Toshkent moliya instuti
Xulosa O’zbekiston Respublikasining pul tizimi xususiyatlari – samarali pulkredit
Download 185.03 Kb.
|
PUL TIZIMI EVOLYUTSIYASI VA UNING TURLARII
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekiston Respublikasi pul tizimi elementlari – pul birligi, pul birligining turlari, ularni muomalaga chiqarish qoidalari, pul, kredit, valyuta boshqaruvini
Xulosa
O’zbekiston Respublikasining pul tizimi xususiyatlari – samarali pulkredit siyosatini olib boorish, davlat qarzini boshqarish, soliq siyosatini amalga oshirish, moliya bazasini shakllantirish, monetary siyosatni amalga oshirishda pul massasi ustidan nazoratni ta’minlash. O’zbekiston Respublikasi pul tizimi elementlari – pul birligi, pul birligining turlari, ularni muomalaga chiqarish qoidalari, pul, kredit, valyuta boshqaruvini amalga oshiruvchi davlat organlari, naqd pulsiz to’lov aylanishi va kredit pullar muomalasining olib borishda davlat tomonidan belgilangan shartlar, milliy valyutani cheklash va chetdan sotib olish qoidalari, xalqaro hisob kitoblarni tashkil qilish asoslari, milliy valyutani chet el valyutasiga almashtirish tartibi va davlat tomonidan belgilangan valyuta kursi. Rossiya Markaziy banki pul emissiyasi bilan bog’liq bo’lgan operatsiyalarni bajarish huquqini o’z qo’liga oldi. Bundan tashqari, davlat pul belgilarini bosib chiqaruvchi muassasa Rossiyada joylashgan edi. Mustaqil davlatlar Markaziy banklarining pul muomalasini olib borish bo’yicha harakatlari cheklagan edi. Natijada pul taqchilligi yuzaga keldi va u alohida olingan respublikalarda har xil darajada namoyon bo’ldi. Masalan, Rossiya Markaziy banki muomalaga chiqargan pullarda Rossiyaning salmog’i 1991 yil dekabrda 64 foizni tashkil qilgan bo’lsa, 1992 yil iyunga kelib emissiyaning77 foizi Rossiyani naqd pul bilan ta’minlashga yo’naltirilgan. Qolgan barcha Respublikalarni naqd pul bilan ta’minlash uchun muomalaga chiqarilgan pullarning faqat 23 foizigacha sarflangan, ya’ni boshqa respublikalar ehtiyojini pul bilan ta’minlash salmog’i tushib ketgan. Masalan, Belorussiya, Gruziyaning salmog’i 3 foizdan 1,5 foizgacha, Ukraina va Boltiqbo’yi respublikalarining salmog’i yanada ko’proq qisqargan. O’zbekistonda ham pul resurslari taqchilligi naqd pulga bo’lgan talabning qondirilmaganligida namoyon bo’lgan. Shu iqtisodiy tanglik sharoitida pul tizimini shakllantirish bo’yicha mustaqil davlatlar oldida ikki muiobil yo’l turardi. – Yagona pul tizimi zonasi – rubl zonasida qolish va yagona pul siyosatini olib borish; – O’z milliy valyutasini muomalaga chiqarib, o’z pul tizimiga ega bo’lish va qo’shni mamlakatlar inflyatsiyasidan o’zini himoya qilish. Pul taqchilligi davom qilayotgan va Rossiya rubllari barqaror bo’lmagan sharoitda pul taqchilligini yo’qotish maqsadida ko’pgina respublikalar, jumladan, O’zbekistonda ham mustaqillikning birinchi yillarida pul tizimini shakllantirish loyihasi tuzildi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, muomalaga kupon talonlar chiqarildi va keyinchalik O’zbekiston o’zining milliy valyutasini muomalaga chiqardi. O’zbekiston milliy pul tizimining asosiy elementi bo’lmish so’m jamiyat manfaatlariga xizmat qiladi. Shuning uchun pul tizimining asosiy vazifasi milliy pulimizning qadrini mustahkamlashdan iborat. Bu juda mas’uliyatli va oson bo’lmagan vazifa. O’zbekistonning o’z iqtisodiyotini bozor talablariga mos ravishda rivojlantirishga qaratishi, bozor iqtisodiyotiga o’tishda mamlakatimizning o’ziga xos xususiyatlariga ega ekanligi milliy valyutaning barqaror bo’lishini taqozo qiladi. Hozirgi kunimiz, iqtisodiyotimizning rivojlanishida amalga oshirilayotgan iqtisodiy jarayonlar, katta qurilishlar va moliyalashtirishlar O’zbekiston iqtisodiy mustaqillikka erishish uchun to’g’ri yo’l tanlaganini ko’rsatib turibdi. Zero, mustaqil pul tizimiga ega bo’lmasdan iqtisodiy jihatdan mustaqil davlat barpo etish mumkin emas. Download 185.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling