Toshkent tibbiyot akademiyasi «Tasdiqlayman» Toshkent tibbiyot akademiyasi o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor prof. Boymurodov sh. A


Fanlararo va fan ichidagi bog’liqlik


Download 0.79 Mb.
bet2/7
Sana23.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1383686
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-машгулот хазм килиш

1.2. Fanlararo va fan ichidagi bog’liqlik.
Bu mavzuni o’qitish talabalarning normal va patologik anatomiya, normal va patologik fiziologiya, gistologiya, ishki kasalliklar, fizika va biofizika bo’yicha bilimlariga asoslanadi. Dars davomida olingan bilimlar terapiya, xirurgiya, nevrologiya, shoshilinch yordam va boshqa klinik fanlar o’tilganda darsni puxta egallash uchun zarur hisoblanadi.
Ushbu darsdan keyin talabalar bilimlarini kasallikni to’g’ri tushunish, unga erta va to’g’ri tashxis qo’ya olish hamda davolash metodini to’g’ri tanlashda qo’llay oladilar.


2. NAZARIY QISM

    1. Mashg’ulotning mazmuni

“Og‘iz bo‘shlig‘i. Til. Tishlar. So‘lak bezlari. Yumshoq va qattiq tanglay. Tuzilishi, topografiyasi va yoshga bog‘liq xususiyatlari” nomli o‘quv uslubiy qo‘llanma Tibbiyot oliy o‘quv yurti 1-kurs davolash,tibbiy profilaktika,tibbiy pedagogika,tibbiy biologiya fakultetlari talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, Og‘iz bo‘shlig‘i. Til tishlar. So‘lak bezlari hazm tizimining boshlang‘ich qismi bo‘lib, unda ovqat luqmasiga asosan mexanik va qisman ximiyaviy ishlov berilishi ishlov jarayonida a’zolarning vazifasi bir-biriga uzviy ravishda bog‘liqligi , hamda klinik ahamiyati to‘liq yoritib berilgan. Bulardan tashqari bu o‘quv qo‘llanmada ta’lim berish texnologiyasi O‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi, motivatsiya, nazariy qism, yangi pedagogik texnologiyalar, testlar, vaziyatli masalalar, baholash mezonlari, joriy nazoratni baholash mezoni va adabiyotlar berilgan. Bu o‘quv uslubiy qo‘llanma talabalarga hazm sistemasini o‘rganishda to‘liq yordam beradi.

Talabalar og‘iz bo‘shlig‘i , devorlarning tuzilishi, unda joylashgan a’zolarning funksiyasi va amaliy ahamiyatini bilishlari kerak. Preparat va mulyajlar til, tishlar so‘lak bezlari, qattiq va yumshoq va topografo-anatomik o‘zaro joylanishini ko‘rsatishi hamda anatomik tuzilishini aniq bilishi kerak.


- Kelajakda to‘g‘ri va o‘ziga ishongan holda, logik va kritik fikrlashni, kasbiga ma’suliyatli yondoshishni talabada shakllantirish.
- Talabaga javobgarlik hissini, amaliy bilimlarni egallashda zaruriy bilimlar hajmini kengaytirish.
Og‘iz bo‘shlig‘i a’zolarining inson organizmdagi faoliyatini o‘rganish uchun ularning tuzilishi va vazifasini bilish zarur.
Og‘iz bo‘shlig‘i Og‘iz bo‘shlig‘i – cavitas oris . 2 qismga bo‘linadi: og‘iz dahlizi –vestibulum va xususiy og‘iz bo‘shlig‘i - cavitas oris propria . Og‘iz dahlizi - tashqari tomondan lablar , lunjlar ichki tomondan tishlar va milklar bilan chegaralangan bo‘shliqdir. Xususiy og‘iz bo‘shlig‘i - yuqoridan qattiq tanglay va yumshoq tanglayning oldingi qismi bilan pastki devori esa og‘iz diafragmasi bilan va til bilan chegaralanuvchi bo‘shliq. Og‘iz bo‘shlig‘ida ovqat luqmasi mexanik va qisman ximik parchalanib (so‘lak bezlari ishlab chiqargan sekreti yordamida) xalqumga o‘tkaziladi.

Til - lingua (yunoncha - glossus) muskul organ bo‘lib, 3 ta qismdan; uchi, tanasi, ildizdan iborat. Til o‘zining xususiy muskullaridan tashqari suyaklardan (skeletdan) boshlanib, tilga birikuvchi (bigizsimon til, til osti til engak til) muskullariga ega. Til ovqat luqmasini tishlar orasiga qo‘yib boradi, yutish vaqtida yutqimga yo‘naltiradi, surish (emish) vazifasini bajaradi, so‘zlarni talaffuz qilishda, tam bilish (zamburig‘simon, tarnovsimon ipsimon, varaqsimon, so‘rg‘ilari yordamida) qatnashadi. Bulardan tashqari til bevosita himoya vazifasini ham bajaradi. Masalan: agar iste’mol qilayotgan ovqat luqmasini juda achchiq yoki sho‘r bo‘lsa, uni yutmasdan tuflab chiqarib tashlaymiz. Tabiiyki, bunday ovqat luqmasi organizm uchun zararli.

Tishlar odamlarda 2 marta chiqib, tushadi: 1-Sut tishlari (vaqtinchalik) dentes decidui - va 2. Doimiy tishlar -dentes permanentes , sut tishlari bola 6-8 oylik bo‘lganida chiqa boshlab, 24 - 30 oylik bo‘lganda hammasi chiqib bo‘ladi va umumiy soni 20 dona bo‘ladi. Sut tishlarining doimiy tishlarga almashinuvi 6 yoshdan 13 yoshgacha davom etadi. Bazi odamlarda (100 yoshlarda) tishlarning uchinchi marta almashinishi kuzatiladi .
Umuman odam tishlari almashinishiga qarab bifiodantlarga (yani ikki marta tish chiqaruvchilarga) kiradi, hayvonlar monofiodantlar va polifiontlarga bo‘linadi. Tishlarning jaglarga birikishiga qarab; akrodont (jag‘ tashqarisidan), plevrodont (jag‘ ichkarasidan), tektodont (qoziqqa o‘xshab qoqilgan) yoki gomfozlarga bo‘linadi. Odam geterodontlar turkumiga, tektodontlilar sinfiga, difiodontlar avlodiga kiradi.

Yumshok tanglay orqa qismida joylashib muskul fibroz to‘qimasidan iborat. Yumshoq tanglay osilib turishi natijasida og‘iz bo‘shlig‘ini, halqum bo‘shlig‘idan ajratib turadi. Yumshoq tanglay chodir, ravoqlar, tilcha qismlaridan iborat. Ravoqlar orasida limfoid to‘qima yig‘indisidan iborat bo‘lgan tonsilla palatina joylashgan. Bu murtak tashqi tomondan fibroz kapsula bilan o‘ralgan. Murtak yaqin tomonidan ajasialis o‘tadi. Shuning uchun operatsiya paytida unga ahamiyat qaratish lozim. Yumshoq tanglayda: tanglay - halqum, tanglay - til, tanglay chodirini ko‘taruvchi, tanglay chodirini taranglashtiruvchi va tilcha muskullari mavjud. Yumshok tanglay orqa qismida joylashib muskul fibroz to‘qimasidan iborat. Yumshoq tanglay osilib turishi natijasida og‘iz bo‘shlig‘ini, halqum bo‘shlig‘idan ajratib turadi. Yumshoq tanglay chodir, ravoqlar, tilcha qismlaridan iborat. Ravoqlar orasida limfoid to‘qima yig‘indisidan iborat bo‘lgan tonsilla palatina joylashgan. Bu murt tashqi tomondan fibroz kapsula bilan o‘ralgan. Murtak yaqin tomonidan a.jasialis o‘tadi. Shuning uchun operatsiya paytida unga ahamiyat karatish lozim. Yumshoq tanglayda : tanglay - halqum, tanglay - til, tanglay chodirini ko‘taruvchi, tanglay chodirini taranglashtiruvchi tilcha muskullari mavjud.



Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling