Toshkent shahar sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga
Download 195.49 Kb. Pdf ko'rish
|
Asadbek Yo\'ldoshev.yuridik xizmat
- Bu sahifa navigatsiya:
- To’rtinchidan
- Beshinchidan
Toshkent shahar sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq Inspeksiyasining Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 4-1001-2218/11111-sonli ish bo‘yicha 2022-yil 24-avgustdagi hal qiluv qarori yuzasidan bergan apellatsiya shikoyatiga FIKRNOMA Birinchidan,soliq Inspeksiyasi protsessual muddatlarni o’tkazib yuborgan ya’ni apellatsiya shikoyati berish muddati buzilgan.IPK ning 262-moddasi mazmuniga binoan,apellatsiya shikoyati birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori qabul qilingan kundan boshlab bir oy ichida berilishi mumkin.Inspeksiya muddatni o’tkazib yuborgan. Ikkinchidan,Inspeksiya talabnoma yuborgandan keyin amalga oshirilishi lozim bo’lgan harakatlarni qilmagan.Soliq to’lovchi soliq kodeksi 138-moddasi 15- qismiga ko’ra,soliq to’lovchi soliq hisobotiga tuzatishlar kiritish talabnomasini olgan va besh kun ichida tuzatish kerak edi.Lekin soliq to’lovchi buni o’z holicha qoldirdi.Soliq kodeksining 111-moddasi 3-qism 2-bandi bo’yicha soliq organi yuborilgan talabnomaga tushuntirishlar olmaganidan keyin tadbirkotlarning bankdagi hisobvaraqlari bo’yicha operatsiyalarni to’xtatib turishi va qabul qilingan qaror elektron shaklda sudga yuborilishi kerak edi.Soliq organi ushbu bandga rioya qilmagan. Uchinchidan,jamiyatning kontragentlarining soliq hisobotlarida, rasmiy ishlovchi xodimlar soni 1 nafar (rahbar)ni tashkil etish haqidagi vaji asossiz.MCHJ to’g’risidagi qonunning 7-moddasida keltirib o’tilgan ya’ni Jamiyat bir shaxs tomonidan ta’sis etilishi mumkin bo‘lib, u jamiyatning yagona ishtirokchisiga aylanadi. Jamiyat keyinchalik bir ishtirokchisi bo‘lgan jamiyatga aylanishi mumkin.Soliq inspeksiyasining bu e’tirozi qonunga zid. To’rtinchidan,inspeksiyaning bitimning qalbakiligi haqidagi e’tirozi.Fuqarolik kodeksining 113-moddasiga ko‘ra, bitim ushbu Kodeksda belgilab qo‘yilgan asoslarga ko‘ra, sud haqiqiy emas deb topganligi sababli (nizoli bitim) yoki bunday deb topilishidan qat’i nazar, haqiqiy emas deb hisoblanadi (o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan bitim).Unda faqatgina sud tomonidan chiqarilsagina asosli bo’ladi.Yoki Oliy Xo’jalik Sudining 269-sonli qaroriga binoan,faqat FK da ko’rsatilgan shaxslar tomonidan bitimning haqiqiy emas deb toppish to’g’risidagi talab taqdim qilinishi mumkin.Soliq organlarining e’tirozi asossiz. Beshinchidan,soliq inspeksiyasi taqdim qilgan Oliy sud xati “Normativ huquqiy hujjatlar to’g’risidagi “Qonunga binoan hech qanday yuridik kuch va ahamiyatga ega emas. Oltinchidan,soliq munosabatlarida soliq to‘lovchilar kontragentlarni tanlash chog‘ida ularning soliq organlarida soliq to‘lovchilar sifatida hisobga qo‘yilganligini, kontragentning ishbilarmonlik obro‘sini, ishlab chiqarish bazasi va xodimlari mavjudligini, moliyaviy holatini, bitim bo‘yicha majburiyatlarni bajarish qobiliyatini tekshirishi lozim deb soliq organi e’tiroz bildirgan.Ushbu jihat qonunchilikdagi bo’shliq hisoblanadi.Bu haqida hech qanday qonun,qaror yoki sud plenum qarori ishlab chiqilmagan.Shu sababli bu vaji o’rinsiz va asossiz deb hisoblaymiz. Download 195.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling