Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Tibbiy biologiya yo`nalishi 203-b guruh talabasi Xolmamatov Kamoliddinning Fuqaro muhafozasidan Tayyorlangan taqdimoti


Download 0.61 Mb.
Sana09.06.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1470095
Bog'liq
1..-mavzu


Toshkent Tibbiyot
Akademiyasi
Tibbiy biologiya yo`nalishi
203-B guruh talabasi
Xolmamatov Kamoliddinning
Fuqaro muhafozasidan
Tayyorlangan taqdimoti
Fuqaro muhafozasi tibbiyot xizmati,vazifasi, tashkiliy tamoyillari
Fuqaro muhofazasi - harbiy harakatJar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan O ‘zbekiston Respublikasi aholisini, hududiarmi, moddiy va madaniy boyliklarini muhofaza qiiish maqsadida o‘tkaziladigan tadbirlarning davlat tizimidir.
Fuqaro muhofazasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
  • Aholini harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalanish usullariga o'rgatish.
  • 2. Obyektlami harbiy harakatlar oiib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalanish harakatlari va usullariga o‘rgatish.
  • 3. Boshqaruv, xabar berish va aloqa tizimlarini tashkil qilish. rivojlantirish va doimiy shay holatda saqlab turishi.

4. Xalq xo‘jaligi obyektlarining barqaror ishlashini ta’minlash yuzasidan tadbirlar kompleksini о ‘tkazish.
5. Aholini, moddiy va madaniy boyliklami xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish.
6. Fuqaro muhofazasi harbiy tizimlarining shayligini ta’minlash.
7. Aholini umumiy va shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash tadbirlarini o‘tkazish.
8. Aholining harbiy harakatlar olib borish paytidagi yoki shu harakatlar oqibatidagi hayot faoliyatini ta’minlash.
9. Radiatsion, kimyoviy va biologik vaziyat ustidan kuzatish va laboratoriya nazorati olib borish.
10. Qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlami o‘tkazish.
11. Harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida zarar ko‘rgan hududlarda jamoat tartibini yo‘lga qo‘yish va saqlab turish. 12. Aholini va hududlarni muhofaza qilish yuzasidan boshqa tadbirlarni o‘tkazish.
FM vazifalarini bajarish uchun turli xil tadbirlar o‘tkaziladi. Aholini muhofazalash maqsadida oldindan himoya inshootlari quriladi, shaxsiy himoya vositalari yig‘iladi, aholiga himoya vositalaridan to‘g‘ri foydalanish. tibbiy yordam ko‘rsatish o‘rgatiladi, yirik shaharlardan aholini shahardan chetga ko‘chirish rejalashtiriladi.
Harbiy harakatlar ulil oorish davrida xalq xo‘jaligi obyektlarming to‘xtovsiz ishlashini ta’milashdan maqsad shu korxonalaming talabga muvofiq ravishda yetarlicha mahsulot ishlab chiqarishidir. Buning uchun ishchi-xizmatchilami yashirinish inshootlari bilan ta’mmlash, uskunalarni va vositalarni yadro bombasi portlashining ta’sir omillaridan himoyalash, obyektda yong‘indan xavfli, portlovchi va zaharli moddalar zaxirasini kamaytirish, elektr, suv va gaz tarmoqlarini mustahkam himoyalash va boshqalar.
Fuqaro muhofazasining asosiy tashkiliy tamoyili davlatimizda Vaziriar Mahkamasining rahbarlik rolidir. FM ishlab chiqarish-hudud tamoyili asosida tashkil topadi. Buning mazmuni shundan iboratki, hamma tadbirlarni rejalashtirish va o‘tkazish Respublika Vaziriar Mahkamasi tomonidan va ishlab chiqarish, xo‘jalik rahbarlari, boshqarma rahbarlari tomonidan olib boriladi. O'zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasiga umumiy rahbarlikni 0 ‘zbekiston Respublikasi Vaziriar Mahkamasi amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri mamlakat fuqaro muhofazasining boshlig‘idir. 0 ‘zbekiston Respublikasi fiiqaro muhofazasini boshqarish O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda vaziyatlar vazirligi zimmasiga yuklanadi.
Qoraqalpog‘iston avtonom respublikasi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hududlarida &qaro muhofazasiga rahbarlik qilishni tegishlicha lavozimiga ko‘ra fuqaro muhofazasining boshlig‘i bo‘lgan Qoraqalpog‘iston avtonom respublikasi Vaziriar Kengashi Raisi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlari amalga oshiradilar.
Fuqaro muhofazasi davlat himoya tadbirlarining ajralmas qismidir. Har bir shaxs FM o‘tkazadigan tadbirlarga faol qatnashishi, shu bilan o'zining Vatan oldidagi insoniy burchini bajarishi kerak.
Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling