Toshkent tibbiyot akademiyasi qarshi davlat universiteti «tasdiqlayman»
-mavzu: Bel chigali. Dumg‘aza chigalining hosil bo‘lishi va uning shoxlari. Oyoq terisining innervatsiyasi. 10-mavzu
Download 160 Kb.
|
1.09.Odam anatomiyasi (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13-mavzu
- IV. Amaliy ko‘nikmalar
9-mavzu: Bel chigali. Dumg‘aza chigalining hosil bo‘lishi va uning shoxlari. Oyoq terisining innervatsiyasi.
10-mavzu: Bosh miyanervlarining hosil bo‘lishi. I, III, IV, VI, XI, XII juft bosh miya nervlari. 11-mavzu: Uch shoxlik nerv. Uch shoxlik nervlarining vegetativ tugunlari 12-mavzu: VII -IX, juft bosh miya nervlari. Adashgan nerv. Adashgan nervning o‘ziga xos tuzilishi 13-mavzu: Vegetativ nerv tizimining simpatik va parasimpatik qismi. 14-mavzu: Ko‘rish a’zosi. Ko‘z olmasining tuzilishi va yoshga qarab o‘zgarishi. Ko‘zning yordamchi apparati. Ularning yoshga qarab o‘zgarishi. Ko‘ruv o‘tkazuv yo‘li. II- juft bosh miya nervi. 15-mavzu: Eshitish a’zosi. Tashqi va o‘rta quloqning funksional va yoshli anatomiyasi. Ichki quloq. Eshituv va muvozanat analizatorlarining o‘tkazuv yo‘li.YIII- juft bosh miya nervi.Teri va uning xosilalari: sochlar, tirnoqlar, sut bezi.Ta’m bilish va Hidlov analizatorlari. I-Juft bosh miya nervi. Amaliy mashg‘ulotlar: Maxsus jihozlangan auditoriya 3D formatli Pirogov stoli hamda multimedia qurilmalari jihozlari bilan jihozlangan auditoriyalarda har bir akademik guruhga alohida o‘tiladi. Mashg‘ulotlarda faol va interfaol usullar qo‘llaniladi. “Loyihali o‘qitish”, “Keys-stadi” va boshqa texnologiyalaridan foydalaniladi. Tarqatma materiallar va axborotlar multimedia qurilmalari yordamida uzatiladi. IV. Amaliy ko‘nikmalar Xalqaro anatomik terminologiya bo‘yicha barcha anatomik tuzilmalarni nomini to‘g‘ri aytish; VII bo‘yin umurtqasi o‘tkir qirrali o‘simtasini topa olish; Umurtqa va qovurg‘alarni hisoblab topish; Bo‘yinturuq chuqurchasini topish; Naysimon suyaklar turib chiqqan joylarni ko‘rsata olish; Naysimon suyaklarning o‘ng yoki chap tomondagisini aniqlash; Bilak va tirsak suyaklarining bigizsimon o‘simtasini teri orqali ko‘rsatish; Chakka suyagi so‘rg‘ichsimon o‘simtasini teri orqali ko‘rsata olish; Kalla suyagining yuz sohasidagi teshiklar proeksiyasini to‘g‘ri ko‘rsatish; Tishlarni bir-birlaridan farqlay olish; Jigarning pastgi qirrasini teri orqali aniqlash; Ichki a’zolar golotopiyasi va skeletopiyasini bilish; O‘pka ekskursiyasini aniqlash; Buyraklar topografiyasini aniqlash; Yurak chegarasini ko‘rsatish; Yirik qon tomir va nervlarning proeksiyasini, tarmoqlanish yo‘nalishlarini aniqlash; Uyqu uchburchagida uyqu arteriyasini topish; Son uchburchagida son arteriyasini topish; Arteriyalarning pulsatsiya nuqtalarini aniqlash; Teri osti venalarni ko‘rsata olish; Regionar limfa tugunlarini joylashuv proeksiyasini aniqlash; Orqa miya segmentlari skeletopiyasi, orqa miya atrofidagi subaraxnoidal bo‘shliqning punksiya etish sohasini ko‘rsatish; Bosh miya nervlarining miyadan, kalla suyagi teshiklari, kanallari va yoriqlaridan chiqish joylarini aniqlash, yuz sohasida ularni ko‘rsata bilish; Rentgen, O‘TT, KT, MRT va MSKT tasvirlar yordamida anatomik tuzilmalarni aniqlash. Talabalar tibbiyotning zamonaviy yutuqlariga asoslangan holda butun organizm, tizim va a’zolar haqidagi bilimlarni o‘zlashtirishi va ularni boshqa fundamental va klinik modullarni o‘rganishda, shuningdek kelgusida olingan bilimlarini shifokorlik kasbiy faoliyatida qo‘llay olishi lozim. Insonparvarlik va rahmdillikning an’anaviy tamoyillariga tayangan holda o‘rganilayotgan ob’ekt – odam tanasi, a’zollari va murdaga nisbatan izzat-hurmat, hamda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishni; tibbiy oliy ta’lim muassasasi seksion zallarida (mavjud bo‘lsa) yuqori odob-ahloq hulq me’yorlariga ega bo‘lish kompetensiyalarini egallashi kerak. Download 160 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling