Тошкент тў£имачилик ва енгил саноат институти


Ikki palatali parlamentni barpo etishdan maqsad


Download 279.68 Kb.
bet10/19
Sana09.04.2023
Hajmi279.68 Kb.
#1344755
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
4-МАВЗУ.МАЪРУЗА

Ikki palatali parlamentni barpo etishdan maqsad:
— parlament o‘z vakolatlarini samarali amalga oshirishi, har tomonlama asosli va puxta qarorlar qabul qilishi uchun zarur bo‘lgan o‘zaro muvozanat va cheklovlar tizimini yaratish;
— Qonunchilik palatasi o‘z faoliyatini doimiy professional tarzda olib borishini nazarda tutgan holda, parlamentning qonun ijodkorligi borasidagi ishining sifatini keskin oshirish;
— Senat asosan mahalliy Kengashlar, hududlarning vakillaridan iborat bo‘lishini hamda vakillik vazifasini bajarishini inobatga olib, umum davlat va hududiy manfaatlarning mutanosibligiga erishish;
— aholining mamlakat ijtimoiy va siyosiy hayotidagi ishtiroki ko‘lamini yanada kengaylirish.
Ikkinchidan, Biz hokimiyatning uchinchi tarmog’i — sud-huquq tizimini isloh qilish va yanada liberallashtirishga alohida ahamiyat beramiz.
Sud — odil sudlovning oliy nuqtasi va uning rolini oshirish huquqiy davlat barpo etish yo‘lidagi qonuniy jarayon.Shu munosabat bilan prokuratura vakolatlarining bir qismini sudlarga o‘tkazish hozirgi zamonning mantiqiy talabidir.Va bu, eng avvalo, insonning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini, daxlsizligini cheklash bilan aloqador masalalarga tegishlidir.
Bugungi kunda jinoiy va protsessual qonunchiligimizning dastlabki tergov va sudgacha bo‘lgan jarayon ustidan sud nazoratini kuchaytirish bilan bog’liq ayrim qoidalarni qaytadan ko‘rib chiqish zarurati vujudga keldi.
Boshqa demokratik davlatlar kabi O‘zbekistonda ham shaxsni ushlab turish, hibsga olish, shuningdek, boshqa protsessual majburiy choralarini qo‘llash uchun sanksiya berish huquqlarini ham sudlarga o‘tkazish kerak, deb o‘ylayman.
Biroq ushhu jarayon tashkiliy - huquqiy masalalarini puxta va jiddiy tarzda ishlab chiqishni hamda sud tizimida va u bilan bog’liq boshqa huquq-tartibot va prokuratura organlarining ushbu o‘zgartirishlarni kiritish uchun zarur tayyorgarlikka ega bo’lishini taqozo etadi.
Sud-huquq tizimini liberallashtirish borasida biz hal etishimiz lozim bo‘lgan yana bir masala — bu jazolash tizimidan o‘lim jazosini chiqarib tashlashdir.
Bu o‘rinda gap, ayrim mamlakatlarda bo‘lganidek, o‘lim jazosiga moratoriy qo‘llash, ya’ni mahkum yillar davomida ushbu jazo chorasi qachon ijro etilishini kutib yotishi to‘g’risida emas, balki uni butunlay bekor qilish haqida bormoqda.
Biz mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan boshlab ushbu masalani hal qilish ustida ish olib bormoqdamiz.O‘tgan o‘n yildan ortiqroq vaqt mobaynida o‘lim jazosi qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar tarkibi 33 tadan 2 tagacha qisqartirildi.
Endilikda faqat terrorchilik va og’irlashtiruvchi vaziyatlarda qasddan odam o‘ldirganlik uchungina o‘lim jazosi berilishi ko‘zda tutilgan.Ayni vaqtda qonunchligimiz o‘lim jazosining xotin-qizlarga, voyaga yetmaganlar va oltmish yoshdan oshgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilishini man etadi.

Download 279.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling