Toshkеnt moliya instituti


Download 159.51 Kb.
bet2/2
Sana03.02.2023
Hajmi159.51 Kb.
#1152793
1   2
Bog'liq
Talab va taklif.Mikroiqtisodiyot

Taklif qonuni[tahrir | manbasini tahrirlash]
Taklifning faqatgina narxga bog‘liq xususiyati taklif qonunida o‘z ifodasini topgan: Boshqa shart-sharoitlar o‘zgarmagan holda tovarning narxi qancha past bo‘lsa, uning taklif miqdori shuncha kam bo‘ladi, tovarning narxi qancha yuqori bo‘lsa, uning taklif miqdori shuncha koʻp boʻladi. Taklif qonuni taklif miqdorining narxga nisbatan to‘g‘ri bog‘liqligini ko‘rsatadi, yaʼni narx oshganda taklif miqdori ham oshadi. Talab tushunchasi bilan tanishganimizdek, taklif miqdorining o‘zgarishi ishlab chiqaruvchilarning turli maʼlumotlardan xabardorliklariga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi.

Talab[править | править код]


Talab (yaʼni tovarlar va xizmatlarga talab) — xaridor, isteʼmolchining bozorda muayyan tovarlarni, neʼmatlarni sotib olish istagi; bozorga chiqqan va pul imkoniyatlari bilan taʼminlangan ehtiyojlari. Ehtiyoj pul va narx vositasida talabga aylanadi. Rasman olganda talab isteʼmol kattaligi miqdoridir.
Tovarlar dunyosidagi xilma-xillikka mos ravishda talab hosil boʻladi. Masalan, oziq-ovqat tovarlari, sanoat mollari, maishiy va ijtimoiy xizmatlarga boʻlgan talablar tovarlarga talab tuzilmasini tashkil etadi.
Mazmuni va harakati jihatidan haqiqiy, oʻsayotgan, barqaror qondirilgan, qondirilishi kechiktirilgan, qondirilmagan, meʼyordagi va boshqa talablarga boʻlinadi.
Har bir isteʼmolchining, yaʼni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning biror tovar toʻplamiga yoki tovarlarga bildirilgan talablari yakka talab deyiladi. Muayyan tovarga yoki tovarlar toʻplamiga barcha xaridorlar bildirgan talab yigʻindisi bozor talabi, barcha bozorlarda barcha tovarlarga jamiyat miqiyosida bildirilgan ijtimoiy talab yalpi talab deyiladi.
Talab miqdorining oʻzgarishiga bir qancha omillar taʼsir qiladi. Ularning orasida eng muximi narx omilidir. Tovar narxining pasayishi sotib olinadigan tovar miqdorining oʻsishi va aksincha, narxning oʻsishi xarid miqdorining kamayishiga olib keladi.
Taklif[править | править код]
Taklif — muayyan vaqtda va muayyan narxlar bilan bozorga chiqarilgan va chiqarilishi mumkin boʻlgan tovarlar va xizmatlar miqdori bilan ifoda etiladi; taklif ishlab chiqaruvchi (sotuvchi)larning oʻz tovarlarini sotishga (bozorga) taklif etish istagi.
Bozorda tovar narxi bilan uning taklifi miqdori oʻrtasida bevosita bogʻliqlik mavjud: narx qanchalik yuqori boʻlsa, boshqa sharoitlar oʻzgarmagan hollarda, sotish uchun shuncha koʻproq tovar taklif etiladi, yoki aksincha, narx pasayishi bilan taklif hajmi qisqaradi. Masalan, 10 ming soʻm narxda 3 tovar birligi taklif etiladi, agar narx 15 ming soʻmga koʻtarilsa, taklif hajmi 5 birlikka qadar koʻpayadi, agar narx 20 soʻmga yetsa, taklif hajmi 6 birlikka yetadi. Shunday qilib, taklif miqdorining oʻzgarishlari taklif egri chizigʻida bir nuqtadan ikkinchisiga koʻchishida oʻz ifodasini topadi. Egri chiziqning ijobiy ogʻishi tovar narxi bilan uning taklifi miqdori oʻrtasidagi bevosita bogʻliqlikni aks ettiradi.
Tovar taklifiga, tovarning oʻz narxidan tashqari bir qator omillar: shu tovarni ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan resurslar narxlari; qoʻllaniladigan texnologiya; soliqlar va dotatsiyalar; defitsit yoki narxlar oʻzgarishlarini kutish; bozordagi sotuvchilar soni va boshqalar taʼsir koʻrsatadi. Masalan, resurslarning arzonlashuvi muayyan tovarni ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi, bu esa uning taklifi oʻsishini stimullaydi. Taklifning oʻziga taʼsir koʻrsatadigan omillar oʻzgarishlariga, birinchi navbatda, narx oʻzgarishlariga sezgirligi taklif elastikligi deb ataladi.
Mazmuni[править | править код]
Talab va taklifning tub mazmuni ularning narx orqali oʻzaro aloqadorlikda mavjud boʻlishidir. Bu aloqadorlik — talab va taklif qonuni bozor iqtisodiyotining obyektiv qonuni hisoblanadi.
Talab va taklif qonuniga koʻra bozordagi taklif va talab faqat miqdoran emas, balki oʻzining tarkibiy jihatidan ham bir-biriga moyil kelishi kerak, shundagina bozor muvozanatiga erishiladi. Bu qonun ayirboshlash qonuni boʻlib, bozorni boshqaruvchi va tartiblovchi kuch darajasiga koʻtariladi. Unga koʻra bozordagi talab oʻzgarishlari darhol ishlab chiqarishga yetkazilishi kerak. Bozordagi talab va taklif nisbatiga qarab ishlab chiqarish surʼatlar va tuzilmasi tashkil topadi. Jamiyat bu qonundan bozor muvozanatiga aloqador omillarga taʼsir etish orqali foydalanadi.
Talab va taklif qonunning nazariy asoslari dastlab A. Marshall asarlarida ifodalab berilgan.

Foydalanilgan Adabiyotlar



  • Shodmonov Sh. va boshqalar, Iqtisodiyot nazariyasi, T., 2003;

  • Tojiboyeva D., Iqtisodiyot nazariyasi, T., 2003.

  • E. Sariqov, B. Xaydarov. Talab va taklif. Huquq va Jamiyat — 88-110 bet. ISBN 978-9943-5874-0-3. 

  • ↑ E. Sariqov, B. Xaydarov. Talab va taklif. Huquq va Jamiyat — 88-110 bet. ISBN 978-9943-5874-0-3. 

  • ↑ E. Sariqov, B. Xaydarov. Talab va taklif. Huquq va Jamiyat — 88-110 bet. ISBN 978-9943-5874-0-3. 




Download 159.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling