Toshkent shahar Shayxontohur tumani 262-son umumiy o’rta ta’lim maktabining O’zbek (davlat) tili hamda ona tiliva adabiyot


Uyga vazifa O`qib-o`zlashtirish Maktab MMIBDO‘__________ _______________________ sana______ _______ 20__yil


Download 340.32 Kb.
bet10/13
Sana10.11.2023
Hajmi340.32 Kb.
#1763170
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Olimjonova S. To\'garak jurnali yangi

Uyga vazifa
O`qib-o`zlashtirish


Maktab MMIBDO‘__________ _______________________ sana______ _______ 20__yil
MAVZU: «Farhod va Shirin» dostoni
MASHG‘ULOTNING MAQSADI:
a) ta’limiy: o’quvchilarga«Farhod va Shirin» dostonihaqida ma’lumot berish;
b) tarbiyaviy: o‘quvchilarda dunyoda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga shaxsiy munosabat bildirish malakasini shakllantirish;
d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarni o‘z-o‘zini rivojlantirishga o‘rgatish, mavzu yuzasidan olgan bilimlarini hayotiy vaziyatlarga qo‘llay bilishiga erishish.
Mavzuga oid shakllantiriladigan kompetensiyalar:
a) tayanch kompetensiya(lar): TK1, TK2;
b) fanga oid kompetensiya(lar): FK1.
Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars uslubi: an’anaviy.
Dars jihozlari: darslik, adabyotshunoslik lug‘ati, mavzuga oid ilmiy adabiyotlar, slaydlar, bukletlar, tarqatma materiallar, ko‘rgazmali qurollar (audio, video, fotolavhalar, jadvallar) jamlanmasi.
MASHG‘ULOTNING BORISHI:
Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.
Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.
Yangi mavzu bayoni:
FARHOD VA SHIRIN (dostondan parchalar)
“ Xamsa”ning bu ikkinchi dostoni ishqiy-sarguzasht mavzusidadir.Hajmi — 5782 bayt.Aruzning hazaji musaddasi mahzuf vaznida yozilgan.Muallif bu asarni “shavq dostoni” deb ataydi.Sababi, unda ishq kuylanadi, ishq talqin qilinadi, ishq ulug‘lanadi.Bu shunday ishqki, u insonni poklaydi, ezgulik sari yetaklaydi, unga o‘zligini tanitadi, bir so‘z bilan aytganda, komillik sifatlarini tarbiyalaydi. Chunki u odamga, olamga, butun borliqqa mehr bilan, muhabbat bilan yo‘g‘rilgan va oxir borib, Yaratganning o‘ziga ulashib ketadigan ishqdir. Binobarin, dostonda Navoiyning komil inson haqidagi orzu-o‘ylari ifoda etilgan. Ijodda o‘ziga xoslikka intilgan adib o‘zigacha bo‘lgan bu doston an’anasiga ijodiy yondashadi. Doston Navoiygacha “Xusrav va Shirin” shaklida mashhur edi.Ularda markaziy timsol shoh Xusrav edi.Lekin u komillikdan yiroq, ishqda beqaror, muhabbatdan toj-taxtni ustun bilguvchi xudbin shaxs. Shuning uchun Navoiy uni Shirinning muhabbatiga ham, yozilajak dostonidagi yetakchi timsol darajasiga ham loyiq ko‘rmaydi. U Farhodni bosh qahramon qilib oldi va bu bilan dostonning qurilishini, mazmunini tamomila o‘zgartirdi. Mazkur o‘zgarish
xamsachilikka shoir kiritgan eng katta yangilik edi. Yozib jon Mus’hafidan ikki oyat,
Debon Farhod-u Shirindin hikoyat, degan shoir o‘z dostoniga “Farhod va Shirin” nomini beradi. Dostonning asosiy voqealari ovozasi olamni tutgan, qudrat-u shavkatda, davlat-u shuhratda yagona Chin xoqonining farzandsizligi va bundan uning so‘ngsiz iztiroblarga tushganligi tasviri bilan boshlanadi. Birdan bir orzusi farzandli bo‘lish edi. Maqsadiga yetish uchun ko‘p nazrlar qildi, talay tangalar sochdi, o‘g‘ilsizlarning ko‘nglini oldi, otasizlarga otalik qildi. Xayriyalari zoye ketmadi. Alloh iltijolarini ijobat qilib, unga o‘g‘il ato etdi.

Shabistonida1 tug‘di2 bir yangi oy,
Yangi oy yo‘qki, mehri olamoroy.
Ochildi bog‘ida bir otashin vard,
Demaykim vard5, balkim shu’layi dard.
Kiyurdi ilgiga davron nigine6,
Nigin o‘rnida la’li otashine.
Yuzinda ishq asrori1 yozilg‘on,
Ichinda dard ta’vizi2 qozilg‘on.
Nigin-u la’l yo‘q, duri shabafro‘z3,
Dema dur, gavhare, lekin jahonso‘z4.
Eshilgan rishtasi5 tobi vafodin,
Teshilgan bag‘ri haqqoki qazodin6.
Ko‘zida ashk7 selidin asarlar,
Damida8 oh dudidin xabarlar.
Muhabbat nuri ollinda huvaydo9,
Jamolida vafo tug‘rosi10 paydo.
Falak deb dard elining shohi oni,
Malak11 deb dard o‘ti ogohi oni.
Tushub ishq ahli ichra har taraf jo‘sh,
Chu tug‘di o‘tda sayr aylar Siyovush12.
Vafo xaylida g‘avg‘o shodlig‘din,
Biri-birga muborakbodlig‘din.

Download 340.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling