Тошкент тў£имачилик ва енгил саноат институти


Download 279.68 Kb.
bet5/19
Sana09.04.2023
Hajmi279.68 Kb.
#1344755
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
4-МАВЗУ.МАЪРУЗА

siyosiy sohada bu:
— xalq, ham bevosita, ham o‘z vakillari orqali davlat hokimiyatini amalga oshirishda to‘liq ishtirok etishi lozimligini,
— hokimiyat bo‘linishining jahon tan olgan qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linish tamoyilini joriy etish asosida demokratiyani chuqurlashtirish hamda milliy davlatchilikni barpo qilishni;
— jamiyatning siyosiy tizimini, davlat idoralarining tuzilmasini tubdan yangilashni;
— barcha fuqarolarning qonun oldidagi huquqiy tengligini va qonunning ustunligini ta’minlashni;
— bir mafkuraning, bir dunyoqarashning yakka hokimligidan voz kechish, siyosiy tashkilotlar, mafkuralar va fikrlar xilma-xilligini tan olishni;
— demokratiyaning qonuniy tarkibi sifatida ko‘ppartiyaviylikni shakllantirishni;
— O‘zbekistonda tug’ilib, uning zaminida yashayotgan, mehnat qilayotgan har bir kishi, milliy mansubligi va e’tiqodidan qat’i nazar respublikaning teng huquqli fuqarosi bo‘lishga erishishni bildiradi.
Iqtisodiy sohada esa bu:
— milliy boylikning ko‘payishini ta’minlaydigan barqaror, rivojlanib boruvchi iqtisodiyotni barpo etishni;
— ijtimoiy jihatdan yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich shakllantirishni;
— mulk egalari huquqlarining davlat yo‘li bilan himoya qilishini ta’miniash va barcha mulkchilik shakllarining huquqiy tengligini qaror toptirishni;
— iqtisodiyotni o‘ta markazlashtirmasdan korxonalar va tashkilotlarning Mustaqilligini kengaytirishni, davlatning xo‘jalik faoliyatiga bevosita aralashuvidan voz kechishni;
ijtimoiy va ma’naviy sohada bu:
— insonparvarlik g’oyalariga sodiqlikni, inson, uning hayoti va shaxsiy daxlsizligi, erkinligi, qadr-qimmati, yashash joyini tanlash huquqi saqlanib qolishini;
— ma’naviyatni qayta tiklashni;
— o‘zbek tilini rivojlantirishni;
hurfikrlilik, vijdon va din erkinligini qaror toptirishni;
— ijtimoiy adolat qoidalarini ro‘yobga chiqarish, aholining eng nochor qatlamlari - keksalar, nogironlar, yetim-yesirlar, ko‘p bolali oilalar, o‘quvchi-yoshlarning davlat tomonidan iqtisodiy muhofazaga bo‘lgan kafolatli huquqlarini ta’minlashni;
— odamlaming iste’dod qobiliyatlarini namoyon etish uchun shart-sharoit yaratish, ma’naviy mulkni himoya qilishni bildiradi, deb ta’kidlandi “O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li” nomli kitobda.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovring O‘zbekistonni huquqiy demokratik davlat sifatida qaror toptirishning yuqoridagidek dasturiy qoidalari, mamlakatning bozor munosabatlariga o‘tishi, ichki va tashqi siyosatni shakllantirish tamoyillari, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy ustuvorliklari va yo‘nalishlari jahon tajribasini yanada rivojlantirdi va ularni yangi qoidalar bilan boyitdi.
Prezident yangilanayotgan jamiyat mazmun-mohiyatini ko‘rsatish bilan birga dolzarb vazifa qilib, eng avvalo ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiga o‘tish masalasini qo‘ydi.Faqat iqtisodiy baquvvat davlatgina kuchli bo‘ladi va u har qanday islohotlarga qodir bo‘ladi, degan g‘oyani ilgari surdi.
Shuning uchun ham Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov “O‘zbekiston — bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li” asarida (1993-yil.) “O‘zbekiston o‘zi uchun tanlab olgan yo‘l ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan, respublikaning manfaatlariga, shart-sharoitlari va xususiyatlariga eng ko‘p darajada mos keladigan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgandir.
Ayni mana shunday yo‘l O‘zbekiston xalqining munosib turmushini, uning huquqlari va erkinliklarini kafolatlashi, milliy an’analari va madaniyatining qayta tiklanishi, insonni shaxs sifatida ma’naviy axloqiy kamol topishini ta’minlashi mumkin”, — deb qat’iy ko‘rsatib bergan edi.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov mamlakatning dastlabki yillardagi rivojlanish jarayonlarini chuqur tahlil qilib, O‘zbekiston davlat qurilishi va iqtisodiyotini isloh qilish dasturining o‘zagi sifatida quyidagi beshta asosiy qoidani o‘rtaga tashladi:

Download 279.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling