3. DARSNING ANALITIK QISMI
3.1.« Miya hujumi» o‘yinni o‘tkazish metodi:
Talabalar bilimini «Miya hujumi» interfaol usuli yordamida tekshirish. Buning uchun talabalarga bir nechta g‘oya va fikrlar taqdim qilinadi. Har bir talaba, amaliy mashg‘ulot mavzusidan kelib chiqqan holda, o‘qituvchi tomonidan taqdim etilgan savollarga mos keladigan shaxsiy fikrlari va g‘oyalarini aytib beradi. O‘qituvchi talabalarning ham salbiy, ham ijobiy fikr va g‘oyalarini baholaydi. Bunda talabalar o‘zlarining qarashlarini erkin ifodalashiga erishish zarur, ular tanqid ostiga olinishi kerak emas va talabalarning faol ishtiroki har tomonlama taqdirlanishi lozim. Olingan natijalar mashg‘ulotning joriy balini aniqlashda inobatga olinadi
Ish uchun zarur:
1.Savollar va vaziyatli masalalar to‘plami alohida qog‘ozlarda.
2.Guruhdagi talabalar guruxlari ro‘yxati.
Ish yo‘li:
3.Hamma talabalar guruxlarga bo‘linadi.
4.Har bitta guruhning a’zolariga savol beriladi.
5.Har bitta guruh o‘zini javobini yozadi.
6.So‘ngra javoblar tugri javoblar bilan solishtiriladi
7.Hamma ishtirokchilar natijalarni muhokama qilib eng to‘g‘risini tanlab, unga maksimall ball
qo‘yishadi.
8.Muhokamaga 15 daqiqa beriladi.
9.Talabalar javoblari uchun ballni mashg‘ulotni nazariy qismining reytingiga asoslanib
olishadi.
10.Talabaning olgan bali mashg‘ulot uchun bahoda hisobga olinadi.
11.Talabalarning ishi o‘qituvchida qoladi.
12.Javoblarning analizi o‘tkaziladi.
3.2.Klaster, kontseptual jadval organayzerlari
Klasterni tuzish qoidasi
1. Aqlingizga nima kelsa, barchasini yozing. G‘oyalari sifatini muhokama qilmang faqat ularni yozing.
2. Xatni to‘xtatadigan imlo xatolariga va boshqa omillarga e’tibor bermang.
3. Ajratilgan vaqt tugaguncha yozishni to‘xtatmang. Agarda aqlingizda g‘oyalar kelishi birdan to‘xtasa, u holda qachonki yangi g‘oyalar kelsa yana davom ettiring
Do'stlaringiz bilan baham: |