Toshkent tibbiyot akadedmiyasi 1 son davolash 120 b guruh talabasi Aliyeva Sarvinoz


Download 17.91 Kb.
Pdf ko'rish
Sana25.10.2023
Hajmi17.91 Kb.
#1720478
Bog'liq
Untitled Presentation (2)



Gelmintologoyasi
Toshkent tibbiyot akadedmiyasi 1 son davolash
120 B guruh talabasi
Aliyeva Sarvinoz



Gelmintologiya (gelmintlar va ...logiya) — parazit
chuvalchanglar — gelmintlar hamda odam, hayvonlar va
oʻsimliklarda ular keltirib chiqaradigan kasalliklarni
oʻrganadigan fan. G. parazit chuvalchanglarning tuzilishi,
fiziologiyasi, biokimyosi, rivojlanishi, ekologiyasi, geografik
tarqalishi va zoologiya sistemasidagi oʻrnini, shuningdek
ularning xoʻjayin organizmiga taʼsirini oʻrganadi, Gelmintoz
kasalliklarga (qarang [[Gelʼmintozlar) tashhis
qoʻyish]], ularning klinik
belgilari, patogenezi, epidemiologiyasi va epizootologiyasini
oʻrganish, ular asosida davolash va profilaktik tadbirlar
ishlab chiqish ham G.ning vazifalariga kiradi. 


Parazit chuvalchanglarni oʻrganish tufayli G., bir tomondan,
zoologiyaning bir tarmogʻi boʻlsa, ikkinchi tomondan,
gelmintlarning patogenlik xususiyati va ularga qarshi kurash
choralarini oʻrganish orqali klinik fanlar — patfiziologiya,
patanatomiya, biokimyo, immunologiya va b. bilan bogʻlangan.
Amaliy G. tibbiyot va agronomiya G.siga ajratiladi. G.ning bunday
boʻlinishi aksariyat sunʼiy boʻlsada, amaliy jihatdan zarur
hisoblanadi. Tibbiyot G.si odam organizmida parazitlik qiladigan
gelmintlarni oʻrganadi. Agronomiya G.si oʻsimliklar gelmintlarini
oʻrganish va ularga karshi kurash tadbirlarini ishlab chiqish bilan
shugʻullanadi.



Veterinariya G.si esa xonaki, ov qilinadigan va yovvoyi
hayvonlarda parazitlik qiladigan gelmintlarni va ularga
qarshi kurash choralarini oʻrganadi. Odamlarda parazitlik
kiladigan gelmintlar toʻgrisidagi dastlabki maʼlumotlar Abu
Ali ibn Snnoning "Kitob-ash-shifo" asarida uchraydi. Unda
ibn Sino odam ichagida parazitlik qiladigan "katta va uzun
qurt" (qoramol tasmasimoni), "qovoq urugʻiga oʻxshash
qurt"(qovoqsimon gijja), "mitti qurt" (kichik zanjirsimon
gijja) va b. hamda ular keltirib chiqaradigan kasalliklarni
davolash haqida maʼlumotlar bergan. 


G. sohasidagi dastlabki tadqiqot rus sayyohi A. P. Fedchenko
tomonidan 1868 yilda olib borilgan. U Samarqandda rishtaning
biol. sini oʻrgangan. G. sohasidagi tadqiqotlar 20-asrning
20-yillaridan boshlab Oʻrta Osiyo davlat universiteti, Tibbiyot
parazitologiyasi instituti hamda bir qancha tropik st-yalarning
tashkil etilishi bilan kengayib bordi. L. M. Isayev rishta hayotini
oʻrganib, unga qarshi kurash choralarini ishlab chiqdi va tibbiyot
parazitologiyasi sohasidagi tadqiqotlarni boshlab berdi. Bu
boradagi ishlar keyinchalik S. N. Bobojonovning tadqiqotlarida oʻz
aksini topdi. Oʻzbekistonda veterinariya G.si sohasidagi
tadqiqotlarga N. V. Badan i n asos solgan.


Yovvoyi va uy hayvonlari gelmintlarining turlar tarkibi, biologik va ekologik
xususiyatlari hamda ularga qarshi kurash usullari M. A. Sultonov, I. X. Ergashev, J.
A.Azimov, N. M. Matjonov, A. N. Brudastov, B. S. Salimov. Sh. A. Azimov, M. A.
Aminjonov, A. O. Oripov, S. Dadayev, G. S. Poʻlatov va b.ning ishlarida aks etgan.
Oʻzbekistonda fitogelmintlarni oʻrganishni Ye. S. Kiryanova boshlab bergan. Turli xil
qishloq xoʻjaligi ekinlari ildizi va uning at-rofidagi tuproq nematodalarini oʻrganish A.
T. Toʻlaganov va shogirdlari ishlari bilan bogʻliq. Gʻoʻza, kanop, sabzavot va
yem-xashak ekinlari, subtropik oʻsimliklarning nematodalari oʻrganilgan; boʻrtma
nematodalariga qarshi kurashning profilaktik va kimyoviy usullari ishlab chiqilgan (A.
T. Toʻlaganov, O. 3. Usmonova, O. Mavlonov, 3. Norboyev, Sh. Xurramov, A. I.
Zemlyanskaya va b.).




Fitogelmintlarning 600 dan ortiq turi, jumladan 80 ga
yaqin yangi turi aniqlangan. Keyingi yillarda G.da
asosiy eʼtibor ekologiya, biokimyo va b. eksprimental
tadqiqotlarga qaratilmoqda, gelmintlar bilan ular
xoʻjayinlari oʻrtasidagi parazit xoʻjayin va filogenetik
munosabatlar tadqiq qilinmoqda. G. sohasidagi ishlar
kishilar sogʻligʻini saqlash, qishloq xoʻjaligi hayvonlari
mahsuldorligi va ekinlarning hosildorligini oshirishda
katta amaliy ahamiyatga ega


Gelmintologik tadqiqotlar Oʻzbekiston Fanlar
akademiyasi Zoologiya, Veterinariya va Chorvachilik
institutlari lab.lari, Oʻzbekiston milliy universitetida,
shuningdek, Termiz, Samarqand, Nukus davlat
universitetlari, Toshkent, Samarqand, Andijon tibbiyot
intlari, Toshkent pedagogika universiteti hamda
Samarqand va Toshkent davlat agrar untlari
kafedralarida olib boriladi.


Zoho Show
To create beautiful presentations, download Zoho Show from Play Store 
https://zoho.to/cy7
Untitled Presentation.pdf
(This PDF has been generated using Zoho Show)

Download 17.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling