Toshkent shahar Shayxontohur tumani 262-son umumiy o’rta ta’lim maktabining O’zbek (davlat) tili hamda ona tiliva adabiyot
Download 340.32 Kb.
|
Olimjonova S. To\'garak jurnali yangi
Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.
Y angi mavzu bayoni:Sharqda xamsachilikning o‘ziga xos tarixi va an’anasi mavjud. “Xamsa” yozishni ozarbayjonlik ulug‘ shoir Nizomiy Ganjaviy boshlab bergan. Lekin u bu asarini avvaldan niyat qilib, ma’lum bir reja asosida yaratmagan. Nizomiy 1173—1179- yillarda Arzinjon hokimi Faxriddin Bahromshohga bag‘ishlab “Maxzan ul-asror” (“Sirlar xazinasi”) nomli pandnoma yozadi. 1180—1181- yillarda Iroq hukmdori To‘rg‘ul II ning iltimosiga ko‘ra “Xusrav va Shirin” dostonini yaratadi. 1188- yilda Shirvonshohlardan Axsatan I Nizomiyga “Layli va Majnun” dostonini yozishni buyuradi. 1196- yilda hukmdor Alovuddin Ko‘rpa Arslonning topshirig‘i bilan Bahrom haqida “Haft paykar” (“Yetti go‘zal”) yoziladi. 1196—1201- yillarda “Iskandarnoma” yaratiladi. Shu tariqa 1173—1201- yillar oralig‘ida - 28 yil davomida muallifning besh dostoni dunyo yuzini ko‘rdi. Shundan so‘ng adibda turli yillarda bitilgan bu dostonlarni jamlab, yagona bir nom bilan atash fikri tug‘ilgan va “Panj ganj” (“Besh xazina”) nomi bilan mashhur bo‘lgan birinchi “Xamsa” vujudga kelgan. Nizomiydan yuz yildan so‘ng asli shahrisabzlik turkiy qavmlar avlodidan bo‘lgan Xusrav Dehlaviy (1253—1325) o‘zining “Xamsa”sini 1299—1301- yillarda yozib tugalladi. U “Matla ul-anvor” (“Nurlarning boshlanmasi”), “Shirin va Xusrav”, “Majnun va Layli”, “Hasht behisht” (“Sakkiz jannat”), “Oyinayi Iskandariy” (“Iskandar oynasi”) dostonlarini yozib, Nizomiy ishini davom ettirdi va natijada adabiyotda xamsachilik an’anasi paydo bo‘ldi. Shunga ko‘ra har bir asar “Xamsa” deb atalmog‘i uchun: a) besh dostondan tashkil topmog‘i; b) birinchi doston, albatta, pand-nasihat ruhidagi ta’limiy-axloqiy, falsafiy bo‘lmog‘i; d) ikkinchisi, Xusrav va Shirin mojarolariga bag‘ishlanmog‘i; e) uchinchi doston Layli va Majnun muhabbatini mavzu qilib olmog‘i; f) to‘rtinchi doston shoh Bahrom va beshinchisi Iskandar haqida yozilmog‘i shart edi. Dehlaviydan qariyb 200 yil keyin ikki buyuk xamsanavis — Jomiy va Navoiy maydonga chiqdi. Jomiy avval quyidagi besh asarni yozdi: “Tuhfat ul-ahror” (“Erkinlar tuhfasi”), “Sabhat ul-abror” (“Yaxshilar tasbihi”), “Yusuf va Zulayho”, “Layli va Majnun”, “Xiradnomayi Iskandariy”. Bu besh asarni 1485- yili yozib tugalladi. Keyin “Silsilat uz-zahab”, “Salomon va Absol” asarlarini qo‘shib, “Xamsa”sini yetti dostonga yetkazdi va “Haft avrang” (“Yetti taxt”) deb atadi. Alisher Navoiyning “Xamsa”si boshqalardan farqli ravishda ona tilida - turkiy tilda yozildi.Bunday ulkan, katta jasorat talab qiladigan mas’uliyatli ishga daho ijodkor Navoiygina jur’at qila olardi. Adibning fikricha, xalqqa uning o‘z tilida, unga manzur bo‘lgan asar yaratishi lozim. Shuning uchun “Layli va Majnun” dostoni xotimasida Nizomiy va Dehlaviyni ta’riflar ekan, turkiy tilda “Xamsa” yozishning sababini shunday izohlaydi: ...Gar nuktalari1 jahonni tutti. G‘avg‘olari ins-u jonni tutti. Chun forsiy erdi nukta shavqi, Ozroq edi anda turk zavqi. Ul til bila nazm bo‘ldi malfuz, Kim forsiy anglar o‘ldi mahzuz. Men turkcha boshlabon rivoyat, Qildim bu fasona4ni hikoyat. Kim shuhrati jahonga to‘lg‘ay, Turk eliga dog‘i5 bahra bo‘lg‘ayNavoiy o‘z salaflarining yuksak san’atkorligini sharaflaydi, ularning adabiy tajribalaridan ta’lim olganligini e’tirof qiladi. Dostonlarning muqaddima qismida ustozlariga bag‘ishlab maxsus boblar yozib, ularni ulug‘laydi. Mas’uliyatli bu ishda ularga ruhan suyanadi va Yo‘ldasa bu yo‘lda Nizomiy yo‘lum, Qo‘ldasa Xusrav bila Jomiy qo‘lum, — deb madad tilaydi. Biroq Navoiy oldingi xamsanavislarni takrorlab, ularga ko‘rko‘rona taqlid qilmaydi. O‘z oldiga yangi, o‘ziga xos “Xamsa” yaratish vazifasini qo‘yadi. Buni muallif “Xamsa”ning bir necha o‘rnida ochiq-oydin ta’kidlaydi. Jumladan, u “Farhod va Shirin” dostoni muqaddimasida shunday yozadi: Ani nazm etki, tarhing toza bo‘lg‘ay, Ulusqa mayli beandoza bo‘lg‘ay. Yo‘q ersa nazm qilg‘onni xaloyiq Mukarrar1 aylamak sendin ne loyiq? Download 340.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling