Yuqoridagilardan kelib chiqib,kengash qaror qiladi:
1. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-11-sinflar uchun 2022-2023-o‘quv yiliga mo‘ljallangan o‘quv rejani metod birlashma yig‘ilishlarida ko‘rib chiqilsin.
2. 2022-2023-o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv reja tasdiqlansin.
Ushbu masala yuzasidan Metodbirlashma rahbarlari va fan o‘qituvchilari o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.
Pedagogik kengash yig‘ilishi qaror qiladi:
1. 2022-2023–o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv reja va tushuntirish xati ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin. Muddat 29 avgust. Mas’ul O‘IBDO‘.G.Q.Shukurova
2. 2022-2023–o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv reja ma’qullansin hamda tuman XTB bilan kelishilgan holda Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmasiga tasdiqlash uchun taqdim qilinsin. Muddat 29 avgust. Mas’ul O‘IBDO‘ G.Q.Shukurova
3. O‘quv rejasini bajarilishi nazorati O‘IBDO‘ G.Q.Shukurova zimmasiga yuklatilsin.
Kun tartibiga kiritilgan 3-masala yuzasidan maktabning MMIBDO‘F.F.Karimov so‘zga chiqib Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-iyunda “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 1 5-avgustdagi 666-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida” gi 509-son qarori va kiritilgan o‘zgarishlar bilan pedagogik kengash a’zolarini tanishtirdi.
-Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilariga har tomonlama qulay sharoitlar yaratish, salomatliklarini muhofaza qilish hamda ma’naviy va jismoniy sog‘lom avlodni kamol toptirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 1 5-avgustdagi 666-son qarori o’z kuchini yo’qotganligi inobatga olinsin.
Maktab o‘quvchilarining maktab ustavida ko’rsatigan maktab formasi bilan ta’minlanishiga e’tibor qaratishimiz va o‘quvchilarning kiyinish madaniyatiga to‘liq amal qilishlarini nafaqat sinf rahbarlari, qolaversa barcha sinf rahbarlari talab qilishlari lozimligini aytdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |