Toshkent tibbiyot akademiyasi urganch filiali
Eksperiment-tajriba-sinov usuli
Download 0.87 Mb.
|
kasbiy ta\'lim metodikasi fanidan majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Matematika va kibernetika usullari
- Ijtimoiy tadqiqot usuli
Eksperiment-tajriba-sinov usuli - ushbu tajriba ta`lim-tarbiya jarayoniga aloqador ilmiy faraz yoki amaliy ishlarning tadbiqiy jarayonlarini tekshirish, aniqlash maqsadida o`tkaziladi.
Statistika ma`lumotlarini tahlil qilish usuli – ta`lim sohasidagi, jumladan, ajratilgan mablag`larning doimiy o`sib borishi, darslik va o`quv qo`llanmalari, ko`rgazmali qurollar, o`qituvchi kadrlar tayyorlash, ta`lim muassasalarining qurilishi, xo`jalik shartnomalari va ulardan tushayotgan mablag`lar statistika usuli orqali aniqlanadi. Matematika va kibernetika usullari - o`qitish nazariyasi, amaliyotida hisoblash matematikasi va kibernetikasi mashinalari yordamida bir tildan ikkinchi tilga tarjima, dasturli ta`lim va uni mashina orqali boshqarish, o`qitishni mustahkamlash, baholash orqali ta`lim-tarbiya samaradorligini oshirish, differensial va individual ta`lim berish kabi jarayonlardir. Ijtimoiy tadqiqot usuli - anketaga savollar kiritiladi. Bundan maqsad, talaba-yoshlarning kasb-hunarga bo`lgan qiziqishlarini, talabalar orasidagi do`stlik munosabatlarini, o`quv yurtidagi shart-sharoitlarni bilish, yutuq va kamchiliklarni, dinga, xususan, tasavvuf ilmiga qiziqishlarini aniqlash, talabalarning ma`naviy sifatlarini, bilim olishga ishtiyoqi, adabiyotlar bilan ta`minlanganlik darajasi, o`quv taqsimoti, o`qituvchilarning bilim berish darajasi, o`quv qo`llanmalarining sifati, kompyuterda mashg`ulot o`tkazish turlarini o`rganish, ilmiy va kasbiy mahoratni oshirishdagi mashg`ulotlar turi, stipendiyalar miqdori, stipendiyalar talabalarning xarajatini qanchalik qoplashi, talabalarning haq to`lanadigan ishlarda qat-nashishi, otaonalarining moddiy yordami, ularning ma`lumoti, ish joyi, talabalar ko`p boradigan jamoat joylari, yashash joyi, ilmiy dunyoqarashining shakllanishiga ta`sir etuvchi, mutaxassis bo`lib yetishishida hal qiluvchi omillar, talabalarning onglilik darajasi, komil inson bo`lish uchun kerakli bo`lgan ma`naviy sifatlar, o`zlashtirganlik darajasi haqidagi savollar anketaga kiritiladi. Savol-javoblarning barchasi kompyuterda qayta ishlanadi va xulosalar chiqariladi. Fanning ilmiy-tadqiqot usullari qanchalik to`g`ri tanlansa ta`lim-tarbiya mazmunini yangilash va takomillashtirish shu darajada yaxshilanadi, rivojlantirilib, boyitib boriladi. Kasb ta`limi muammolariga qaratilgan ilmiy izlanishlar o`tkazishdan maqsad, bo`lajak kichik mutaxassislarni o`zi tanlagan kasbiga o`qitish va o`rgatishning samarali metodlarini ishlab chiqish va amalda qo`llash, texnik vositalarni qo`llashga doir masalalarni yechishni o`rganishdan iboratdir. Ilmiy izlanishlar olib borish uchun o`qituvchidan fanning mazmunini chuqur bilish talab etiladi. Ko`pchilik bo`lajak pedagoglar talabalik vaqtlarida-yoq pedagogik izlanishlar bilan shug`ullanadilar. Fan bo`yicha metodik ko`rsatmalar, maketlar, mustaqil ishlar uchun materiallar tayyorlaydilar. Ilmiy anjuman va seminarlarda ma`ruzalari bilan qatnashib, o`zlarining pedagogik mahoratlarini oshirib boradilar. Ilmiy pedagogik izlanishlar jarayonini shartli ravishda quyidagi bosqichlarga bo`lish mumkin: 1. O`qituvchining adabiyotlarni o`rganish va amaliy ishlar asosida muammolarni aniqlash. Bunda o`rganilayotgan muammo to`g`risida adabiyot muallifining fikr-mulohazalari; o`rganilayotgan muammo to`g`risida usullardan farqli ravish kiritgan takliflari; adabiyotlarda qaysi asosiy masalalar yoritilmagani; muammoni yechish uchun olib boriladigan izlanishlar aniqlanadi. 2. Kuzatish metodi orqali o`qitish jarayonida yuzaga keladigan muammolar o`rganiladi. (o’qituvchi dars jarayonida duch keladigan qiyinchiliklar, kamchilik va qiyinchiliklarning yuzaga kelish sabablari, tajriba-sinov orqali yangiliklar bosqichma-bosqich o`qitish jarayoniga tatbiq etiladi, natijalar esa test, suhbat, so`rovnomalar orqli o`rganilib boriladi. statistik ma`lumotlarni tahlil etish va matematika-kibernetika metodlari yordamida dalillarni taqqoslash orqali asoslangan taklif beriladi. 3. Izlanish natijalarini rasmiylashtirish va o`quv jarayonida qo`llash. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling