Toshkent shahar qurilish inspeksiyasiga Shayhontohur tuman hokimiga


Download 16.06 Kb.
Sana21.06.2023
Hajmi16.06 Kb.
#1642836
Bog'liq
Toshkent shahar qurilish inspeksiyasiga Shayhontohur tuman hokimiga (4)


Toshkent shahar qurilish inspeksiyasiga Shayhontohur tuman hokimiga.
Toshkent shahar atrof muhitni himoya qilish boshqarmasi (ekologiya) boshlig’iga.
Toshkent shahar arxitektura- qurilish boshqarmasiga.
Toshkent shahar Shayhontohur tuman prokuraturasiga.
Toshkent shahar Shayontohur tuman “Kox Ota” mahallasining Poligraf va Faol tor ko’chalarida istiqomat qiluvchi aholisidan.
Ariza
Biz quyida imzo chekuvchilar “Kox Ota” mahallasidagi Poligraf va Faol tor ko’chalarda yashovchi fuqarolar tinchligi buzilganligi sababli Sizlarga ushbu ariza bilan murojaat qilishga majbur bo’ldik. Zulfiyaxonim 258 manzilda 96 yoshli Dusya ismli ayol qizi va nabirasi bilan 5-8 sotixda yashar edi. Bu uy qo’ldan qo’lga o’tib shu kunda sal kam 20 sotixga aylanib qolibdi. Kim va qanday qilib 5-8 sotixga 14 sotix yerni qo’shib rasmiylashtirib bergan? Biz mahalla ahliga bu masala shubhali tuyuldi. Kim va nimani evaziga bu ishga qo’l urdi? Shaharda qurilish biznesi bilan shug’ullanib kelayotgan Elbek ismli puldor bu 20 sotix maydonni (bir vaqtlar katta-katta daraxtlar o’sgan ko’kalamzor yer shu kunda dasht bo’lib turibdi) o’rab olib, aytishicha, 5-6 ta kotej quar emish. Mahalladoshlarimiz yashab kelayotgan eski-pastqam uyni buzib o’rniga g’ishtli uy quraman deb GLAVAPU ga chiqishganda bu zonada qurilish man etilgan degan javob olib qaytishgan. Demak shu mahallada tug’ulib yashab kelayotgan mahalladoshlarimizga mumkin emas, Elbek degan puldor quruvchi biznesmenga mumkin. Eng asosiysi mahalladoshlarimizni tinchligi buzildi, xalovati yo’qoldi. Farzand-nabiralarimizni ko’chqaga chiqarishga qo’rqib qoldik. Bolalar rolik, samokat, velosiped uchgisi keladi, lekin yomon hodisa ro’y bermasin deya uyda o’tirishga majbur. Savol tug’uladi:- nega yurudik adressi Zulfiyaxonim 258 bo’la turib bizga noqulaylik yaratib Poligraf va Faol tor ko’chamizda katta yuk tashiydigan mashina va ekskavatorlar yurishi kerak?! Qolaversa yer osti komunikatsiyalarimiz ancha eskirib qolgan. Og’ir yuk mashinalariga bardosh berolmay yorilib bizga ko’p noqulayliklar yaratmoqda nega 30-40 yilda qisman o’z kuchimiz bilan va mahalla ko’magida qilingan asfalt rasvo bo’lishi kerak?! Elbek ismli puldor mahalladoshlarimizni yuziga oyoq tirab nega kamsitadi?! Men qurganman, quryapman va yana quraman. Bu yerda ham quraman, qo’lingdan kelganini qillaring-vaqt ko’rsatadi hurmatsizlarcha muomilasiga nima deysiz?! Xohlasa tong sahar soat 5:00 lar atrofida mahallani tinchligini buzib ekskavatorni darillatib olib chiqib ketsa, xohlagan vaqtda, dam olish kunlariga qaramay og’ir mashinalarda yuk tashisa-mahallani mensimaslik shunchalikmi? Shahar bedarvozami? Pul quturtirgan bu kimsalarni qonun kuchi bilan o’rnini ko’rsatadigan Davlat, huquq-targ’ibot organlari bormi? Biz, Poligraf va Faol ko’chalarda yashaovchilarni istagi (talabimiz) bu qurulishni to’xtatib me’yoriy hujjatlarni simchkovlik bilan o’rganib, qonun buzgan aybdorlarni aniqlab chora ko’rishingizni so’raymiz.
Mahalladoshlarni ro’yxati imzolari bilan ilova qilinmoqda.
Download 16.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling