Toshkent tibbiyot akademiyasi urganch filiali
Download 227.38 Kb.
|
Abduqodir
Suv juda ko‘p kasalliklarni uzatuvchi va tarqatuvchi omil sifatida muhim o‘rinni egallaydi, jumladan- vabo, tif, paratif, ichburug‘, gepatit, brutsellez va b., hamda ayrim turdagi invazion kasalliklar (rishta)ning tarqatuvchisidir. Bunday holat juda ko‘p mikroorganizmlarning suv muhitida uzoq muddatlarda (bir nech kundan bir necha oygacha- jadval) yashay olishi bilangina bog‘liq bo‘lmay, balki ular suv muhitida o‘zlarining virulentligini ham to‘liq saqlay oladilar
issiq iqlim sharoitida buning ahamiyati juda muhim, chunki bunday sharoitda mikroorganizmlar va ayniqsa patogen mikroblar juda uzoq muddatlargacha yashay oladilar. Shuning uchun suv muhiti yuqumli kasalliklarning tarqalishida bizning Respublikada juda muhim omil bo‘lib xisoblanadi.
suv orqali tarqaladigan epidemiyalar o‘ziga xos ayrim xususiyatlarga egadir, chunonchi: juda qisqa vaqt ichida katta miqdordagi bir turdagi kasallik aniqlanadi (ommaviy kasallanish), aniqlangan yuqumli kasallik aniq bir yashash joyiga ega (chegaralanganligi), kasalliik aniqlanganidan so‘ng esa ifloslangan manbani zararsizlantirish choralari ko‘rilishi bilan kasallanish keskin kamayib ketadi.
Download 227.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling