Toshkent tibbiyot akademiyasi


Download 170.9 Kb.
Sana11.03.2020
Hajmi170.9 Kb.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI

1-SON BOLALAR KASALLIKLARI” KAFEDRASI





FAN: BOLALAR KASALLIKLARI

Amaliy mashgulot:

Bolalarda bronxial astma. Etiologiyasi, patogenezi, klinikasi, diagnostikasi, qiyosiy tashhisi, davosi va profilaktikasi .


Vaqt: 160 daqiqa

Talabalar soni: 8 - 10

O‘quv mashg‘ulotining shakli va turi

Amaliy mashg‘ulot

O‘quv mashg‘ulotining tuzilishi

1. Kirish kism..

2. Nazariy kism

3. Analitik kism:

- Test va vaziyatli masalalar

4. Amaliy kism


O‘quv mashg‘uloti maqsadi:

Bronxial astma mavzusi bo‘yicha talabalarning bilimini chuqurlashtirish va mustaxkamlash, erta tashxislash ko‘nikmalarini rivojlantirish, zotiljamda qiyosiy taqqoslashni va UASH taktikasini bilish, reabilitatsiya va dispanserizatsiya chora tadbirlarini o‘tkazishni o‘rgatish.

Talaba bilishi kerak:

-har xil yoshdagi bolalarda bronx o‘pka tizimining AFHni;

-bronxial astma etiologiyasi va patogenezini;

-bronxial astmaning diagnostik mezonlarini;

-bolalardagi BA tasnifini;

-BAning asosiy klinik ko‘rinishlari, diagnostik mezonlari va davolash choralarini bilishi.

-BAning xar xil turlarini klinik ko‘rinishlarini va ularni taqqoslash mezonlarini bilishi;

-BAning asosiy asoratlarini;

-davolash va profilaktika mezonlarini;

-allergolog va pulmonolog maslahatiga ko‘rsatma.


Talaba bajara olishi lozim:

-bemor bola va uning ota-onasidan to‘g‘ri anamnez va shikoyat yig‘ishni, olingan ma’lumotlarni tahlil qilishni bilishi.

-bronxial astmali bolani tekshirishni bilishi.

-bemor bolalarda o‘pkani paypaslash, perkussiya qilish va auskultatsiya o‘tkazishni bilish.

-shu kasallikga tegishli klinik va laborator - instrumental tekshiruvlarni tahlil qilishni bilishi.

- bemor bola yoshiga mos dori dozasini hisoblashni bilish.

-pikfloumetriya o‘tkazishni bilish.




Mashgulotning xronologik xaritasi



Mashgulot tarkibi

Mashgulot turi

Nazariy qism

Amaliy qism

1.

Ma’ruza

8.30 - 9.55




2.

Tanaffus

9.55 - 10.00

3.

Mavzu bo’yicha bemor kuratsiyasi, amaliy ko’nikmalarni bajarish




10.00 - 11.20

4.

Tanaffus

11.20 –12.00

5

Amaliy ko’nikmalarni bajarish




12.00 – 12.30

5.

Mavzu bo’yicha testlarni va vaziyatli masalalarni echish.TMI.

12.30 – 13.20




Nazariy qism

Bronxial astma (BA) - nafas yo‘llarining surunkali yallig‘lanish kasalligi bo‘lib quyidagi belgilar bilan namoyon bo‘ladi: nafas yo‘llarining to‘liq yoki qisman qayta obstruksiyasi, bronx silliq mushaklarining spazmi, shilliq qavat shishi, shilliq osti qavatining yallig‘lanish hujayralari bilan infiltratsiyasi, shilliq gipersekretsiyasi, bazal membrananing qalinlashishi; maxsus trigger omillar ta’sirida yuzaga keluvchi va asosan kechqurin yoki ertalab paydo bo‘luvchi yo‘tal epizodlari, hushtaksimon xirillashlar, hansirash, ko‘krak qafasida siqilish hissi; nafas yo‘llari giperreaktivligi.

Tarqalishi. Bolalik davrida bronxial astma eng ko‘p tarqalgan surunkali kasalliklardan biri hisoblanadi. Qaytalanuvchi bronx-o‘pka patologiyasi strukturasida astma 50-60%ni tashkil qiladi.

Epidemiologik ma’lumotlar, ISAAC (bolalarda astma va allergiyani halqaro o‘rganish muassasasi) ma’lumotlariga asosan BA bilan 5-20% bolalar kasallangan. Ko‘p hollarda tashhis kasallik boshlangandan, 2-6 yil keyin qo‘yiladi, bu kasallik oqibatini yomonlashtiradi.

Bronxial astma etiologiyasida ikki guruh omillari farqlanadi: antigen va noantigen.

Antigen omillarga ekzogen allergenlar kiradi, ular orasida noinfeksion allergenlar muhim rol o‘ynaydi.

-“maishiy” allergenlar (chang, epidermal, hashorat va qurt-qumursqalar, akvariumdagi baliqlarning ovqati)

-gul changi allergenlari

-ovqat allerganlari

-dorilardan, jumladan gamma globulin va oqsil dorilari.

Bolalarda noinfeksion sensibilizatsiya shakllanishining aniq qonuniyatlari mavjud. Erta yoshda ovqat allergiyasining allergodermatoz shakli ko‘p uchraydi. Ba’zi kasallarda erta ovqatlanish sensibilizatsiyasida nishon-organi - hazm qilish trakti va nafas olish tizimi hisoblanadi. Epidermal sensibilizatsiyaning qo‘shilishi (hayvonlar juni, par yostiq va boshqalar) ko‘pincha respirator allergozlar bilan bir vaqtda boshlanadi, bu bosqichda respirator allergoz rinofaringit, laringotraxeit va respirator allergiyaning “kichik” shakllari bilan yuzaga chiqadi. Respirator allergik kasalliklarga ba’zida infeksion kasallik deb xato tashhis qo‘yiladi, bu o‘z navbatida ko‘p dorilar ishlatilishi va medikamentoz allergiyaning rivojlanishiga olib keladi. Ko‘pgina bolalarda bronxial astmaning tarqoq tipik klinikasi uy changiga sensibilizatsiyaning qo‘shilishidan keyin yuzaga keladi. BA shakllanishi bola hayotining 2-5 yoshiga to‘g‘ri keladi. Bolalarda o‘simlik gullariga sensibilizatsiya katta yoshda shakllanadi, epidermis va uy changi allergenlariga sensibilizatsiya 2-5 yoshlarda ham kuzatilishi mumkin.

Bakteriya, viruslarning astma etiologiyasida sensibilizatsiya rolini o‘ynashi ko‘p tekshiruvchilar tomonidan inkor qilinmoqda, biroq pubertat yoshda va kattalarda infeksion sensibilizatsiyaning qo‘shilishi mumkin.

Noantigen omillar. BA xurujiga ko‘p fizik omillar (sovuq qotish, insolyasiya, qizib ketish va boshqalar), meteorologik sharoit (shamol, atmosfera bosimi va temperaturaning tushishi), psixogen omillar (qo‘rquv, qayg‘urish, qo‘zg‘alish), jismoniy zo‘riqish sabab bo‘ladi.

Bolalarda bronxial astmaning erta rivojlanishiga homilaning homilaichi sensibilizatsiyasi, turli ta’sirlar natijasida yuzaga kelgan, fetoplatsentar barerning yuqori o‘tkazuvchanligi sabab bo‘ladi. Kasbiy zararli odatlar, aktiv va passiv chekuvchilar ham ta’sir qiladi. Postnatal sensibilizatsiya omillari orasida antigen ekspozitsiya bola hayotining birinchi ikki yilligida muhim ahamiyatga ega.

Bolalarda bronxial astmaning erta rivojlanishida patologik kechgan homiladorlik oqibatida MNSning perinatal zararlanishi, homilaning anti va intranatal gipoksiyasi, tug‘ruq jarohatlari sabab bo‘ladi.



Bronxial astma rivojlanishiga moyillik tug‘diruvchi omillar:

Irsiyat:


1. Agar bolaning ota-onasida atopiya bo‘lmasa bolada kasllik rivojlanish xavfi 0-20% ni tashkil qiladi

2. Agar atopiya belgilari faqat otasida bo‘lsa atopik belgilar bolada 33%, astma esa 25% da rivojlanadi.

3. Agapr atopiya belgilari faqat onasida bo‘lsa u holda atopiya 48% sibslarda, astma esa 38% bolalarda namoyon bo‘ladi

4. Agar atopiya belgilari otasida va onasida bo‘lsa, u xolda atopiya va bronxial astma rivojlanish xavfi 60-100%ni tashkil qiladi.


Sog‘lom odam organizmining immun sistemasi e’tiborga olmaydigan atrof muxitdagi allergenlarga bo‘lgan gipersezuvchanlik irsiyat orqali o‘tadi. Atopik kasalliklarga irsiy moyillik bo‘lgan xollarda BA erta yoshda boshlanadi va og‘ir kechadi.

Kichik yoshdagi bolalarda BAning eng ko‘p uchraydigan sababchisi organizmga kuchli sensibillovchi ta’sir ko‘rsatuvchi o‘tkir respirator virusli infeksiya bo‘lib, u nafas yo‘llari zararlangan shilliq qavatlarining turli xil aeroallergenlarga o‘tkazuvchanligini oshiradi, viruslarning antigen xususiyatlari esa infeksion jarayon davomida makroorganizmning immunologik qayta qurilishini chaqiradi. Kichik yoshdagi bolalarda ko‘p vaqtgacha BA o‘rniga “Obstruktiv sindromli O‘RVI”, “qaytalanuvchi obstruktiv bronxit” tashhisi qo‘yiladi va noratsional davo belgilanadi. Ko‘p yillar o‘tgach bolaga tipik bronxial astma tashhisi qo‘yiladi.



Patogenezi. Patogenezi bo‘yicha BA ikki variantga ajratiladi: immunopatologik va noimmun. Immunopatologik shakli orasida bolalarda Gell va Coombs klassifikatsiyasida I tip bo‘yicha amalga oshuvchi atopik BA asosiy rolni o‘ynaydi. Bu variantning asosiy sababi ko‘pincha noinfeksion allergenlar hisoblanadi. Kam hollarda etiologiyasida noinfeksion allergenlar bilan bir qatorda infeksion omillar xam rol o‘ynovchi kasallikning immunokompleks varianti uchraydi (Gell va Coombs klassifikatsiyasida III tip). Individual patogenezda BAning ko‘rsatilgan immunopatologik shakllari birga kelishi mumkin. Bronxial astma xuruji patogenezida erta yoshdagi bolalarda anatomo-fiziologik xususiyatlarga asosan (bronxial daraxt yorug‘ining torligi, mushak qavatining kuchsiz rivojlanganligi, qon va limfa tomirlarining yaxshi rivojlanganligi) bronxospazm etakchi mexanizm bo‘laolmaydi. Birinchi o‘rinda bronx shilliq qavatining yallig‘lanishi turadi, shish va shilliq gipersekretsiyasi, S.G.Zvyaginseva (1958 y) tushunchasi bo‘yicha bu yoshda o‘ziga xos klinik manzaraga xurujlarning katta davomiyligiga asoslangan “ho‘l astma” kiradi. Bunda o‘pkada ko‘p miqdorda nam xirillashlar eshitiladi, 5-10 kungacha, ba’zida uzoq muddat saqlanadi. Kasallikni bunday kechishi – astmatik bronxit ko‘rinishida kechishi, ba’zida, o‘pkaning infeksion-yallig‘lanish kasalliklarini giperdiagnostikasiga sabab bo‘ladi va bu yoshda bronxial astmaning gipodiagnostikasiga sabab bo‘ladi. Hozirgi kunda BA erta yoshda ham uchrashi ko‘rsatilgan.

Klassifikatsiyasi. Klinik belgilarga ko‘ra BAning og‘irlik darajasi klassifikatsiyasi (kunduzgi simptomlar soni bir kunda, haftada, tungi simptomlar soni haftada, beta2 adrenomimetiklarni qo‘llanilishi, PSV yoki OFV1ni qiymati PSVning sutkalik o‘zgarishi) bog‘liq.



1-pog‘ona: intermittirlovchi BA:

  • Simptomlar haftada 1 marta paydo bo‘ladi.

  • Qisqa qaytalanish.

  • Tungi simptomlar oyida 2 marta paydo bo‘ladi.

  • OFV1 yokiPSV≥80% bo‘lishi kerak bo‘lgan qiymatidan

  • PSV yoki OFV1ni ko‘rsatgichi<20%.

2-pog‘ona: engil persistirlovchi BA

  • Simptomlar haftada 1 marta paydo bo‘ladi, ba’zida kunida 1 marta.

  • Qaytalanishi jismoniy faolligiga, uyquga ta’sir qiladi.

  • Tungi simptomlar oyida 2 marta paydo bo‘ladi.

  • OFV1 yoki bo‘lishi kerak bo‘lgan qiymatidan PSV≥80%

  • PSV yoki OFV1ni ko‘rsatgichi<20-30%.

3-pog‘ona: o‘rta og‘irlikdagi persistirlovchi BA

  • Simptomlar xar kuni paydo bo‘ladi.

  • Qaytalanishi jismoniy faolligiga, uyquga ta’sir qiladi.

  • Tungi simptomlar haftada 2 marta paydo bo‘ladi.

  • Qisqa ta’sirga ega ingalyasion β2 agonistlarni har kuni qabul qilish;

  • OFV1 yoki bo‘lishi kerak bo‘lgan qiymatidan PSV 60% dan 80% gacha.

  • PSV yoki OFV1ni ko‘rsatgichi >30%.

4-pog‘ona: og‘ir persistirlovchi BA

  • Simptomlar xar kuni paydo bo‘ladi.

  • Qaytalanish ko‘payadi.

  • Tungi simptomlar kuchayadi.

  • Jismoniy faollik chegaralanadi.

  • OFV1 yoki bo‘lishi kerak bo‘lgan qiymatidan PSV ≤60%

  • PSV yoki OFV1ni ko‘rsatgichi >30%

Bunday tasnif bolaga boshlang‘ich davo buyurtirishda muhim ahamiyatga ega.


KICHIK YOSHDAGI BOLALARDA BRONXIAL ASTMANING KECHISH XUSUSIYATLARI VA TASHXISOT MEZONLARI
Bolalik davrida uchraydigan bronxial astma GINA-2002 bo‘yicha (Global initiative for asthma, 2002) “tashhis qo‘yishga qiyin bo‘lgan holatlar”ga kiritilgan. Ishchi konsepsiyasiga ko‘ra, yilida ikki martadan ko‘p yo‘tal, hushtaksimon nafas yoki hansirash bilan shikoyat qilgan har qanday bola bronxial astmaga gumon qilingan bemor hisoblanadi va bu tashhisni istisno qilish yoki tasdiqlashni talab qiladi. Asosan bu erta yoshdagi bolalarga tegishli, chunki bu yoshda bronxial astma ko‘pincha istisno tariqasida qo‘yiladi va muammoga to‘laroq to‘xtalishni talab qiladi. Bronxial astma bu yoshdagi bolalarda turli xil klinik ko‘rinishi bilan farqlanadi. Kasallik allergiyaga nasliy moyillik bilan bog‘liq bo‘ladi. 70-80% bolalarda bronxial astmaning rivojlanishi erta yoshdagi bolalarga to‘g‘ri keladi. Bolalarda bronxial astmaning erta rivojlanishiga homilaichi sensibilizatsiyasi, turli ta’sirlar natijasida yuzaga kelgan fetoplatsentar barerning yuqori o‘tkazuvchanligi sabab bo‘ladi. Kasbiy zararli odatlar, aktiv va passiv chekish ham ta’sir qiladi. Postnatal sensibilizatsiya omillari o‘rtasida antigen ekspozitsiya hayotining birinchi ikki yilligida muhim ahamiyatga ega. Bola hayotining birinchi yilida asosiy sensibillovchi omil ovqat allergenlari hisoblanadi. Eng ahamiyatlisi, tovuq oqsili, sigir suti, bug‘doy va boshqa donlilar, baliq, yong‘oq, kakao, sitruslar va boshqa sariq-qizil rangli mevalar, sabzavotlarga bo‘lgan sensibilizatsiya hisoblanadi. Bola hayotining birinchi yili oxirida maishiy allergenlarning o‘rni ortadi. Bu yoshda uy changiga va kapa allergenlariga sensibilizatsiya ko‘pgina bemorlarda aniqlanadi. 3-4 yoshlarga kelib, chang allergenlarining o‘rni ortadi, bu turli xil iqlim geografik zonalarda xar-xil bo‘ladi.

Bolalarda bronxial astmaning erta rivojlanishida patologik kechgan homiladorlik oqibatida MNSning perinatal zararlanishi, homilaning anti va intranatal gipoksiyasi, tug‘ruq jarohatlari sabab bo‘ladi.Bola hayotining birinchi yilida gipoksiya va jarohatdan keyingi perinatal ensefalopatiya belgilari asosiy rol o‘ynaydi. 25% bemor bolalarda nevrologik buzilishlar katta yoshda ham saqlanadi, bronxial astma kechishiga ta’sir qiladi. Ekspirator hansirashni birinchi tipik kechishiga, atopik dermatit, turli xil ovqat mahsulotlariga bo‘lgan o‘tkir allergik reaksiya, dori vositalariga, profilaktik emlashlarga (ekzantema, eshakemi, Kvinke shishi, intoksikatsiyasiz va gipertermiyasiz, ammo yaqqol kataral holatlar bilan kechadigan qayta respirator kasalliklar) sabab bo‘ladi. Respirator allergiyaning ushbu ko‘rinishlari shifokorlar tomonidan o‘tkir respirator virusli infeksiya, bronxitlar, pnevmoniya deb yuritiladi. Bemorlar antibiotiklar bilan davolanadilar, bu esa dori sensibilizatsiyasiga olib keladi, dori allergiyasining turli klinik ko‘rinishi bilan namoyon bo‘ladi.Erta yoshdagi bolalarda bronxial astmaning tipik xuruji muhim sababga ega allergenlar bilan muloqotda bo‘lgandan keyin rivojlanadi. 1-2 kun oldin xuruj darakchisi paydo bo‘ladi (bola yig‘loq, qo‘zg‘aluvchan yoki lanj bo‘lib qoladi), ishtahasi pasayadi, terida qichishish va boshqa allergik reaksiyalar paydo bo‘ladi. Yo‘talish asta-sekin qaytalanuvchi quruq yo‘talga aylanadi. Nafas qisish xuruji sutkaning har qanday vaqtida paydo bo‘ladi va ekspirator yoki aralash hansirash-ekspirator komponentni ustunligi bilan kechadi, ko‘krak qafasi tortilishi, emfizematoz shish, ba’zan qusishgacha olib keluvchi asabli quruq yo‘tal, quruq yoki nam balg‘amli yo‘tal, o‘pkada tarqoq quruq xirillashlar, shuningdek, turli kalibrdagi nam xirillashlar eshitiladi. SHovqinli hushtaksimon nafas masofadan eshitiladi, teri rangi oqargan, og‘iz-burun uchburchagining ko‘karishi, akrotsianoz aniqlanadi. Xuruj dinamikasida quruq yo‘tal nam yo‘talga aylanadi. Erta yoshdagi bolalarda to‘liq davolanmagan yoki tez-tez qayta xurujlar astmatik holatga olib keladi. YUqorida ko‘rsatilgan xuruj davrining varianti o‘ziga xos klinik va funksional ko‘rinishga ega bo‘ladi. Bolalar shikoyat qilmasliklari mumkin, ularning o‘zini his qilishi o‘zgarmasligi mumkin, bolalar doimiy nafas etishmovchiligiga moslashgan bo‘ladi. Ekspirator hansirash yaqqol ifodalanmaydi, ammo ba’zan jismoniy zo‘riqishdan keyin zo‘rayadi, bolani doimiy quruq yo‘tal bezovta qiladi, ko‘krak qafasi shishadi, o‘pkada kuchsiz nafas, tarqoq xirillashlar eshitiladi, teri rangi oqarishi, akrotsianoz kuzatiladi.Bu davrda infeksiyaning qo‘shilishi, stress holatlar, o‘tkir xurujlar rivojlanishi bola holatining yomonlashishiga olib keladi. Buyrak usti bezi po‘stloq funksiyasining buzilishi erta yoshdagi bolalarda astmatik holatni rivojlanishiga sabab bo‘ladi, shifokordan o‘z vaqtida mos davo o‘tkazishni talab qiladi. Erta yoshdagi bolalarning anatomo-fiziologik xususiyatlari tufayli (bronxial daraxt yorug‘ining torligi, mushak qavatining kuchsiz rivojlanganligi, qon va limfa tomirlarining yaxshi rivojlanganligi) bronxial astma xuruji patogenezida bronxospazm etakchi mexanizm bo‘laolmaydi. Bolalarda bronxial astma patogenezida birinchi o‘rinda bronx shilliq qavatining yallig‘lanishi, shish va shilliq gipersekretsiyasi turadi.Bola yoshi va kasallik davomiyligiga qarab, jismoniy yoki psixoemotsional zo‘riqish, tamaki tutini, nam yoki ifloslangan atmosfera havosi, boshqa nospetsifik qo‘zg‘aluvchilar bronxial astma xuruji rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Erta yoshdagi bolalarda bronxial astma xuruji qo‘zg‘atuvchisi o‘tkir respirator virusli infeksiya bo‘lib, organizmga kuchli sensibillovchi ta’sir ko‘rsatadi, turli xil allergenlar uchun nafas yo‘llarining zararlangan shilliq qavatini yuqori o‘tkazuvchanligiga olib keladi, shuningdek, viruslarning antigen xususiyati, makroorganizmning immunologik jarayonga qayta tuzilishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Bronxial astma xurujining o‘tkir respirator virusli infeksiya tomonidan qo‘zg‘atilishi, o‘tkir obstrukttiv bronxit bilan klinik ko‘rinishi, funksional va laborator o‘zgarishlari o‘xshash bo‘lishi differensial tashhisni qiyinlashtiradi.Erta yoshdagi bolalarda bronxial astmaning obstruktiv bronxitdan farqi nasliy allergik kasalliklarga yuqori moyillik, dorilarga, ovqat mahsulotlariga, profilaktik emlashlarga allergik reaksiyaning yuqoriligi, O‘RVIning boshlanish davrida bronxoobstruktiv sindromning tez avj olishi va kam davomiyligi; bronxolitik terapiyaning aniq samaradorligi, immunologik reaksiyaning yaqqol rivojlanganligidir. Lekin klinik belgilarning, laborator ko‘rsatgichlarning ko‘pligi, differensial-diagnostikada qiyinchilik tug‘diradi. Amaliyotda bu ko‘rsatgichlarni hech qaysi biri obstruktiv bronxit va bronxial astmaning differensial-diagnostik mezoni bo‘lmaydi.

Belgilari

Bronxial astma

Obstruktiv bronxit

YOshi

1,5 yoshdan katta

1 yoshdan kichik

Bronxoobstruktiv sindrom ning yuzaga chiqishi

O‘RVIning birin chi sutkasida

O‘RVIning 3-kuni va kechroq

Oldingi bronxoobstruktiv sindrom epizodlari

2 marta va undan ko‘proq

Kuzatilmagan yoki bir marta

Allergik kasalliklarga nasliy moyillik

Bor

Yo‘q

Ona tomonidan bronxial astma

Bor

Yo‘q

Ovqat mahsulotlariga, dorilarga, profilaktik emlashlarga anamnezida allergik reaksiya mavjudligi

Bor

yo‘q

Maishiy antigenga zo‘riqish, yashash joyida zax, chang bo‘lishi

Kuzatiladi

Yo‘q


Tashhislash

  • Anamnez va fizikal tekshirishlar.

Anamnez yig‘ilganda quyidagilarga e’tibor berish kerak.

- Atopik dermatit, allergik rinokon’yunktivit, oilasida bronxial astma yoki boshqa atopik kasalliklar mavjudligi.

Quyidagi simptomlardan bittasi borligi:

-yo‘tal, kechqurinlari kuchayadi;

-qaytalovchi hushtaksimon xirillashlar;

-qiyinlashgan nafas qayta epizodlari;

-ko‘krak qafasida siqilish hissi.

Simptomlarning paydo bo‘lishi yoki kuchayishi:

-tungi vaqtlarda;

-hayvonlar bilan muloqotda bo‘lsa;

-ximik aerozollar bilan;

-uy changi;

-gul changlanishi;

-tamaki tutuni;

-atrof-muhit harorati tushganda;

-aspirin, adrenoblokatorlar qabul qilinganda;

-jismoniy zo‘riqishdan so‘ng;

-O‘RVI;


-kuchli emotsional zo‘riqishdan so‘ng;

  • Fizikal tekshirishda BAning quyidagi belgilariga ahamiyat berish zarur:

-ko‘krak qafasi giperekspansiyasi;

-nafas chiqarishning uzayishi;

-quruq yo‘tal;

-rinit;


-periorbital sianoz “allergik soyalar” (ko‘z tagida qorong‘i aylana, venalardagi dimiqish hisobiga, nazal obstruksiya fonida yuzaga keladi)

-burun qanotlarida ko‘ndalang burmalar

-atopik dermatit.

SHuni ta’kidlash kerakki, remissiya davrida patologik simptomatika bo‘lmasligi mumkin (normal fizikal kartina BA tashhisini bartaraf etmaydi).

5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda BA tashhisi asosan klinik tekshirishlar natijasiga asoslangan bo‘ladi. Ko‘krak yoshidagi bolalarda triggerlar ta’sirida 3 yoki undan ko‘p hushtaksimon xirillash epizodlari bo‘lsa, BAga gumon qilinadi, tekshirish va differensial tashhis o‘tkaziladi.

Laborator va instrumental tekshirish

Spirometriya. 5 yoshdan katta bolalarda OFV1 (nafas chiqarishning kuchaytirilgan hajmi), FJEL (o‘pkaning hayotiy kuchaytirilgan hajmi) va OFV1/FJELni aniqlash zarur. Spirometriya obstruksiya darajasini aniqlab beradi, uning qaytalanishi, shuningdek, og‘irlik darajasini aniqlaydi. .

Pikfloumetriya. Pikfloumetriya (nafas chiqarishning yuqori tezligini aniqlash) - tashhis qo‘yishning asosiy usuli bo‘lib, BAning keyingi davosini nazorat qilish uchun zarur hisoblanadi

Nafas yo‘llari giperreaktivligini aniqlash

BAga xarakterli belgilar bo‘lgan bemorlarda, o‘pka funksiyasi ko‘rsatgichi normal bo‘lsa, nafas yo‘llarining metaxolin, gistamin yoki jismoniy zo‘riqishga bo‘lgan ta’sirini tekshirish tashhis qo‘yishda yordam beradi. BA diagnostikasida bu testlar yuqori sezuvchanlikka, lekin past spetsifikaga ega.

Ba’zi bolalarda BA belgilari faqat jismoniy zo‘riqishdan so‘ng paydo bo‘ladi. Bu guruxda 6 daqiqalik zo‘riqish testini o‘tkazish zarur. Bu test bilan birga, OFV1 yoki PSVni aniqlash BA tashhisini qo‘yishga yordam beradi.

Laborator tekshiruvlar. BAtashhisini qo‘yishda teri testi yoki qon zardobida IgEni aniqlash kam axborot beradi, lekin bu tekshirishlar moyillik omillarini va triggerlarni aniqlashga yordam beradi, ular asosida, atrof-muxit omillariga talluqli nazorat tavsiya qilinadi.

Differensial tashhislash BAni differensial tashhislash quyidagi kasalliklar bilan o‘tkaziladi.

-ovoz boylamlari disfunksiyasi (psevdoastma)

-bronxiolit

-ko‘krak yoshdagi bolalarda yot jism yoki sut bilan aspiratsiya

-mukovissidoz


  • Quyidagi simptomlar aniqlanganda BAga gumon qilinadi:

Anamnez ma’lumotlari:

- kasallik simptomlari 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda paydo bo‘lishi;

- respirator distress sindrom yoki sun’iy o‘pka ventilyasiyasi;

- neonatal davrda nevrologik disfunksiya;

-bronxolitiklar qo‘llanilganda effekt yo‘qligi;

-hushtaksimon xirillashlar, emizish yoki qusish bilan bog‘liq bo‘lsa;

-yutishning qiyinlashuvi yoki qaytalanuvchi qusish;

-diareya;

-tana vazniga kam qo‘shilishi;

-kasallik xurujidan keyin oksigenoterapiyaga bo‘lgan talabning saqlanishi.



  • Fizikal ma’lumotlar:

-nog‘ora tayoqchalari ko‘rinishidagi barmoqlar deformatsiyasi;

-yurakdagi shovqinlar;

-stridor;

-o‘pkadagi o‘choqli o‘zgarishlar;

-auskultatsiyada krepitatsiya;

-sianoz


-laborator va instrumental tekshirish natijalari:

-ko‘krak qafasi organlari rentgenogrammasida o‘choqli yoki infiltrativ o‘zgarishlar;

-kamqonlik;

-nafas yo‘llarining qaytmas obstruksiyasi;

-gipoksemiya;

Bronxial astmaning davosi

BA ni davolashdan maqsad kasallikni nazorat qilishga erishish va uni ushlab turish. Bolalarda BAni davolash quyidagilarga qaratilgan:

Hayot uchun xavfli bo‘lgan holatlarni va o‘limning oldini olish;

Klinik belgilarni bartaraf qilish yoki kamaytirish;

Tashqi nafas funksiyasi ko‘rsatkichlarini normallashtirish yoki yaxshilash;

Bolaning aktivligini tiklash, jismoniy yuklamalarga chidamlilikni oshirish;

Bronxolitik preparatlarga muhtojlikni kamaytirish;

Davoning nojo‘ya ta’sirining oldini olish;

Nogironlikning oldini olish.

Bronxial astmaning kompleks davosi quyidagi komponentlarni o‘z ichiga oladi:

Kasal bolalarni va ularning ota-onalarini quyidagilarga o‘rgatish: davoning maqsadini bilish, o‘zini nazorat qilishni o‘rganish, ingalyasiya qilish texnikasi, xuruj boshlanganda o‘ziga yordam berish

Kasallikning avj olishiga sabab bo‘luvchi omillarni bartaraf qilish (eliminatsiya)


Hozirgi vaqtda BAni davolashda pog‘onali terapiya usulidan foydalanilmoqda, ya’ni, kasallikni og‘irlik darajasiga qarab, dori moddalarni qo‘llash tavsiya etilmoqda. Dorilarni qabul qilish dozasi vaqti kasallikning og‘irlik darajasi ko‘tarilganda yoki simptomlar bartaraf qilinishiga bog‘liq holda o‘zgartiriladi.

BA va allergik rinitda bazis terapiya pog‘onali usulidan foydalanib o‘z vaqtida va ratsional qo‘llash, uzoq remissiyaga sabab bo‘ladi, allergik kasalliklarni avj olishini oldini oladi.



Bolalarda BAning pog‘onali davolash sxemasi

I pog‘ona

II pog‘ona

III pog‘ona

IV pog‘ona

Kasallik simptomlari kam bo‘lganligi tufayli har kuni dori qabul qilishga ehtiyoj yo‘q.

Kromoglitsin kislotasi yoki nedokromilni har 2-3 oyda qo‘llash mumkin.



Kromoglitsil kislotasi yoki nedokromil 3-4 oy mobaynida, leykotrien retseptorlarini

ng antogonist lari



Samara bo‘lmaganda – katta speyser orqali ingalyasion glyukokortikoidlarning o‘rtacha dozasi.

Uzoq ta’sir qiluvchi β2-adrenomimetiklar yoki sekin ozod bo‘luvchi teofillinlar prednizolon ichishga yoki ingalyasion glyukokortikoidlar dozasini ikki marta ko‘paytirish



O‘rtacha/yuqori dozadagi ingalyasion glyukokortikoidlar uzoq ta’sir qiluvchi β2-adreno mimetiklar bilan yoki sekin ozod bo‘luvchi teofillinlar bilan kombinatsiyasi yoki yangi antileykotrien preparatlar bilan regulyar.

Samara bo‘lmaganda ingalyasion glyukokortikoidlar dozasini oshirish yoki prednizolon ichishga



Zaruriyat bo‘lganda tez ta’sir qiluvchi β2-adrenomime tiklar buyurish

Tez ta’sir qiluvchi β2-adrenomime- tiklarva/yoki ipratropiya bromid va/yoki qisqa ta’sir qiluvchi teofillin qisqa kurs bilan

Tez ta’sir qiluvchi β2-adrenomimetiklar va/yoki ipratropiya bromid va/yoki zaruriyat bo‘lsa qisqa vaqt ta’sir qiluvchi teofillin

Tez ta’sir qiluvchi β2-adrenomimetiklar va/yoki ipratropiya bromid va/yoki zaruriyat bo‘lsa qisqa vaqt ta’sir qiluvchi teofillin sutkasiga 4 martadan ko‘p emas


Birlamchi profilaktikayuqori xavf guruhidagi shaxslarda kasallikni paydo bo‘lishini oldini olish.

Postnatal profilaktika quyidagi tadbirlarni o‘tkazishga qaratilgan:

-go‘dak yoshidagi bolalarda ko‘krak suti bilan ovqatlantirishni targ‘ibot qilish;

-chekuvchi ota-onalarga chekishni bola uchun zararli tomonlarini tushintirish;



Ikkilamchi profilaktika. BA kasalligi rivojlanmagan, lekin organizmda sensibilizatsiya bor bolalar uchun o‘tkaziladigan chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi.

- BA oilaviy anamnez yoki allergiya (ona tomonidan irsiy moyillik bor bo‘lsa BA rivojlanish xavfi 50% gacha).

-bolada boshqa allergik kasalliklar mavjudligi (atopik dermatit, allergik rinit, risk BA — 10–20%).

-umumiy IgE miqdorining 30 ME/mldan ortiqligi, maxsus IgE-AT sigir suti oqsiliga/tuxum sarig‘iga kuzatilgan bo‘lsa;



Uchlamchi profilaktika BAni chaqiruvchi omillarni kamaytirishga qaratilgan.

Eliminatsion rejim

-Uy changi va allergenlarni yo‘qotishga qaratilgan chora-tadbirlar.

-Gilamlarni linoleum bilan almashtirish zarur.

-Barcha oqliqlarni har haftada issiq (55–60 °S) suvda yuvish.

-Gilamlarni tanin kislotasi bilan tozalash kerak;

- Tozalash uchun HEPA-filtrli chang yutgichlardan foydalanish zarur;

-YUmshoq o‘yinchoqlarni issiq suvda yuvish yoki vaqti-vaqti bilan muzlatish;

-Uy hayvonlarini yotoq xonaga va yashash joyiga qo‘ymaslik zarur.

-SHahar uylarida suvaraklar ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.

Erta yoshdagi bolalarda ovqat allergiyasi kamdan-kam hollarda BA qaytalanishi omili bo‘lib hisoblanadi.



«Qarama - qarshi muxokama» usulini kullanilishi

Qarama - qarshi muxokamada (Alvermann, 1991)- talabalarning o‘zlari mavzuni muxokama qilishadi.

O‘qituvchi quyidagi savollarni tayyorlaydi.

Bronxial astmada antibiotiklarni qo‘llash mumkinmi?


yo‘q

ha

Antibiotiklarni qo‘llash mumkin emasligi sabablari

Antibiotiklarni qo‘llash sabablari

Xulosa _______________________________________

_______________________________________
Har bir qatnashchidan shu namuna bo‘yicha diskussiya jadvalini tuzish so‘raladi.

Qatnashchilar 6-7 min ichida savollarni juftlikda muxokama qilishadi.

BA kasalligida antibiotiklarni qo‘llash mumkinmi?

Bunda ikkita ro‘yxat bo‘yicha savollarga shu savolga javob bo‘lmasligi, aksincha ikkita ro‘yxat bo‘lishi kerak, bittasida- antibiotik qo‘llash mumkinmi?, ikkinchisida- antibiotik qo‘llash mumkin bo‘lmagan sabablarini yozish kerak. Ikkala qatnashuvchi juftliklar keyingi juftliklar bilan qo‘shilib, ikkala ro‘yxatda ko‘rsatilgan xa va yo‘q deb yozilgan javoblarni muxokama qilishib, bir fikrga kelishadi. Keyin umumiy xulosaga kelishib, yozib qo‘yishadi. O‘qituvchi vaqtni belgilab, bir necha guruxlarni xulosasini ko‘rib chikadi.

Amaliy qism

Bolalarda pikfloumetriya o‘tkazish

Maqsad. Nafas chiqarishning yuqori tezligini aniqlash. Bronx-o‘pka tizimining obstruktiv kasalliklarida qo‘llaniladi (5 yoshdan katta bolalarda ishlatiladi)


Bajarish

javob

yo‘q

to‘liq javob

1

Bolaga sinama o‘tkazish usulini tushuntirish







2

Apparatni tekshirish. Strelka 0 da turishi kerak.







3

Sinamani bola tik turgan xolda o‘tkaziladi.







4

Bola pikfloumetrni o‘ng qo‘li bilan ushlaydi va og‘ziga olib boradi.







5

Bola chuqur nafas olishi, apparat og‘iz qismini lablari bilan qattiq ushlashi va keskin nafas chiqarishi lozim.







6

Tekshirish uch marta o‘tkaziladi va eng yuqori ma’lumot olinadi.







7

Maxsus jadval asosida hisoblash o‘tkaziladi.










Jami:

0

100

Nazorat savollari

1. BAga tushuncha bering;

2. Bolalarda BA tasnifi;

3. Erta yoshdagi bolalarda kasallik etiologiya va patogenezi;

4. BAning kinik-rentgenologik xususiyatlari qanday?

5. BA diagnostik mezonlari

6 Qiyosiy taqqoslash mezonlari;

7. BAni davolash algoritmi;


Adabiyotlar

Asosiy:

  1. Bolalar kasalliklari – T.O.Daminov., T.B.Xalmatova., Boboeva O’.R. – N., -2013

  2. Детские болезни, Н П. Шабалов tahriri ostida, 2010

  3. Детские болезни, А.А. Баранов tahriri ostida, 2010


Qo’shimcha:

  1. «Болезни детей раннего возраста», - руководство для врачей под редакцией А.А.Баранова, - Москва-Иванова, 1998, -с.241-257.

  2. Коровина Н.А., Заплатников А.Л., Захарова И.Н. Кашель у детей. Пособие для врачей. – М.: 2000.

  3. Назиров Ф.Г., Денисов И.Н., Улумбекова Э.Г.. Справочник практического врача. 2000

  4. The five Minute child Health Advisor/ - M. William Schwartz, MD., - 1998, USA

  5. A therapist’s guide to pediatric assessment, - Linda King-Thomas, Bonnie J. Hacker, 1987, USA

  6. Pediatrics, - Margaret C. Heagarty., William J. Moss, -1997, USA

  7. www.tma.uz

  8. www.medlincs.ru

  9. www.medbook.ru

  10. www.medafarm.ru

Download 170.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling