Toshkent moliya instituti


Download 268.64 Kb.
Sana09.10.2019
Hajmi268.64 Kb.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI


O‘quv-uslubiy bo‘lim tomonidan

ro‘yxatga olindi

______________________



2018 yil “____” _______

TASDIQLAYMAN”

Institut rektori

________________U. Azizov

___” _____________ 2018 yil





BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT (TARMOQLAR BO‘YICHA) TA’LIM YO‘NALISHI BO‘YICHA
TANISHUV AMALIYOTI DASTURI

OLIY TA’LIMNING


Bilim sohasi:

200000 – Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq

Ta’lim sohasi:

230000 – Iqtisod


Ta’lim yo‘nalishi:

5230900 – Buxgalteriya hisobi va audit

Toshkent-2018

“Buxgalteriya hisobi va audit” (tarmoqlar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha

tanishuv amaliyoti dasturi Toshkent moliya institutining “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi tomonidan 2-kurs 5230900-“Buxgalteriya hisobi va audit” (tarmoqlar bo‘yicha) bakalavriat yo‘nalishi o‘quv rejasiga va malaka talabiga muvofiq ishlab chiqilgan.


Qurbanbayev J.E.

– TMI, “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi dotsenti, i.f.n.

G‘aniyev Z.U.

– TMI, “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi katta o‘qituvchisi.






Tuzuvchilar:


Quljonov O.M.

– TMI, “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi dotsenti, i.f.n.

Rizayev N.Q.

  • O‘zR BMA dotsenti, i.f.n.
Taqrizchilar:
Tanishuv amaliyoti dasturi kafedraning 2018 yil “____” _____________ dagi ___-sonli majlisida muhokamadan o‘tgan va fakultet Kengashida ko‘rib chiqish uchun tavsiya yetilgan.
Kafedra mudiri: A.Karimov
Tanishuv amaliyoti dasturi Hisob va audit fakulteti Kengashida muhokamadan o‘tkazilgan va institut O‘quv-uslubiy Kengashida ko‘rib chiqishga tavsiya qilingan. (2018 yil “____” _________dagi __-sonli bayonnoma).
Fakultet dekani K.Karimova
Tanishuv amaliyoti dasturi institut O‘quv-uslubiy Kengashining 2018-yil “___” ___________dagi ___-sonli majlisida muhokama etilib, institut Kengashida ko‘rib chiqishga tavsiya qilingan.
Kengash kotibi: T.M.Baymuratov

Kelishildi:

O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor I.N. Qo’ziyev
KIRISH

Ushbu tanishuv amaliyoti dasturi 2-kurs “Buxgalteriya hisobi va audit” (tarmoqlar bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun tayyorlangan bo‘lib, talabalarning nazariy olgan bilimlarini amaliyot bilan bog‘laydi. “Buxgalteriya hisobi va audit” yo‘nalishi talabalari tanishuv amaliyotini 2 kurs 3-4 semestrlar davomida nazariy olgan bilimlarini amaliyot davomida mustahkamlashga yerishiladi. Bu davr davomida talabalar buxgalteriya hisobi nazariyasi, moliyaviy hisob va hisobot va iqtisodiy tahlil nazariyasi fanlari to‘g‘risida umumiy tushunchaga yega bo‘lishdan boshlab, korxonaning moliyaviy hisobotini tuzishgacha bo‘lgan amallarni o‘rganadilar.

Amaliyoti dasturi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-son Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1998 yil 30 oktyabrdagi 305-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarida talabalarning Tanishuv amaliyoti to‘g‘risidagi” Nizom asosida o‘tkaziladi. Amaliyot dasturi 5230900 – “Buxgalteriya hisobi va audit” bakalavriat yo‘nalishi talabalari uchun malaka talablari, namunaviy va ishchi o‘quv rejalari asosida ishlab chiqilgan.

Tanishuv amaliyotini o‘tash asosan turli mulkchilik shaklidagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda amalga oshiriladi. Amaliyotni qaysi sohalarda o‘tash talabalar tomonidan mustaqil tanlanadi.

Talabalar topshiriqlarni bajarish uchun mazkur dasturda keltirilgan qoidalarga amal qilib o‘rganadi va o‘rganish natijalari asosida Tanishuv amaliyoti bo‘yicha hisobot tayyorlashi talab yetiladi.
I. TANISHUV AMALIYOTINING MAQSADI VA VAZIFALARI

Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning rivojlanishi yuqori malakali soha kadrlari bilan to‘liq ta’minlanganligi bilan bog‘liq. Talabalar ongini hozirgi zamon nazariy bilimlari bilan boyitish va bu nazariy bilimlarni respublika xududidagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarida amaliyot o‘tash yo‘li bilan mustahkamlash yuqori malakali buxgalterlar va auditorlarni tayyorlashning asosini tashkil qiladi.

Tanishuv amaliyotini o‘tkazishdan asosiy maqsad talabalarning o‘qish jarayonida olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash va ularni amaliyotga joriy yetish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish hisoblanadi.

Tanishuv amaliyotining asosiy vazifasi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini va ular tomonidan olib boriladigan xo‘jalik operatsiyalarni rasmiylashtirish va amalga oshirishni tashkil yetilishini hamda ular asosida nazariy bilimlarini amaliyotga tadbiq yetishni o‘rganishdan iboratdir. Shuningdek, amaliyot davrida talabalar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning umumiy faoliyatida va jamoat ishlarida ham muntazam ishtirok yetib borishlari lozim.
II. TANISHUV AMALIYOTI DAVRIDA TALABANING ISH JOYI VA VAQTINING TAQSIMLANISHI

«Buxgalteriya hisobi va audit» yo‘nalishi bo‘yicha tanishuv amaliyotini o‘tish davrida talabaning ish joyi bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning buxgalteriya apparati bo‘limlari va boshqa amaliyot (operatsion) bo‘limlari hisoblanadi.

Talabadan amaliyot o‘tash davomida amaliyot o‘tiladigan har bir ish o‘rniga oid amaldagi me’yoriy hujjatlar va buxgalteriya bo‘limida qo‘llaniladigan dasturiy ta’minotlar bilan ishlash, hujjatlashtirish va inventarizatsiya natijalari, buxgalteriya balansi va uning tuzilishi bilan tanishib chiqish talab yetiladi.

Alohida ish o‘rinlari bo‘yicha amaliyot ish kunlari quyidagicha taqsimlanadi.





Fan mavzularining nomi va ularning tarkibi

Kunlar soni

1.

Xo‘jalik sub’ektlarida buxgalteriya hisobini tashkil yetish

2

2.

“Lex.uz” qonunchilik bazasi va “Norma” axborot-huquqiy tizimi imkoniyatlari bilan tanishish

4

3.


Buxgalteriya bo‘limida qo‘llaniladigan dasturiy ta’minotlar bilan ishlash

6

4.

Buxgalteriya hisobining shakllari va registrlarini dasturiy ta’minotlarda yuritish tartibi

6

5.

Hujjatlashtirish va inventarizatsiya

2

6.

Buxgalteriya balansi va uning tuzilishi

6

7.

Hisobotlarni shakllantirish

4

8.

Xo‘jalik sub’ektining iqtisodiy, ijtimoiy iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlarini tahlili

4

9.

Tanishuv amaliyoti bo‘yicha hisobotni rasmiylashtirish

2





Jami:

36



III. TANISHUV AMALIYOTINING YO‘NALISHLAR BO‘YICHA TAQSIMLANISHI
1. Xo‘jalik sub’ektlarida buxgalteriya hisobini tashkil yetish

Mazkur mavzu asosida talabalar quyidagilarni o‘rganishlari lozim:



  • Xo‘jalik sub’ektlarida buxgalteriya hisobining tashkil yetilishini;

  • buxgalteriya hisobini yuritishning meyoriy-huquqiy asoslarini;

  • xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarida buxgalteriya hisobining vazifalar va funksiyalarini;

  • xo‘jalik sub’ektlarida buxgalteriya bo‘limi tarkibini;

  • xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda hisob siyosatini shakllantirilishini o‘rganadilar.

Tanishuv amaliyoti jarayonida talabalar tomonidan o‘rganilishi zarur bo‘lgan savollar bo‘yicha javoblarni batafsil Tanishuv amaliyoti bo‘yicha hisobotda bayon yetiladi. (Mazkur ko‘rsatma amaliyot yuzasidan hisobotning keyingi barcha mavzulariga tegishlidir).
2. “Lex.uz” qonunchilik bazasi va «Norma» axborot- huquqiy tizimlari imkoniyatlari bilan tanishish

Mavzu bo‘yicha talaba “Lex.uz” qonunchilik bazasi, “NORMA” axborot-huquqiy tizimining imkoniyatlari bilan tanishishi, uning buxgalteriya hisobini yuritishdagi ahamiyatini, ma’lumotlar bazasidagi hujjatlardan, hujjatlarda ma’lumotlar bazasiga kiritilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar va ulardan amaliyotda foydalanish borasida mutaxassislarning maslahatlarini o‘rganishi, dasturda ishlash tartibi (interfeys skrinshot qilingan holda) va ularga izohlar berilgan tartibda hisobotda aks yettiradi.



3. Buxgalteriya bo‘limida qo‘llaniladigan dasturiy ta’minotlar bilan ishlash

Ushbu mavzu orqali talabalar buxgalteriya hisobida qo‘llaniladigan dasturiy ta’minotlar va ularni qo‘llash afzalliklarini o‘rganishi lozim. Har bir buxgalterning xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga mos keladigan buxgalteriya hisobini avtomatlashtiruvchi dasturiy ta’minot bilan taminlanganligi. Har bir talaba dasturiy ta’minotlar o‘rnatilishi, ma’lumotlar bazasini yaratish va qo‘shishni o‘rganadi. Dasturda turli operatsiyalarni amalga oshirish bilan tanishadi.

Shuningdek, talabalar 1C.Buxgalteriya, 1C.Predpriyatiya, BEM, 1UZ, “Uzasbo” dasturiy ta’minotlari bilan tanishishi, ularni amaliyotda qo‘llash tartibini, ularda korxona haqidagi ma’lumotlarni kiritish, xususan kassa, ombor, ishlab chiqarish, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, kadrlar bo‘limi, ish haqi hisobi bilan bog‘liq operatsiyalar bilan ishlash tartibini o‘rganishi lozim.
4. Buxgalteriya hisobining shakllari va registrlarini dasturiy ta’minotlarda yuritish tartibi

Mazkur mavzu asosida talabalar quyidagilarni:



  • korxonadagi buxgalteriya hisobining shaklini, shuningdek boshqa shakllarni;

  • 1C, 1UZ, MS Excel dasturlarida registrlarni shakllantirish va ularni chop yetish;

  • hisob registrlari, yani buhgalteriya kitoblari, kartochkalar va ularni amaliyotda yuritish tartibini o‘rganadilar.

Tanishuv amaliyoti hisobotida shakllarda ishlatiladigan registrlar ilova qilinishi lozim.

5. Hujjatlashtirish va inventarizatsiya

Mazkur mavzu asosida talabalar quyidagilarni o‘rganadilar:



  • korxonalarda tuzilayotgan buxgalteriya boshlang‘ich va yig‘ma xujjatlariga yozuvlar qilish, ularni rasmiylashtirish tartibini hamda hujjatlarning rekvizitlarini;

  • Hujjatlarni buxgalteriya hisobida to‘g‘ri qo‘llash uchun ularni barcha turlarini yahshi bilib olishni

  • korxonalarda o‘tkazilayotgan inventarizatsiya bo‘yicha korxona rahbarining buyrug‘i, inventarizatsiya natijalarini oraliq va umumiy dalolatnomalarda rasmiylashtirish hamda buxgalteriya hisobi schyotlarida aks yettirilishini.

Tanishuv amaliyoti hisobotida xo‘jalik su’ektida o‘tkazilgan inventarizatsiya hujjatlari asosida misollar keltirilishi va ilova qilinishi kerak.
6. Buxgalteriya balansi va uning tuzilishi

Mazkur mavzu asosida talabalar quyidagilarni o‘rganadilar:



  • buxgalteriya balansi haqida tushunchaga yega bo‘lish, ularni tuzish tartibi va uning mazmuni;

  • xo‘jalik muomalalari ta’sirida balansda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar bo‘yicha amaliy ma’lumotlarni olish;

  • korxonalar hisob siyosatida balansni yoritib berish tartibini, balansga tegishli bo‘lgan moliyaviy hisobot yelementlarini aniqlash;

  • balans moddalari, balansni o‘qish tartibini.

Tanishuv amaliyoti hisobotida ob’ekt balansiga izoh berishi va ilova qilinishi lozim.
7. Hisobotlarni shakllantirish

Tanishuv amaliyotini o‘tash davrida talabalar dasturiy ta’minotlar asosida standart hisobotlar, reglament hisobotlar, hisobotlarni yelektron tarzda jo‘natish, hisobotlar bilan ishlashning umumiy tamoyillari bilan tanishadi va ularni o‘rganadi.

Hisobotlar shakllari tanishuv amaliyoti hisobotiga ilova qilinadi. Dasturiy ta’minotlar orqali hisobotlarni shakllantirish tartibiga izoh berilishi lozim.
8. Xo‘jalik sub’ektining iqtisodiy, ijtimoiy iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlarini tahlili

Xo‘jalik subyektida iqtisodiy tahlil ishlarini tashkil yetilishi, yo‘lga qo‘yilishi va yuritilishi bilan tanishish. Xo‘jalik subyektining boshqaruv shakli bilan tanishish.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati, samaradorligi va natijaviyligini asoslovchi manbalarni o‘rganish. Xo‘jalik subyektining biznes rejalari, buxgalteriya hisobi hujjatlari, davlat organlariga taqdim yetiladigan hisobotlari hamda belgilangan tartibda olingan yoki ishlab chiqilgan boshqa manbalari bilan tanishish.

Xo‘jalik yurituvchi sub’ektining faoliyati yuzasidan yig‘ilgan axborotlar orqali uning iqtisodiy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlarini hisob-kitob qilish. Muhim iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini, moliya-xo‘jalik faoliyatini asosiy ko‘rsatkichlarini baholash.

Xo‘jalik sub’ektida iqtisodiy tahliling dasturiy ta’minotlaridan foydalanish amaliyoti.

Xo‘jalik sub’ekti kiruvchi tarmoq rivojlanishining o‘ziga xos jihatlari va rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish.

Amaliyot yakunida analitik ma’lumotnoma (jadval, chizma, rasm, grafiklar, taqdimotlar asosida) tayyorlanadi va himoya qilinadi.
IV. TANISHUV AMALIYOTINI O‘TASH JARAYONIDA TALABANING MAJBURIYATLARI

Tanishuv amaliyotini o‘tash davrida talaba korxonada o‘rnatilgan ichki tartibga rioya qilishi va jamoat ishlarida faol ishtirok yetishi kerak.

Tanishuv amaliyotini o‘tayotgan talaba dasturda ko‘rsatilgan barcha vazifalarni bajarishi, korxona va tashkilotlarning yo‘riqnoma, xatlari va boshqa barcha me’yoriy va huquqiy hujjatlar, ularga kiritib borilayotgan yeng oxirgi o‘zgarishlar bilan tanishib borishi lozim. Xo‘jalik operatsiyalarini axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda amaliyot rahbari nazoratida mustaqil bajarishi va bu borada ko‘nikmalar hosil qilishi kerak.

Tanishuv amaliyoti davomida talaba institut dekanati tomonidan berilgan kundalikni yuritib, unda har kuni bajargan ishlarini yoritib borishi lozim. Kundalikda bajarilgan ishlar quyidagi shaklda yozib boriladi.




Sana

Amaliyotdagi ish joyi

Bajarilgan ishlar

Rahbarning imzosi











Har bir ish kunining oxirida shu kungi amaliyot uchun rahbarlik qilgan amaliyotga biriktirilgan xodim talabaning bajargan ishlarini kundalik daftariga o‘z imzosini qo‘yishi orqali tasdiqlaydi.

Talaba korxonada amalga oshirgan kunlik amaliyot ishlarini umumlashtirib, amaliyot muddati tugagach qo‘lda hisobot yozishi kerak. Hisobotning hajmi kamida 35-40 betni tashkil yetishi lozim. Tayyor bo‘lgan hisobot kafedra tomonidan ro‘yxatga olinadi.

Hisobot tarkibi quyidagilardan iborat:

- kirish;

- har bir bo‘limda ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan savollar to‘liq amaliy misollar orqali ochib berilishi;

- har bir mavzu bo‘yicha amaliy ma’lumotlar keltirilishi;

- korxona buxgalteriya bo‘limida ishlatiladigan hujjatlardan namunalar;

- boshqa ilovalar.

Talaba amaliyot joyidan quyidagilarni olishi va tasdiqlatishi kerak:

- kundalik (amaliyot joyiga kelganligi va amaliyot bo‘yicha yakuniy xulosani mas’ul xodim imzosi va muhr bilan tasdiqlatishi):

- tavsifnoma.


V. TANISHUV AMALIYOTI BO‘YICHA AMALIYOTDAN VA INSTITUT TOMONIDAN TAYINLANGAN RAHBARLARNING MAJBURIYATLARI

Talabalar amaliyot o‘tashi uchun korxona buyrug‘i bilan buxgalteriya bo‘limiga qabul qilinadilar va ularga amaliyot rahbari tayinlanadi.

Tanishuv amaliyotining umumiy rahbari hamda har bir amaliyotchi uchun alohida rahbar tayinlanadi.

Tanishuv amaliyoti bo‘yicha rahbar amaliyot boshlanishi bilan uch kun ichida amaliyot grafigini quyidagi shaklda tuzishi va shu grafik asosida talabaning amaliyot o‘tashini nazorat qilib borishi talab qilinadi.

Korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan grafik asosida umumiy rahbar talabaning amaliyoti davomida bir ish joyidan ikkinchi ish joyiga joylashtiradi va nazorat qilib turadi. Har bir belgilangan ish joyida amaliyotga tayinlangan buxgalteriya xodimi rahbarlik qiladi.

Korxona tomonidan tayinlangan rahbar buxgalteriya xodimlarining avtomatlashtirilgan ish o‘rnida amaliyotni tashkil qilishda, talabaga hisobot uchun ish hujjatlarini yoki nusxalarini yig‘ishga yordam beradi.

Rahbar talabaning dasturda belgilangan ishlarni o‘z vaqtida to‘liq bajarilishini, har kuni bajarayotgan ishlarini kundalikda yozib borishini nazorat qiladi.

Tanishuv amaliyoti tugagandan so‘ng, umumiy rahbar talabaning amaliyot davridagi faoliyati bo‘yicha ko‘nikmalarni talabaning kundaligida yozib beradi.

Tanishuv amaliyoti grafigining namunaviy ko‘rinishi quyidagicha:


Ish joyi

Ish joyidagi rahbarining F.I. Sh.

Amaliyot boshlanish

muddati

Amaliyotning tugash muddati

Hisobotni rasmiylashtirish va topshirish muddatlari















Institutdan tayinlangan rahbarning majburiyatlariga quyidagilar kiradi:

- talabaning amaliyotga chiqishidan avval suhbat o‘tkazish va amaliyot o‘tash tartibini tushuntirish;

- amaliyotni o‘tash holati, talabaning bajarayotgan ishi, amaliyotga qatnashish davomatini nazorat qilib borish;

- dasturni to‘liq hajmda bajarilishi, amaliyotni o‘z muddatlarida o‘tashini nazorat qilish, kamchiliklarini bartaraf yetish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish;

- kundalikning to‘liq va to‘g‘ri to‘ldirayotganligini nazorat qilib borish;

- kundalikning alohida ajratilgan joyida talabaning amaliyotni o‘tashi va olgan ko‘nikmalari haqida raxbar o‘z yozma xulosasini beradi;

- amaliyot so‘nggida hisobotni tekshirib, unga taqriz hamda xulosa beradi.
VI. TALABANING TANISHUV AMALIYOTI BO‘YICHA HISOBOTI, UNI HIMOYA QILISH TARTIBI VA BAHOLASH MEZONLARI

Tanishuv amaliyoti bo‘yicha hisobot har bir yo’nalish bo‘yicha alohida yoziladi.

Asosiy yo’nalishlar bo‘yicha talaba hisobotda quyidagilarni ko‘rsatishi kerak:


  1. Har bir ish joyi bo‘yicha belgilangan muddatda amalga oshirilgan amaliyot yuzasidan nima ishlar amalga oshirildi;

  2. Korxonada foydalaniladigan dasturlar bilan tanishib chiqildi;

  3. Buxgalteriya bo‘limida foydalanilayotgan dasturiy ta’minotlari asosida o‘rganilgan amaliy hujjatlar;

4. Har bir yoritilgan bo‘limlar faoliyati amaliy misollar va rasmiylashtirilgan hujjatlar bilan to‘ldirilishi kerak. Agar hujjatlarning nusxalarini olish imkoniyati bo‘lmasa, buxgalteriya blankalarini qo‘lda ham to‘ldirish mumkin bo‘ladi. Hisobotda o‘rganilishi lozim bo‘lgan har bir bo‘lim bo‘yicha bajarilgan ishlar ko‘rsatilib, ilova qilingan hujjatlarga izoh berish talab yetiladi.

Tanishuv amaliyoti tugagandan so‘ng, talaba “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi hamda fakultet dekanati tomonidan belgilangan muddatlardan kechikmasdan talaba tomonidan to‘ldirilgan va buxgalteriyadagi amaliyot rahbarining xulosasi ko‘rsatilgan kundalik, amaliyot dasturida ko‘rsatilgan har bir bo‘lim bo‘yicha bajarilgan va o‘rganilgan ishlar bo‘yicha yozma hisobot topshirilishi lozim.

Hisobot tituli dastur ilovasida keltirilgan namunadagi kabi rasmiylashtirilishi lozim. Talabaning hisoboti institutdan tayinlangan rahbar tomonidan tekshirilib, yozma ravishda yozilgan taqriz bilan birga 3 kun ichida talabaga qaytariladi. Taqrizda o‘tilgan amaliyot bo‘yicha hamda tekshirish uchun qabul qilingan hisobotning kamchiliklari, xatolari shu bilan birga yutuqlari ham ko‘rsatiladi. Talaba hisobotni kafedra mudiri tomonidan tasdiqlangan komissiya oldida himoya qilgunga qadar taqrizda ko‘rsatilgan barcha kamchiliklarni bartaraf yetish lozim.

Hisobot kafedra tomonidan belgilangan muddatlarda hisobot qabul qiluvchi komissiya oldida og‘zaki himoya qilinadi.

Tanishuv amaliyoti bo‘yicha hisobotning himoyasini qabul qilish orqali talabaning nazariy jihatdan olgan bilimlari, mustaqil fikrlay olish qobiliyati, uning dunyoqarashi, nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lay olishi, amaliy bilim darajasi alohida hisobga olinadi.
TALABANING TANISHUV AMALIYOTI HISOBOTINI HIMOYA QILISH BO‘YICHA BAHOLASH MEZONLARI:




Qo‘yiladigan talablar

O‘zlashtirish darajasi

1.


Tanishuv amaliyoti bo‘yicha hisobot talaba tomonidan to‘liq va to‘g‘ri rasmiylashtirilishi, barcha savollarga javob bera olishi, talaba amaliyot bo‘yicha hisobotida taqdim yetgan ma’lumotlarni tahlil yetishi va barcha buxgalteriya operatsiyalari bo‘yicha o‘zining fikrini bildira olishi, me’yoriy hujjatlarning mazmunini yorita olishi va u bo‘yicha o‘zgarishlarni tushuntira olishi.

86-100 ball



2.


Tanishuv amaliyoti bo‘yicha hisobot talaba tomonidan to‘liq va to‘g‘ri rasmiylashtirilishi, talabaning nazariy jixatdan olgan bilimlarini hisobotda keltirilgan amaliy ma’lumotlar asosida izohlashi, operatsiyalar bo‘yicha tegishli buxgalteriya provodkalarini ko‘rsata olishi hamda ularga o‘zining ob’ektiv fikrini bera olishi.

71-85 ball



3.


Tanishuv amaliyoti bo‘yicha hisobot talaba tomonidan to‘liq va to‘g‘ri rasmiylashtirilishi hamda buxgalteriya bo‘limining umumiy faoliyati to‘g‘risidagi va amaliyot bo‘yicha savollarga javob bera olishi.

55-70 ball



4.



Tanishuv amaliyoti bo‘yicha hisobot talaba tomonidan to‘liq va to‘g‘ri rasmiylashtirilmasa, amaliyot bo‘yicha savollarga javob bera olmasa, bu haqda yetarli tushunchaga yega bo‘lmasa.

0-54ball


Tanishuv amaliyoti davrida amaliyotga to‘liq qatnamagan, amaliyot dasturini to‘liq bajarmagan, amaliyot bo‘yicha salbiy taqriz olib, hisobotni qayta ishlamagan talabalar hisobot himoyasiga qo‘yilmaydi. Shuningdek, hisobot himoyasidan “qoniqarsiz” baho olgan talaba tegishli tartibda va amaldagi huquqiy-me’yoriy hujjatlarga muvofiq kursdan-kursga o‘tkazilmaydi, 2-kursda qoldiriladi va kelasi o‘quv yili talaba amaliyotni qayta o‘taydi.

1-ilova
№___ ___ ___201_y.

______________


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT FAKULTETI

BUXGALTERIYA HISOBI” KAFEDRASI

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT” TA’LIM YO‘NALISHI BO‘YICHA TANISHUV AMALIYOTI
H I S O B O T I

Bajardi: 2-kurs, HBA-71 guruhi

talabasi Murodov E.


Rahbar: dots. Quljonov O.

Toshkent-2019





Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling