Toshkent shahar Shayxontohur tumani 262-son umumiy o’rta ta’lim maktabining O’zbek (davlat) tili hamda ona tiliva adabiyot


II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash (10 daqiqa)


Download 340.32 Kb.
bet7/13
Sana10.11.2023
Hajmi340.32 Kb.
#1763170
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Olimjonova S. To\'garak jurnali yangi

II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash (10 daqiqa)
Ustoz: O`quvchilar sizlarga vazifa qilib, nima berilgan edi.
I guruh: Xudoyberdi To`xtaboyev haqida ma’lumot topish
II guruh: “Sariq devni minib” asari haqida ma’lumotlar yig`ish.
III guruh: “Sehrli qalpoqcha” kinofilmi haqida ma’lumot aytish.
Ustoz: Qani tayyormisiz?
O`quvchilar ma’lumotlar berishadi.
Ustoz: Ma’lumotlar uchun rahmat. Siz ancha ma’lumotlarga ega bo`libsiz.
Bilim erur, aqlning hamxonasi
Takrorlash esa bilimning onasi.
Endi turli metodlar orqali o`tgan mavzuni mustahkamlab olamiz.
Avvalgi darsimizda qanday mavzu o`tilgan edi?
O`quvchilar: Sariq devni minib, asaridan parchalar o`qiganmiz.
Ustoz:I guruhga“Tushunchalar tahlili” metodi beriladi.Bunda to`g`ri javoblar to`g`risiga + noto`g`ri javoblarga – belgisi qo`yiladi.

T /r

TUSHUNCHA

To`g`ri

Noto`g`ri

1.

Hoshimjonning buvisi qaysi qishloqdan edi? (Qashqir)







2.

Sehrli qalpoqchaning rangi qanaqa? (qora)







3.

Asar qahramonlari to`g`ri berilganmi? (Hoshimjon, Dono, Oysha, Sora folbin, Zokir, Orif)







4.

,,Sariq devni minib’’ asari nechta tilga tarjima qilingan? (26 tilga)







5.

Dono Hoshimjonning qo`shnisi edimi? (ha)







6.

Hoshimjon Hayitvoy ismli bola bilan qayerda tanishadi? (Mirzacho`lda)









I I-guruhga “Charxpalak” metodi beriladi.



MAQSAD-G`OYA

Qahramonlar

Maktab

O`quvchilar dunyosi

Qishloq hayoti

Jaholatga qarshi kurash

Mehnatsevarlik

Do`stlik

Hoshimjon



















Zokir



















Sora folbin



















Mirobiddin



















Hayitvoy



















Polvon tog`a





















I I I –guruhga “Klaster” metodida topshiriqlar beriladi.



Ularni javoblari tahlil qilinadi. To`g`ri bajargan guruhni aniqlab rag`batlantiriladi.
Ustoz :Topqir, dono, zukkolarim bugungi darsimizni shiori nima edi?
O`quvchilar: Nimaki qilsang tilak,
Bariga o`qish kerak.
O`quvchilar daftarlarni ochib, yangi mavzuni yozib olamiz.
III. Yangi mavzu bayoni (15 daqiqa)
Mavzu: “Sariq devni minib” asaridan olingan parcha tahlili
Reja: 1.Dunyoning 24 tiliga tarjima qilingan asar.
2.Hasharotni kaltaklashga buyurdim. IV bob tahlili.
3. ,,Sariq devni minib’’asari bizga nima berdi?






















Yangi mavzu bo`yicha o`quvchilar tushuncha berishadi.


O`quvchilar: Ustoz biz mana shu bobdan ozgina ko`rinish tayyorlaganmiz. Maylimi namoish etsak.


Ustoz : Mayli qani ko`raylikchi.
Sahna ko`rinishi
Rahmat aziz o`quvchilar. Sizlar hozir ijodkorligingiz bilan aktyorlik mahoratingizni bizga namoyish etdingiz, barakalla.
Harakatda barokat deydi go`zal xalqimiz,
Harakat qilgan odam doimo olar rag`bat.
Manabu rag`batlar sizlar uchun.
Ustoz:Xo`sh aziz o`quvchilar IV bobda Hoshimjon to`g`ri ish qildimi?
O`quvchilar: Yo`q
Ustoz: Nima uchun? O`qimasdan agronom bo`lish mumkinmi?
O`quvchilar: Yo`q
Ustoz: To`g`ri, o`qimay turib hech qanday kasb egasi bo`la olmas ekanmiz.
Rejamizning uchunchisiga o`tsak
Bu asar bizga nima berdi? Asarni o`qib, nimalarni o`rgandik. Qanday xulosa chiqardik?
O`quvchilar: har qanday kasb egasi bo`lish uchun o`qib, o`rganish kerakligini o`rgandik.
Ustoz : Biz avvalgi darslarimizdan birida G`. G`ulomning “Shum bola” asari bilan tanishgan edik-a. Qoravoy esingizdami? Qoravoy bilan Hoshimjonning o`xshash tomonlari bormi? Hozir mana shu asosida sizlarga “Venn diogrammasi”ni beraman. Sizlar Shumbola va Hoshimjonning o`xshash va farqli jihatlarini yozishingiz kerak bo`ladi. (o`quvchilar yozadi, tahlil qilinadi).


,,Venn’’ diagrammasidagi so`zlar qatorini davom ettiring



Hoshimjonning Shumboladan farqi

O`xshashliklari

Shumbolaning Hoshimjondan farqi





































IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. (10 daqiqa)


BILIMINGIZNI SINANG!
Hoshimjon qalpoqchani qayerdan topadi?
Hoshimjon qalpoqchaning sehrini qanday sinaydi?
Qalpoqchaning sehri bilan dastlab kimni fosh etadi?
Maktab direktori Otajon Azizovich va maktab o`qituvchilari aybni kimga qo`yishadi?
Uyidan chiqib ketgan Hoshimjon dastlab qayerga boradi?
Mirzacho`ldagi fermerchilik tashkil etilgan maktab direktori kim?
Hoshimjon birinchi bo`lib do`stlashgan Hayitvoy kim edi?
,,Sariq devni minib” asari g`oyasi?


Ustoz : Rahmat o`quvchilar sizlar bugungi darsimizda o`zingizning topqir, dono, ziyrak ekanligingizni ko`rsatdingiz. Barchangizga katta rahmat.
V. O‘quvchilarni baholash. (3 daqiqa)
Darsning yakunida o‘quvchilarning va guruhlarning olgan ballari izohlanadi, darsda faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.



VI. Uyga vazifa berish va darsni yakunlash. (2 daqiqa)


Uyga vazifa: “Bilimsizlik pand berdi”mavzusida insho yozib kelish.
Bunda albatta Hoshimjonning boshdan kechirgan sarguzashtlaridan foydalanasiz deb o`ylayman .So`zim so`ngida ushbu satrlar bilan darsimizni yakunlamoqchiman.
Assalomdan boshlanar har kun
Assalom deb to`plang savobni .
Qo`lga tushsa har sahar har tun,
Assalom deb oching kitobni.


Manzillarga boshlaydi beshak,
Ziyonurin qalbga to`kkuchi.
Sizni kutar baxtli kelajak,
Siz kitobni seving o`quvchi!


Aziz o`quvchilar har doim kitob o`qishdan charchamang.Barchangizga rahmat, marhamat dam olishingiz mumkin.



Download 340.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling