Toshkent moliya institutining andijon fakulteti


O’rtacha oylik ish haqini hisoblab chiqarish tartibi


Download 0.56 Mb.
bet5/5
Sana13.02.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1194122
TuriReferat
1   2   3   4   5
Bog'liq
MEHNATGA HAQ TO’LASH VA ISH HAQI BO’YICHA HISOB- KITOBLAR HISOBINI AVTOMATLASHTIRISH

O’rtacha oylik ish haqini hisoblab chiqarish tartibi
Ta’tillar vaqtiga haq to’lash, ishdan bo’shatish nafaqasini, ishsizlik nafaqasini to’lash uchun o’rtacha oylik ish haqi birinchi yil ishlovchilarga hisoblab chiqarish kunidagi tarifikatsiya bo’yicha belgilangan ish haqi yoki lavozim maoshidan kelib

chiqqan holda ularni o’n ikkidan birga (olti oy to’liq ishlaganlarga oltidan birga; etti oy to’liq ishlaganlarga ettidan birga va hokazolar), o’rta maxsus va hunar-texnika o’quv yurtlari o’qituvchilari uchun hisoblash davrida tarifakatsiya bo’yicha belgilangan ish haqi yoki lavozim maoshidan oshgan summani o’ndan birga oshirgan holda hisoblab chiqariladi. Ularga ishbay asosida ishlab topilgan qo’shimcha ish haqi, mukofotlar, qo’shimcha to’lovlar, ish haqiga qo’shimcha haqlar va ijtimoiy sug’urta bo’yicha badallar hisoblanadigan boshqa to’lovlar kiradi.


Yil oxirida ortiqcha bajarilgan soatlar uchun o’rta maxsus va hunar-texnika o’quv yurtlari o’qituvchilariga qo’shimcha haq ushbu soatlar bajarilayotgan vaqtda amalda bo’lgan stavkalar bo’yicha to’lanadi.
Xodimlarning salomatligiga mehnatda mayib bo’lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki mehnat vazifalarini bajarish bilan bog’liq holda sog’lig’ining boshqacha tarzda shikastlanishi ish beruvchi tomonidan qoplanishi uchun summalar hisob-kitobi Vazirlar Maxkamasining qarori bilan tasdiqlangan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Mehnatga yaroqsizlik, homiladorlik va tug’ish varaqalari bo’yicha to’lovlar (nafaqalar hisoblash) hisob-kitobi Davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqalar tayinlash va to’lash tartibi to’g’risidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Boshqa barcha hollarda (1-4-xatboshilarda ko’rsatib o’tilganlardan tashqari) o’rtacha oylik ish haqi keyingi ikki kalendar oyidagi o’rtacha oylik ish haqidan kelib chiqib belgilanadi.
Xodim mehnat ta’tilida bo’lganda, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarish, ikki oygacha bo’lgan muddatda ish qidirish (mehnat bo’yicha mahalliy organ tomonidan berilgan ma’lumotnomaga muvofiq uch oy), shuningdek, kasallik davrida tarif stavkalari, lavozim maoshlari miqdorlari oshgan hollarda mehnatga haq to’lashning yangi shartlaridagi korxonalar, tashkilotlar, muassasalarning ishlagan kunlariga to’g’ri kelgan ish kunlarining amaldagi soni uchun to’lovlar qayda hisoblanadi.
Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling