Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Termiz Fillali "Davolash" Fakulteti 1-Kurs 104-‘A’ Guruh
Download 19.02 Kb.
|
O'zbekistonda dastlabki davlatlarning paydo bo'lishi va rivojlanish
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Termiz Fillali “Davolash” Fakulteti 1-Kurs 104-‘A’ Guruh Talabasi Muhiddinov Husanjon Tomonidan Tayyorlangan REFARAT Mavzu: O’zbekistonda dastlabki davlatlarning paydo bo’lishi va rivojlanish bosqichlari Reja:
Dastlabki davlatning paydo bo’lishi jarayoni Bu yo’ldagi mashaqqatlar va to’sqinlioklar Qadimgi davlatlar haqida Ma’ruza matni Jahonning turli mintaqalarida ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi jarayonida ilk davlat uyushmalarining yuzaga kela boshlaganligini kuzatish mumkin. Dehonchilik va chorvachilikning paydo bo’lishi, xunarmandchilikning vujudga kelib taraqqiy etishi, mehqnat qurollarining takomillashishi mehnat unumdorligining oshishiga olib keldi. Ayni paytda urug’ jamoasi xududiy qo’shni jamoasiga aylana bordi. Aholi joylashgan yerlarn, dehqonchilik bilan mashg’ul vohalarni dushmandan himoya qilish , jamoaning ichki va tashqi munosabatlarini huquqiy rivojlantirish va nazorat qilish zarurati ilk davlat birlashmalari rivojlanishining boshlanishiga sabab bo’ldi. Masalan: milodda avvalgi 4- ming yillikda Mesopotamiyada, miloddan avvalgi 3- ming yillik boshlarida Misrda ilk bor davlatlar paydo bo’ldi. O’zbekiston tarixiga doir voqea va hodisalarning tahliliga yangicha yondashish tufayli Markaziy Osiyoda xususan, O’zbekiston xududida dastlabki davlatlarning tashkil topishi tarixiga 3-ming yil bo’ldi degan ilmiy hulosaga kelish mumkin. Miloddan avvalgi 1-ming yillikning boshlarida ilk davlat birlashmalari paydo bo’la boshlaydi. Qishloqlar kengayib shaharlarga aylanib borar ekan, bu shaharlar eng qadimgi viloyatlar va davlat uyushmalarining ma’muriy markazi bo’la boradi. Avestodagi malumotlar, Gerodot va Gekatey asrlari (Qatta Xorazm), shuningdek, Ktesiyning Qadimgi Baqtriya podsholigi haqida ma’lumotlari Markaziy Osiyoda ilk davlat uyushmalari uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Tadqiqotchilair bu davlatlarning shakillanish jarayoni axmoniylargacha bo’lgan davrda deb xisoblaydilar va miloddan avvalgi IX-Vll asrlar deb belgilaydilar. Markaziy Osiyo xalqlari miloddan avvalgi Vl-lV asrlarda, yani qariyib 200 yil mobaynida Eron axamoniylari xukumronligi ostida yashadilar. Faqat miloddan avvalgi IV asrlarga kelib markaziy hokimiyati kuchsizlana boshlagan, zulm asoratida bo’lgan xalqlar o’z mustaqilligiga erishish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Markaziy Osiyoda o’z mustaqilligiga birinchilardan qatorida Xorazm vihasi erishdi. Iskandar Zulqaynay Eronning asosiy viloyatlarini bosib olgach, miloddan avvalgi 329- yilning bahorida Xindikush tog’idan oshib Markaziy Osiyo hududlariga kirib keladi. Bosqinchilarga qarshi umum xalq urushi e’lon qilgan Baqtriyaliklar, So’g’diyanaliklar va Skiflar uch yil davomida dushman bilan mardonavor jang qildilar. Xalqning yunon-markazi bosqinchilariga qarshi kurashiga mahalliy sarkardalardan Spitamen boshchilik qiladi. Miloddan avvalgi 327-yilning oxirlarida Sug’diena Iskandar tomonidan batamom bosib olinib, qo’zg’alon bostirildi. Miloddan avvalgi IV asr oxirida Iskandar saltanati uch mustaqil davlatga: Makedoniya, Misr, Suriya va sharqqa bo’linib ketadi. Suriyadan to Markaziy Osiyo Hindistongacha Makedoniyalik Iskandarning eng ishonchli sarkardalaridan biri Salovkaga tegadi. O’rta Osiyo xalqlarining miloddan avvalgi 312- yildan 250- yilgacha bo’lgan tarixi S Salavkiylar tarixi bilan chambarchas bog’liqdir. Miloddan avvalgi 250 yillariga kelib, Markaziiy Osiyoda salavkiylar davlatidan ikkita, dastlab Parfiya, keyin esa yunon-Batriya davlati ajralib chiqadi. Yunon-Baqtriya davlatlarining asosi Baqtriya bo’lib, bazi hokimlar davrida Xindistonning Shimoliy-G’arbiy qismi, Amudaryo va Sirdaryo o’rtasidagi katta yerlar qo’shib olinadi. Davlatning poytaxti Shimoliy Afganistondagi Baqtro shahri edi. Yunon-Baktriya miloddan avvalgi II asrning uchinchi choragiga kelib Sharkiy Turkiston orkali kirib kelgan yuechji va sak qabilalari xujumi natijasida butunlay inqirozga uchradi. Xozirgi Turkmaniston va Eronning bir qismini oz ichiga olgan qadimgi Parfiya davlati mustaqil davlat va imperiya sifatida 500 yildan ziyodroq yashagan. Miloddan avvalgi II-I asrlarda Markaziy Osiyoda mavjud bolgan davlatlarining yana biri bu Parkana davlati bo’lib u Xitoy manbalarida Davon deb yuritiladi. Xitoy malumotlariga ko’ra miloddan avvalgi II asrda Farg’onada 300 ming aholi yashagan. Vahoda shaxarlar ko’p bolib, poytaxti Erish shahri (xozirgi Marhamat) edi. Davon qishloq xo’jaligi yuksak darajada rivojlangan mamlakat edi. Miloddan avvalgi III asrning boshlarida payda bo’lgan yana bir davlat Qang’ davlati edi. Bu davlatning xududi dastlab Sirdaryoning o’rta oqimidagi yerlardan (Toshkent vohasi hamda unga tutash tog’ va cho’l zonalari) iborat edi. Miloddan avvalgi II-I asrlarda Qang’liklar Amudaryo va Sirdaryo oralig’idagi yerlarni va Xorazmni o’zlariga boysindiradilar. Miloddan avvalgi l- va milodiy II-I asrlarda Qang’ davlati iqtisodiy va madaniy jixatdan ancha rivojlangan davlat edi. Qang’ davlatining asosiy aholisi o’troq va yarim o’troq bolib uning xududida ko’chmanchi chorvadorlar ham yashar edi. O’troq aholi asosan vodiyda yashab, dehqonchilik, bog’dorchilik va hunarmandchilik bilan shug’ullanib kelgan. Miloddan avvalgi II-I asrlarda O’rta Osiyo xududidagi yana bir mustaqil davlat Toxariston edi. Toxar qabilalari Baqtriyada yunon-Baqtriya xukmdorligini tugatgandan so’ng uni shunday nomlashdi. Toxarlar qisman ko’chmanchi bolib qolaverishgan. Ularda yagona davlat bo’lmaganidek, oliy xukmdor ham yoq edi, har bir shahar oz hokimi tomonidan boshqarilgan. Xitoy manbalarida yuechji deb nomlangan qadimgi massagetlar xunnlar tomonidan Markaziy Osiyo yerlariga surib chiqarildilar va miloddan avvalgi 140-130 yillarda ular yunon-Baqtriyaga kirib kelishdilar. Ular bu beshta xokimlikka birlashib yashodilar. Tez orada yuechji qabilalarining tazyiqi ostida yunon-Baqtriya davlati parchalanib ketdi. Miloddan avvalgi 1-asr oxirida milodiy 1 asr boshida bu yerda yani Baqtriyada yuechji qabilalarini birini hokimi Kujula Kadfiz bolgan Kushon davlati tashkil topdi. Miloddiy 1 asrga kelib Kushon davlati oz axamiyatiga ko’ra antik davr Xitoydagi Xan davlati, Parfiya podsholigi, Rim saltanati bilan raqobatlasha oladigan qadimgi dunyoning eng qudratli va zabardast davlatlaridan biri sifatida tashkil topdi. Kujula Kadfizdan so’ng uning o’g’li Vima Kadfiz davrida mamlakatda pul islohati utkazilib oltin tangalar zarb qilina boshladi. Kushon podsholari ichida eng malihuri Kanishka xisoblanadi. Uning xokimlik davrida Kushonlar saltanati yanada gullab yashnadi. Mamlakat poytaxti Peshavar atrofida edi. Mamlakatining xududi Shimoliy Xindstan, Afg’oniston, Markaziy Osiyoda ko’pgina viloyatlar, sharqiy Tarkistondan ibarot edi. Kanishkadan song Vosishka podsholigi davrida kushonlar saltanati, inqirozga uchray boshladi. Kushon davrida Markaziy Osiyoning deyarli barcha viloyatlari qishloq xo’jaligini yaxshi uzlashtirib olgan edilar chorvachilik ham rivojlangan edi. Xunarmadchilik faqat yirik shaharlarda emas kichikrok manzilgohlarda ham rivojlandi. Kushonlar davrida savdog-sotiq ichki va tashqi savdo ayniqsa rivojlandi. V asr o’rtalarida esa O’rta Osiyo xududida yangi qudratli davlat Eftaliylar podshohligi shakllanishi oxiriga etdi. Manbalarda xabar berilishicha, 457 yildan boshlab eftaliy podshohi Vaxshunvor Choganien, Toxariston va Bazaxshonni uziga bo’ysindirgan. Massagetlar avlodi — eftalitlar kushonlar siyosatini davom ettirib, Urta Osiyo, sharqiy eronning bir kismi, Shimoliy Xindiston va Sharqiy Turkistonni xalklarini yagona davlatga birlashtirdilar. Eftaliylar davlati markaziy Osiyo halqlari tarixida ham orin tutib, keyinchalik oz o’rnini 563-567 yillardagi kurashidan so’ng tarix moydanidagi yangi siosiy kuch-Turk xoqonligiga boshatib berdi.Turk xokonligi tarkibiga Sharqiy Turkiston, Shimoliy Xindiston va Kaspiy dengizigacha bolgan Orta Osiyo xududi kirar edi. 588 yilda Erondagi Somoniylar davlati va Turk xoqonligi lashkarlari orasida jang bolib, unda turklar mag’lubiyatga uchradilar. Shundan song Turk xoqonligi sharqiy hamda g`arbiy qismga bo’linib ketdi. VII asr o’rtalarida yirik Arab xalifaligi davlati tashkil topdi. Arab xalifaligi VIII asr boshlarida butun Mavarounnaxrni bosib oldi. Arab istilosi bilan birga bu erga islom dini ham kirib keldi.VIII asrning oxiri IX asr boshlarida Arab xalifatligi chuqur siyosiy inqirozga uchradi. Markaziy Osiyoda yuzaga kelgan vaziyat xalifalikni sharqiy viloyatlarni va Mavarounnaxrni idora qilishni mahalliy zodagonlar vakillari Toxoriylar va Somoniylarga berishga majbur qildi. Ular tez orada xalifalikda mustaqil siyosat yurita boshladi. Somoniylar Mavarounnaxrni boshqarishda mahalliy an’analarga asoslanadilar. Ular dehkonchilik, xunarmandchilik va savdoni rivojlantirishni, soliq tizimini tartibga solishni mamlakatni boshkarishda shariat qonunlariga amal qilishni davlat vazifasi darajasiga ko’tardilar. Ismoil Somoniy davrida davlat tizimini mustaxkamligiga qaratilgan qator islohotlar amalga oshirildi. Natijda qadimgi sharq davlatchiligi an’analariga asoslangan markazlashgan boshqarish tizimi yaratildi.Narshaxiyning malumotlari boyicha, Somoniylar davlatining markaziy boshqaruvi 10 davondan iborat bolgan X asr oxirlarida Somoniylar davlati qulab, Mavarounnaxrda xukimronlik Qoraxoniylar qo’liga o’tdi. Qoraxoniylar davlatni el-yurt va viloyatlarga bolib boshqardilar. Qoraxoniylar davlatning boshlig’i tamgachxan yani xonlar xoni yoki Qoraxon-ulug’ xon deb yuritilgan. Qoraxoniylar davrida yer egaligining iqta shakli keng avj oldi. XII asrning 2 yarmida Mavorounnaxrda Qoraxoniylar davlati inqirozga yuz tutib, uning o’rnida harbiy turk sarkardalari tomonidan boshqariladigan mayda feodal o’lkalar paydo bo’ldi. Orta Osiyoning janubiy g’arbidagi qudratli Seldjukiylar davlati XII asr o’rtalarida zaiflasha boshladi. Yuzaga kelgan siyosiy vaziyatda Xorazmshoxlar mamlakati kuchaya boshladi. Xorazmshoxlar unvonini XI asr oxirida Qutbaddin Muxammad tiklagan edi. 1127-1156 yillarda xukmronlik qilgan Otsiz davrida Xorazm kuchli davlatga aynaldi. Uning vorislari Elarslon (1156-1172) va Alauddin Takoli (1172-1200) davrida Xorazm yerlari yanada kengayib u sharqdagi qudratli davlat buldi. Xorazmshox Muxammad davrida (1200-1220) Xorazmga butun Mavarounnaxr qo’shib olindi. Download 19.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling