Toshkent tibbiyot akademiyasi Tibbiy biologiya yo’nalishi 102A gurux talabasi Rajabaliyeva Sug'diyonaning Tibbiyota axborot texnologiyalari fanidan “lms platformalarining turlari va vazifalari “ mavzusida tayyorlagan Mustaqil ishi


LMS (Learning Management Systems — ta’limni boshqaruv tizimlari) haqida


Download 0.85 Mb.
bet2/7
Sana09.01.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1084819
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Sug\'diyona mustaqil ish

LMS (Learning Management Systems — ta’limni boshqaruv tizimlari) haqida.
Raqamli texnologiyalarning rivojlanishi internet orqali masofadan o‘qish imkoniyatini kengaytirib yubordi. Masofadan turib onlayn o‘qish ta’lim olishning innovatsion va qiziqarli usuli hisoblanadi. Bunda o‘quvchi mustaqil tarzda ta’lim oladi, bilimlarni o‘zlashtiradi, o‘z-o‘zini nazorat qiladi, mustaqil fikrlaydi va xulosa chiqaradi. Ta’lim jarayonini masofaviy shaklda tashkil etish uchun ta’lim jarayonini boshqaruvchi tizimlar (LMS – Learning management systems)dan foydalaniladi.
Ta’lim boshqaruv tizimlari (LMS — learning management systems) — bilim olish faoliyatini tashkil etish va boshqarish uchun mo‘ljallangan hamda videodars, ma’ruza materiallari, taqdimot, kitob kabi o‘quv materiallari majmuasidan iborat muloqot rejimida ishlay oladigan inson-mashina majmuasi yoki masofaviy ta’lim shakli.
Learning — o‘qitish. LMS yordamida elektron kurs yoki o‘quv materiallarining yagona bazasini yaratish mumkin. Bunday baza mavzu bo‘yicha shakllantirilgan bilimlar omboridir.
Management — boshqaruv. Ta’limni administrator (yoki kursni tashkil etuvchi o‘qituvchi) boshqarib boradi. U o‘quvchilar uchun kurs, topshiriq va testlarni belgilab beradi hamda uy vazifalari bajarilishini nazorat qilib boradi.
System — elektron tizim. LMS o‘qituvchining o‘rniga har bir o‘quvchi berilgan topshiriq yoki testni qancha vaqtda va qanday topshirganini tekshirib, qayd etib boradi. Hisobotlar orqali o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini kuzatib borishi ham mumkin.
LMSNING AFZALLIKLARI :

  • Foydalanishning erkinligi — o‘quvchi tizimdan deyarli hamma joyda foydalanishi mumkin. Yoshi katta ta’lim oluvchilar esa asosiy ish joyidan ajralmagan holda ta’lim olishlari mumkin.

  • O‘qish xarajatlarini kamaytirish — metodik adabiyotlar sotib olish uchun mablag‘ talab qilinmaydi.

  • Moslashuvchanligi — o‘quv jarayoni o‘qituvchi va o‘quvchi imkoniyat va talablaridan kelib chiqqan holda tashkil etilishi mumkin.

  • Zamon bilan hamnafasligi — elektron kurs foydalanuvchilari, xususan, o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘z bilim va ko‘nikmalarini eng zamonaviy texnologiya va standartlarga muvofiq rivojlantirib boradi. Bunda elektron o‘quv kurslar materiallarini tezkorlik bilan o‘z vaqtida yangilab turish imkoniyati mavjud.

  • Ta’lim olishning tengligi — o‘qitish ma’lum bir ta’lim muassasasidagi o‘qitish sifatiga bog‘liq bo‘lmaydi.

  • Bilimlarni baholashning obyektiv mezonini belgilash imkoniyati — o‘quv jarayonida o‘quvchi tomonidan o‘zlashtirilgan bilimlarni baholashning aniq mezonlarini belgilab olish mumkin.

  • Tajriba almashish — muloqot qilish, xabarlar almashish uchun chat, blog, forum va konferensiyalardan foydalanish mumkin.

  • Statistika — darsga qatnashish, o‘zlashtirish kabi ma’lumotlar tizimda qayd etib borilganligi uchun, o‘qituvchi xohlagan paytda kerakli shakldagi hisobotni olishi mumkin.

LMSNING KAMCHILIKLARI :

  • O‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasida bevosita aloqaning mavjud emasligi o‘quv jarayonini nazorat qilish va o‘quvchi natijalarini baholashni qiyinlashtiradi.

  • LMSni joriy etish zamonaviy texnologik qurilmalarni talab etadi.

  • O‘qituvchilar yuqori AKT kompetentlikka hamda o‘z o‘quv dasturlarini elektron ta’limga moslashtirish qobiliyatiga ega bo‘lishlari lozim.

  • O‘qituvchi individual pedagogik mahoratini to‘liq namoyish qila olmaydi.




Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling