Toshkent shahridagi tmc institute Pedagogika va Psixologiya yo‘nalishi 1 – bosqich talabasi Baxtiyorov Javohirning Milliy tarbiya asoslari fanidan yozgan tmc institute Tashkent t mustaqil ishi toshkent shahridagi tmc instituti Ta’limning milliy


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
Sana17.02.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1205282
Bog'liq
Ta’limning milliy yo’naltirilganligi Baxtiyorov Javohir



 
Toshkent shahridagi TMC institute Pedagogika va 
Psixologiya yo‘nalishi 1 – bosqich talabasi 
Baxtiyorov Javohirning Milliy tarbiya asoslari 
fanidan yozgan 
TMC 
Institute 
Tashkent

MUSTAQIL ISHI 
Toshkent 
shahridagi 
TMC instituti 


 
Ta’limning milliy yo’naltirilganligi 
Bugungi 
kunda 
ta’lim 
tizimi davlat siyosati darajasiga 
ko’tarilgan muhim sohalardan 
biri hisoblanadi. Ta’lim tizimini 
tubdan isloh qilish, uni jamiyatga 
kerakli 
va 
yetuk 
kadrlar 
tayyorlashdagi asosiy sohaga 
aylantirish zarurligi barchamizga ma’lum. 
Ta’lim tizimi O’zbekistonda boshqa 
davlatlar ta’lim tizimidan turli xususiyatlari 
bilan ajralib turadi. Jumladan, yurtimizda 
yo’lga qo’yilgan uzluksiz ta’lim barcha 
rivojlangan 
mamlakatlarni 
o’ziga 
jalb 
qilmoqda. 
Pedagogik ta’lim klasteri: - oʻzaro mantiqiy izchillik asosida bogʻlangan 
hamda soddadan murakkabga qarab rivojlanib boruvchi va bir birini taqozo etuvchi 
bosqichlardan iborat yaxlit taʼlim tizimi. Oʻzbekiston Respublikasida kadrlar 
tayyorlash tizimining asosi, taʼlim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillaridan 
biri. 2020-yil 23-sentabrda qabul qilingan "Taʼlim toʻgʻrisida"gi yangi Oʻzbekiston 
Respublikasi Qonuni alohida tamoyil sifatida qayd etilgan. 
Uzluksiz taʼlim milliy modelning asosiy tarkibiy qismlaridan biri Uzluksiz taʼlim 
ijodkor, ijtimoiy faol, maʼnaviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali 
raqobatbardosh kadrlar tayyorlash uchun zarur shart sharoitlar yaratadi. Uzluksiz 
ta’limning yutug’i shundaki unda hech bir yosh bo’sh qolmaydi. Ularning barchasi 


ta’lim sohasiga qamrab olinadi. Uzluksiz taʼlim tizimining faoliyat olib borishi davlat 
taʼlim standartlari asosida, turli darajalardagi taʼlim dasturlarining izchilligi asosida 
taʼminlanadi. 
Uzluksiz ta’lim quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi: maktabgacha taʼlim, 
umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi, oliy taʼlim, oliy oʻquv 
yurtidan keyingi taʼlim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash
maktabdan tashqari taʼlim. 
Uzluksiz taʼlimning faoliyat koʻrsatish tamoyillari quyidagilardan iborat: 
taʼlimning ustuvorligi — uning rivojlanishining birinchi darajali ahamiyatga ega 
ekanligi, bilim, taʼlim va yuksak intellektning nufuzi; 
Taʼlimning demokratlashuvi — taʼlim va tarbiya uslublarini tanlashda oʻquv 
yurtlari mustaqilligining kengayishi, taʼlimni boshqarishning davlat jamiyat tizimiga 
oʻtilishi. 
Taʼlimning insonparvarlashuvi — inson qobiliyatlarining ochilishi va uning 
taʼlimga boʻlgan turli tuman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy 
qadriyatlar ustuvorligining taʼminlanishi, inson, jamiyat va atrof-muhit oʻzaro 
munosabatlarining uygʻunlashuvi. 
Taʼlimning ijtimoiylashuvi — taʼlim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni 
hosil qilish, ularda yuksak maʼnaviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish; 
taʼlimning milliy yoʻnaltirilganligi — taʼlimning milliy tarix, xalq anʼanalari va urf- 
odatlari bilan uzviy uygʻunligi, Oʻzbekiston xalqlarining madaniyatini saqlab qolish 
va boyitish, taʼlimni milliy taraqqiyotning oʻta muhim omili sifatida eʼtirof etish, 
boshqa xalqlarning tarixi va madaniyatini hurmatlash. 
Taʼlim va tarbiyaning uzviy bog’liqligi, bu jarayonning har tomonlama kamol 
topgan insonni shakllantirishga yoʻnaltirilganligi. 
Iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga taʼlimning eng yuqori darajasida, izchil 
ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish. 
Uzluksiz ta’lim tizimining imkoniyatlari va natijalri juda kengdir. 


Uzluksiz ta’lim orqali yoshlarni bilimli va savodxon bo’lib yetishishlari, eng 
muhimi, jamiyat uchun kerakli kadr bo’lib yetishishlari asosiy maqsad qilib olingan. 
Uzluksiz ta’limning har bir bosqichi rivojlantiruvchi va orqaga qaytmasdir. Bu nima 
degani? Bu uzluksiz ta’lim orqali kadrlarni shakllantirishda barcha imkoniyat va 
xalqaro ta’lim standartlaridan foydalanishdir. Uzluksiz ta’limning dastlabki bosqichi 
bu – bog’cha, ya’ni maktabgacha ta’lim muassasasi hisoblanadi. Bugungi kunda 
maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati tubdan isloh qilinib, ularning faoliyat 
jarayonlari xalqaro standartlatga mos ravishda yangilandi. 
Maktabgacha ta’lim muassasalarida 
rus va ingliz tillarini o’rgatish tizimli ravishda 
yo’lga qo’yildi. Uzluksiz ta’limning keying 
bo’g’ini bu maktabdir. Maktab- umumiy 
o’rta ta’lim bosqichi. Ushbu bosqich hozirda 
11 yilni tashkil etadi. Bunda bolalar dastlab 9 
yilni maktabda o’rta maxsus ta’lim fanlari bilan o’z bilim va ko’nikmalarini 
rivojlantirib borishadi. 
Keying 2yil esa o’quvchi 
yoshlar kasbga yo’naltirilgan holda 
ta’limni davom ettirishadi bunda 10- 
11 
sinflarni 
ixtiyoriy 
ravishda 
akademik 
litseylarda 
davom 
ettirihlari ham mumkin. Har bir 
jarayon davlat ta’lim standartlariga 
mos ravishda olib boriladi. O’n bir yillik ta’limdan so’ng o’quvchi yoshlar oliy ta’lim 
muassasalariga hujjat topshirishadi. Oliy ta’lim muassasalarida ta’limni yetuk 
professoro’qituvchilar olib borishadi. Oily ta’lim ikki bosqichga bo’linadi: 
bakalavriatura va magistratura. Bakalavriaturada ta’lim jarayoni to’rt ylni tashkil 
etadi. Bunda har bir yil puxta o’ylangan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Davlat 


ta’lim standartlariga mos ravishda olib boriladi. To’rt yil mobaynida talaba yoshalar 
o’z soalari bo’yicha amaliy hamda nazariy bilimlarga ega bo’lishadi. Keyingi bosqich 
magistraturadir. Bu jarayon ikki yil davom etadi. Uzluksiz ta’limning keying 
bosqichlari ham shu tarzda davom ettiriladi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, har bir 
bosqich har bir jarayon o’zining xalqaro tajribaga tayanganligi va individual 
yondasha olishi bilan ajralib turadi. Bu kabi ta’limning uzluksizligi kadrlar 
tayyorlashning katta yutuqlaridan biridir. 

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling