Тошкент тў£имачилик ва енгил саноат институти


Download 279.68 Kb.
bet18/19
Sana09.04.2023
Hajmi279.68 Kb.
#1344755
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
4-МАВЗУ.МАЪРУЗА

Qizil chiziqlar — bu har bir tirik jonning qon tomiri, unda jo‘sh urib turgan hayotiy kuch, tiriklik ramzi.
Yashil rang — O‘zbekistonning saxovatli va tabarruk tuprog‘i, go‘zal tabiati timsoli. Yarim oy — o‘zbek xalqining ko‘p asrlik an’analariga mos keladi.Yarim oy va yulduzlar musaffo osmon va tinchlikning ifodasidir.
12 ta yulduz tasviri — qadimdan mukammallik, barkamollik timsoli.Xullas mamlakatimiz davlat bayrog‘i yurtimizning o‘tmishi, bugungi kuni va kelajagining yorqin ramzi bo‘lib qoldi.
1992 yil 2 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida “O‘zbekiston Respublikasining davlat gerbi” to‘g‘risida qonun qabul qilindi.

Davlat gerbidagi har bir belgi chuqur ma’noga ega.Gerb markazidagi humo qushi — baxt-saodat va erksevarlik ramzi.Gerbning yuqori qismidagi sakkiz qirrali yulduz respublikamizning sobit va barqarorligi timsoli sifatida tasvirlangan.Quyosh — davlatimizning yo‘li hamisha nurafshon bo‘lishi bildirilgan yaxshi niyat, ayni paytda u O‘zbekistonning noyob iqlimga ega mamlakat, serquyosh o‘lka ekanligini bildiradi.
Boshoq — rizq-ro‘zimiz timsoli, to‘kin-sochinlik ifodasi.
Oppoq paxta — O‘zbekiston dong‘ini dunyoga taratgan bebaho boyligimiz ramzi.Bug’doy va paxta chanoqlarini Davlat bayrog‘i lenta bo‘lib o‘raganligi O‘zbekistonda yashayotgan xalqlar do‘stligi va yakdilligi ifodasi hisoblanadi.
Gerb rangi tasvirda bo‘lib, humo qushi kumush rangda, quyosh, boshoqlar, paxta chanog'i va “O‘zbekiston” degan yozuvlar tilla rangda, g‘o‘za shoxlari, barglari va vodiylar yashil rangda, tog‘lar havo rangida, chanoqdagi paxta, daryolar, yarim oy va yulduz oq rangda, O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i tasvirlangan lenta to‘rl xil rangda berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 10 dekabrida bo‘lib o‘tgan XI sessiyasida “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida” gi qonun qabul qilindi.Sessiyada shoir Abdulla Oripov va bastakor Mutal Burhonov tomonidan tayyorlangan quyidagi madhiya varianti tasdiqlandi:

Serquyosh hur o‘lkam, elga baxt najot,
Sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh, mehribon.
Yashnagay to abad ilm-u fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki borjahon!
N a q o r a t:
Oltin bu vodiylar - jon O‘zbekiston
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug' xalq qudrati jo‘sh urgan zamon
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Bag‘ri keng o‘zbekning o‘chmas iymoni,


Erkin, yosh avlodlar senga zo‘r qanot!
Istiqlol mashali, tinchlik posboni,
Xalq sevar, ona yurt, mangu bo‘l obod!
N a q o r a t:
Oltin bu vodiylar —jon O‘zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor.

Download 279.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling