Тошкент тў£имачилик ва енгил саноат институти


Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish — islohotlar ehtiyoji


Download 279.68 Kb.
bet14/19
Sana09.04.2023
Hajmi279.68 Kb.
#1344755
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
4-МАВЗУ.МАЪРУЗА

Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish — islohotlar ehtiyoji
Konstitutsiyaning barqarorligini va uzoq muddat amal qilishini ta’minlash maqsadida Konstitutsiyaga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan.Bu tabiiy va o‘tish davriga xos hodisa.Islohotlar chuqurlashib, jamiyatni modernizatsiyalash, butun ijtimoiy hayotni yangilash jarayoni ko‘lami va miqyosi kengaygani sayin, ular butun salmog’i bilan Asosiy Qonunda o‘z ifodasini topishi va huquqiy asosiga ega bo‘lishi lozim.
2002 yil 27 yanvarda umumxalq Referendumi o‘tkazildi.Referendum yakunlariga ko‘ra 2003 yil aprelda ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning o‘n birinchi sessiyasi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida qonun qabul qildi.
Ushbu qonun asosida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi moddalariga kiritilgan o‘zgartirishlar asosan uning beshinchi bo‘limi XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga taalluqli bo‘ldi.
Ma’lumki, 2002 yil 27 yanvarda umumxalq Referendumi O‘zbekiston Respublikasining ikki palatali parlamentini saylash va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Konstitutsiyaviy vakolat muddatini besh yildan yetti yillik qilib o‘zgartish to‘g‘risidagi masalalarga bag‘ishlangan edi.
Referendum qarorlariga muvofiq, “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida” gi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida” gi, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasi to‘g‘risida” gi Konstitutsiyaviy qonunlar qabul qilingan bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga tegishli o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish uchun asos bo‘lib hisoblandi.Shunga muvofiq XVIII bob quyidagi tahrirda bayon etildi:
76-modda.O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat.

Download 279.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling