Toshkent tibbiyot akademiyasi termiz filiali davolash-2 209-’B’ guruh talabasi xolboyev sardorbekning mikrobiologiya fanidan tayyotlagan mustaqil ishi


Download 0.82 Mb.
bet1/2
Sana15.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1477034
  1   2
Bog'liq
XOLBOYEV SARDORBEK 11-MAVZU

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI TERMIZ FILIALI DAVOLASH-2 209-’B’ GURUH TALABASI XOLBOYEV SARDORBEKNING MIKROBIOLOGIYA FANIDAN TAYYOTLAGAN MUSTAQIL ISHI


Mavzu: Transmissiv infeksiyalarning qo‘zg‘atuvchisi (spiroxetalar va rikketsiyalar). Taksonomiyasi. Ekologiyasi. Xo‘jayin organizmlari va tashuvchilari. Asosiy biologik xususiyatlari. Patogenlik omillari. Odam va hayvonlar patologiyasidagi roli. Mikrobiologik diagnostika usullari.
 

Rikketsiyalar mayda, bakteriyasimon, grammanfiy mikroorganizmlar bo‘lib, Rickettsiales tartibiga kiritilgan. U Rickettsiaceae, Bartonellaceae, Anaplasmataceae oilalaridan iborat. Ko‘pchilik rikketsiyalar zararsiz mikroorganizmlarga kiradi. Ularning 50 dan ortiq turi turli bo‘g‘imoyoqlilar ichagi va so‘lak bezlaridan topilgan. Odam organizmida kasallik qo‘zg‘atadigan rikketsiyalar ancha kam. Ular turli bo‘g‘imoyoqlilar organizmida yashab qolmay, odam va boshqa sut emizuvchilar organizmiga tushadi va u erda o‘ziga xos patologik jarayonni yuzaga keltiradi.


Rikketsiyalar quyon va qo‘y eritrostitlarini gemoliz qilish xususiyatiga ega, ammo odam eritrostitlarini gemolizlamaydi.
Kasallik jarayonida bemor organizmida kuchli immunologik o‘zgarishlar yuzaga keladi. Buni agglyutinastiya, neytrallash va komplementni biriktirib olish reakstiyalari yordamida aniqlanadi.
Odam va hayvonlarda rikketsiyalar qo‘zg‘atadigan yuqumli kasalliklar guruhi rikketsiozlar deb ataladi. Ular dunyoning ҳamma mamlakatlarida uchraydi. Bulardan toshmali terlama va volin isitmasi epidemik antroponozlar bo‘lib, kasallik manbai bemor va rikketsiya tashuvchilar hisoblanadi, kasallik esa odamlarga bitlar orqali o‘tadi. Qolgan rikketsiozlar tabiiy manbali endemik zoonozlar bo‘lib, qo‘zg‘atuvchilari ba’zi sut emizuvchi ҳayvonlar organizmida saqlanadi va qon so‘ruvchi bo‘g‘imoyoqlilar: kanalar, burgalar va kanalarning tuxumlari orqali o‘tadi. P.F.Zdrodovskiy bo‘yicha rikketsiozlar 5 guruhga bo‘linadi. Epidemik toshmali terlama (tif), kanali dog‘li isitma, stustugamushi, Ku-isitmasi va paraksizmal rikketsiozlar.
 
Toshmali yoki tepkili terlama (typhys exanthematicus) ko‘proq qon tomirlar va markaziy nerv sistemasining zararlanishi ҳamda o‘ziga xosisitma va terida toshmalar toshishi bilan kechadigan o‘tkir yuqumli kasallik.
Provachek rikketsiyalari (Rickettsia prowazekii) qo‘zg‘atadi. Birinchi marta 1909–1910 yillarda amerikalik olimlar G.Rikkets va R.Uilder Meksika toshmali terlamasi bilan kasallangan bemor qonidan mayda, harakatsiz, bipolyar mikroorganizmlarni, keyinchalik, chex tadqiqotchisi S.Provachek toshmali terlama bilan kasallangan bemorning qonida Romanovskiy-Gimza bo‘yog‘i bilan yaxshi bo‘yaladigan, ovalsimon va bir oz cho‘zilgan tanachalarni aniqladi (1913).
Provachek rikketsiyalari hujayra ichida yashaydigan, bakteriyasimon, harakatsiz, grammanfiy, shakli o‘zgaruvchan mikroorganizmlar bo‘lib, uning kokksimon, tayoqchasimon, bastillyar va ipsimon shakllari mavjud. Ularning o‘lchami o‘rtacha 0,2–40 mkm, kengligi 0,3–0,6 mkm
Toshmali terlama haqiqiy antroponoz kasallik hi­soblanadi. Kasallik manbai-faqat odamlar. Ular kasallik yashirin davri­ning oxirgi 2–3 kunidan to ҳarorat tushib, 7–8 kun o‘tguncha, hammasi bo‘lib 20 kungacha xavfli hisoblanadi. O‘zoq muddat mikrob tashuvchanlik ҳolati ko‘zatilishi tufayli qaytadan (endogen) zararlanish ham uchrab turadi.
Infekstiya bemordan sog‘lom odam organizmiga transmissiv yo‘l, ya’ni bitlar, aksari kiyim biti (Pediculus vestimenti), ba’zan bosh biti (Pediculus capitis) orqali o‘tadi.
Bemor qonini so‘rgan bit sog‘lom odamlarga 4–5 kundan keyin za­rarli ҳisoblanadi. Bu davr ichida bemor qoni bilan bitning ovqat hazm qilish yo‘liga tushgan Provachek rikketsiyalari epiteliy hujayralarida tez ko‘paya boshlaydi, ular ma’lum miqdorga etgandan so‘ng, epiteliy hujayralari yorilib, rikketsiyalar bit­ning najasi bilan tashqariga chiqadi va qaysi odamning organizmida para­zitlik qilayotgan bo‘lsa, o‘sha odamning terisi va ichki kiyimlarini iflos­lantiradi. Zararlangan bit rikketsiyalarni hayotining oxirigacha o‘zida saqla­shi mumkin. Bitning hayoti 40–50 kun bo‘lganligi uchun, nazariy jihatdan bitning odam uchun zararli davri 30–40 kunga to‘g‘ri keladi. Amalda bu davr qisqa bo‘lib, bitning o‘zi rikketsioz infekstiyadan 7–8 kundan so‘ng ha­lok bo‘ladi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling