Toshkent tibbiyot akademiyasi kafedra: anatomiya va oxta mavzu: chakka,ponasimon va g`alvirsimon suyaklarning tuzilishi,yoshga qarab o`zgarishi


yoshlarda ponasimon va ensa suyaklari o ‘zaro qo‘shiladi


Download 0.52 Mb.
bet6/7
Sana08.01.2022
Hajmi0.52 Mb.
#239305
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
CHAKKA,PONASIMON VA G`ALVIRSIMON SUYAKLARNING TUZILISHI,YOSHGA QARAB O`ZGARISHI ааа

18 yoshlarda ponasimon va ensa suyaklari o ‘zaro qo‘shiladi.

G'alvirsimon suyak (os ethmoidale)


G 'alvirsimon suyak (os ethmoidale) kalla asosining oldingi qismida

joylashgan bo'lib, burun bo'shlig'i va ko‘z kosasining devorlarini hosil qilishda

ishtirok etadi. U uch qismdan: gorizontal joylashgan g'alvirsimon, o'rtada

pastga yo'nalgan perpendikular plastinka va uning ikki tomonidagi g'alvirsimon

labirintlardan iborat.

G'alvirsimon plastinka (lamina cribrosa) g'alvirsimon suyakning yuqori

qismini hosil qiladi. U peshona suyagini g'alvirsimon o'ymasida joylashib, oldingi kalla chuqurchasi tubini hosil qiladi. Unda hidlov nervi ipchalari o'tadigan g'alvirsimon teshiklar (foramenae cribrosae) bor. G'alvirsimon plastinkaning ustida o'rta chiziqda xo'roz tojiga o'xshash o'simta (crista gaffi) joylashgan. U old tomonga bir juft xo'roz toji qanotlari (ala cristae galli) bo'lib davom etadi va peshona suyagi bilan birikib, ko‘r teshikni (foramen coecum) hosil qiladi.Perpendikular plastinka (lamina perpendicularis) noto'g'ri beshburchak shaklida. U pastga qarab, burun to‘sig"ining yuqori qismini hosil qiladi.

G 'alvirsimon labirintlar (labyrinthns ethm oidaiis) bir juft bo'lib,

havo saqlovchi g'ovakli katakchalardan (cellulae ethmoidales) iborat. Ular

oldingi (cellulae ethm oidales an terio r), o 'rta (cellulae ethm oidales

m edia) va orqa katakchalarga (cellulae ethmoidales posterior) bo'linadi.

G 'alviisim on labirint perpendikular plastinkaning o ‘ng va chap tomonlarida

g'alvirsimon plastinkaning chekkalariga birikkan holda joylashadi. Uning bumn

bo'shlig'iga qaragan medial yuzasini perpendikular plastinkadan to r vertikal

yoriq ajratib turadi. G'alviisimon labirintlaming medial yuzasida yuqori va o'rta

burun chig'anoqlari (concha nasalis superior et m edia) bor. Ba’zan

uchinchi eng yuqori burun chig'anog'i (concha nasalis suprema) ham

uchraydi. Chig'anoqlaming yuqori qismi labirintning katakchalariga birikkan,

pastki chekkasi labirint bilan perpendikular plastinka o'rtasidagi bo'shliqda

erkin osilib turadi. O 'rta burunn chig'anog'ining orqa qismida pastki bum n

chig'anog'i birikuvchi ilmoqsimon o'simta (processus uncinatus) bor.

G'alvirsim on labirintlar lateral tomondan ko'z kosasini ichki devorini hosil



qiladigan yupqa ko'z kosasi plastinkasi (lamina orbitalis) bilan qoplangan.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling