Toshkent moliya instituti
Ko'rsatkichlar (mlrd,so'm)
Download 0.91 Mb.
|
esse
Bu jadvalda kompaniyaning 2017-2022 oraligidagi ko’rsatkichlar berilgan. Bu jadvaldan shuni ko’rishimiz mumkinki, kompaniya 3 yil ichida ancha samaradorlik ko’rsatgan, chunki deyarli barcha ko’rsatkichlar summalari sezilarli ravishda ko’tarilgan. Endi esa, har bir ko’rsatkichga alohida to’xtalsak: Sug’urta mukofotlari: 3 yil ichida 2 barobarga oshganligini ko’rishimiz mumkin, ya’ni 75.1 mlrd.so’m dan 150.7 mlrd.so’mga. (Diagrammaga qarang.) Shuni ta’kidlash joizki, keyingi 3 yil ichida ham bu ko’rsatkich 100 mlrd.so’mga ko’tarilishi prognoz qilsak bo’ladi. Sug’urta mukofotlari 2 turga bo’linadi: ixtiyoriy va majburiy. Birinchi ixtiyoriy sug’urta mukofotlariga to’xtalsak. Bu ko’rsatkich 2019 yil oxirida 104.9 mlrd so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2022 yilga kelib deyarli 2 marta ko’payib 190.3 mlrd so’mga kelishi kutilmoqda. Endi majburiy su’gurta bo’yicha mukofotlarga to’xtalamiz. Bu ko’rsatkich 2019 yilga kelib biroz tushgan bo’lishiga qaramasdan, keying yillarda ko’tarilib 2020-yilda 71.86 mlrd so’mga yetishi prognoz qilinmoqda. Sug’urta javobgarligi ham qolgan ko’rsatkichlar singari oshishi kutilmoqda. Sug’urta to’lovlari ham o’rtacha suratda o’sib borishini ko’rishimiz mumkin. Kompaniyaning aktivlari ham yilma-yil oshib borganini ko’rishimiz va bu hodisa keying yillarda ham ro’y berishini tahmin qila olamiz. Kompaniya sug’urta zaxiralari ham anchagina yuqorilab 104.1 mlrd so’mga kelgan 2019 yilda va bu ko’rsatkich 176 mlrd so’m bo’lishi prognoz qilinyapti 2020-yilda. Kichik xulosa qiladigan bo’lsak, barcha ko’rsatkichlar o’tgan vaqtda deyarli 2 barobar yuqorilagan. Qo’shimchasiga, keyingi 3 yilda ham bu ko’rsatkichlar yanada rivojlanishi va oshib borishini prognozda ko’rsak bo’ladi. Endi bu kompaniyaning o’zimizning bozordagi o’rniga to’xtalsak. “Kafolat” sug’urta kompaniyasi milliy reytingda kuchli 10 talikka kiradi va keyingi yillarda yanada yuqorilashi mumkinligi ko’pchilik tomonidan taxmin qilinmoqda. “Kafolat” sug’urta kompaniyasi bir qator yutuqlarga erishgan. 2017 yil faoliyati natijalariga koʼra «SAIPRO» Аxborot-reyting agentligi tomonidan toʼlov qobiliyatiga egaligi milliy reytingining «UzA++» (yuqori moliyaviy barqarorlik) darajasi qayta tasdiqlandi. Bu oʼz navbatida, tashkilotning faoliyati ijobiy baholanganligini, uning sugʼurta bozorida egallagan oʼrni, faoliyat koʼrsatkichlari jadal oʼsganligini hamda keng rivojlangan agentlik tarmogʼi mavjudligini tasdiqlab, sugʼurta turlari boʼyicha xizmatlar koʼrsatishda peshqadamlik qilayotganligini aks ettiradi. Bundan tashqari bir qator xalqaro yutuqlar ham bu kompaniyaning qanchalik rivojlanganini bildiradi. Muxtasar aytganda, bu sug’urta kompaniyasi so’nggi yillarda rivojlanayotgan kompaniyalar qatoriga kirishini yuqoridagi ma’lumotlar tasdiqlaydi. Kelgusi yillarda ham bu muassasa jadal rivojlanib, o’z o’rnini yuqorilashda davom etishini prognozlar orqali hisoblab chiqdik. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling