iqtisodiyotlar uchun TTXI 
ta`sirining  tabiati va darajasi mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining bosqichi, 
iqtisodiy siyosat va umumiy ishbilarmonlik muhiti orqali belgilanadi. Ushbu 
                                                            
50
 Karimov I.A.: “Erishilgan marralarimizni mustahkamlab, islohotlar yo’lidan borish – asosiy vazifamiz”. “Xalq 
so’zi” gazetasi, 2004-yil 11-fevral. 
 
 

 
 
84 
xususiyatlar o’zaro yaqqol farqlangani bois, ichki iqtisodiyot uchun TTXIning 
ta`siri va ular tufayli olingan foyda har bir alohida mamlakatda turlicha bo’ladi. 
Iqtisodiyotning yopiq turida yoki kapital oqimi chegaralangan 
mamlakatlarda ichki investitsiyalar hajmi ichki jamg’armalar bilan cheklanadi. 
Bunday holatda xorijiy kapitalning kirib kelishi mamlakatdagi investitsiyalar 
darajasining o’sishiga olib keladi. 
O’tish davri iqtisodiyotini boshdan kechirayotgan mamlakatlarda TTXI 
oqimi muayyan mehnat samaradorligini oshiribgina qolmay, balki ishchi kuchi 
bandligini ham ta`minlaydi. Yirik kapitalning kirib kelishi, o’z navbatida, uni 
qabul qiluvchi mamlakat valyutasi qadrining oshishiga ham olib kelishi 
mumkin. TTXIning nafaqat moliya manbai, balki ularning o’zga mamlakat  
iqtisodiyotidan kelib chiqqanligi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki TTXI 
nafaqat kapital va xorijiy valyuta olib keladi, balki ular yangi texnologiyalar, 
boshqaruv nou-xaulari, yangi mahsulotlar va ishlab chiqarish uslublarining ham 
joriy qilinishiga olib keladi. 
Sanoat korxonalariga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish iqtisodiy 
taraqqiyotni  ta`minlaydi, inson kapitalini shakllantiradi, shuningdek, xorijiy 
kapital ishtirokida ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi va shu tariqa 
mahalliy bozorda faoliyat yuritayotgan korxonalar daromadini ko’paytiradi. 
Demak, xorijiy investitsiyalar oqimi raqobatni oshirishda muhim vosita bo’lib, 
bu  o’z navbatida, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni samaradorlikni oshirishga 
qaratilgan strategiyalarni qo’llashga rag’batlantiradi. 
Xorijiy investitsiyalarni iqtisodiy o’sishga ko’rsatgan ta`siriga kelsak, 
xorijiy investorlar investitsiya kiritilayotgan mamlakat korxonasida boshqaruvni 
nazorat qilish huquqi bilan birga, odatda, 25 yoki undan ko’proq foizni tashkil 
etadigan uzoq muddatli majburiyatlarni ham o’z zimmasiga oladi. 
Xorijiy investitsiyalar iqtisodiyotning barcha sohalarida, jumladan, sanoat 
tarmog’ida ham kapital, boshqaruv ko’nikmalari, jahon bozoridagi mavjud 
sotish kanallari kabi yetishmaydigan elementlarni taklif etish orqali eksportni 
rag’batlantirishi mumkin. 
 

 
 
85 
Tadqiqotlardan ma`lum bo’lishicha, ichki bozorda raqobatni 
rag’batlantiruvchi hukumat siyosati chet el investitsiyalarining iqtisodiy 
taraqqiyotga ta`sirining muhim omili bo’lib hizmat qiladi. 
Bizning fikrimizcha, chet el investitsiyalarining milliy itisodiyotga ta`siri 
va ular tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarning samaradorligi turlicha 
bo’lishi mumkin: 
Birinchidan, xorijiy investitsiyalar milliy iqtisodiyot uchun ijobiy ahamiyat 
kasb etadi. 
Buni biz sanoat tarmog’iga chet el investitsiyalarining kirib kelishi 
natijasida mahalliy jamg’armalarga qo’shimcha ravishda investitsion faoliyat 
kengayib, mehnat va kapital samaradorligini oshirishga ko’maklashadigan 
boshqaruv, marketing va ilg’or texnologiyalarni joriy etilishida ko’rishimiz 
mumkin. Milliy daromadning o’sishi kirib keladigan kapital oqimi hajmi hamda 
kapitalga bo’lgan extiyoj o’zgaruvchanligiga bog’liq; 
Ikkinchidan, sanoat tarmog’idagi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 
loyihalar milliy iqtisodiyotning taraqqiyotiga salbiy ta`sir ko’rsatishi ham 
mumkin. Bozorga kirib borish yo’lida katta to’siqlar mavjud sanoat sohalarida 
ish yuritayotgan xorijiy kompaniyalar bunday sharoitda o’z manfaatlarini 
ko’zlab, bozorning konsentratsiya darajasini yanada oshirishlari mumkin. Ular 
mahalliy kapital bozori va xorijiy valyuta zaxiralaridan imtiyozli ravishda 
foydalanish imkoniyatidan foydalanib, ichki jamg’arma va investitsiyalar 
darajasini pasaytirishlari mumkin. 
Uchinchidan, xorijiy investitsiyalarning milliy iqtisodiyotga ta`sirini 
belgilab beruvchi asosiy omillardan biri - sanoat tarmog’ida ana shunday 
loyihalar amalga oshirilayotgan mahalliy bozordagi raqobat darajasidir. Bizning 
fikrimizcha, raqobat va antimonopoliya sohasida muqobil hukumat siyosatining 
amalga oshirilishi o’ta muhim ahamiyat kasb etadi. Mana shunday sharoitdagina 
xorijiy investitsiyalar uni qabul qilgan mamlakat iqtisodiy rivojiga maqbul ta`sir 
ko’rsatadi. Ushbu ta`sir sabablari shuki, xorijiy investitsiyalar, birinchi 
navbatda, qo’shilgan qiymatni oshirish va ko’proq daromad olish imkoni 
 

 
 
86 
bo’lgan sohalarga kirib keladi. xorijiy investitsiyalar ishlab chiqarish va 
investitsiyalarning ko’payishi orqali iqtisodiy o’sishga ko’rsatadigan bevosita 
ta`siridan tashqari mehnat samaradorligini oshirish, yangi texnologiya va nou-
xaularni joriy etish, ichki jamg’arma, investitsiyalar va eksport imkoniyatlarini 
ko’paytirish, infratuzilmani rivojlantirish orqali iqtisodiyotga bilvosita ta`sir 
ham o’tkazadi. 
Shuni alohida ta`kidlash kerakki, hech qaysi o’ziga ishongan xorijiy 
kompaniya yoki xususiy tadbirkor iqtisodiyotda chuqur islohotlar amalga 
oshirilmayotgan, sarmoya kiritishning zarur kafolat va istiqbollari hamda 
rivojlantirishning omillari mavjud bo’lmagan bozorga qadam bosmaydi. 
Sanoat korxonalariga, ayniqsa, xom ashyoni mukammal qayta ishlab, 
tayyor mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalarga berilayotgan yuqorida qayd 
etilgan qator imtiyoz hamda yengilliklar sanoatning imkoniyatlarini amalga 
oshirish va kelgusida ularning o’sishini ta`minlashga qaratilgan. 
Bizning fikrimizcha, sanoat tarmog’iga xorijiy investitsiyalarni kengroq 
jalb qilish va ulardan samarali foydalanish orqali ushbu tarmoq faoliyatini 
yanada jadallashtirish masalalari quyidagi yo’nalishlarda namoyon bo’ladi: 
Birinchidan, sanoat tarmog’ida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi xorijiy 
korxonalarni ko’paytirish hisobiga bir qator iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy 
samaralarga erishish mumkin. Bunda mazkur tarmoqda zamonaviy texnika va 
texnologiyalarning kirib kelishi ishlab chiqarish darajasini oshiradi, mehnatga 
layoqatli aholi ish o’rinlari bilan ta’minlanadi, ishlab chiqariladigan 
mahsulotlarning sifati yaxshilanadi, boshqaruvning ilg’or usullari o’zlashtiriladi, 
soliqlar, ijara haqi va boshqa to’lovlar bilan bir qatorda davlat budjeti 
daromadlarining hamda mamlakat eksport salohiyati oshishi tufayli valyuta 
tushumining keskin ko’payishiga erishiladi. 
Ikkinchidan, xorijiy va ichki investitsiyalarni sanoat tarmog’iga jalb etishni 
kengayishi qisqa vaqt ichida xususiy mulkchilikning turli shakllari rivojlanishiga 
ko’maklashadi, O’zbekistonning xalqaro bozorga yuqori sifatli, raqobatbardosh 
sanoat korxonalari maxsulotlaini olib chiqishini va u yerda  o’z  o’rniga ega 
 

 
 
87 
                                                           
bo’lishini ta`minlaydi. Oqibatda, sanoat tarmog’ining respublikamiz iqtisodiyoti 
barqaror o’sishiga qo’shayotgan ulushi oshib boradi. 
Shu o’rinda shuni ta`kidlash joizki, investitsiyaning harakatidan kelib 
chiqib, zamon va makonining almashtirilishi va o’zga iqtisodiyotga kirib borishi 
namoyon bo’ladi. Respublikada sanoat tarmog’i korxonalari rivojlanishi uchun 
katta imkoniyatlar va manbalar mavjud bo’lib, ularning asosiysi sifatida xom 
ashyo bazasining mavjudligi, elektr-energiya va yoqilg’i mahsulotlarining xarid 
narxining pastligi, arzon ishchi kuchlari, zamonaviy kommunikatsiya tizimi, 
to’liq o’zlashtirilmagan sanoatning ayrim tarmoq mahsulotlari bozori va 
boshqalarni ko’rsatish mumkin. 
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida esa narx va sifat orqali raqobat 
xosil qilinadi. Sanoat mahsulotlari tannarxidagi xarajatlarning asosiy qismini 
xom-ashyo va yordamchi materiallar tashkil etishi inobatga olinib, masalaga 
oydinlik kiritiladi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida sanoat tarmog’i korxonalarining barqaror 
rivojlanishi va mazkur sohada investitsiyalarni boshqarishni takomillashtirish 
uchun tarmoqni qaysi ko’rinishdagi mahalliy mablag’lar asosida 
moliyalashtirish mumkinligini aniqlashtirish talab etiladi. Sanoat korxonalari 
investitsiya faoliyatini olib borishda investitsiya resurslarining tarkibi muhim 
ahamiyat kasb etadi. Investorlar investitsiya resurslarini o’z iqtisodiy va 
tadbirkorlik qobiliyati hamda imkoniyatidan kelib chiqib tanlaydilar. 
Investitsiya resurslari shartli holatda to’rt guruhga bo’linadi. Jumladan, 
O’zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi Qonunining 
5-moddasida investitsiya resurslarining quyidagi guruhlari ko’rsatib berilgan
51
: 
1)
 
pul va boshqa moliyaviy mablag’lar, shu jumladan, kreditlar, paylar, 
aksiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlar; 
2)
 
ko’char va ko’chmas mol-mulk (binolar, inshootlar, uskunalar va boshqa 
moddiy boyliklar) hamda ularga doir huquqlar; 
 
51
 O’zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi Qonunining 5-moddasi. 24.12.1998y.
 
 

 
 
88 
3)
 
intellektual mulk ob`ektlari, shu jumladan, texnikaviy hujjatlar tarzida 
tuzilgan texnika, texnologiya, tijoratga oid boshqa bilimlar majmui, u yoki bu 
turdagi ishlab chiqarishni tashkil etish uchun zarur bo’lgan bilimlar va ishlab 
chiqarish tajribasi, “nou-xau”; 
4)
 
yerga va boshqa tabiiy resurslarga, binolar, inshootlar, uskunalarga 
egalik qilish va ulardan foydalanish huquqi, shuningdek, mulk huquqidan kelib 
chiquvchi ashyoviy huquqlar hamda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa 
boyliklar. 
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sanoat korxonalari investitsion 
faoliyatini moliyalashtirish manbalari shartli holda quyidagi guruhlarga 
bo’linadi: 

 
xo’jalik sub`ektlarining shaxsiy mablag’lari; 

 
davlat budjet mablag’lari; 

 
tijorat banklarining kredit resurslari; 

 
aholi mablag’lari; 

 
chet el investitsiyalari; 

 
budjetdan tashqari jamg’arma mablag’lari. 
Bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlarda Davlat budjeti mablag’lari 
hisobiga investitsiya loyihalarini moliyalashtirish ko’lami keng bo’ladi, chunki 
alohida investorlarning dastlabki kapitallari kapitalga bo’lgan ehtiyojni to’liq 
qondira olmaydi. Respublikamizda ham markazlashgan mablag’lar yordamida 
investitsiya loyihalarini moliyalashtirish salmog’i dastlabki yillarda katta edi. 
Biroq mamlakatimizda olib borilayotgan oqilona iqtisodiy siyosat tufayli 
investitsiya jarayonlarida davlat budjeti mablag’lari asta-sekinlik bilan kamayib, 
boshqa moliyaviy manbalar hajmi yildan-yilga oshib bormoqda. 
Bugungi kunda sanoat korxonalari investitsiya faoliyatini 
moliyalashtirishda aholining ishtiroki hamon sezilarsiz bo’lib kelmoqda. Buning 
asosiy sababi aholi moliyaviy bozorning faol ishtirokchisi bo’la olmayapti.  
Budjet mablag’lari asosida investitsiyalarning kamayishi ham ijobiy 
ko’rsatkich bo’lib, iqtisodiyotning modernizatsiyalashyotganligi bilan bir 
 

 
 
89 
qatorda, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi kamayib borayotganligidan dalolat 
beradi. Xo’jalik sub`ektlari shaxsiy resurslarining investitsiya faoliyatidagi 
salmog’ining pasayib ketishiga asosiy sabab sifatida quyidagilarni ko’rsatish 
mumkin: 
1)
 
Korxonalar ixtiyorida qolayotgan moliyaviy resurslarning kamligi. 
2)
 
Korxonalarning reinvestitsiya jarayoniga e`tiborini sustligi.  
Nima bo’lganda ham investitsiya faoliyatining shu holatda pasayib 
ketishini oqlab bo’lmaydi. Chunki, investitsiya faoliyatida korxonalarning 
shaxsiy mablag’lari ellik foizdan past bo’lishi korxonalarning o’zlari uchun 
katta qiyinchiliklar tug’diradi. Tijorat banklarining kredit resurslari 
investitsiyani moliyalashtirish manbasi sifatida pasayib ketishi banklarning 
investitsion bozorda mavqei pasayganidan dalolat beradi. Bu esa, o’z navbatida, 
korxonalar va aholi ortiqcha moliyaviy mablag’larini bank hisob-kitob 
raqamlarida depozitlar sifatida saqlashdan ko’ra, boshqa investitsiya 
ob`ektlarida investitsiya qilishni lozim ko’rayotganini bildirmoqda. Investitsiya 
faoliyatini aholining mablag’lari hisobidan moliyalashtirishni amalga 
oshirishdagi sustkashlikning asosiy sabablaridan biri, aholi ixtiyoridagi ortiqcha 
moliya resurslarini investitsiya qilishdan ko’ra, kundalik is’temolga 
sarflanayotganligi hisoblanadi. Bu asosan, kundalik ehtiyoj mollarini xarid qilish 
va uy-joy qurish bilan bog’liq bo’lgan sarf xarajatlardir. 
Bizning fikrimizcha, moliyaviy manbalardan foydalanishda dastlab ustuvor 
manbalardan foydalanib, faqatgina zarurat tug’ilgandagina keyingi qo’shimcha 
manbalardan foydalanishni tashkil etish maqsadga muvofiqdir. 
Xorijiy investitsiyalar yordamida sanoat tarmog’ini rivojlantirish yo’llari 
muammolarini o’rganish asosida quyidagi ilmiy xulosalarni chiqarishimiz 
mumkin:  

 
sanoat tarmog’dagi xo’jalik sub`ektlarini aksiyalashtirish, ya`ni aksiya va 
obligatsiyalarni muomalaga chiqarish, yetarlicha moliyaviy resurslarni jalb etish 
orqali korxonalarni investitsiya faoliyatini moliyalashtirishda qo’shimcha 
 

 
 
90 
mablag’lar tarkibini kengaytirish lozim, ya’ni portfel invstitsiyalardan ham 
foydalanish zarur; 

 
ma`lumki, investitsiya faoliyatidagi kapital qurilish va texnik qayta 
jihozlash tadbirlari uchun kreditlar kerak. Bu jarayonda respublikada investitsiya 
faoliyatini jadallashtirishda xalqaro moliya institutlari va banklari alohida o’rin 
tutadilar. Shu nuqtai nazardan, sanoat korxonalari investitsiya faoliyatini 
rivojlantirish uchun xalqaro banklarining kreditlaridan ham foydalanish kerak. 
III bob bo’yicha xulosa: 
Sanoat korxonalarida investitsion faoliyatni moliyalashtirishning 
takomillashtirish masalalari yuzasidan yuritilgan mulohazalardan quyidagi 
xulosalarga kelindi: 
1.
 
Sanoati korxonalarida investitsion faoliyatni moliyalashtirishni 
takomillashtirish uchun o’z mablag’laridan foydalanish samaradorligini 
oshirishga, qarz mablag’larini oqilona jalb etilishni taminlashga xizmat qiluvchi 
ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish zarur. 
2.
 
Sanoat korxonalarini istiqbolli taraqqiyotini ta’minlash va ularni 
investitsiya faoliyatini moliyalashtirishni rivojlantirishning o’ziga xos 
ahamiyatidan kelib chiqib, quyidagilarni amalga oshirish orqali sanoat 
korxonalarini investitsiya faoliyatini moliyalashtirishni takomillashtirish 
mumkin: 
a)
 
sanoat korxonalari investitsiya faoliyatining rivojlanishini ta`minlashda 
soliqlarning rag’batlantiruvchi rolini oshirish zarur; 
b)
 
ichki investitsiyalar bilan bir qatorda xorijiy investitsiyalar va 
kreditlarning sanoat korxonalarining investitsiya faoliyatini amalga oshirishda 
to’g’ridan-to’g’ri ishtirokini ta`minlash lozim; 
c)
 
sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishini ta`minlash maqsadida erkin 
iqtisodiy hududlarni tashkil etish  va ularni faoliyatini samarali olib borish 
kerak; 
 

 
 
91 
d)
 
sanoat korxonalari investitsiya faoliyatini moliyalashtirishni 
takomillashtirish uchun sanoati yuksak taraqqiy etgan davlatlar amaliyotini 
o’rganish va ulardagi ilg’or tajribalarni respublika iqtisodiyotida qo’llash zarur; 
e)
 
mamlakatimiz sanoat korxonalariga ichki va tashqi investitsiyalarni jalb 
etishda mazkur tarmoqning iqtisodiy ahvoli va imkoniyatlari, shuningdek, 
tarmoqning investitsion jozibadorligi to’g’risida aniq axborot va  ma`lumotlar 
olish imkoniyatini yaratish lozim.  
3.
 
Sanoat tarmog’ida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi xorijiy korxonalarni 
kuchaytirish hisobiga bir qator iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy samaralarga erishish 
mumkin. Bunda mazkur tarmoqda zamonaviy texnika va texnologiyalarning 
kirib kelishi ishlab chiqarish darajasini oshiradi, mehnatga layoqatli aholi ish 
o’rinlari bilan ta’minlanadi, ishlab chiqariladigan mahsulotlarning sifati 
yaxshilanadi, boshqaruvning ilg’or usullari o’zlashtiriladi, soliqlar, ijara haqi va 
boshqa to’lovlar bilan bir qatorda davlat budjeti daromadlarining hamda 
mamlakat eksport salohiyati oshishi tufayli valyuta tushumining keskin 
ko’payishiga erishiladi. 
4.
 
Sanoati korxonalarida investitsion faoliyat maqsadlarida kapitalni jalb 
qilish bir manbadan emas, balki bir necha manbadan amalga oshirilishi lozim. 
Shuning uchun xorijiy investor mablag’laridan foydalanishni rivojlantirish. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
 
92 
XULOSA 
Sanoat korxonalari faoliyatini moliyalashtirishni takomillashtirish 
masalalariga doir amalga oshirilgan izlanishlar natijasida quyidagi xulosalarga 
kelindi: 
1.
 
Mustaqillik boshlarida boshlangan iqtisodiyotni, shu jumladan sanoat 
korxonalarini tehnik qayta qurollantirish, modernizatsiya qilish va uning 
investitsion faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan ishlar bugunga kunda o’z 
samarasini bermoqda. Buning natijasida sanoat tarmog’i iqtisodiyotimizni 
yetakchi tarmog’iga aylandi. 
2.
 
O’zbekistonda amalga oshirilga iqtisodiy islohotlar natijasida qulay 
investitsiya muhiti shakllantirildi, ya`ni qulay investitsiya muhitini 
shakllanishida iqtisodiy rivojlanishning barqaror sur`atlariga erishilayotganligi 
va bozor institutlarining mavjudligi hamda eng avvalo, mustahkam qonunchilik 
bazasi, rivojlangan bank-kredit va investitsiyalashni davlat tomonidan qo’llab-
quvvatlash kabi chora-tadbirlar tizimlari yaratilganligi sabab bo’lmoqda.  
3.
 
Turli iqtisodchi – olimlarning investitsiyalar va investitsiya faoliyati 
atamlariga bergan ta’riflari hamda qarashlari tahlil qilindi. 
4.
 
Sanoat – bu keng miqyosdagi xalq iste’mol mollari ishlab chiqariladigan, 
katta miqdordagi ishchilar faoliyat yuritadigan hamda keng ko’lamdagi 
qo’shimcha ish joylarini yaratish imkoniyatiga ega bo’lgan, eksport 
salohiyatining ko’tarilishi mamlakat iqtisodiy salohiyatining o’sishi va pirovard 
natijada, respublikada aholi farovonligining o’sishi bilan chambarchas bog’liq 
bo’lgan tarmoqdir. 
5.
 
Sanoat  tarmog’i mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishida juda muhum rol 
o’ynaydi. Chunki sanoat tarmog’i korxonalari mahsulotlari mamlakat YaIMning 
24 %ini tashkil qiladi va sanoat  mahsulotlari xalq iste’mol mollari tarkibida 
katta ulushga ega. Mamlakat iqtisodiy qudrati va xalq farovonligi bilan bog’liq 
tarmoqlarning eksport salohiyatini oshirishda muhim o’rin egallaydi. Shu bois, 
 

 
 
93 
sanoat tarmog’iga investitsiyalar jalb etishni kengaytirish, uni rivojlantirish 
strategik ahamiyatga ega bo’lgan yo’nalishlar qatoriga kiradi.  
6.
 
Sanoat tarmog’i korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi 
ham yildan-yilga oshib bormoqda. Bunga sabab, korxonalarning texnik bazasi 
yangilanayotganini, ishlab chiqarish quvvatlarini oshayotganini ko’rsatish 
mumkin. 
7.
 
O’zbekistonda sanoat korxonalari investitsiya loyihalarini moliyalash 
uchun xorijiy investitsiyalarni jalb etishga muhim qo’shimcha manba sifatida 
qaralishi lozim. Xorijiy investitsiyalar mahalliy investitsiyalarni to’ldirishi 
mumkin, biroq, ularning o’rnini bosolmaydi. Shu jihatlarni inobatga olganda, 
investitsiyalashning tashqi manbalarini kengaytirish tarmoq korxonalarining 
investitsiya faoliyatini yuksaltirishda ustuvor vazifa hisoblanadi.  
8.
 
Dissertatsiyada sanoat korxonalariga jalb etilgan investitsiyalar hajmi va 
tarkibining o’zgarish dinamikasi tahlil qilingan hamda ular samaradorligi 
baholangan. Tahlillar ko’rsatadiki, sanoat korxonalari eng katta hajmdagi ichki 
hamda to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar kiritiladigan ishlab chiqarish 
ob`ektlari mashinasozlik, metallurgiya, kimyo va yengil sanoati korxonalari 
hisoblanadi.  
9.
 
Sanoat tarmog’i tarkibidagi chet el investitsiyalari ishtirokida tashkil 
etilgan korxonalarning iqtisodiy ko’rsatkichlari tahlil qilingan. Tahlillar natijasi 
shuni ko’rsatadiki, qo’shma korxonalar tarkibida 47,0 % ni tashkil sanoat 
korxonalari tashkil etgan. 
10.
 
Sanoat tarmog’i korxonalarini imkoniyatlarini hisobga olib hamda 
mamlakatning yaqin kelajakdagi rivojlanish strategiyasiga asoslanib ta’kidlash 
mumkinki, tarmoq korxonlari kelgusi davrda yanada o’sishga erishadi va 
iqtisodiyotimizning yetakchi tarmog’i bo’lib qoladi. Shu bois ham mazkur 
tarmoq korxonlarini investitsion faoliyatini moliyalashtirishni yaxshilash 
masalasi muhim vazifa bo’lib qoladi. 
11.
 
Mahalliy investitsiyalarni jalb qilish orqali sanoat tarmog’i korxonalari 
investitsion faoliyatini  rivojlantirish yo’llari, muammolarini o’rganish 
 

 
 
94 
yuzasidan quyidagilarni ta`kidlash mumkin: sanoatdagi korxonalarida  aksiya va 
obligatsiyalarni muomalaga chiqarish orqali ularni investitsion faoliyatni 
moliyalashtirishda qo’shimcha mablag’lar tarkibini kengaytirish lozim.  
12.
 
Ma`lumki, investitsion faoliyatdagi kapital qurilish va texnik qayta 
jihozlash tadbirlari uchun kreditlar kerak. Bu jarayonda respublikada 
investitsion faoliyatni jadallashtirishda tijorat banklari alohida o’rin tutadi. Shu 
nuqtai-nazardan, sanoat korxonalarini investitsiya faoliyatini moliyalashtirish 
uchun tijorat banklari kreditlaridan ham foydalanish kerak.  
13.
 
Sanoat korxonalarini investitsiya faoliyatini moliyalashtirishni 
takomillashtirishda investitsiya va investitsiya faoliyatini o’ziga xos 
xususiyatlaridan kelib chiqish zarur. 
14.
 
Ichki va to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni sanoat korxonalariga jalb 
etish va ularni investitsion faoliyatini moliyalashtirishni takomillashtirish orqali 
kelgusida ushbu tarmoqni modernizatsiya qilish hamda rivojlantirish 
strategiyasini asoslash va eksportga mahsulotlar ishlab chiqarish ko’lamini 
kengaytirishda foydalanish mumkin. 
15.
 
Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni amalga oshirishda asosiy kuch bu 
elektr-energiya hisoblandi. Ayrim chekka joylarda elektr-energiya quvvati past 
bo’lib, bu masalaning yechimi sifatida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini 
ko’rsatish mumkin. Shuning uchun quyosh batareyalari yoki shamol 
parraklaridan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi; 
16.
 
Sanoat korxonalarini barpo etish va ishlab chiqarishini tashkil etish uchun 
qishloq joylarda barcha shart-sharoitlar (yer, suv va xom-ashyo) yetarli. Shuning 
uchun sanoat korxonalarini qishloq joylarda barpo etish va u yerda qayta ishlab 
chiqarishni rivojlantirish zarur. Buning uchun investitsiyalarni qishloq joylarga 
jalb etish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
 
 
 
 
 

 
 
95 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 
I.
 
O’zbekiston Respublikasi Qonunlari: 
1.
 
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T.: “O’zbekiston”, 2008. 
2.
 
O’zbekiston Respublikasining  “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi Qonuni. 
T.: 24.12.1998. 
3.
 
O’zbekiston Respublikasining “Chet el investitsiyalari to’g’risida”gi 
Qonuni. T.: 30.04.1998. 
4.
 
O’zbekiston Respublikasining “Chet el investorlarning huquqlarini himoya 
qilish chora-tadbirlari va uning kafolatlari to’g’risida”gi Qonuni. 
                
T.: 30.04.1998. 
II.
 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari, 
Vazirlar Mahkamasining qarorlari: 
5.
 
“O’zbekiston Respublikasining 2013-yilga mo’jallangan investitsiya 
dasturi to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-
noyabrdagi 1855-sonli Qarori. 
6.
 
“O’zbekiston Respublikasining 2012-yilga mo’jallangan investitsiya 
dasturi to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2011-yil 27-
dekabrdagi 1668
-sonli Qarori. 
7.
 
“O’zbekiston Respublikasining 2011-yilga mo’jallangan investitsiya 
dasturi to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 29-
dekabrdagi1455-sonli Qarori. 
8.
 
 “2011-2015-yillarda O’zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning 
ustuvor yo’nalishlari to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-
yil 15-dekabrdagi 1442-sonli Qarori. 
9.
 
“2009-2014-yillarda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnikaviy va 
texnologik qayta jihozlash bo’yicha eng muhim loyihalarni amalga oshirish 
chora-tadbirlari dasturi to’g’risidagi” O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2009-yil 12-martdagi 1072-sonli Qarori. 
 

 
 
96 
10.
 
“To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag’batlantirishga 
oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2012-yil  10-apreldagi 4434-sonli Farmoni. 
11.
 
 “Tashqi iqtisodiy va savdo aloqalari, xorijiy investitsiyalarni jalb etish 
sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish to’g’risida” O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2005-yil 21-iyuldagi  3631-sonli Farmoni. 
12.
 
 “Xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar tomonidan tayyor iste’mol 
mollari ishlab chiqarishni ko’paytirishni rag’batlantirishga oid qo’shimcha 
chora-tadbirlar to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 
20-iyundagi Farmoni.  
13.
 
 “O’zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini 
tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2003-yil  24-yanvardagi Farmoni 
14.
 
 “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikning rivojlantirish asosidagi 
ishlab chiqarish va hizmatlar o’rtasida kooperatsiyani kengaytirishni 
rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2006-yil 5-yanvardagi 3706-sonli
 
Farmoni. 
15.
 
“Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo’llab-quvvatlash, ularning 
barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari 
dasturi to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-
noyabrdagi 4058-sonli Farmoni. 
16.
 
 “2012-2015-yillarda nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarish 
hajmlarini ko’paytirish va turlarini kengaytirish bo’yicha qo’shimcha chora-
tadbirlar to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-
yil 2-avgustdagi 234-sonli Qarori. 
17.
 
 “Iqtisodiyotning real sektori sohasida korxonalarni va investitsion faollikni 
kredit yo’li bilan qo’llab-quvvatlashni ta’minlash chora-tadbirlar to’g’risida” 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 31-dekabrdagi 288-
sonli Qarori. 
 

 
 
97 
18.
 
 “Qo’shma korxonalar tashkil etishga xorijiy investitsiyalarni jalb etishga 
doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2002-yil 11-oktyabr 393-sonli Qarori. 
19.
 
“Respublika to’qimachilik tarmog’iga investitsiyalarni jalb qilish choralari 
to’g’risida”  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 27-
yanvardagi 38-sonli Qarori. 
20.
 
O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi, O’zbekiston Respublikasi 
Moliya Vazirligi  va O’zbekiston Respublikasi Soliq Q’mitasining “To’g’ridan-
to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalar uchun soliq imtiyozlarini qo’llash tartibi 
to’g’risida”gi 2005-yil 3-avgustdagi Nizomi. 
III.
 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlari va 
ma’ruzalari: 
21.
 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2012-yilda 
respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013-yilga 
mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga 
bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasi. 2013-yil 19-
yanvar. 
22.
 
Karimov I.A.: “2012-yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga 
ko’taradigan yil bo’ladi”. T.: “O’zbekiston”, 2012. 
23.
 
Karimov I.A.: “Barcha reja va dasturlaimiz Vatanimiz taraqqiyotini 
yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga hizmat qiladi”. T.: “O’zbekiston”. 
2011. 
24.
 
Karimov I.A.: “Asosiy vazifamiz – vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz 
farovonligini yanada yuksaltirishdir”.  T: “O’zbekiston”. 2010. 
25.
 
Prezident I.A.Karimovning 2008-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish yakunlari va 2009-yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng 
muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi 
“Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilashni izchil davom ettirish – 
davr talabi” mavzudagi ma'ruzasi. 2009-yil 14-fevral. 
 

 
 
98 
26.
 
Karimov I.A.: “Inson manfaatlari ustuvorligini ta’minlash – barcha islohot 
va o’zgarishlarimizning bosh maqsadidir”. T.: “O’zbekiston”, 2008. 
27.
 
Karimov I.A.: “O’zbekiston mustaqillika erishish ostonasida”. T.: 
“O’zbekiston”, 2012. 
28.
 
Karimov I.A.: “Bank tizimi, pul muomalasi, kredit, investitsiya va 
moliyaviy barqarorlik”. T.: “O’zbekiston”, 2005. 
29.
 
Karimov I.A.: “Bizning bosh maqsadimiz jamiyatni demokratlashtirish va 
yangilash, mamlakatni modernizatsiyalash va isloh etishdir”. T.: “O’zbekiston”, 
2005. 
30.
 
 Karimov I.A.: “Iqtisodiyotni erkinlashtirish, resurslardan tejamkorlik bilan 
foydalanish – bosh yo’limiz”. “Xalq so’zi” gazetasi, 2002-yil 14-fevral. 
31.
 
Karimov I.A.: “Erishilgan marralarimizni mustahkamlab, islohotlar 
yo’lidan borish – asosiy vazifamiz”. “Xalq so’zi” gazetasi, 2004-yil 11-fevral. 
IV.
 
Asosiy adabiyotlar: 
32.  G’ozibekov  D.G’., “Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari”. - T.: 
“Moliya”, 2003 
33.
 
Vahobov A.V., Xajibakiyev Sh.X., Mo’minov N.G.: “Xorijiy 
investitsiyalar”, O’quv qo’llanma. - T.: “Moliya”, 2010. 
34.
 
Imomov X.X.: Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish”, o’quv 
qo’llanma. - T.: “Iqtisod-moliya”, 2010. 
35.
 
 Angelidi M.S., Karimov N.G.: “Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish 
tizimida sindikat asosida kreditlashtirish (Savollar va javoblar)”. - T.: “Iqtisod-
moliya”, 2005. 
36.
 
Шарп  У.Ф.,  Александер  Г.Дж.,  Бейли  Д.В.: “Инвестиции”. – М.: 
“ИНФРА-М”,1998. 
37.
 
Нешитой С.A.: “Инвестиции”. – М.: “Дело”. 2008. 
38.
 
Jo’raev A.S., Xo’jamqulov D.Y., Mamatov B.S.: “Investitsiya loyihalari 
tahlili”. Oliy o’quv muassasalari uchun o’quv qo’llanma. - T.: “Sharq”,  2003. 
39.
 
Nuriddinov S.A., “O’zbekiston iqtisodiyotining nodavlat sektorida 
investitsiyalarni moliyalash”. O’quv qo’llanma. - T.: “Iqtisod-moliya”, 2000. 
 

 
 
99 
40.
 
Karimov N.G’.: “O’zbekiston Respublikasida investitsion loyihalarni 
moliyalashtirish amaliyotini takomillashtirish yo’llari”. Monografiya. - T.: “Fan 
va texnologiya”, 2007. 
41.
 
Burhanov A.U.: “Sanoat korxonalarining moliyaviy barqarorligini 
ta’minlash strategiyasi”. Monografiya. - T.: “Fan va texnologiya”, 2009. 
42.
 
Ergasheva Sh., Uzoqov A.: “Investitsiyalarni tshkil etish va 
moliyalashtirish”. O’quv qo’llanma. - T.: “Iqtisodiyot”, 2009. 
43.
 
G’ozibekov D.H.: “Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari”. - T.: 
“Moliya”, 2003. 
44.
 
Qo’ziyeva N.R.: “Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning 
moliya va kredit mehanizimini takomillashtirish yo’nalishlari”. Monografiya. 
- T.: “Iqtisod-moliya”, 2006. 
45.
 
Toshov  O.: “Investitsion faoliyatni moliyalashtirish”. - T.: 
“Akademnashr”, 2012. 
46.
 
Uzoqov A.T., Nosirov E.I., Saidov R.B., Sultonov M.A.: “Investitsiya 
loyihalarini moliyalashtirish va ularning monitoringi”. O’quv qo’llanma. - T.: 
“Iqtisod-moliya”, 2006. 
47.
 
G’ozibekov D.G’., Nosirov E.I.: “O’zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy 
investitsiyalarni jalb qilish”. Risola. – T.: “Iqtosod-Moliya”, 2007. 
48.
 
Qodirov A., G’iyosov B., Mirzamahmudov T.: “Investitsiyalar va 
investitsiyalar bozorini takomillashtirish”. – T.: TDIU, 2005. 
49.
 
Mahmudov N.M, Madjidov Sh.A.: “Investitsiyalarni tashkil etish va 
moliyalashtirish”. O’quv qo’llanma. – T.: TDIU, 2010. 
50.
 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 2011-yilning asosiy 
yakunlari va 2012-yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 
ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining majlisidagi “2012-yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga 
ko’taradigan yil bo’ladi” mavzusidagi ma'ruzasini o’rganish bo’yicha o’quv 
qo’llanma. – T.: “Iqtisodiyot”, 2012.  
V.
 
 Qo’shimcha adabiyotlar: 
 

 
 
100 
51.
 
Аладьин  В.В.: “Инвестиционная  деятельность  субъектов  Российской 
федерации”. – М.: “Социум”, 2002. 
52.
 
Игонина Л.Л.: “Инвестиции”. – М.: “ Экономист ” 2005. 
53.
 
Эванс  Дж.,  Берман  Б.: “Маркетинг”.  Сокр.  пер.с  англ. – М.: 
“Экономика”,  2009. 
54.
 
Финансово-кредитный  словарь.  Т. 1. – М.: “Финансы  и  статистика”, 
1984. 
55.
 
O’lmasov A.O’., Vohobov A.V.: “Iqtisodiyoy nazariyasi”. – T.: “Sharq”, 
2006. 
56.
 
Nosirov E.I., Mamatov B.S, Shoislomova N.Q, Sharifxodjayeva K.U. 
”Investitsiya risklarini boshqarish”. O’quv qo’llanma. - T.: “Fan va 
texnologiya”, 2011. 
57.
 
Abdullaeva Sh.Z. “Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari”.                 
- T.: “Iqtisod-moliya”, 2005. 
58.
 
Vohobov A., Jumayev N., Burhanov U.: “Xalqaro moliya munosabatlari”. –
T.: “Sharq”, 2003. 
59.
 
Shodmonov SH.SH., G’afurov U.V.: “Iqtisodiyoy nazariyasi”. – T.: TDIU, 
2007. 
VI.
 
Dissertatsiya va avtorefatlar: 
60.
 
 
Haydarov N.H.: “Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida korxonalar 
investitsion faoliyatdagi moliya-soliq munosabatlarini takomillashtirish 
masalalari”.  Iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan 
dissertatsiya avtoreferati. – T.: Akademiya, 2003. 
61.
 
Xo’jamqulov D.Y.: “O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligi 
korxonalarida investitsiya faoliyatni moliyalashtirish”. Iqtisod fanlari nomzodi 
ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya.  
 
 
             
– T.: BMA , 2006. 
62.
 
Qo’ziyeva N.R.: “Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar 
 
faoliyatini rag’batlantirishning  moliya-kredit mehanizimini takomillashtirish 
 

 
 
101 
yo’nalishlari”. Iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan 
dissertatsiya avtoreferati. – T.: BMA , 2008. 
63.
 
Umarova G.G’.: “Yengil sanoat tarmog’ida investitsiyalarni boshqarishni 
takomillashtirish yo’llari”. Iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun 
yozilgan dissertatsiya avtoreferati. – T.: TDIU, 2011. 
64.
 
Xidirov N.G’.: “Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida O’zbekistonda 
chet el investitsiyalarini soliq mehanizmi orqali tartibga solish yo’nalishlari”. 
Bakalavr darajasini olish uchun yozilgan bitiruv malakaviy ishi. – T.: TMI , 
2011. 
VII.
 
Davriy nashrlar, statistik to’plamlar va hisobotlar:  
65.
 
Siddiqov A.: “Sanoat ishlab chiqarishiga yo’naltirilgan investitsiya 
mablag’lari samaradorligi”. “Bozor, pul va kredit”. – T.: 2004, 7-8-son. 
66.
 
Yo’ldosheva Sh.F.: “Korxonalarda investitsiyalarni boshqarish”. “Bozor, 
pul va kredit”. – T.: 1998, 12-son. 
67.
 
 Karimov D., Mahmudova H., Qodirov S.: “Yengil sanoatga xorijiy 
investitsiyalar”.  “Bozor, pul va kredit”. – T.: 2000, 5-son. 
68.
 
Qo’ziyeva N.M.: “Investitsiyalarni moliyalashtirishning asosiy manbalari 
va ularni takomillashtirish masalalari”. “O’zbekiston iqtisodiy axborotnomasi”. 
– T.: 2003, 11-12-son. 
69.
 
Mamatov M.: “Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning 
nazariy asoslari”. “Iqtisodiyot va ta'lim”. – T.: 2011, 4-son. 
70.
 
Sultonov A.: “Sanoatda diversifikatsiyalashni boshqarish: tashkiliy-
iqtisodiy mehanizmlar”. “Bozor, pul va kredit”. – T.: 2013, 3-son. 
71.
 
Xidirov N.G’.: “Investitsion muhitni shakllantirishda investitsion 
siyosatning ahamiyati”. “O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalarining 
konseptual asoslari va ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlari”  Respublika oliy 
o’quv yurtlararo ilmiy-amaliy ajuman materiallari. – T.: 2013. 
72.
 
Xidirov N.G’.: “Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida O’zbekistonda 
chet el investitsiyalarini soliq mehanizmi orqali tartibga solish yo’nalishlari”. 
“O’zbekiston Respublikasi mintaqalarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda 
 

 
 
102 
 
moliyaviy siyosatning o’rni” mavzusidagi turdosh oliy o’quv yurtlararo ilmiy-
amaliy konferensiya materiallari. – T.: 2013. 
73.
 
Xidirov N.G’.: “Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xorijiy 
investitsiyalarni jalb qilishni ahamiyati”. “Iqtisodiyotni modernizatsiyalash 
sharoitida moliya, bank, soliq, sug’urta, qimmatli qog’ozlar bozori, investitsiya, 
bugalteriya hisobi va audit tizimlarini takomillashtirish masalalari” ga 
bag’ishlangan magistrlarning XII an’anaviy ilmiy-amaliy konferensiyasi 
materiallari. – T.: 2012. 
74.
 
 “O’zbekiston Respublikasi iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotining mustaqillik 
yillaridagi (1990-2010-yillar) asosiy tendentsiya va ko’rsatkichlari hamda 2011-
2015-yillarga mo’ljallangan prognozlari: statistik to’plam”.  – T.: 
“O’zbekiston”, 2011.  
75.
 
O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo’mitasining yillik hisoboti 
(2000-2012). –T.: 2013. 
76.
 
“Mikrokreditbank” OATB ma’lumotlari. 
77.
 
 “RUBBER TRAST” qo’shma korxonasi ma’lumotlari. 
VIII.
 
Internet saytlari 
78.
 
http://www.stat.uz (O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo’mitasi) 
79.
 
http://www.mf.uz (O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi) 
80.
 
http://www.mfer.uz  (O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, 
investitsiya va savdo vazirligi) 
81.
 
http://www.lex.uz  (O’zbekiston Respublikasi  Adliya Vazirligining qonun 
va normativ-huquqiy hujjatlar to’plami) 

Document Outline

  • TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
    • 5A230603 – Investitsiyalarni boshqarish (tarmoqlar va
    •  sohalar bo’yicha)
      • Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan
  • 12-jadval
  • Xorijiy investitsiyali korxonalarning tashqi savdo faoliyati ko’rsatkichlari, (mln. AQSH doll) 

Download 5.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling