Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-davolash fakulteti 205 a talabasi
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
anatomiya jinsiy
Ayollar jinsiy a‘zolari II TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI 1-DAVOLASH FAKULTETI 205 A TALABASI INOMXO‘JAYEV AYYUBXO‘JA 2023-YIL 13-YANVAR Bachadonning tuzilishi lBACHADON — 1. Ayollarning ichki jinsiy aʼzosi; homila shu yerda rivojlanadi. Bachadon toq, kovak aʼzo boʻlib, mus-kullardan tuzilgan va kichik chanoq boʻshligʻida qovuq bilan toʻgʻri ichak orasida joylashgan, shakli toʻnkarilgan nokka oʻxshaydi. Uning tanasi, tubi va boʻyni boʻladi. Bachadon tanasi va tubi qovuq yuzasi bilan qovuq ustida oldinga bir oz bukilib joylashgan, orqa yuzasi toʻgri ichakka yuzma-yuz turadi. Bachadon boʻynining bir qismi qin ichiga kirgan boʻlib, shu yerda Bachadon teshigi kinga ochiladi. Bachadon devori ichki — shilliq qavat (endometriy), oʻrta — muskul qavat (miometriy) va tashqi — seroz qavat (qorin pardasi) dan iborat. Shilliq qavat Bachadon naylari shilliq qavatining davomidir. Bachadon ichida shilliq qavat burmalari yoʻq, asosan mayda bezlar uchraydi. Shilliqkdvat Bachadon boʻynida kepin- lashib, burmalari va shilliq bezlari boʻladi, u har oyda hayzga. tayyorlanadi; bunda Bachadonning yuza joylashgan shilliq qavati markaziy nerv sistemasi hamda gipofiz va tuxumdondan ajralgan gor-monlar (follikulin, progesteron) taʼsirida qalinlashadi, har oyda bir marta koʻchib, qon bilan ajraladi (q. Endokrin sistema). Muskul qavat yaxshi rivojlangan, qon tomirlarga boy silliq muskul uch qavat boʻlib joylashgan. Seroz qavat Bachadon oldi va orqa yuzalarini qop-lab, ikki yonboshida keng boy lam hosil qiladi; shu boylam oraligʻida biriktiruvchi toʻqima qatlami (parametriy) boʻladi. Bachadon boʻshligʻi uchburchak shaklda boʻlib, uni kattakichik bir necha boylam va chanoq tubining muskullari oʻz oʻrnida ushlab turadi. Bachadon boʻynining ichki yuzasi shilliq qavat burmalaridan iborat boʻlib, silindrsimon epiteliy bilan qoplangan; boʻyin devoridagi bezlar sekret chiqaradi; u ishqoriy reaksiyaga, bakteritsid xususiyatga ega. Uning bu xususiyati Bachadonga infeksiya tushishiga yoʻl qoʻymaydi; bundan tashqari, spermatozoidning harakatchanligini oshirib, uning Bachadonga kirishini taʼminlaydi. Bachadon ancha harakatchan boʻlib, qovuq hamda toʻgʻri ichak toʻlganda, homiladorlikda va b. fiziologik holatlarda oʻz shaklini oson oʻzgartira oladi. Homiladorlikda muskul tolalarining yoʻgʻon tortishi va yangi tolalar paydo boʻlishi hisobiga Bachadon kattalashadi. Homila tugʻilgach Bachadon qisqaradi va yangi tolalar yoʻqolib ketadi. Qin Vagina (lotincha: vagina — qin) — ayolning ichki jinsiy aʼzosi. Vagina kichik jomda, old tomonda siydik oʻtkazadigan kanal va siydik pufagi va orqa tomonda toʻgʻri ichak orasida joylashgan. Vaginaning tepa chegarasi bachadon boʻyi darajasida boʻladi. Bachadon vagina kirishiga teshik bilan ochiladi. Bokiralarda bu teshik yopiq boʻladi. Sut bezlari Odamda Sut bezlari katta koʻkrak muskullari ustida, yaʼni 3 va 6-qovurgʻalar oraligʻi sohasida joylashgan. Qizlar balogʻatga yetganida shakllana boshlab, homiladorlik va emizikli davrida toʻliq rivojlanadi. Oʻrtacha ogʻirligi qizlarda 150— 200 g, emizikli ayollarda 300—400 g. Sut bezlari oʻrtasida atrofi halqasimon dogʻli soʻrgʻichi boʻladi. Soʻrgʻich uchiga 10—15 ta sut chiqarish yoʻli teshiklari ochiladi. Sut bezlari 15—20 ta bezli boʻlakchalardan iborat; boʻlakchalar shakli, hajmi sekretsiya fazasiga qarab oʻzgarib turadi. Sut ichki sekretsiya bezlari (gipofiz, qalqonsimon bez va boshqalar)da ishlab chiqariladigan gormonlar taʼsirida hosil boʻladi. Sut bezlari bezli toʻqima va yogʻ kletchatkasidan tashkil topgan. Laktatsiya davri tutagandan soʻng yogʻ kletchatkasi koʻpayadi. E‘tiboringiz uchun rahmat Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling