Toshkent shahar Shayxontohur tumani 262-son umumiy o’rta ta’lim maktabining O’zbek (davlat) tili hamda ona tiliva adabiyot
Download 340.32 Kb.
|
Olimjonova S. To\'garak jurnali yangi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustahkamlash
I II. Yangi mavzu:
“Didaktika”-yunoncha “didaktikos”, ya`ni “ibratli” degan so`zdan olingan. “Didaktik adabiyot” deganda esa pandu hikmat, nasihat, o`git, ibrat ruhidagi asarlar tushuniladi. Bu Sharq adabiyotida ham, G`arb adabiyotida hambo`lgan.Sharq so`z san`atida pand-nasihat ruhi ustunroq, u shunisi bilan G`arb adabiyotidan farq qiladi.X asrdayoq buyuk Abu Ali ibn Sino Sharq ko`proq nasihat yo`li bilan, G`arb esa hayotni real ko`rsatish orqali kishini tarbiyalashga moyilligini maxsus qayd qilib o`tgan edi. Og`zaki va yozma adabiyoti , axloqiy –diniy merosi pand-hikmatga o`ta boyligi uchun ham Sharqni jahonda donishmand deb bilishadi.Bizda she`riyatning bu darajada ravnaq topib , xalq orasida katta mavqe egallashiga sabab bo`lgan omillardan biri ham-shu. O`zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov “Sharqqa she`riyatni o`rgatib bo`lmaydi” , deganida ham aynan shu jihatlarni ko`zda tutgan. Shunga qaramay, Sharq,jumladan, o`zbek mumtoz adabiyotini tamoman pand-nasihat ruhida deb tushunish –xato.Sharqda maxsus didaktik adabiyot yuzaga kelgan. Uni quyidagicha tasnif qilish mumkin. 1.Nasriy didaktik asarlar. Milodiy IV asrda Hindistonda Sanskrit tilida mashhur “Pantachantra”, ya`ni keyinchalik “Kalila va Dimna” nomi bilan mashhur bo`lib ketgan buyuk didaktik asar dunyoga keladi. “Ming bir kecha”arab ertaklari asosida shakllangan.Keyinchalik Kaykovusning “Qobusnoma” asari yaratildi.Bundan tashqari Xoja (Podshoxoja binni Abdulvahobxoj`a)ning “Gulzor” hamda “Miftoh ul-adl” (“Adolat kaliti”) asarlari ham Sa`diy She`roziyning “Guliston”i ta`sirida dunyoga kelgan bo`lsa-da , ular sof nasriy yo`lda bitilgan 2.Nasriy-she`riy didaktik asarlar Bu guruhga Sa`diy She`roziyning “Guliston” asari aynan misol bo`ladi.Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub”, Gulxaniyning “Zarbulmasal” asarlari kiradi. 3.She`riy didaktik asarlar Yusuf Xos Hojibning “Qutadg`u bilig”, Haydar Xorazmiyning “Gulshan ul-asror”, Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” asarlari she`riy didaktik asarlarning eng yorqin namunasi hisoblanadi. Zamonaviy o`zbek adabiyotida ham didaktik ruhdagi asarlar yaratilib turadi.Masalan , O`zbekiston xalq shoiri Shukrullo qalamiga mansub “Javohirlar sandig`i” aynan shunday asarlar sirasiga kiradi. U nasriy yo`l bilan bitilgan. Mustahkamlash Savol va topshiriqlar ustida ishlash 1. Didaktik adabiyot nima, u qanday o`ziga xosliklarga ega? 2.Didaktik xususiyatlariga ko`ra ,Sharq va G`arb adabiyotlari o`rtasidagi o`xshashlik va farqli tomonlar nimada ko`rinadi? 3.Sharq , jumladan, o`zbek mumtoz adabiyotida didaktik asarlarning qanday turlari bor? 4. O`zbek didaktik adabiyotida qaysi asarlar mashhur? 5.Zamonaviy o`zbek adabiyotidagi qaysi didaktik asarlarni bilasiz? Download 340.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling