Toshkent Tibbiyot Akademiyasi pediatriya fakulteti 103-''B'' guruh talabasi


Download 353.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana13.04.2023
Hajmi353.43 Kb.
#1352557
  1   2
Bog'liq
Презентация 11



Toshkent Tibbiyot Akademiyasi
pediatriya fakulteti 103-''B'' guruh talabasi
Shoymardonova Nozimaning
gistologiya fanidan tayyorlagan
mustaqil ishi
MAVZU: MUSHAK TO'QIMASI


Muskul
bu — qisqarish xususiyatiga ega boʻlgan, tirik organizmning u yoki bu
boʻlagini harakatga keltiradigan organ. U aksariyat koʻndalang yoʻlli va silliq
muskul toʻqimalaridan tuzilgan. Koʻp hujayrali organizmlarning paydo boʻlish
tarixi shundan guvohlik beradiki, muskullar, yaʼni muskul toʻqimalari organism 
rivojlanishining ancha kech davrida, epiteliy va biriktiruvchi toʻqima
rivojlanishining ancha kech davrida, epiteliy va biriktiruvchi toʻqima paydo
boʻlganidan keyingi davrda vujudga kelgan. Har qaysi organning kelib chiqishi
tashqi muhit taqazosi bilan, yaʼni tashqaridan taʼsir etib turgan muhit omillariga
moslashish extimoli bilan paydo boʻlar ekan, muskullar ham organizmning tashqi
muhit va uning taʼsirlariga javob qaytarish yoki tirik mavjudot sifatida oziq
izlash, unga intilish zaruriyati tufayli paydo boʻlgan. Binobarin muskul
toʻqimasi
evolutsiya
jarayonida sitoplazmadan qisqarish xususiyatiga ega
boʻlgan oqsil tuzilmalari bor hujayralardan kelib chiqqan. Hozirgi zamon fan tili
bilan aytadigan boʻlsak, endilikda muskul toʻqimasi embrion rivojlanishi davrida
boshqa toʻqimalarga oʻxshab mezenximaning turli qismlaridan hosil boʻladi.


Muskulatura bu butun gavdaning yoki uning biror qismining, organik muskullar majmuasi. 
Koʻzning silliq muguzli pardasi va ter bezlarining atrofidagi silliq muskullar ektodermadan
rivojlanadi. Koʻndalang yoʻlli muskullar mezenximaning sigmentlangan miotomlaridan
tarqalsa, bosh miya muskullari mezenximaning oʻzgarishidan kelib chiqadi. Yurak muskullari
ham asosan, mezodermadan tarqaladi. Bundan tashqari, ektodermadan vujudga keladigan
muskullarga soʻlak va sut bezi muskullari ham kiradi. Umuman olganda barcha muskul
turlarini ularning funksiyalari va tuzilishida oʻziga xos birlik, yaʼni sitoplazmasidagi oqsil
iplari — miofilamentlar (muskul protofibrillalari) yigʻilib miofibrillalar deb ataladigan tutamlar
hosil qiladigan birlik birlashtirib turadi. Ammo umurtqali hayvonlar bilan umurtqasiz
hayvonlarning muskullari garchi vazifalari bir xil boʻlsa ham, tuzilishi bir biridan bir oz farq
qiladi. Shunga qarab muskullar belgilariga qarab quidagicha klassifikatsiyalash
mumkin: 1) Tuzilishi boʻyicha: a) koʻndalang yoʻlli muskullar b) silliq muskullar d) 
ikkiyoqlama qiya muskullar 2) Organizmda joylashish holati boʻyicha: a) ichki aʼzolar
muskullari b) yurak muskullari d) somatik muskullar 3) Funksiyalari boʻyicha: a) tonik
muskullar b) tetanik muskullar d) qulfdosh funksiyaga ega boʻlgan muskul toʻqimalari 4) Kelib 
chiqishi boʻyicha: a) ektodermal muskullar b) entodermal muskullar d) mesodermal muskullar



Download 353.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling