Organizmda patologik jarayonlar kuzatilganda ichak mikroflorasi tarkibi va xususiyatlari o'zgaradi, ularning makroorganizm uchun ta'siri buziladi. Me'yordagi ichak florasining sifat va miqdoriy ko'rsatkichlarining o'zgarishlari disbakterioz deb ataladi. - Organizmda patologik jarayonlar kuzatilganda ichak mikroflorasi tarkibi va xususiyatlari o'zgaradi, ularning makroorganizm uchun ta'siri buziladi. Me'yordagi ichak florasining sifat va miqdoriy ko'rsatkichlarining o'zgarishlari disbakterioz deb ataladi.
- Disbakterioz sabablariga oshqozon shirasini kislotaligini pasayishi bilan kechadigan oshqozon kasalliklari, oshqozon-ichak tizimidagi xirurgik davolashlar, ichak qisqarishlarining buzilishi, hazm a'zolarining fermentativ yetishmovchiligi, sifatli va miqdoriy ochlik (bir xil ovqatlar, vitaminlar yetishmovchiligi), organizm quvvatsizlanishi, dori vositalar (ayniqsa antibakterial dori vositalar), ionlangan radiakiya ta'siri, allergiya o'tkir ichak infeksiyalari kiradi.
Tarqalgan disbakteriozni dekompensatsiyalashgan shakli funksional to'siqlarni buzilishlari va organizmni rezistentligiga bog’lq holda paydo bo'ladi. Jarayon tarqalishi metastatik yallig’lanish o'choqlari hosil bo'lishi, ifodalangan intoksikatsiya va bakteriemiya, sepsis va septisimiemiyaga o'tish (bezgak, qaltirash, quvvatsizlik, ko'p terlash, gepatosplenomegaliya, ichki a'zolar distrofiyasi) bilan kuzatiladi.
Klinik belgilari
Qorinda quldirash, og’riq,qorinning taranglashi.
Ishtaxa pasayishi
Ko’ngil aynish
Xolsizlik
Tez-tez kekirish.
Ichakda hazm bo’lmagan ovqat qoldiqlari bo’lgan axlat miqdori.
Axlatning yomon xidliligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |