Toshkent Moliya inustituti talabasi Mamatov Azizbekning tayyorlagan mustaqil ishi. Toshkent 2022


Daosizm va uning falsafiy ta’limoti


Download 238.99 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana20.12.2022
Hajmi238.99 Kb.
#1039369
1   2   3   4
Bog'liq
9-mavzu Falsafa

2.Daosizm va uning falsafiy ta’limoti. 
Daosizm (dao soʻzidan) — 1) qad. xitoy falsafasidagi yoʻnalishlardan biri; 
dao haqidagi taʼlimot. Miloddan avvalgi 6—5-asrlarda vujudga kelgan. Asoschisi 
Lao-szi hisoblanadi, uning gʻoyalari „Dao de szin“ kitobida bayon etilgan. D. 
vakillari — miloddan avvalgi 4— 3-asrlarda yashagan Yan Chju, In Ven, Chjuan-
szi. D.ga koʻra, tabiat va inson hayoti „ilohiy samoviy qonun“ga bogʻliq emas, 
balki narsalarning tabiiy yoʻli, qonuni — „dao“ga asoslanadi. Yan Chju fikricha, 
hayotning tabiiy qonunlari — „dao“ga rioya qilish insonga „oʻz tabiatini 
butunlikda saqlab qolishga“ imkon beradi. D. dunyodagi hamma narsalarda 
qaramaqarshiliklar kurashi yotadi, ular oʻzgarishda, harakatda: „bir xil narsalar 
ketib, boshqa xil narsalar keladi, baʼzi narsalar gullaydi, baʼzilari soʻnadi“, deb 
hisoblaydi. D. taʼlimotida insonga oʻzidagi majburiyat va burch kishanlarini 
uloqtirib tashlab, tabiatga yaqin boʻlgan hayotga qaytish daʼvati bor. 
2) Xitoyda tarqalgan 3 dindan (konfutsiychilik, buddizm bilan bir qatorda) 
biri. D. falsafiy taʼlimoti asosida paydo boʻlgan. 1—3-asrlarda vujudga kelgan. 
Chjan Daolin asos solgan (2-asr ning 1-yarmi). D. urf-odatlari animizmga va 
sehrgarlikka ishonishga asoslangan. Konfutsiychilik, buddizm elementlari ham 
bor. D. dinida 3 xudo — Shandi, Laotszi hamda dunyoning yaratuvchisi Pan gu 
boshchiligida xudolar panteoni shakllangan. 5-asrdan D. diniy taʼlimoti, 
marosimlari rasmiylashgan va davlat dini boʻlib qolgan. 12-asrga kelib D.ning 
adabiyotlar toʻplami — „Dao szan“ vujudga keldi. D. boshqa dinlar kabi koʻplab 
sektalarga ajralib ketgan. D. kohinlari shaxsning axloqiy oʻz-oʻzini 
takomillashtirish gʻoyasini targʻib qilib, dindorlarga uzoq umr koʻrishning 
muayyan usulini ham taklif qiladilar, bu usul parhezni, jismoniy mashqlar tizimi 
va boshqalarni oʻz ichiga oladi. Ayni vaqtda kohinlar yovuz ruhlarni haydash, fol 
ochish bilan ham shugʻullanadi. Keyinchalik D. Xitoyda oʻzining ilgarigi 
mavqeini yoʻqotib oʻrnini boshqa dinlarga boʻshatib bergan. Hozir uning 


tarafdorlari nisbatan ozchilikni tashkil qiladi. Daosizm - Eramizdan oldingi IV-
III asrlarda Xitoyda paydo bo‘lgan yarim falsafiy, yarim diniy, sinkretik ta’limot. 
Uning tub goyasi moddiy olamdagi buyum va hodisalar turli-tumanligining 
mohiyatini ta’minlovchi, ularning mavjudlik sababi va manbaini tashkil etuvchi 
"dao" to‘g‘risidagi tasavvurlardan iborat. Eramizning II asriga kelib bu ta’limot 
asosida diniy qarashlar ham shakllangan va u daosizm nominn olgan. Bu din 
qadimgi dune faylasufi Dao Szi nomi bilan bog‘liq "Dao de szin" kitobidagi 
ta’limotga asoslangan. 
Daosizmda moddiy olam haqida sodda dialektika elementlari ham mavjud. 
U dunyodagi barcha buyum va hodisalar o‘zgarishda, xarakatda, ba’zi narsalar 
tiklansa, boshkalari so‘nadi, deb g‘oyat to‘g‘ri ta’lim beradi. 
Ammo kohinlar bu ta’limot asosiga diniy g‘oyalarni qo‘yib, g‘oyat ko‘p ruh 
va xudolarga ibodat qilishdan iborat diniy tizimni yaratdilar. Bu din kohinlari 
"daos" nomi bilan yuritilgan. Ular uchun rohiblik, darveshlik qilishdan tashqari, 
oila qurish ham man etilmagan. 
SHu tariqa daosizmda olamni boshqaruvchi uch xudolikdan iborat xudolar 
pantioni - qarorgohi (SHan di, Dao szi, Pan gu) paydo bo‘lgan. 
Daolik bir jihatdan shamanizm va folbinlik bilan bog‘liq edi, chunki 
qadimgi davolash uslublari falsafa, ayniqsa, dao falsafasi bilan chambarchas 
bog‘liq bo‘lgan. SHamanlar davolash uslublarida inson tanasidagi jarayonlarni 
tashqi fazoviy kuchlar, har xil ruhlar ta’siri bilan bog‘lab, jodugarlik va sehrdan 
keng foydalanganlar. Dao nazariyasi mil. av. IV-III asrlarga kelib rivojlana 
boshladi. Ijtimoiy-siyosiy masalalar va axloq daolik uchun unchalik muhim emas 
edi. Biroq daolik vakillari birinchi bo‘lib borliq, tabiat, koinot haqidagi 
tushunchalarni ishlab chiqa boshladilar. Xitoydagi faylasuflar akademiyasida 
daolik nazariyotchilari Tyan Pen, Sun Szyan, In Ven, SHen Dao, Xuan YUan va 
boshqalar to‘plangan bo‘lib, u erda o‘z fikrlarini olg‘a surib, beto‘xtov 


munozaralar olib bordilar va risolalar yozdilar. Ularning yozgan asarlari hozirgi 
kungacha saqlanmagan bo‘lsa-da, ularning fikrlari daolikning asosiy manbasi 
sanaladigan "Dao de szin" risolasida o‘z aksini topgan. Mazkur risola muallifi, 
an’anaga ko‘ra, Lao-Szi hisoblanadi.
Lao-Szi mil.av. III asr o‘rtalarida yashagan deb taxmin qilinadi. Uning 
ta’limotiga ko‘ra, tabiat, jamiyat va butun borliqning asosi Buyuk Dao 
hisoblanadi. Dao – yo‘l, haqiqat, tartib demakdir. Dao haqidagi ta’limot 
konfutsiylikda bo‘lgan. CHunki dao to‘g‘risidagi fikrlar konfutsiylik va daolik 
shakllanishidan ancha oldin vujudga kelgan, shuning uchun ham har ikki 
ta’limotda bu narsa o‘z aksini topgan. Dao - ijtimoiy me’yorlar, intizom va 
axloqning yig‘indisidir. Daolik vakillari esa, daoga boshqacharoq qaraganlar. 
YA’ni, ular uchun dao umumiy tabiat qonuni, boshlanish va tugashning asosidir. 
Dao to‘g‘risidagi fikrlar umumlashtiriladigan bo‘lsa, dao - butun borliq demakdir. 
Daoni hech kim yaratmagan, barcha narsalar daodan kelib chiqqan va unga 
qaytadi. Dao hech kimga ko‘rinmaydi, sezgi a’zolari uni ilg‘ay olmaydi. Nimani 
ko‘rish, eshitish, sezish, anglash mumkin bo‘lsa, u dao emas.
Daolik ta’limotining asosiy mohiyatlaridan biri bu dao va u bilan aloqador 
tabiat falsafasi hamda kosmogoniya masalalaridir. Ikkinchi asosiy nuqta 
mavjudlik, hayot va o‘limning nisbiyligi va shunga bog‘liq holda uzoq yashash, 
abadiy hayotga erishish tushunchasidir. Milodning birinchi asri – Xan davriga 
kelib, abadiy hayot masalasi daolik olimlarining asosiy muammosiga aylandi. 
Uchinchi va so‘nggi masala u vey prinsipidir. Daolik falsafasining mana shu uch 
ta’limoti Xan asriga kelib daoliknining shakllanishiga asos bo‘ldi. 
Milodiy II asrga kelib daolikda yangi sektalar paydo bo‘ldi. Ulardan biri 
"Taypindao" (buyuk tenglik ta’limoti) bo‘lib, uning asoschisi CHjan Szue 
hisoblanadi. U xalq orasida sehr-jodu orqali barcha kasalliklarni tuzatuvchi 
hamda kishi umrini uzaytiruvchi shaxs sifatida shuhrat topdi. Uning atrofiga 
ko‘plab odamlar yig‘ildilar. CHjan Szue odamlarni 36 jangovor guruhga bo‘lgan. 


Katta guruhlarga "da fan" katta sehrgarlar, kichik guruhlarga "syao fan" kichik 
sehrgarlar boshliq etib tayinlanganlar. Sektada yuqori boshliq CHjan Szue (buyuk 
osmon rahnamosi) sanaladi. Uning ikki ukasi buyuk er rahnamosi va buyuk inson 
rahnamosi deb talqin qilinadi. Bu uchtalik daosizmning osmon, er va inson birligi 
ta’limotining ramziy ko‘rinishi edi. "Taypindao" sektasi ta’limoti "Taypinszin" 
kitobiga asoslanadi. 
"Udoumidao" (Besh dou guruch ta’limoti) sektasi ham mavjud bo‘lib, uning 
asoschisi mashhur daochi CHjan Dao Lin bo‘lib, doaolik ibodatxonasining 
asoschisi hisoblanadi. 
Daolik milodiy asrning birinchi ming yilligi davomida buddaviylik va 
Konfutsiylik bilan raqobatlashib keldi. Milodning VI asriga kelib, daolik 
konfutsiylikdan keyin ikkinchi o‘rinni egallagan edi. XIII asrdan boshlab Daolik 
ta’limotining aniq asoslarga ega emasligi va ilk davrdagi yuksak ta’limotlari turli 
xurofotlar bilan almashgani tufayli inqirozga yuz tuta boshladi.
XX asr boshlariga kelib, Xitoyda turli daolik sektalariga qarshi kurash 
boshlandi. XX asrning ikkinchi yarmida Dao tarafdorlari juda ozchilikni tashkil 
qildi. Ushbu kichik guruhlar monaxlar, targ‘ibotchilar va bashoratchilarni o‘z 
ichiga olgan. 
Daosizm dastlab mulkdorlar hokimiyatiga qarshi bo‘lib, kambag‘allar 
manfaatini himoya qilgan . Keyinchalik esa u hukmron sinflarning g‘oyaviy 
quroliga aylangan. Man’chjurlar sulolasi Sin hukmronligi davrida (1644-1911) 
daosizm diniy ta’limoti inqirozga uchragan. Hozirgi vaqtda daosizm diniga 
e’tiqod qiluvchilar juda kamchilikni tashkil etadi. 



Download 238.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling