Ma’naviyat daqiqasi:
Ustoz: Bizning vatanimiz qayer?
O`quvchilar: O`zbekiston.
Ustoz:Vatan haqida she’r aytaolasizmi?
1-o`quvchi:
Yurtim senga she`r bitdim bu kun,
Qiyosingni topmadim aslo.
Shoirlar bor o`z yurtin butun,
Olam aro atagan tanxo.
Ular she`ri uchdi ko`p yiroq,
Qanotida kumush diyori.
Bir o`lka bor dunyoda biroq,
Bitilmagan dostondir bari.
Faqat ojiz qalamim manim,
O’zbekiston vatanim manim !
2-o`quvchi:
Men dunyoni nima qildim,
O`zing yorug` jahonim.
O`zim xoqon,
O`zim sulton,
Sen taxti Sulaymonim.
Yolg’izim ,
Yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi ,
O`zing mening ulug`lardan
Ulug`imsan, Vatanim .
3-o`quvchi:
Yurtim, ado bo`lmas armonlaring bor,
Toshlarni yig`latgan dostonlaring bor,
O`tmishingni o`ylab ogriydi jonim,
Ko`ksing to`la shahid o`g`lonlaring bor.
Qurboning bo`layin,ey onajonim,
Sening faryodlaring-mening fig`onim,
O`tmishingni o`ylab qiynalar jonim,
Aytsam ado bo`lmas dostonlaring bor.
Ustoz: Hozir qaysi fasldamiz?
O`quvchilar: Kuz faslida.
Ustoz: Oktabr oyida qanday muxim sanalar bor?
I guruh: 1-oktabr “Ustoz va murabbiylar” bayrami.Bu kunni barcha ustozlarimiz xursandchilik bilan nishonlashadi. Bugungi kunda ham ustozlarimizni qo`llab –quvvatlovchi ko`plab qaror va farmonlar chiqarilmoqda.
Mehr nuri yog`ar doim yuzingizdan ustozlar
Yursam deyman shu tabarruk izingizdan ustozlar...
II guruh; 21-oktabr ,,O`zbek tiliga davlat tili maqomi’’ berilgan kun.
Mana shu kundan boshlab barcha ish hujjatlari o`zbek tilida yuritila boshladi.
O`zbek tili onam tili,unib –o`sgan xonam tili,
O`rganaman men uni , o`rganaman har kuni.
III guruh: Pirimqul Qodirov, Odil Yoqubovlar oktabr oyida tavallud topishgan.
Bu ikki adibimiz o`zbek adabiyotiga o`zlarining sara asarlari bilan katta hissa qo`shishgan.
Ustoz: Rahmat o`quvchilar .sizga ma’lumot o`rnida aytib ketmoqchiman. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning yangi kitoblari nashrdan chiqdi. Bu asar “Niyati ulug` xalqning ishi ham ulug`, hayoti yorug` va kelajagi farovon bo`ladi”- deb nomlangan. Bu kitobdan yurtimiz xayotiga oid muxim ma’lumotlar joy olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |