Тошкент тў£имачилик ва енгил саноат институти


Download 279.68 Kb.
bet16/19
Sana09.04.2023
Hajmi279.68 Kb.
#1344755
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
4-МАВЗУ.МАЪРУЗА

85- modda.O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi o‘z tarkibidan Qonunchilik palatasining Spikeri va uning o‘rinbosarlarini saylaydi.O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri va uning o‘rinbosarlari yashirin ovoz berish orqali deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan Qonunchilik palatasining vakolati muddatiga saylanadi.
86- modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati o‘z tarkibidan Senat Raisi va uning o‘rinbosarlarini saylaydi.Senat Raisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan saylanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi o‘rinbosarlaridan biri Qoraqalpog’iston Respublikasining vakili bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi va uning o‘rinbosarlari yashirin ovoz berish orqali senatorlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan Senat vakolati muddatiga saylanadi”.
89- modda quyidagi tahrirda bayon etildi:
“O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respublikasida davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig’idir.
90- modda quyidagi tahrirda bayon etilgan: “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga o‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil O‘zbekiston hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin.Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti bo‘lishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan yetti yil muddatga saylanadi.Prezidentni saylash tartibi O‘zbekiston Respublikasining qonuni bilan belgilanadi”.
97- modda quyidagi tahrirda bayon etiladi: “Vakolati tugashi munosabati bilan iste’foga chiqqan Prezident umrbod Senat a’zosi lavozimini egallaydi. Istiqlolimizning dastlabki yillaridanoq hayotining demokratik huquqiy asoslarini yaratish, jamiyat boshqaruvning ma’muriy — buyruqbozlik tizimiga barham berish maqsadida davlat hokimiyatini tarmoqlarga bo‘linishi asosida milliy davlatchiligimizning poydevorini barpo etishga katta e’tibor qaratildi.
Konstitutsiyamizda jamiyat va davlat qurilishining asosiy tamoyillari, fuqarolarning huquq va erkinliklari jamiyat taraqqiyotining iqtisodiy asoslari va strategik yo‘nalishlari mustahkamlanib qo‘yildi.
Haqiqiy demokratik me’yor va tartiblar asosida O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslandi.Vazirlar Mahkamasi, ya’ni Hukumat ijroiya hokimiyati tizimida markaziy o‘rinni egallaydi.

Download 279.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling